Mavzuning o’rganilganlik darajasi va dolzarbligi: Kadrlar tayyorlash jarayoni subyektlarning barcha murakkab munosabatlarini hisobga olish, ularning fnuksional burch va huquqlarini aniq belgilash, mehnat bozori ehtiyojlari, mamlakat va uning turli mintaqalarining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot istiqbollarini hamisha e’tiborda tutishi talab qilinadi. Ana shularni hisobga olgan holda, islohotlarning ustuvorlik va bosqichma-bosqich prinsiplari asosida kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimini isloh qilishning uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqildi. Bu islohotlar konsepsiyasi negizini mutaxassislar tomonidan haqli ravishda «Islom Karimov modeli» deb baholayotgan kadrlar tayyorlashning prinsipial yangi Milliy modelini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |