2. Bozor iqtisodiyoti normalari tizimi
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot.Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir.Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi,chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi.Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas,balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi.Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi.Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining,chunonchi xususiyindividual,xususiy korporativ,jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi.Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ,sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar,mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi.Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi.Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib,ishlab topganini oʻzi oladi.Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi.Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir.Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi.Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas.Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyoti normalari – bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o’zaro shartlangan normalari yig’indisini tashkil etadi.Bozorlardagi barqaror muvozanat bozor normalaridan foydalanishning natijasi hisoblanadiBozor normalari tizimi asosida yotuvchi birinchi norma murakkab foyda ko’rish normasi bo’lib, u nafaqat individni foydalilikni oshirishga yo’naltirish, balki uning olinadigan foyda bilan o’zining samarali faoliyati o’rtasidagi aloqani anglab yetishini nazarda tutadi.Ya’ni foyda (manfaat) ko’rish individ tomonidan o’z foydaliligining samarali faoliyat asosida oshirilishidir.Murakkab foyda ko’rish normasi individning ehtiyojlar darajasi va samarali faoliyati o’rtasidagi nomuvofiqlikni istisno etadi.Ba’zan bunday nomuvofiqlik yuqori ishlab chiqarish salohiyati va yuqori mehnat samaradorligiga ega bo’lmagan mamlakat aholisi o’rtasida yuqori iste’mol standartlarining tarqalishida yuzaga keladigan «nomuvofiq kutishlar inqiloblari» asosida yotadi.Ushbu vaziyatda asosan ommaviy axborot vositalari orqali yuz beradigan yangi iste’mol standartini qabul qilish jamiyatda hukmronlik qiluvchi samarali faoliyat modeliga taalluqli bo’lmaydi.Bundan tashqari, qulay sharoitlar mavjud bo’lganida oddiy utilitarizm foydalilikni oshirishni rentani izlashga aylantirishni nazarda tutadi. Mukammal raqobat vaziyatidan har qanday chetga chiqish, almashish (tariflar, kvotalar) uchun cheklovlar o’rnatilishi oddiy utilitarizm sa’y-harakatlarini rentani izlashga yoki, boshqacha aytganda,foydaga samarasiz yo’naltirilishga aylantiradi. Individning rentani ko’paytirishga intilishini normativ cheklash sifatida murakkab manfaat ko’rish, ya’ni individ tomonidan boshqalar ziѐniga emas, balki faqat o’z faoliyati hisobidan yutuqqa erishish mumkinligining tan olinishi muqobil variant hisoblanadi.Agar foyda ko’rish normasi individning maqsadli vazifasini belgilasa, rasional maqsadli fe’l-atvor (xatti-harakat) normasi foydalilikni muayyan vazifalarning hal etilishi bilan bog’lagan holda oshirishni muayyanlashtiradi.Ma’lumki, rasional maqsadli fe’l-atvor individning rasional va o’ylangan maqsadiga erishish uchun tashqi olam narsalari va insonlarning ma’lum fe’l-atvoridan foydalanishini nazarda tutadi. Axborotning to’liqsizligi va uni qayta ishlash bo’yicha malakaliqobiliyatlarning cheklanganligi sharoitida rasional maqsadli fe’l-atvor nayrang qilishga aylanadi: agar individ katta hajmdagi axborotga ega bo’lsa, u o’zining hamkori bilan nayrang qiladi. Individ shu usul bilanatrofidagilarni o’z maqsadiga foydalilikni oshirishga erishish vositasiga aylantirishga urinadi.Ayrim agentlarning foydalanilgan avtomobillar bozori va «ma’naviy xatar» bilan bog’liq sug’urta bozorida boshqalarni ziyonga uchratishi axborot asimmetriyasidan foydalanishga klassik misol bo’ladi.Bunday ayѐrlik, yaqqol yoki nozik shaklda aldash bilan shaxsiy manfaat ko’zlanadigan xatti-harakatga nomi berilgan. Rasional maqsadli fe’l-atvorni opportunizmga aylantirishga qarshi kafolatlar barcha ishtirokchilar faoliyatining quyidagi yo tarkibiy yoki rasmiy-huquqiy jihatlari bilan tavsiflanadi:
- mukammal malakali qobiliyat va almashuvda to’liq axborotga ega bo’lish;
- shartnoma tuzishda maxsus taomillardan foydalanish.
Ikkinchi jihat optimal shartnoma nazariyasini maxsus o’rganish ob’ektihisoblanadi, shuning uchun bu yerda bozorning asosiy qonuniga ikkinchi unsuri sifatida to’liq rasionallik mezonlariga javob beruvchi rasional maqsadli fe’l-atvorni ta’kidlash lozim.Maqsadli rasional fe’l-atvor shakllanishi asoslaridan biri atrof-muhitdagi narsalarni va kishilarning fe’l–atvorini kutilayogan voqelikka nisbatan mos ravishda ayta olishdir.Individ tomonidan qabul qilinadigan qarorlar xatarining hamkor faoliyati asosida aniqlangan vaziyatlari kutilayotgan voqelikka shartnoma ishtirokchisi xarakatlarining mos bo’lishi uchun o’ta ahamiyatlidir. O’zaro bog’liqlar sharoitida individlar o’rtasidagi munosobatlarni tartibga soluvchi norma sifatidagi ishonch bo’lgan taqdirda maqsadli rasional harakatga erishiladi.Individga o’z harakatini boshlashiga qadar atrofdagi harakatlar aniq bo’lib,individ tanloviga ayrim atrofdagi harakatlar bo’yicha kutilishlarning ta’sir qilishi ishonch deyiladi. Bozordagi bitim bilan individuallashmagan ishonch o’rtasidagi bog’liqlik oldindan to’lovlarning qilishida namoyon bo’ladi.Bu eng oddiy bozor bitimi hisoblanadi. Iqtisodiѐti rivojlangan malakatlarda individuallashmagan ishonch bo’yicha o’tkazilgan so’rovlarga javoblar (Daniya-94 %; Germaniya-90 %; Fransiya-84%)da yuqori natijalarga erishilgan.Bozor iqtisodiyotining yana bir normasi hayrihohlik bo’lib, bunda individ o’zini hamkor o’rniga qo’yib ko’radi va uning barcha kechinmalari, qiziqishlari va mo’ljallarini bozor sub’ekti sifatida o’zidan o’tkazishga harakat qiladi.Ayrim shaxslar doirasi bilan cheklanmagan xayrihohlik o’z harakatlarida erkinlikka chiqqani bilan bog’liq.Insonning faoliyati qancha erkin bo’lsa, u atrofdagilarning harakatini shuncha yaxshi tushunadi va uni oldindan ayta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |