2.2.Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish
Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamaddixonalar va boshqalar kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shakllari bilan klassifikatsiyalanadi.
Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga qo‘yiladigan talablar. Turistik xizmat ko‘rsatish texnologiyasida asosiy xizmatlardan biri bu ovqatlantirish hisoblanadi. Ovqatlantirish turizm industriyasi o‘z ichiga quyidagi ovqatlantirish korxonalari turlarini oladi:
1. Restoranlar.
2. Kafe.
3. Barlar (gril barlari, pivo barlari, foto barlari, kokteyl barlari va boshqalar).
4. Oshxonalar.
5. Oshxona – fabrikalar.
6. Tayyorlov fabrikalari.
7. Bufetlar.
8. Oziq-ovqat va qandolat magazinlari.
Bunday korxonalar turistik firmalarning o‘zida bo‘lishi yoki ijaraga olinishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi mehmonxonalar tarkibiga kirgan bo‘ladi, kamdan kam hollarda mustaqil faoliyat yuritadilar.
Korxonalar xizmat ko‘rsatish shakliga ko‘ra ofitsiantlar xizmat ko‘rsatadigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Turistlar ovqatlanishi rejimi bo‘yicha to‘liq pansion va yarim pansionga;
maxsus ovqatlantirishga;
bolalarni ovqatlantirish va boshqalarga bo‘linadi.
Qator mehmonxonalar nomerlarida oshxonalar, mini barlar mavjud. Ovqatlantirish xizmati ham nomerda, ham ovqatlantirish korxonalarida ko‘rsatilishi mumkin. Turistlarni ovqatlantirish turlari bo‘yicha bu xizmat:
kompleks ovqatlantirishga;
tanlash asosida ovqatlantirishga, avvaldan buyurtma orqali ovqatlantirish, shu jumladan, bayramlar, qabullar, yubileylar, banketlarga xizmat ko‘rsatish kabilarga bo‘linadi.
Bundan tashqari, ovqatlantirish korxonalari milliy, evropa, koreys, xitoy, gruzin va boshqa oshxonalarga bo‘linishi mumkin. Korxonalar yana joylar soni, ish tartibiga qarab ham ajratiladi.
Texnik jihozlanishi, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi, joyning arxitektura-badiiy jihatdan bezatilishi, narxlar, joylashgan joyi, avtomatlashtirilganlik darajasi va korxonaning boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra ovqatlantirish turizmi industriyasi korxonalari kategoriyalariga ajratiladi. Kategoriya - ovqatlantirish korxonasining xizmat ko‘rsatish darajasini belgilovchi farqli belgi hisoblanadi. Kategoriya * (yulduz) belgisi bilan belgilanadi. YUqori kategoriya - 5 yulduzli past kategoriyaligi esa bir yulduzli hisoblanadi.
O‘rnatilgan talablar javob bermagan sertifikatsiyadan o‘tmagan korxonalar eski kategoriyada qoladilar. Kategoriya berish O‘zbekiston Respublikasining sertifikatsiyalash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar biz ovqatlanish sektorida uning ishi turistik madaniy xordiq olishni tashkil etilishiga qaratilganini e’tibordan qochirsak, tasavvurimiz uncha to‘liq bo‘lmaydi. Ovqatlanish korxonasi mijozlarni normal hayoti uchun nafaqat zarur kaloriyali taomlar bilan ta’minlaydi, balki ko‘ngil ochish va yorqin unitilmas taassurotlar olish imkonini ham beradi.
Ko‘pchilik sayyohatchilar turli mamlakatlar milliy taomlari bilan tanishish maqsadida maxsus gostronomik va ichimlik safarlariga otlanadilar. Bunday safarlar chog‘ida ular mahalliy urf-odatlar bilan tanishishadi. Ko‘p hollarda folklor bayramlari ishtirokchisiga aylanadilar. Germaniya va CHexiyada bo‘lganda, masalan, pivo muassasalariga kirilmasdan qolmaydi. Ispaniyada bo‘lishni esa «passov a tapeo» siz, ya’ni barlar bo‘ylab sayr vino va pivoga qo‘shib beriladigan gazaklarni tatib ko‘rishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Turistlarda etnografik restoranlar va kafelar katta qiziqish uyg‘otadi. Ulardagi milliy ichki joziba, orastalik, ofitsiantlar kiyimi, orkestr repertuari, taklif qilinadigan taomlar va ichimliklar hech kimni korxonalari befarq qoldirmaydi. Milliylikdan tashqari, ovqatlanish korxonalari boshqa har xil ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin: bank o‘ziga xos xizmatlaridan tortib, shamol tegirmonlarigacha. Tanlash markaziy mavzusi zallarni jihozlanishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish marketing tadqiqotlari va san’at uyg‘unligini qamrab oladi. Bozor vaziyatini bilish va raqobat sharoiti mavzu istiqbollarini begilash imkonini beradi. Bunda restoranlarning tajribali menejerlari ko‘pincha o‘z funksiyalariga tayanadilar.
Mavzular tanlash hamisha ma’lum qaltisliklar bilan kechadi. Muvaffaqiyatsizlikka uchralganda uni almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlarda odatda restoranlar lavhasini yoki taomnomasinigina yangilash bilan cheklanishmaydi. Ular binoni to‘liq rekonstruksiya qiladilar. YAngi xodimlar yollaydilar, taomnoma tuzadilar va oshxona jihozlari buyuradilar. Tanlangan mavzuga doir tegishli ko‘ngil ochar dasturlar o‘ylab topadilar. Odatda bunday qayta qurish ishlari qimmatga tushadi. SHuning uchun ungacha moliyaviy reja ishlab chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Biz hozirda O'zbekistonga tashrif buyuruvchilar sonini 10 million kishiga etkazish uchun maxsus dasturni tayyorlamoqda. 2018 yil biz 5,9 million kishi keladi deb taxmin qilingan edi. Bu o'tgan yilga nisbatan yaxshi o'sish edi. biz allaqachon birinchi yarim yillikda turistlar soni 3 million kishidan oshganini ko'rmoqdamiz, shuning uchun yil oxiriga kelib bu ko'rsatkich 6,4 milliongacha ko'payishini kutmoqdamiz .
Turistlarni jalb qilishning yana bir muhim sohasi - bu Angliya Premer-ligasi orqali turistik brendni reklama qilish va etakchi tennischilar bilan hamkorlik qilish.
Bundan tashqari, O'zbekiston xalqaro aviatsiya forumini o'tkazadi va u erdagi eng katta arzon aviakompaniyalarni mamlakatga havo qatnovini arzonroq qilish uchun taklif qiladi.Chakana agentlar bilan bir qatorda tovar o‘tkazish kanalida ulgurjichilar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tijoriy vositachilik korxonalari tovarlar (xizmatlar)ni sotib olish va ularni chakana savdo tarmoqlari orqali sotish bilan shug‘ullanadi. Turizm sohasida ko‘proq ulgurji sotuvchi turoperator hisoblanadi. Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o‘rin ajratiladi.
Turoperatorlar faoliyati bosh yo‘nalishi ommaviy iste’mol talablariga mo‘ljallangan turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Ulgurjichilar seriyali xizmatlarni yig‘ib komplektlashadi. Ularni safar marshrutlarini standartlash, dasturlar va kompleks xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan turistlarga yagona paketda (pekij-turlar) sotadilar. Bu esa ularga bozorga raqobatbardosh takliflar bilan chiqishga imkon beradi.
Turoperatorlar tomonidan tashkil qilingan xizmat ko‘rsatish turlari uzoq yillar davomida sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi. Xizmat to‘plamlari ular tomoniga kamayayotgan pekidj – turlar evolyusiyasi ruy berayapti. Bir tomondan turistik firmalarni bu qisqartirishga o‘tkir raqobat majbur etayapti. Mijoz uchun kurashda har bir turoperator jalb qiladigan narxlarni belgilashga intiladi. U paketdan ayrim xizmatlarni chiqarib tashlaydi. Bu bilan arzon safar tasavvurini uyg‘otadi. Masalan, ko‘pchilik firmalar o‘zlari sotayotgan safarlarda faqat marshrut bo‘yicha joydan-joyga olib borish va aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga va yana orqaga transferni saqlaydi. Boshqa xizmatlar (ovqatlanish, ekskursiya, bagajni olib borib berish va boshq.) ni turistlar safar chog‘iga qo‘shimcha pul to‘lash orqali olishadi. Natijada sayohatchilarning asosiy va qo‘shimcha xizmatlarga xarajatlari 60 ga 40 nisbatga keladi. Bunday proporsiyaga turgan gap turizm infrstrukturasi yuksak rivojlangan sharoitda (kofe, barlar, attraksionlar, kazino va boshq.) gina erishiladi.
Turoperator xizmatlar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar bo‘yicha va turistlar ehtiyojlariga mos ravishda turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadigan turistik firma(tashkilot)dir. Turoperator - bu turistik paket ishlab chiqaruvchidir. U turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ularning amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga sotadilar.
Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta’minlab beradi va bir vaqtning o‘zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma berish vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |