MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. TURISTLARGA XIZMAT KO‘RSATISHNI TASHKIL ETISH
1.1.Tur xizmatlarni loyihalash va xizmat ko‘rsatish strategiyasi va menejmenti…..5
1.2.Xizmat ko‘rsatish animatsiyasi,sifati va uni boshqarish yo‘llari........................14
I BOB. TURIZMDA JOYLASHTIRISH VA OVQATLANTIRISH XIZMATLARI
2.1.Turistlarni joylashtirish vositalari va mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari.......................................................................................................................20
2.2.Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish………………………………………..29
XULOSA……………………………………………………………………….....33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….35
MAVZU: TURIZMDA JOYLASHTIRISH VA OVQATLANTIRISH XIZMATLARI REJA: KIRISH I BOB. TURISTLARGA XIZMAT KO‘RSATISHNI TASHKIL ETISH 1.1.Tur xizmatlarni loyihalash va xizmat ko‘rsatish strategiyasi va menejmenti.
1.2.Xizmat ko‘rsatish animatsiyasi,sifati va uni boshqarish yo‘llari.
I BOB. TURIZMDA JOYLASHTIRISH VA OVQATLANTIRISH XIZMATLARI 2.1.Turistlarni joylashtirish vositalari va mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari.
2.2.Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarimizda turizmni rivojlantirish, turizm rivojlanga hududlar orqali aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi mamlakatimizda turizmning rivojlanishida faoliyat yurituvchi sifatli kadrlar tayyorlash bo’yicha qator vazifalarni oldimizga qo’yadi.
O‘zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur oldimizga turizmni tashkillashtiruvchi malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifasini qo’yadi.
Ya’ni “Turoperatorlik faoliyati” fani talabalarga turizmni tashkil etish va turstik mahsulotlar yaratish, xalqaro turlar tashkil etish va xalqaro bozorlarga chiqish yuzasidan bilim va ko’nikmalar beradi.
Mazkur o’quv qo’llanma 17 bobdan iborat bo’lib, turoperatorlik faoliyatini tashkil etish bo’yicha barcha nazariy va amaliy bilimlarni o’z ichiga oladi. O’quv qo’llanma orqali talabalar:
Tur va turmahsulot tushunchalari;
Turizm xizmatlarini tashkil etish;
Turistik shartnomalar tuzish;
Turistik katologlar;
Turistik yarmarkalarda ishtirok etish;
Turistik mahsulotni realizatsiya qilish;
Xalqaro turlar tashkil qilish;
Xalqaro turistik bozorlar kabi mavzularni chuqur o’zlashtira oladi.
Tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ (tog‘oldi) turizm klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun yurtimizga yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki mamlakatimizdagi mehmonxona xo‘jaliklarini ular boshqaruviga topshirish.
Mamlakatimiz turizm sohasining yanada rivojlanishiga yangi sur’at baxsh etib, unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turizm faoliyati subyektlari sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.