Kirish. I. Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelish sabablari



Download 376 Kb.
bet6/7
Sana21.01.2022
Hajmi376 Kb.
#393997
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Olimpiya kongressi va xalqaro olimpiya dolzarb muammosi.

Tomas Bax haqida

Tomas Bax (Thomas Bach) 1953 yilning 29 dekabrida Vyursburg shahrida tug‘ilgan.  Vyursburg Universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi –  huquqshunos, huquqshunoslik fanlari doktori unvoniga ega.

1976 yilda Monrealda o‘tkazilgan XXI Olimpiya o‘yinlari Tomas Bax qilichbozlikning rapira yo‘nalishida jamoaviy bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Sportchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng u sport boshqaruvchisi (funksioner) sifatida ishlay boshlagan.

1981 yili Baden-Badendagi XI Olimpiya Kongressida sportchilar vakili sifatida XOQning komissiyasi tarkibiga kiritilgan.

2013 yilning 10 sentyabrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimini egallagan.




Vikelas Demetrius (1835 yil, Ermupolis, Gretsiya – 1908 yil 20 iyun, Afina) – Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining birinchi Prezidenti. Zamonaviy olimpiya xarakati tashkilotchilaridan biri. 1894 yil iyun oyida Parijda o‘tkazilgan Xalqaro ta'sis kongressida zamonaviy olimpiya xarakati muammolari muhokama qilingan sho‘baga rahbarlik qilgan. 

Mazkur kongressda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining a'zosi hamda Prezidenti etib saylangan. 1896 yilda I Olimpiada o‘yinlarini Afinada o‘tkazishni taklif qilgan va bu zamonaviy olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishiga katta hissa qo‘shgan. 

O limpiya o‘yinlari nihoyasiga yetganidan so‘ng istefoga chiqqan. 1897 yilgacha Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi azosi bo‘lgan. Xayotining so‘nggi o‘n yilini badiiy ijodiyotga bag‘ishlagan.

Baron Per de Kuberten — Xalqaro olimpiya xarakatining buyuk arbobi, zamonaviy olimpiya xarakatining asoschisi, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining ikkinchi Prezidenti. 


1863 yilning 1-yanvar kuni Parij shahrida fransuz rassomi oilasida tug‘ilgan. Bolaligidan chavandozlikni hush ko‘rgan, qilichbozlik va eshkak eshish bilan shug‘ullangan. Parij litseylarining birida, harbiy maktabda, so‘ng Parij universitetida o‘qib, sanat, fan va huquq bakalavri darajasini olgan. Talimini siyosiy fanlar erkin maktabi (Ekol Premer)da davom ettirgan. 

1894 yilda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Bosh kotibi, 1896 yilda Prezidenti etib saylangan. Per de Kubertenning bevosita rahbarligida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi II,III,IV,V,VII,VIII Olimpiya o‘yinlarini, Shamonida rasmiy ravishda I Qishki Olimpiada maqomi berilgan qishki sport haftaligini o‘tkazdi. 


1925 yilda o‘z xohishiga muvofiq Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Prezidenti lavozimidan istefoga chiqqan. Shu sanadan umrining ohirigacha — XOQning fahriy Prezidenti bo‘lgan. 

Olimpiya xarakati, sport tarixi, shuningdeq sotsiologiya, falsafa, siyosat, arxeologiya, fanning boshqa sohalariga oid 30 ta kitob, 50 ta risola, 1200 tadan ortiq maqolalar muallifi. 

Per de Kuberten 1937 yilning 2 — sentyabr sanasida xayotdan ko‘z yumgan. Vasiyatiga ko‘ra Jeneva (Shveytsariya)ga dafn etilgan. Gretsiya Milliy Olimpiya qo‘mitasining taklifi bilan yuragi balzamlashtirilib, mahsus idishda Olimpiya shahri muqaddas dargohiga kiraverishdagi yodgorlik ichiga joylangan.

 Baye-Latur Anri-de, graf (1876 yil, 1 mart — 1942 yil 6 yanvar, Bryussel) — Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining uchinchi Prezidenti. 

Belgiyaning Antverpen provinsiyasi sobiq gubernatori oilasida dunyoga kelgan. Bolalik payti va Leven universitetida o‘qigan yillari sportning chavandozlik turiga qiziqqan. Universitetni tamomlagandan keyin diplomatik xizmatda: Belgiya xukumati topshiriqlarini bajargan, uning Gollandiyadagi diplomatik vakili bo‘lgan. 
1903-yilda Belgiyadan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi azosi etib saylangan. 1905 yilda XOQning III kongressini tayyorlash va o‘tkazishga shaxsan katta xissa qo‘shib, bu xalqaro tashkilotda katta obro‘ — etibor qozongan. 1906 yilga Belgiya Milliy olimpiya qo‘mitasi tasischilaridan biri bo‘lgan. 

Bevosita uning tasiri tufayli Belgiyaning Antverpen shaxri 1920 yilgi olimpiya o‘yinlarining poytaxti etib tanlangan. Antverpen birinchi jaxon urushi yillari vayronaga aylantirilganligiga qaramasdan VII Olimpiadani o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasining prezidenti etib saylangan Anri de Baye-Latur bu jaxon sporti bayrami muvaffaqiyatli o‘tishini taminlashga katta xissa qo‘shgan. 

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi 1921 yilda o‘zining birinchi Ijroiya qo‘mitasini shakllantirganda Anri de Baye-Latur uning azosi etib saylandi. 1922 yilda Braziliyada o‘tkazilgan Janubiy Amerika o‘yinlarida XOQ raxbariyati vakili bo‘lgan Baye-Latur bu mintaqa sport tashkilotlaridagi turli mojaro va muammolarni muvaffaqiyatli xil eta olgan. 

Xalqaro Olimpiya Qo‘itasining 1925 yil 28 maydagi 24-sessiyasida Anri de Baye-Latur ikki tur ovoz berishdan so‘ng XOQ Prezidenti etib saylandi. 

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 1933 yil Venada bo‘lib o‘tgan sessiyasida Anri de Baye-Latur ikkinchi sakkiz yil muddatga XOQ Prezidenti etib saylandi. 

Edstrem Yuxannes Zigfrid (1870 yil 21 noyabr, Geteborg, Shvetsiya — 1969 yil 18 mart, Stokgolm, Shvetsiya) — Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining to‘rtinchi Prezidentidir. 

Yuxannes Edstrem Shvetsiya va, AQShda talim olgan, Shveytsariyaning Syurix shaxridagi Federal texnologiya institutida muhandis-energetik ixtisosligini egallagan. Shundan keyin, AQSh va Shveytsariya konserlarida ishlagan, XIX asr oxirida Shvetsiyaga qaytib tramvay korparatsiyasida faoliyatini davom ettirgan. Keyin Shvetsiyada eng yiriklardan xisoblangan «ASSA» kompaniyasining prezidenti bo‘lgan. 

Yuxannes Edstrem yoshligidan yengil atletika bilan shug‘ullangan. 1891 yilda 100 va 150 metrga yugurishda Shvetsiya rekordini o‘rnatgan 

1901–1903 yillarda Shvetsiya yengil atletika federatsiyasining prezidenti bo‘lgan, Shvetsiya sportini rivojlantirish mamuriy organi — riksidrottsferbunder tashkilotchilaridan biridir. U Stokgolmdagi beshinchi olimpiya o‘yinlari tashkilotchilaridan xisoblanadi. 

1912 yilda Yuxannes Edstrem Xalqaro xavaskor yengil atletikachilar federatsiyasi — IAAFning birinchi prezidenti etib saylanadi. U 1946 yilgacha ana shu lavozimda bo‘ldi. Yuxannes Edstrem 1921 yilda Xalqaro Olimpiya 

Qo‘mitasi azosi, keyin XOQ Ijroiya qo‘mitasining azosi etib saylangan. 1931 yilda Yuxannes Edstrem XOQ vitse-prezidenti etib saylandi. 

1946 yilda XOQning 40-sessiyasida Yuxannes Edstrem Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Prezidenti etib saylandi. Yuxannes Edstrem per de Kubertanning xavaskor sportni rivojlantirish tamoyilining tarafdori edi. U olimpiya xarakatida millatchilikning xar qanday ko‘rinishiga qatiy qarshi edi Yuxannes Edstrem XOQning 1949 yildagi 44-sessiyasida Xalqaro olimpiya akademiyasini tashkil etish taklifini qo‘llab quvvatladi. Bu g‘oya 1961 yilda amalga oshirildi. Yuxannes Edstrem XOQning 1950 yilgi 45-sessiyasida sanat tanlovlarini olimpiya o‘yinlari dasturidan chiqarish, Olimpiada doirasida turli sanat festivallari, ko‘rgazmalari o‘tkazish takliflarini kiritdi. 

Bu o‘n beshinchi Olimpiadadan boshlab amalga oshirildi Yuxannes Edstrem XOQning 1952 yil 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida o‘z iltimosi yuilan istefoga chiqdi. U umrining oxiriga qadar XOQning faxriy prezidenti edi.

Brendej Eyveri (1887 yil 28 sentyabr, Detroyt, AQSh — 1975 yil 7 may, Garmish — Partenkixeren, Gkrmaniya) — Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining beshinchi Prezidenti. 

Ishchi oilachida tug‘ilgan, 1893 yilda oilasi bilan Chikagoga ko‘chib ketgach, shervud o‘rta maktabida boshlang‘ich talimni oladi, 12 yoshidan «Chikago tribyun» gazetasini tarqatuvchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Bu ishini xususiy kollejda o‘qish bilan birga qo‘shib olib boradi. Kollejda yengil atletika ko‘pgtnp turlari, futbol va basketbol bilan shug‘ullanadi. 
1909 yilda Illinoys shtati universitetini tugallab, muxandis-quruvchi ixtisosligini egallagan Eyveri Brendej Chikagodagi «Xolaberd va Roshe» memorchilik firmasida qurilish boshqaruvchisi vazifasida ishlash bilan birga sport bilan faol shug‘ullanadi. U yengil atletika ko‘pkurashi bo‘yichi, AQSh birinchiligining 1910 yilgi sovrindoridir. 1912 yilgi Stokglm Olimpiadasida, AQSh terma jamoasi safida yengil atletika beshkurashi bo‘yichi beshinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan. Sportchi 1914,1916 va 1918 yillarda yengil atletika ko‘pkurashi bo‘yicha mamlakat chempioni xam xisoblanadi. So‘ng u qo‘l to‘pi bilan shug‘ullana boshlab, sportning bu turida Amerikaning eng yaxshi o‘n o‘yinchisidan biri, deb xam topolgan. 

Eyveri Brendej 1925–1927 yillarda qo‘l to‘pi bo‘yichi milliy qo‘mita raisi, 1928–1935 yillarda, AQSh Xavaskor atletika assotsiatsiyasi, 1928–1952 yillarda, AQSh milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti bshlgan. U 1930 yilda Xalqaro xavaskor yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti, 1936 yilda XOQ azosi, 1937 yilda XOQ Ijroiya qo‘mitasi qo‘mitasi azosi, 1945 yilda XOQ vitse-prezidenti, 1946-yildabirinchi vitse-prezidenti etib saylangan. 


1952-yil iyun oyida XOQning Xelsinkida bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida Eyveri Brendej Xalqaro Olimpiya 

Qo‘mitasining Prezidenti etib saylandi. 


Eyveri Brendej birinchi bo‘lib XOQning Oltin medali bilan taqdirlangan. U 85 yoshida XOQning 1972 yilda Myunxenda bo‘lib o‘tgan 73-sessiyasida o‘z ixtiyoriga ko‘ra istefoga chiqdi. Eyveri Yurendej xayotining so‘nggi yillarini GermaniyaningGarmish-Partenkirxen shaxrida o‘tkazdi va vasiyatiga ko‘ra shu yerda dafn etildi.

Killanin Maykl Morris, lord (1914 yil 30 iyul, London) — Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining oltinchi prezidenti. 

Maykl Killanin Parij va kembrij universitetlarida talim olgan. Yoshligidan sportning chavandozliq boks va eshkak eshish turlari bilan shug‘ullangan. 

1935–1936 yillarda Maykl Killanin «Deyli ekspress» gazetasida muxbir, 1937–1938 yillarda bu nashrning Osiyodagi xarbiy muxbiri, 1938–1939 yillarda «Deyli meyl» va «Sandi dispetcher» gazetalarida siyosiy sharxlovchi bo‘lib ishlagan. 

1938–1945 yillarda Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarining zobiti, ikkinchi jaxon urushi qatnashchisidir. 
O‘tgan asr 40-yillarining oxiri 50-yillarning boshlarida Maykl Killanin turli sanoat firmalarida mamuriy lavozimlarni egallagan. 

1950 yilda Irlandiya milliy olimpiya qo‘mitasining Prezidenti etib saylangan Maykl Killanin olimpiya xarakatining faollaridan biridir. U 1952 yildan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining azosi, 1967 yildan XOQ Ijroiya qo‘mitasi azosi, 1968 yildan XOQning vitse-prezidentidir. U 1972 yilda XOQning Myunxenda o‘lib o‘tgan 83-sessiyasida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Prezidenti etib saylandi. 

Maykl Killanin Olimpiya xaritasidagi havaskor sportchi maqomiga aniqliklar kiritilgan «26 qoida» mualliflaridan biridir. U sportni tijoratlashtirishga qarshi bo‘lgani xolda milliy olimpiya qo‘mitalarining o‘z sportchilarini olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishlari va ularda qatnashishlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini qoplashlariga xayrixoxlik bildirgan. Maykl Killanin XOQ Prezidenti lavozimida ekanligida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining milliy olimpiya qo‘mitalari va xalqaro sport federatsiyalari bilan aloqalari mustahkamlandi. 

Maykl Killanin rivojlanayotgan davlatlarda olimpiya xarakatini, sportni rivojlantirishga katta xissa qo‘shdi. U XOQning «Olimpiya birdamligi» dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tashabbuskori bo‘ldi. 


XOQ Maykl Killanin raxbarligida Monrealdagi XXI, Moskvadagi XXII olimpiya o‘yinlarini, Insburgdagi XII va Leyk-Plesiddagi XIII qishki Olimpiadalarni o‘tkazdi. Bu davrda turli siyosiy qarama-qarshiliklar, olimpiya o‘yinlarini boykot qilishga urinishlarga qaramasdan Maykl Killanin raxbarligidagi XOQ olimpiya xarakatini parchalanib ketishtga yo‘l qo‘ymadi. 

Maykl Killanin 1980 yilda o‘z xoxishiga ko‘ra XOQ Prezidentligi lavozimidan istefoga chiqdi.



Samaranch Xuan Antonio, markiz (1920 yil 17 iyul, Barselona, Ispaniya) — Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining yettinchi Prezidenti. Xuan Antonio Samaranch universitetning tijorat fakultetini tugallagandan so‘ng biznes faoliyatini sport ustozligi bilan qo‘shib olib bordi. U yoshligida boks, rolikli konkida xokkey bilan shug‘ullangan. Keyinchalik u ustozlik qilgan Ispaniyaning rolikli xokkey jamoasi jahon chempioni ham bo‘ldi. 


1940–1950 illarda Xuan Antonio Samaranch Barselona munitsipalitetining maslahatchisi bo‘lgan, so‘ng Ispaniya rolikli xokkey milliy federatsiyasining prezidenti etib saylangan. 1963 yilda Xuan Antonio Samaranch Ispaniyaning sport oliy kengashi raxbari lavozimiga tayinlanadi. U 1955 yilda Barselonada o‘tkazilgan ikkinchi O‘rta dengiz o‘yinlarining tashkilotchilaridan biridir. U 1956 yildagi VII qishki Olimpiada, 1960 yilgi XVIIva 1964 yilgi XVIII olimpiya o‘yinlarida Ispaniya sport delegatsiyasining raxbari bo‘lgan. 1967 yilda Xuan Antonio Samaranch Ispaniya milliy olimpiya qo‘mitasining Prezidenti etib saylanadi. U 1968 yildan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi protokoli raxbari, 1970 yildan XOQ Ijroiya qo‘mitasi azosi, 1974 yildan XOQvitse-prezidentidir. U 1977 yilda Ispaniyaning sobiq Ittifoqdagi elchisi bo‘lgan. 

1980 yil iyul oyida XOQning 83-sessiyasida Xuan antonio Samaranch ovoz berishning birinchi bosqichidayoq Xalqaro olimpiya Qo‘mitasi Prezidenti etib saylandi. 

Xuan Antonio Samaranch bu lavozimni egallashi bilan olimpiya xarakatini davr talabiga moslashtirish, XOQ olimpiya doirasini kengaytirish, sportda dopingga qarshi kurashish kabi asosiy tamoyillarni o‘z ichiga olgan faoliyat dasturini elon qildi. 

1982 yil boshida Xuan Antonio Samaranch Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga BMT tomonidan Xalqari Olimpiya Qo‘mitasining mutlaq mustaqilligini xamda uning jaxonning xoxlagan qismida tashqaridan biron-bir aralashuvlarsiz olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish xuquqini etirof etish taklifi bilan murojaat qildi.


Xuan Antonio Samaranch raxbarligida XOQ XIV,XV,XVI,XVII,XVIII qishki Olimpiadalar hamda XXIII, XXIV,XXV, XXVI,XXVII olimpiya o‘yinlarini o‘tkazdi1986 yildan professional sportchilarning olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishlariga ruxsat berilishi ham Samaranch nomi bilan bog‘liq. 

1991 yilda Ispaniya qiroli Xuan Karlos Xuan Antonio Samaranch Torelloga markiz unvonini marxamat qildi. 2000 yilda Xuan Antonio Samaranch o‘z xoxishiga ko‘ra XOQ Prezidenti lavozimidan istefoga chiqdi.



Rogge Jak (1942 yil, 2 may, Gent, Belgiya) — Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining sakkizinchi Prezidenti. Jak Rogge ixtisosligi bo‘yichi xirurg va tilshunosdir. U regbi bo‘yichi Belgiya terma jamoasi azosi bo‘lgan. Jak Rogge yelkanli qayiq sportida Belgiyaning o‘n olti karra chempioni xamda jaxon chempionidir. U 1968, 1972, 1976 yillardagi olimpiya o‘yinlarida yelkanli qayiq musobaqalarida ishtirok etgan. 

Jak Rogge 1989 yilda yevropa Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining prezidenti xamda Milliy olimpiya qo‘mitalari asssiatsiyasi — ANOK vitse-prezidenti etib saylandi. 1989 — 1992 yillarda Belgiya Milliy olimpiya qo‘mitasining prezidenti bo‘lgan. 

1998 yildan Jak Rogge XOQ Ijroiya qo‘mitasining azosidir. Jak Rogge 2000 yilda XOQning sessiyasida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining sakkizinchi Prezidenti etib saylangan.


XOQ Prezidentlari[tahrir]



Download 376 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish