Kirish I. Bob pedagogik – elektron vositalari asosida o’quvchilarning algebraik tayyorgarliklarini takomillashtirish


GEOMETRIK MASALALARNI YECHISHDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA QO’LLANILADIGAN METODLAR



Download 45,13 Kb.
bet5/8
Sana11.02.2022
Hajmi45,13 Kb.
#444387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzz

GEOMETRIK MASALALARNI YECHISHDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA QO’LLANILADIGAN METODLAR.

Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g‘oyalarini tahlil qilish, o‘rganilayotgan hikoyalarni o‘z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda fikrlashning turli ko‘rinishlarini ta’minlashda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Eslab qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi savollar eng quyi sathdagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish natijasida beriladigan savollar fikrlashni ta’minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi. Formal sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat mexanik eslashni va o’quvchilarda yaxshi javob berish uchun qisqa muddatda ma’lum predmetlar bo‘yicha bilim qismlari (fragment)ni talab qiladi.Axborotlarni bir shakldan ikkinchi shaklga ko‘chirish o’quvchilardan uni ko‘chim (tranformatsiya) qilishni talab qiladi. Ko‘chirish savollari o’quvchilarga o‘rganayotgan, tavsiflagan va ko‘rgan vaziyatlari, sahnalari va voqealarini o‘zlari namoyish eta olishlari uchun beriladi. Ko‘chirish savollari o’quvchilarni axborotlarni qayta ishlash yoki boshqa shakllarga ko‘chim qilishga ilhomlantiradi. O’quvchilarga sezish, ko‘rish (sensor) tajribasini yaratish, shundan so‘ng esa boshqalarga o‘z ko‘rganlarini yetkazish uchun uni e’lon qilish zarur. Bu fikrlashga tortishning faol ijodiy jarayonidir.


O’quvchilarga g‘oyalar, faktlar, qaydlar va qadriyatlar orasidagi bog‘lanishlarni ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. Sendrs izohlashga qaratilgan savollarga nisbatan yuqori darajadagi fikrlashni talab qiladigan tayanch savollar, deb qaraydi. Boshqalar esa (Vogn va Estes) tushunishning o‘zigina izohlashdir, deb hisoblaydilar.
Tatbiq qilishga qaratilgan savollar o‘qish (talaffuz) jarayoni yoki o‘rganish tajribasida uchraydigan mantiq muammolarini yechish va chuqur o‘rganish uchun imkoniyat beradi.
Tahlil etishga qaratilgan savollar o’quvchilardan u yoki bu voqeaning ahamiyati yetarli darajada yaxshi yoritilganmi, yo‘qmi degan savolga javob berishga undaydi.
Sintez qilishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarni hal qilishga da’vat etadi. Sintez savollari o’quvchilarga o‘zining barcha bilim va tajribalarini muammoning ijodiy yechilishida foydalanishga imkon beradi. Sintez savollari muqobil ssenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin.
Baholash savollari yaxshi va yomon, adolatli va adolatsizlik to‘g‘risida hukm chiqarish uchun beriladi. Baholash savollari o’quvchilar, axborotlar sifatini, yangi axborotlarga nisbatan o‘z munosabatini baholay olishi hamda ularni qadrlay olishi uchun beriladi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda idrok qilishning 4 tipini farqlaydilar.
Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to‘g‘risida umumiy bilim beradigan idrokning shaklidir.
Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aynandir. Idrokning bu tipida o’quvchi g‘oya va hodisalarning o‘zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g‘oya va axborotlarni hatto tashqi jihatdan bog‘liq hodisalarni birlashtiradi.
Shaxsiy idrok etish. O’quvchilar o'zlarida avvaldan mavjud bo‘lgan shaxsiy tajriba va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan bog'lab tushunish jarayonini aks ettiradi.
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo‘yib, uni tahlil qilish, uning nisbiy qimmatini, to‘g‘riligini, foydaliligini va o’quvchilarning bilishi, tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir. Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o‘ylab ko‘rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini beradi:
• o’quvchilarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;
• mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi;
• samarali munozaraga chorlaydi;
• o’quvchilarning o’zlari savollar tuzishlari va uni savol tarzida bera olishlari uchun yordam beradi;
• o’quvchilarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;
• o’quvchilarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi;
• har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
• o’quvchilarda personajlarga bo’ladigan iztirobni o’stirishga yordam beradi;
• o’quvchilarga qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
• o’quvchilarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi.
Klasterlarga bo’lish. Bu pedagogik strategiya bo'lib, o’quvchilarning u yoki bu mavzu bo‘yicha erkin va bemalol o‘ylashlariga yordam beradi. U faqat g'oyalar orasidagi bog‘lanishlarni fikrlashni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan zid bog‘lanadi. Klasterlarga bo‘lishdan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o‘rganilguncha fikrlash faoliyatini ta’minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterlarga bo‘lish o’quvchilarning tasavvurlarini yangi bog‘lanishlari yoki ularning grafik ifodalari ko‘rinishlarini ta’minlovchi sifatida ham o‘tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bu o‘z bilimlariga, muayyan mavzu to‘g‘risida tasavvuriga va uni tushunishga yo‘l ochadigan nazardagi strategiyadir.



Download 45,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish