A. Sayohat qilish maqsadi bo‘yicha:
turistik-sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari (faol harakat bilan, cho‘milish, tog‘ chang‘isi);
ekskursiya-bilish;
sport (turli sport turlari bilan shug‘ullanish);
o‘rgatuvchi (tilni, alohida sport turlarini, hunarlarni o‘rganish);
tomosha-ko‘ngil ochish (teatr, kino, karnaval, yarmarkalar, festivallarga borish);
qiziqishlar bo‘yicha turlar (ov, baliq ovi, meva va qo‘ziqorin terish, badiiy va musiqiy ijod);
etnik va maishiy turlar, ya’ni, milliy madaniyat va noan’anaviy turmush tarzini o‘rganish;
to‘y sayohatlari;
ish va kongress turlar;
ishlab chiqarish va tanishtirish dasturlari va h.k.
B. Harakatlanish usuli bo‘yicha:
statsionar turlar;
yo‘nalishli turlar;
xich-xayking (avtostop bilan sayohat qilish);
veloturlar va boshqalar.
V. Sayohat qatnashchilari tarkibi bo‘yicha:
guruhli turlar;
individual turlar;
oilaviy turizm: bolalar va o‘smirlar turizmi, yoshlar turizmi;
"Uchinchi", "to‘rtinchi" yoshdagi odamlar turizmi;
VIP-turlar va boshqalar.
Qayd etib o‘tish lozimki, dasturlarning bu ro‘yxatini tugadi deb hisoblash kerak emas. Turizmning aynan dasturiy yo‘nalishi ahamiyatli darajada tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchan va moda, qiziqishlar, eskirish va qiziqishning yo‘qolishi kabi oldindan aytib bo‘lmaydigan yo‘nalishlarga bog‘liq. SHuning uchun vaqt o‘tishi bilan yangi dasturlar turlari paydo bo‘ladi, avvalgilari esa yo‘qoladi. Menejerlar vazifasi - talab va ehtiyojlarni kuzatib borish va bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida ta’sir javobini qaytarishdan iborat.
Dasturiy xizmat ko‘rsatish muammolari, turizmda yangi yo‘nalish va turlarning yuzaga kelishi xalqaro darajada muhokama qilinadi va BTT xizmat ko‘rsatish shakllari va dasturlari takomillashishi muammosini dolzarb deb tan oladi. 1998 yil Lissabonda XXI asr turizmining asosiy tendensiyalari tahliliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilgan. Konferensiyada dunyoning 80 mamlakati vakillari, shu jumladan, 55 turizm vazirliklari qatnashdilar. Bu mazkur masalaga butun dunyo turizm mutaxassislarining jiddiy e’tiborini bildiradi.
Konferensiyaning maqsadlaridan biri turizm bozorining yaqin o‘n yillikda tez sur’atlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan segmentlarnini aniqlashdan iborat edi. SHunday segmentlarga ekoturizm, kruizlar, suvda aktiv dam olish, qutbga yaqin joylarga, cho‘llarga, tropik o‘rmonlarga sayohat qilishni misol qilib keltirsa bo‘ladi. «Turizm - 2020 yilga nazar» izlanishi natijalari e’lon qilindi, turmahsulot nisbatan tez sur’atda rivojlanadigan bozorning besh segmenti aniqlandi: sarguzasht, ekologik, madaniy turizm, kruizlar va tematik parklarga sayohat qilis
Do'stlaringiz bilan baham: |