Darzlar va yorilgan detallarni ta’mirlash
Dvigatellar silindrlari bloki, bloklarning kallaklari, uzatmalar qutisining karteri va boshqa detallar darz ketgan va yorilganda ularni epoksid smolalardan foydalanib ta’mirlash mumkin.
Ta’mirlash korxonalarida ED-16 markali epoksid smolasi keng ko‘lamda ishlatiladi. Bu smola och jigarrang, tiniq qovushoq bo‘tqadan iborat. Bu smolani yopiq idishda uy haroratida uzoq vaqt saqlash mumkin.
Epoksidli smola qotirgich ta’sirida qotadi. Qotirgich sifatida alifatikaminlar (polietilen-poliamin), aromatik aminlar (AF-2), quyi molekulali poliamidlar (D-18, L-19, l-20) dan foydalaniladi. SHulardan polietilenpoliamin-glitserinsimon suyuqlik (och sariq ranglidan qoramtir rangligacha bo‘ladi) qotirgich sifatida keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Qotgan epoksidli smolaning egiluvchanligi va zarbiy mustahkamligini oshirish uchun unga plastifikator qo‘shiladi. Plastifikator sifatida sarg‘ish moyli suyuqlik dibutilftalatdan keng foydalaniladi.
Aralashmaning fizik-mexanik, ishqalanuvchanlik yoki ishqalanishni kamaytiruvchanlik xossalarini yaxshilash, issiqqa bardoshliligini, issiq o‘tkazuvchanligini oshirish va narxini kamaytirish uchun uning tarkibiga to‘ldirgichlar kiritiladi. To‘ldirgichlar sifatida cho‘yan, temir, alyuminiy kukunlari, asbest, sement, qum, grafit, shishatola va boshqa ashyolardan foydalaniladi.
Epoksidli aralashma quyidagi tartibda tayyorlanadi: ED-16 epoksidli smola solingan idish termoshkafda yoki qaynoq suvli idishda 60-80o C haroratgacha isitiladi va undan zarur miqdorda epoksidli smola olinib boshqa kichik idishga solinadi. Ajratib olingan smolaga zarur miqdorda oz-ozdan plastifikator-dibutilftalat qo‘shiladi. Plastifikatorni qo‘shish vaqtida qorishma 5-8 minut davomida yaxshilab aralashtiriladi.
Hosil qilingan aralashmaga oz-ozdan zarur miqdorda to‘ldirgich solinadi. Qorishma 8-10 minut davomida aralashtiriladi. Tayyorlangan qorishmani uzoq vaqt saqlash mumkin. Qorishmani ishlatishdan oldin unga oz-ozdan zarur miqdorda qotirgich qo‘shiladi va 5 minut davomida aralashtiriladi. Epoksidli qorishma qotirgich qo‘shilgandan keyin 20-25 minut ichida ishlatilishi lozim.Qorishmani tayyorlashda 6 – jadvalda keltirilgan ma’lumot-larga aniq rioya qilish kerak.
Uzunligi 20 mm gacha bo‘lgan darzlar quyidagi tartibda berkitiladi: 8-10 marta kattalashtiradigan lupa yordamida darzning chegaralari aniqlanadi va uning ikki uchida diametri 2,5-3,0 mm li teshik parmalanadi. Darzning ikki chetidan 60-70o S burchak yasab 1,0-3,0 mm chuqurlikda rax yo‘niladi. Rax chuqurligi detalning qalinligiga qarab tanlanadi. Detal qalinligi 1,5 mm dan yupqa bo‘lganda rax olish tavsiya etilmaydi.
Detal sirti darzning ikki yonida 40-50 mm kenglikda yaltiratib tozalanadi. So‘ng darz va tozalangan joy sirtlari atseton bilan xo‘llangan paxta yordamida yog‘dan tozalanadi. Detal sirti 8-10 minut davomida quritilgach, qaytadan yog‘sizlantiriladi va ikkinchi marta quritiladi. SHundan keyin detal 1 darz joyi yuqoriga qaratilib, yotiq joylashadigan qilib o‘rnatiladi va darz hamda tozalangan joylar sirtiga shpatel yordamida epoksidli qorishma 3 surtiladi. Cho‘yan va po‘lat detallardagi darzlar B tarkibli qorishma bilan, alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan detallardagi darzlar esa V tarkibli qorishma bilan berkitiladi.
EPOKSIDLI QOTISHMALAR TARKIBI.
Komponentlar
|
Tarkiblar (vazniy ulushlar)
|
A
|
B
|
C
|
D
|
E
|
ED-16 smolasi
|
100
|
100
|
100
|
100
|
-
|
K-115 Kompaund
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Dibutilftalamin
|
10-15
|
15
|
15
|
-
|
-
|
Polietilempoliamin
|
8
|
10
|
10
|
-
|
-
|
L-19 Oligoamid
|
-
|
-
|
-
|
30
|
-
|
Temir kukun
|
-
|
160
|
-
|
120
|
-
|
Sement
|
-
|
-
|
-
|
60
|
-
|
Alyumin upa
|
-
|
-
|
25
|
-
|
-
|
Grafit
|
-
|
-
|
-
|
-
|
70
|
150 mm dan uzun darzlar epoksidli qorishma surtib, metall ustqo‘ymayotqizib va uni boltlar bilan mahkamlab berkitiladi. Darz va uning ikki yonidagi sirtlar 150 mm li darzlardagi kabi tayyorlanadi. Ustqo‘yma 7 qalinligi 1,5-2,0 mm li po‘lat varoqlardan darzning ikki yonini 40-50 mm kenglikda qoplab turadigan o‘lchamda tayyorlanadi, Ustqo‘ymada diametri 10 mm li teshiklarparmalanadi. Teshiklarning markazlari o‘rtasidagi masofa darz bo‘ylab 60-80 mm bo‘lishi kerak. Teshiklar markazi ustqo‘yma chetidan kamida 10 mm oraliqda bo‘lishi lozim.
Ustqo‘yma darz ustiga qo‘yiladi, detalda teshik markazlari kerna urib belgilanadi, ustqo‘yma olib qo‘yiladi, diametri 6,8 mm li teshiklar parmalanadi va 1M8X1 rezba kesiladi. Detal va ustqo‘yma sirtlari yaltiratib tozalanadi va yog‘sizlantiriladi. Detal va ustqo‘ymaning tayyorlangan sirtlariga yupqa qilib epoksidli qorishma surtiladi, ustqo‘yma detalga yotqiziladi va rezbali teshiklarga ham yupqa qilib epoksidli qorishma surtiladi, boltlar burab qo‘yiladi.
YORIQLAR VA TESHIKLARNI YAMASHDA POLIMER MATERIALLARDAN FOYDALANISH
1 -yuzani tayyorlash zonasi; 2-ompozitsiya
3-shisha tolasi; 4-rolik; 5-po’lat plitalar; 6-payvandlash choki; 7-shaklli quyma;
8-oriq.
|
Detalning va ustqo‘ymaning tozalangan sirtlari yog‘sizlantiriladi, so‘ng ularga epoksidli qorishma 5 yupqa surtiladi. Ustqo‘yma yoriq joy ustiga o‘rnatilgach, rezbali teshikka yupqa qilib epoksidli qorishma surtiladi va unga boltlar 7 burab kirgiziladi. Qoplama qotgandan keyin epoksidli qorishmaning oqib qolgan qismlari tozalab tashlanadi va ta’mirlash sifati tekshiriladi.
KARTERNI QAYTA TIKLASH TEXNOLOGIK JARAYONING XISOBLARI
Texnologik jarayonimizning birinchi qismida yuvish va tozalash ishlari olib boriladi. Bu jarayonni biz asosan mexanik va kimyoviy usullarda olib boramiz.
Metall cho‘tka bilan tozalash. Mexanik ishlov berib - metall cho‘tka, qirg‘ich va sh.o‘. usullarda ham yaxshi natijaga erishiladi, lekin hech qachon yog‘lik yuzani bu usulda tozalash yaxshi natija bermaydi.
Yuvish.Yog‘ erituvchi suyuqlik bilan ishlashdan avval, mahsulot iflosdan va so‘ngra yog‘dan tozalanadi.
Yuvish va tozalash ishlaridan keyin defektatsiya jarayonini olib boramiz bu jarayonda detal yaroqli, yaroqsiz va qayta tiklasa boladigan turlarga ajratamiz keyin esa bizning ishimizda kerakli bo’lgan turi qayta tiklasa bo’ladiganlarini ajratib olamiz. Ajiratib olingan qayta tiklanadigan detalni (karterni) nosozligi bo’yicha uch guruhga bo’lindi.
Teshiklar
Darzlar
yoriqlarga
Teshiklarni yamash texnologik jarayonida birinchi bo’lib teshik atrofi yaxshilab yaltirtib tozalanadi maxsus charx toshlar, qum qog’oz va balgarka yordamida qilinqdi.
Moysizlantirish: Yog‘dan tozalash vositalar sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
O‘yuvchi natriy - NaOH va o‘yuvchi kaliy birikmalari bir xil ta’sir etadi. Kuchli yog‘dan tozalovchi vosita hisoblanadi, lekin inson terisi va metallni ham yemirishi mumkin.
Nashatir spirti - NH4OH kuchli ishqor hisoblanadi. U qimmatbaho bo‘lmagan metallarni ham yemirishi mumkin, lekin yog‘dan yaxshi tozalaydi. O‘yuvchi natriy va o‘yuvchi kaliyga nisbatan, nashatir spirtini inson terisiga kamroqhavfi bor.
Sionli kaliy - KCN va sionli natriy - NaCN, bu birikmalar faqatgina yog‘ni yaxshi eritmasdan balki, metall oksid pardalarini ham parchalashi mumkin. Bularning kamchiligi, inson hayotiga o‘ta zaharli ta’sir etishidir.
Soda - Na2CO3va potash -K2CO3 kuchsiz ta’sir etadigan ishqorlar, lekin inson hayotiga va metallga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Hozirgi kunda ishqorlar o‘rnini, turli tabiiy yoki sun’iy vositalr egallab bormoqda. Ular kuchli yog‘ eritish xususiyati bilan birgalikda, ishqorlarning salbiy xossalaridan holidir.
Teshiklarni epoksid bilan yamash xisobi
Bizga bu jrayonda kerak bo’ladi; epoksid kley(ED-16), plastifikator-dibutilftalat, po’lat list, shisha tolali qoplama, kleyga qo’shish uchun qattiqlashtirgichlar (aminlar, magneziya, oxak), va qoshimchalar (metal kukuni yoki alyumin kukuni), yaltiratib tozalash uchun esa balgarka kerak bo’ladi . Kartedagidagi teshilgan joylar epoksidli qorishmadan foydalanib, metall ustqo‘ymalarni detal sirti bilan tekis joylab yoki ustiga yotqizib tiklanadi.Teshilgan joyni berkitishda ustqo‘yma detal sirti bilan tekis yotqizilganda teshilgan joyning o‘tkir qirralari pachoqlanadi, detal sirti teshilgan joydan 10-20 mm kenglikda yaltiratib tozalanadi, qalinligi 0,5-0,8 mm li po‘lat varoqdan ustqo‘yma tayyorlanadi. Ustqo‘yma teshilgan joyni har ikki tomondan 10-20 mm kenglikda qoplaydigan bo‘lishi kerak. Teshilgan joy chetlari va uning atrofidagi tozalangan sirtlar yog‘sizlantiriladi va 8-10 minut davomida quritiladi. Teshilgan joy konturi bo‘ylab shisha toladan ustqo‘yma tayyorlanadi. Teshilgan joy qirralari va atrofdagi tozalangan sirtlar ikkinchi marta yog‘sizlantirilgandan keyin metall ustqo‘ymaga yupqa qilib epoksidli qorishma surtiladi. Metall ustqo‘yma teshilgan joy ostiga o‘rnatilib, bilan mahkamlanadi. So‘ng ustqo‘yma ustiga shishatoladan tayyorlangan ustqo‘yma yotqiziladi va rolik bilan zichlanadi, epoksidli qorishma surtilib, shishatoladan tayyorlangan ikkinchi ustqo‘yma yotqiziladi va yana rolik bilan zichlanadi, epoksidli qorishmani surtish va shishatoladan tayyorlangan ustqo‘ymani yotqizish ishlari teshilgan joy detalning butun qalinligi bo‘yicha to‘lib chiqqunga qadar takrorlanadi. Ustki ustqo‘ymaga epoksid qorishma 2 surtiladi va qotiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |