Mavzuning maqsadi.Markazlashtirilgan investitsiyalarning mohiyati ko’rinishlari va ularning miqdorini aniqlovchi omillar haqida tushunchaga ega boʻlish va ularga qoʻyiladigan asosiy talablar haqida umumiy xulosa chiqarish.
Mavzuning ob'yekti-Markazlashtirilgan Investitsiyalarga xarajatlari va boshqa xarajatlar tarkibiy qismilarini parallel hisoblash tizimini tashkil etish
Ishning predmeti-Markazlashtirilgan Investitsiyalarga xarajatlar va boshqa xarajatlar tarkibiy qismilarini o`rganish mazmuni, shakl va usullarini to'liq o'rganish va mohiyatini ochib berish.
Mavzuni oʻrganish vazifalari: -Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
- Markazlashtirilgan Investitsiyalarga xarajatlarda moliyaviy – iqtisodiy nazariyasini rolini aniqlash.
-Hozirgi iqtisodiyot Markazlashtirilgan Investitsiyalarga xarajatlar yangi qirralarini topish;
-Markazlashtirilgan Investitsiyalarga xarajatlar nazariyasi bo’yicha jahon tajribasidan foydalanish.
1. Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi Normalar individlarning o’zaro muvofiq munosabatlari Barqarorliginin asosiy kafolati hisoblanadi. Individ tomonlarharakatlarini tushunish va o’z harakatini ular bilanmuvofiqlashtirish uchun biror-bir normani tanlash barobarida umuman tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa, uni normaga qaytaruvchi tartibga solish mexanizmining mavjudligi normalar tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro va mikrodarajalar o’rtasidagi asosiy bog’lovchi bo’g’inga aylanadi.Individlarning iqtisodiy faoliyat yuritishini ta’minlovchi normalar tizimiga iqtisodiyentning asosiy qonuni (konstitusiyasi) deyiladi.Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda boʻlishi, iqti-sodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis — xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xil-maxil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.
Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi, ishlab chiqarishning industrial-agrar harakteri; iqtisodiyotning yopiq bulishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanishi; iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi,reja topshirikdarining majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi; iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiymaʼnaviy stimullarga ustuvorlik berilishi; iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past bulishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi.Evolyusion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy ishlab chiqarish bozor tizimiga aylanadi,uni revolyusiyey yul bilan yoʻqotish natijasida zurlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik tizimi urna-tiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi. Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni utish xrlatidagi ishlab chiqarish yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyrukbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir.Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda turadi.Bu tizim koʻp ukladli boʻlib (qarang Koʻp ukladli iqtisodiy tizim), uning qanchalik uzoq saqlanishi oʻtish davrining naqadar uzun yoki qisqa boʻlishiga bogʻliq. Buyruqbozlik va bozor iqtisodiyenti tizimlarida o’zaro zid normalarga amal qiladi.Masalan, bozor tizimi faqat individlar kundalik iqtisodiy faoliyatida u asoslanadigan normalardan foydalangan darajaga ko’ra barqaror va takror ishlab chiqarishga qodir bo’ladi.Shaxsiy manfaatlarini ko’zlovchi individlar o’rtasidagi bitimlardan makroiqtisodiy darajaga o’tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga oshiriladi.Buyruqbozlik iqtisodiѐtining normalar tizimi surunkali taqchillik,ya’ni resurslarning yetishmasligini o’zida namoyon etadi.Taqchillikning ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiѐtiga xos navbatning kattaligi resurslar va tayyor mahsulotlarning normal zaxiralari va hokazolar tushuniladi.Boshqacha aytganda,nafaqat Valaras bo’yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklanadi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoѐn bo’ladi. Umuman, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo’llaniladigan normalarning tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.