Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari.
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi - aniq bir mehmonxona va nomerlarning xizmat ko‘rsatish kriteriylari va standartlariga mos kelishini aniqlashdir. Har bir davlatda qabul qilingan klassifikatsiya standartlarning sifat parametri hisoblanadi va bu uning nufuziga, shakllanishiga, mijozlariga, xizmatlar narxiga ta’sir qiladi.
Mehmonxonalar klassifikatsiyasi xalqaro va milliy darajalarda, shuningdek, mehmonxonalar zanjiri, uyushmalari, ittifoqlari darajasida tartibga solib turiladi. Hozirda 30 dan ortiq klassifikatsiyasi mavjud bo‘lib, ulardan nisbatan keng tarqalganlari quyidagilar:
-yulduzlar tizimi (1dan 5gacha);
-harflar tizimi(A,V,S,D);
- "tojlar" yoki kalitlar tizimi;
- ball tizimi;
- razryadlar tizimi va boshqalar;
Dunyoda yagona tizimning yuzaga kelishi uchun davlatlarning milliy an’analari, madaniy-tarixiy farqlar, sifat kriteriylari to‘siq bo‘ladi. Hozirda O‘zbekistonda mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimi 1 dan 5 yulduzgacha bo‘lgan standart joriy qilingan.
Har bir yulduz kategoriyasi quyidagilar bo‘yicha ma’lum standartlar talablariga javob berishi lozim:
- binolar, inshootlar;
- mehmonxona nomerlari;
- hayot xavfsizligini ta’minlash tizimi;
- qulaylik darajasi;
- asosiy, qo‘shimcha va yordamchi xizmatlar;
- personallar malakasi va boshqalar.
Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona (nomer) va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir mehmonxonaga razryad berildi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar tarkibining nufuzida aks etadi.
U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi.
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi butun jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‘pchilik Evropa mamlakatlarida bunday turdagi klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispaniyada mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar (jumladan SHveysariya)da ular rasmiy xarakterga ega emas, balki mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib olinadi. Bundan tashqari ko‘pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va ittifoqlar o‘z klassifikatsiyalariga ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‘p. SHu jumladan, yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), harflar tizimi (A-V-S-O), «toj» yoki «kalitlar», ballar va boshqalar. Ularni faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari, balki xizmat ko‘rsatish standartlari bilan ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning tarixiy madaniy xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi. Ular yil davomida 70-90 % yuklanishni ta’minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab va servis darajasini belgilaydilar.
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, boshqa binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi uchun jihozlangan binolar borligi, ularga xizmat ko‘rsatish qanday yo‘lga qo‘yilganiga qarab otellar yulduzli klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. Mehmonxona korxonalarini yulduz bilan ajratish eng ko‘p tarqalgan lekin u ham universal emas. Misol uchun, Ispaniyada birdan besh yulduzagacha mehmonxona kategoriyalari belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlisi alohida ajratilgan. Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada ham amal qilinadi: yulduzsiz, birdan to‘rt yulduzgacha va to‘rt yulduz «lyuks». Vengriyada otellar esa besh razryadga ega bo‘lib u birdan besh yulduzgachadir.
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning ekspluatatsiya holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar klassifikatsiyasi xarakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Mehmonxonalar o‘rtasida jihozlanishi va ko‘rsatayotgan xizmatlari xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. YA’ni ular apart-otel (kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan birga va boshqalar.
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort) klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq bo‘ylarida joylashgan. Tropik bog‘lar va parklar ko‘rinishidagi yam-yashil daraxtlarga burkangan «risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi otellarga tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi.
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish («shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, shuningdek samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. SHinam va uncha qimmat bo‘lmagan dam olish a’lo darajada transport xizmati ko‘rsatish bilan uyg‘unlashib ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin. SHuningdek boshqa qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‘rta xol sayyohlar uchun yanada jozibador qiladi.
Mulkchilikka munosabat o‘zgarishi kondominium tizimida o‘z aksini topgan. YA’ni bir necha shaxs birgalikda bitta mulkni egallaydi. Bu g‘arbda keng tarqalgan va mamlakat turistik bozoriga taymsher ko‘rinishida kirib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |