Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da amaldagi kadrlar tayyorlash tizimining ahvoli, mavjud muammolar atroflicha tahlil qilingan, uni tubdan o’zgartirish zaruratiga asoslanib, rivojlanishning strategik yo’nalishlari va dasturini amalga oshirishdan kutilgan asosiy natijalar ko’rsatib berilgan. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining o’ziga xosligi, noyobligini unga shaxs davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish kabilarning asosiy tarkibiy komponenlari sifatida kiritilganligi, har bir komponentning to’laqonligi, tutgan o’rni va roli aniq belgilanganligini, ularning o’zaro ta’sir mexanizmlari, bosh maqsad raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga strategik yo’naltirilganligi singari fazilatlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |