1-Mavzu: Kirish. Jahon XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Industirial sivilizatsiya ishlab chiqrishning kon sentransiyalashuvi millatlar aro korporatsiya.
Soatlar soni 1
O’quv jarayoni amalga oshirish tehnologiyasi:
Dars turi noan’anaviy
Metod :aqliy hujum, jadval texnologiyasi:
Darsning maqsadi:
Talimiy maqsad:-oquvchilarga 9-sinf Jahon tarixi darsi nimalarni orgatishi haqida, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub ozgarishlar haqida haqida malumot berish;
Tarbiyaviy maqsad: - oquvchilargahar bir inson umumbashariy taraqqiyot yolini chuqur idrok etishi lozimligini,busiz tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib bolmasligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -oquvchilarda yangi tarix va orta asrlar tarixi davrida mavjud bolgan jamiyat belgilarini taqqoslay olish,ulardan chiqarilgan xulosalarni bugungi kun hodisalari bilan boglay olish ko`nikmasini shakllantirish.
Darsning blok sxemasi:
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.45
Tashkiliy qism 3
Otilgan mavzuni takrorlash 12
Yangi mavzu bayoni 14
Mustahkamlash 12
Baholash 2
Uyga vazifa 2
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash, sinf tozaligini kuzatish, diyorimizda va dunyoda bolayotgan voqealar bilan oquvchilarni tanishtirish.
II.Otilgan mavzuni takrorlash: 1-tadbir: Oquvchilarning 8-sinfda olgan bilimlari sinab korish maqsadida “Alifbo” mashqini otkazamiz. OquvchilarA4 qogoziga yozilgan “Alifbo” harflariga tegishli davlatlar nomi va unda sodir bolgan va bolayotgan voqealarni yozadilar. 2-tadbir: Bajarilgan ishlar xona devoriga ilinib, korgazma tashkil etiladi. Korgazma oquvchilar tomonidan organib chiqiladi. Toldirilishi lozim bolgan ishlar boshqa oquvchilar tomonidan toldiriladi. 3-tadbir: Korgazmadagi harflar o`quvchilar tomonidan qayta olinib, doskaga
ilingan vatmandagi sozlar asosida guruhlarga bolinadilar.Vazifa:Davlatlarni quyidagi sozlar asosida guruhlarga ajrating.
Ishlab chiqarishi yuqori darajada bolgan davlatlar.
Monarxiya davlatlar.
Mustamlakachi davlatlar.
Mustamlaka davlatlar
Milliy ozodlikka erishgan davlatlar
Oquvchilar ishini tagdimot qiladilar va oqituvchI tomonidan ragbatlantiriladilar.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja: 1.Monopolistik kapitalizm. 2.Monopolistik kapitalizmning orni.
Moliya oligarxiyasi vujudga keldi.
Bu hodisa sanoat va bank kapitalining qo'shilishi natijasida sodir bo'lgan. Ishlab chiqarishning markazlashuvi va sanoatning monopoliyalashuvi jarayoni bank faoliyatida kapitalning markazlashuviga olib keldi. Kuchli raqobat tufayli kichik banklar xonavayron bo'lib, yirik banklar tarkibiga qo'shilib ketdi. Natijada, juda katta moliyaviy qudratga va o'z mamlakatida ulkan siyosiy ta'sirga ham ega bo'lgan moliyaviy markazlar — bank gigantlar (yirik banklar) vujudga keldi. XX asr boshlarida shunday banklar Fransiyada uchta, AQSHda esa ikkita edi.
Chetga kapital chiqarish muhim ahamiyat kasb etdi. Chetga kapital chiqarishning o'sishiMonopoliyalar, moliya oligarxiyasi foydani ko'paytirishga harakat qilib, chetga endi tovarlarni emas, balki kapital chiqarishga alohida ahamiyat bera boshladilar. Chunki, endilikda tovar chiqarishdan ko'ra, chet mamlakatlarga kapital chiqarish, ya'ni ularga yuqori foiz evaziga kreditlar berish; tabiiy boyliklarni arzonga sotib olish, u yerlarda eng arzon ishchi kuchi hisobiga boylik orttirish imkonini beruvchi korxonalar qurish foydali bo'lib qoldi.
Xalqaro monopoliyalar dunyoni bo'lib oldi.Eng yirik monopoliyalar, moliya oligarxiyasining turli guruhlari bozorlar, xomashyo manbalari ustidan nazorat o'rnatishga intilganlar. Shu tariqa, xalqaro monopoliyalar vujudga kelgan. 1910- yilda ularning soni 100 taga yetgan. Natijada, endi yangi bir hodisa
xalqaro monopoliyalar o'rtasida jahon xo'jaligi va boyligini nazorat qilish uchun kurash boshlangan. Chunonchi, ikki moliya guruhi
Rokfeller (AQSH) va Rotshildlar (Buyuk Britaniya) guruhi jahonning kerosin bozorini bo'lib olgan.
Dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy jihatdan taqsimlab olish tugallandi.Moliya oligarxiyasi qudratining mustahkamlanishi bilan in¬dustrial davlatlarning o'z mustamlakalarini kengaytirishga intilishlari yanada kuchaydi.Bu hol industrial davlatlar o'rtasida dunyoni hududiy jihatdan bo'lib olishni tezlashtirdi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha ular o'rtasida 72,9 mln. kv. km o'zga xalqlar hududlari (butun yer yuzining 54,9 %) bo'lib olingan edi.
Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya juda katta mustamlakalarga ega bo'lib oldi.
IV.Mustahkamlash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun oquvchilarga oldindan tayyorlangan tarqatma tarqatiladi.Barcha oquvchilar oz fikrini bildirishi mumkin.
INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA
1.XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida qanday ozgarishlar yuz berdi?
2.Monopolistik kapitalizmning asosiy belgilari nimalardan iborat?
3.Dunyoda qanday harbiy-siyosiy ittifoqlar paydo boldi?
4.Monopalistik kapitalizmning orni nimada?
5.Dars davomida qanday bilimlarga ega boldingiz?
Iqtidorli oquvchilarga qoshimcha savollar:
1.Hozirgi kunga qadar hukm surayotgan qanday monopalistik korxonalarni bilasiz?
2.Hozirgi davrdagi monopolyalar haqida malumot toplang.
V.Baholash: Darsda faol oquvchilar baholanadi?
VI.Uyga vazifa: 1-mavzu savollariga javob yozib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |