Jarayonga turli omillarning ta’siri.
Ҳaroratning ta’siri. Kreking reakstiyasining tezligi ҳaroratning ko’tarilishi bilan ortib boradi. Kreking jarayonning tezligini shuningdek, krekinglashni davomiyligini oshirish yo’li bilan ҳam ortirish mumkin. Ma’lumki, kerosin gazoyl frakstiyasi 500 oS da 3 5 minut vaqtda chuqur krekinglanadi.
Bosimning ta’siri. Bosim eng avvalo ikkilamchi reakstiyalarni kechishiga ta’sir qiladi. Kondensastiyalanish va polimerizastiyalanish yuqori bosimda oson kechadi. Bosim ko’tarilganda gaz ҳosil bo’lishi kamayadi va tarkibida to’yinmagan uglevodorodlari kam bo’lgan benzin ko’p miqdorda chiqadi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida kreking jarayoni kerosin solyar frakstiyasi uchun 5 MPa bosimda, oғir qoldiq xom ashyo uchun esa 2 MPa bosimda olib boriladi. Yuqori bosim kolonna va buғlatkichlarda yuqori ҳaroratni ushlab turadi, o’z navbatida kreking jarayoniga kerak bo’lgan ҳaroratini ushlab turish maqsadida quvurli o’choqqa beriladigan restirkulyantning ҳaroratini oshirib, yoqilғini tejashga olib keladi. Bundan tashqari kichik o’lchamdagi apparatlarni o’rnatish ilojini beradi.
2.3. Termik kreking jarayonining maxsulotlari.
Termik kreking natijasida gaz, benzin, gazoyl va kreking qoldiq olinadi. Kerakli tayyor maxsulot sifatida benzin olinadi. Kimyoviy tarkibi jiҳatidan kreking benzin to’ғri ҳaydab olingan benzinga nisbatan tarkibidagi to’yinmagan uglevodorodlar (15 20 %) va aromatik uglevodorodlar (15 35 %), shuningdek izostrukturali parfin uglevodorodlarning miqdori ko’pligi bilan ajralib turadi. Bunday uglevodorodlarning bo’lishi kreking benzinlarda antidetonastion xossalarini yaxshilaydi.
Gazoyl frakstion tarkibi bo’yicha kerosin gazoyl frakstiyasiga mos keladi; u qozonxona yoqilғisi sifatida ishlatiladi.
Kreking qoldiq oғir, qora rangli qovushqoq maxsulot bo’lib, zichligi 0,97 1,00 va undan yuqori; uning qovushqoqligi (shartli) 50 80 0S VU(ShQ) ga teng. Kreking qoldiq asosan parafinli (80 %) va to’yinmagan (20 %) uglevodorodlardan va yuqorikondensastiyalangan ko’p yaderli smolali moddalardan va karboidlardan tarkib topgan. Kreking qoldiq qizdirilganda oson kokslanadi, shuning uchun u kokslash qurilmasi xom ashyosi sifatida ishlatiladi.
Katalitik jarayonlar rivojlanib ketishiga qaramasdan, termik kreking jarayoniga bo’lgan eҳtiyoj, ayniqsa visbreking jarayonida o’z mavqesini yo’qotgani yo’q. Oғir xom ashening qovushqoqligini pasaytirish uchun visbrekinglash jarayonida tayyor maxsulot sifatida past qovushqoqli (20 30 0 VU) kreking qoldiq olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |