Kirish I bob. Muqobil energiya manbalari va hozirgi kunda unga bo’lgan talab


Mavzularni o‘rganish uchun - 46 soat (A2+: 60 soat)



Download 94,64 Kb.
bet12/12
Sana12.06.2022
Hajmi94,64 Kb.
#656758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Dissertatsiya

Mavzularni o‘rganish uchun - 46 soat (A2+: 60 soat).
Kirish uchun -1 soat (A2+: 1 soat).
Masalalar yechish uchun -11 soat (A2+: 21 soat).
Nazorat ishlari uchun - 8 soat (A2+: 16 soat).
Takrorlash uchun -1 soat (A2+: 2 soat).
O‘quv sayohati - 1 soat (A2+: 2 soat).
Jami: 68 soat (A2+: 102 soat).


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:


Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
markazga intilma va qochma kuchlar (kir mashinalarda kirning qurishi, sut separatori yordamida sutdan qaymoqning ajratib olinishi), elastik, plastik deformatsiyalar, yuklama va vaznsizlikni, ishqalanish kuchi, tinchlikdagi sirpanish, dumalanish ishqalanish, reaktiv harakat, potensial va kinetik energiyalarni bir-biriga aylanishini kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi.
A2+
jarayon va hodisalardan amaliyotda mustaqil ravishda foydalana oladi.


Tajribalar o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi:
A2
Nyutonning uchinchi qonuni, elastiklik kuchining prujina uzayishiga bog‘liqligi, yuklama va vaznsizlik, jism impulsi, kuch impulsi, reaktiv harakatni, prujina bikrligini, sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini, jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni, jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog‘liqligini tajribalar o‘tkazish orqali aniqlaydi va xulosa chiqaradi.
A2+
o‘tkazilgan tajribalardan olingan xulosalarni tahlil qila oladi.


Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
Nyutonning uchinchi qonuni, markazga intilma kuch va markazdan qochma kuch, Guk qonuni, Butun olam tortishish qonuni, og‘irlik kuchi, jismning og‘irligi, yuklama va vaznsizlik, birinchi kosmik tezlik, ishqalanish kuchi, jism impulsi, kuch impulsi, impulsning saqlanish qonuni, mexanik ish, potensial va kinetik energiya va mexanik energiyaning saqlanish qonuni, quvvat, mexanizmlarning foydali ish koeffitsiyentiga doir masalalar yechadi. Universal shtativ, elektron tarozi, spiral prujina, dinamometrlardan amaliyotda foydalana oladi.
A2+
mustaqil masalalar yechishda qonuniyatlardan o‘rnida foydalana oladi.
Jahonda barqaror taraqqiyotni uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlashdagi muammolarni bartaraf etishda ilmiy jihatdan turli yondashuvlar, tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday yondashuvlarga uzluksiz ta’lim mazmunini yangilashga urinishlar, (mobil ilovalar,dastur, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar), yangi o‘quv va ilmiy manbalarni (chet el darsliklari va metodlari) joriy etish, o’quvchilarni xalqaro mobilligini ta’minlash kabi jarayon va qoidalarni keltirish mumkin.Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya mazmunini fan va ta’lim oluvchilarning ilmiy savodxonligini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirildi. “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishdan iborat”. Ushbu vazifalarni umumiy o’rta ta’lim muassasalarida amalga oshirish uchun fizika fanini alohida bo‘limlarini o‘qitishning shunday bir metodik tizimini yaratish lozimki, unda ta’limning mazmuni, maqsadi, vazifasi va barcha komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash zarur masala bo’lmog’i darkor.
Fizikaviy nazariyalar real borliqning umumlashgan shakllari sifatida – ajralgan va nisbatan berk va yopiq konseptual tizimdir. U empirik bilimlarni tafakkur qilish asosida umumlashtira oladi, bilvosita emotsional kuzatuv imkoniyatlaridan, ob’ektiv va sub’ektiv mavjud fizik qonuniyatlarni izlab topish empirik bilishdan ko‘ra ko‘proq mohiyatlarni belgilash va aniqlash vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariya o‘ziga xos refleksiv borliqqa o‘xshaydi: nazariya, amaliyot, o‘rganilayotgan ob’ekt modeli va uning umumlashtirilgan modelini modellashtirish, ilmiy tushunchalar bilan tavsiflangan holda formallashtirish fizik hodisalarning obrazli ko‘rinishini beradi. Olamning aks ettiruvchi modellari, uning eng muhim xossalarini mavhumlashtiradi. Natijada esa har qanday fizik nazariyaning qo‘llanish sohasini chegaralaydi, olamni buzib ko‘rsatadi. Ilmiy tizimlar aniqlangan ob’ektiv qonuniyatlarga muvofiq tarzda ixtiyoriy bo‘lmagan ravishda shakllantiriladi. SHuning uchun fizikaning aniq bilimlarni: hodisalar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar va metodlarni o‘rganish algoritmining zarurligi haqidagi fikrlarni inobatga olmaydi. Ilm– fanning tizimli xususiyatlari ta’lim mazmunini shakllantirish, bo‘limla, boblar, paragraflar va mavzular ketma–ketligidagi bilimlarni bayon etish metodini tanlashdagi tavakkalchilikka barham beradi. Aslida, nimaga o‘qitish, qanday o‘qitish va kimni o‘qitish kabi vazifalarni bir–biridan ajratib bo‘lmaganidek, tizim hamda metodni ham bir–biridan ajratib bo‘lmaydi. Fizika nazariyalar nisbatan mustaqil tizim bo‘lib, fizikaning fan sifatidagi komponentlarini tashkil qiladi. SHunday qilib, fizikada mavzularni o‘qitishda fizik nazariyalarga xos bo‘lgan uzviylik tamoyillarini hisobga olish kerak. Fizikadan bilimlarni tizimli shakllantirishni o‘ziga maqsad qilgan ta’lim oluvchilar tomonidan fanlararo integratsion aloqalar, ularning xususiyatlari tushunilishini inobatga olish lozim. Turli xil nazariyalar, termodinamik, statistik, relyativistik bilimlar elementlari o‘rtasidagi integratsion aloqalarni rad etish, natijada fizika ta’limida ta’lim metodikasi sifati va saaradorligining pasayishiga va amaliyot ko‘rsatayotganidek, ta’lim oluvchilar bilimining past bo‘lishiga hamda kompetensiyalarining rivojlanmasligiga olib keladi. Fizikaviy nazariyalar umumiy tizimli ta’lim sifatida tuzilmaviy elementlarning alohida har birida mavjud bo‘lmagan gnoseologik funksiyalarga va gnoseologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Tushuntiruvchiillyustrativ, bashorat qiluvchi va metodologik kabi fizik nazariyalarning umumiy konseptual tuzilmasi sifatidagi muhim gnoseologik funksiyalari bo‘lib xizmat qiladi [98]. Har qanday fizika nazariya modelli tavsifga ega bo‘lib, fizikaning qismlarga bo‘linishi hamda ilmiy va o‘quv bilish metodlari bilan uyg‘unlashishi orqali amalga oshadi. Fizikaviy tizimlar xususiyatlari va aloqalarining xilma–xilligi ilmiy va o‘quv bilish predmeti bo‘la olmaydi, shu sababli fizikaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda ilmiy va o‘quv bilish metodlaridan biri test metodidan foydalanish zarurati mavjud.
Umumiy o’rta ta’lim tizimida fizika darslarida samaradorlikka erishish maqsadida mobil vositalardan foydalanish qo’l keladi.Mobil vositalardan foydalanish orqali foydalanuvchi o’z bilim doirasini kengaytirishi,o’rganilgan bilimlarni mustahkamlashi mumkin.Mobil ilova funksiyalari juda keng bo’lib unda ixtiyoriy foydalanuvchi ilmiy salohiyatini oshirishi mumkin.Xususan mobil ilovalardan umumiy o’rta ta’lim sohasida(7-sinflar misolida)ko’rib chiqishimiz mumkin.Bizga ma’lumki umumiy o’rta ta’lim sohasida 7-sinfda yillik ajratilgan fizika soati 68 soatni tashkil etadi.Bunda yangi mavzular bayoni,mustahkamlash,nazorat ishlar,laboratoriya ishlari va masalalar yechish kabilar mavjud.Mobil ilovadagi afzalliklarni tekshirish maqsadida 7-sinflar misolida ixtiyoriy mustahkamlash mavzusini olaylik.Bunda ta’lim shakli ananaviy bo’lganda ham foydalanish mumkin.Mustahkamlash darsida test metodidan foydalanish ham mumkin.Masalan o’quvchilar bilan kelishilgan holda uyda mobil vositalardan foydalangan holda birgalikda har bir o’quvchi shaxsiy kodi orqali kirib belgilangan vaqt davomida mavzuga oid bo’lgan testni yechishsa maqsadga muvofiq bo’ladi.Bu orqali o’quvchilarni tezkorligiga qolaversa baholashning oqilona usuliga erishiladi.Bunda o’quvchilar mobil ilova orqali o’zlari yo’l qo’ygan xatoliklarini ham ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin.Bunda bo’sh o’zlashrilish sohasi aniqlanib olinadi.Bunday turdagi onlayn mobil testlarni har darsdan so’ng mustahkamlash maqsadida ham foydalanish mumkin.
Jahon ta’limida aniq va tabiiy fanlarni o’qitishda mobil dasturiy vositalardan foydalanishda pedagogik imkoniyatlarni kengaytirishda xususan,fizika o’qitishda mobil ilovalardan foydalanib ta’lim samaradorligini oshirish , metodik asoslarni fizikaning zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga muvofiq takomillashtirish tobora muhim ahahmiyat kasb etmoqda.XXI asrda jahon miqiyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib ,2030-yilga qadar belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi.Bu esa ta’lim jarayonini mobillashtirish pedagoklar jumladan ,fizika o’qituvchilari kasbiy –metodik tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan oshirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish , davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalari ,jumladan ,ta’lim tizimini rivojlantirish,ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash ,pedagok kadrlar tayyorlashtizimini takomillashtirish ,zamonaviy o’quv laboratoriya tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri ta’lim jarayonini mobillashtirish orqali ta’lim sifatini tubdan yaxshilash.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarda fanlarni ,xususan fizika o’quv predmetini o’qitish jarayonida mobil ilovalardan foydalanishni takomillashtirish ta’lim sifatini oshishiga va qolaversa hozirgi rivojlangan zamonda foydalanuvchi(o’quvchi)ning mobil vositalardan foydalanish savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonida mobil ilovalarni takomillashtirish orqali o’quvchilarga qo’yilgan kompetensiyalar ham to’laqonli bajariladi.Mobil ilova ixtiyoriy foydalanuvchi(o’qituvchi yoki o’quvchi)ni ham izlanishga, o’z ustida ishlashga da’vat etadi.
Bugungi kunda sir emaski fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun jihozlar yetishmovchiligi bor.Ananaviy dars jarayonida bu biroz noqulayliklariga sabab bo’lishi mumkin.Mobil ilovada esa laboratoriya mashg’ulotlari bajarilgan video darslar joylanadi.Bunda o’quvchi darsni takror-takror ko’rish orqali ham o’z bilimlar bazasini yarata oladi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirib, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarga ta’lim berish sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlash, jahon amaliyoti tajribalariga tayanib sifat darajasini oshirish,mobil vositalarni keng tatbiq etish orqali ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali metodlarini ishlab chiqish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘zbekistonda xorijiy ta’lim tajribalari asosida erishilgan ijobiy natijalarni umumlashtirish va rivojlantirish, innovatsion axborot-ta’lim muhitini shakllantirish, fanlarning axborot-metodik ta’minotini yaratish, elektron ta’lim resurslaridan umumiy o’rta ta’lim jarayonida mobil vositalarorqali foydalanish metodikalarini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.Tub islohotlar jamiyatimiz va iqtisodiyotimizning barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Jumladan, umumiy o’rta ta’lim tizimida ham ana shunday jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim jarayonlariga katta e’tibor qaratilmoqda.
Zamonaviy ta’limning asosiy xususiyatlaridan biri bu uning innovatsionligidir. Innovatsiya (yoki yangilik kiritish) - deganda qandaydir yangilikni (yangi metod, vosita, texnalogiya) o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etish tushuniladi.
Ta’limning zamonaviy rivojlanish bosqichi yangi nazariya va amaliyotlarni qidirib topish bilan tavsiflanadi. Bu jarayon jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitida innovatsion yangiliklarni ya’ni bevosita an’anaviy usullarga tayangan xolda ta’lim tizimining yangi tendensiyalarini ishlab chiqishga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limga qiziqish va natijada umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning faolligi ta’lim jarayonining samarasi va samaradorligining yaxshilashining muhim omilidir, chunki u davlatning rivojlanishini rag‘batlantiradi, ta’limning mazmunini egallashga qaratilgan izlanishlar va ijodiy yondashuv hamda mustaqil ta’limga olib keladi. Hozirgi paytda jamiyatning o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan talabi ortib bormoqda, o‘qituvchining faoliyati va uning mazmuni tanqidiy, ijodiy rivojlanishni tatbiq etilib, ilm-fan yutuqlari va ilg‘or pedagogik tajriba orqali modernizasiyalashga olib boradi.
Xulosa o’rnida aytish joizki o‘quv jarayonini jadallashtirish, tasniflash, o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirish, ta’lim va taraqqiyot, ta’lim oluvchilarning yangi ta’lim texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish orqali ta’lim sifatini sezilarli darajada yaxshilash va bu jarayonda turli innovatsion yangiliklar qilgan holda ta’lim oluvchilarning ilmiy darajasini oshirishda mobil dasturiy vositalardan foydalanishning ijobiy tomonlarini to’la yoritib berish va ta’lim jarayonida mobil dasturiy vositalardan foydalanishni tadbiq etish.Mobil dasturiy vositalarning imkoniyatlari ta’lim sifatini oshishida qolaversa ta’lim jarayonida ishtirok etuvchilarning izlanuvchan , ilmli, salohiyatli bo’lishiga ayniqsa hozirgi kunda zamon talablariga javob bera oladigan shaxslar jamiyatini tuzishda bu vosita xizmat qiladi.

Bugungi mobil vositalar pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbasiga aylanmoqda. Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta’lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri bo‘lib sanaladi.Ta’lim jarayoniga mobil ilovalarni tadbiq etish orqali ta’lim sifati oshishiga turtki bo’ladi.


Mobil ilovalar (mobil ilovalar sifatida ham tanilgan)-smartfon va planshetlar kabi mobil qurilmalar uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot.Ular mobil qurilmalarni funksiyali va qiziqarli miniatura kuchlariga aylantiradi.Ba’zi qurilmalar ishlab chiqaruvchilarning ayrim uyali ilovalari yoki ular bilan bog’langan uyali aloqa provayderlari (masalan Verizon,AT & T,T-Mobile va boshqalar) bilan oldindan o’rnatilgan bo’ladi,lekin ko’plab ilovalar qurilmaga xos ilova orqali mavjud qismlar.
Mobil ilova-bu ma’lum platformada o’rnatilgan va ma’lum funksiyalarga ega bo’lgan planshetlar va smartfonlar uchun ishlab chiqilgan dastur.Oddiy qilib aytganda ,u muayyan harakatlarni amalga oshiradi va ma’lum bir qator masalalarni hal qiladi.
7-sinf fizika fani mavzular orasidan ixtiyoriy biror mavzu doirasida mobil ilova orqali mavzularning yoritilish darajasini ko’rib chiqaylik.Masalan,”Mexanika bo’limida nimalarni o’rganamiz?Mexanikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar”.
Mobil ilovada mavzuga oid maruza matni joylanadi.Mavzuga e’tibor qaratadigan bo’lsak asosan o’quvchi mexanik harakat,harakatning nisbiyligi,sanoq jism,sanoq sistema tushunchalari haqida bilimga ega bo’lishi kerak.Bunda mexanik harakat tushunchasini o’quvchiga turli harakatli animatsion tasvirlar orqali mavzu yorilganda o’quvchi og’zaki tushuntirilganga nisbatan ko’proq va tezroq tushunishini ko’rishimiz mumkin yoki , harakatning nisbiyligi ham xuddi shunday .Harakatning nisbiyligi bu juda keng qamrovli tushuncha buni ham turli animatsion tasvirlar orqali tushuntirish ham ancha samara beradi.Sanoq jism va sanoq sistema tushunchalarini ham turli grafiklar ,suratlar orqali tushuntirish o’quvchining fikrlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.Mavzu yakunida mavzuga oid PISA testlaridan , murakkab yechimli masalalar ,turli testlar keltirish bilan o’quvchining egallangan bilimlarini mustahkamlash bilan birgalikda darslikdan biroz chekinib bilimlar savasiyasini oshirishga xizmat qiladi.Masalan quyida mavzu yuzasidan vaqt bilan ishlanadigan test qo’yish mumkin. O’quvchiga har bir testni bajarish uchun vaqt belgilab qo’yiladi va avtomatik tarzda testni to’xtatiladi vaqt yakunlangach.
1.Tabiatda uchraydigan barcha harakatlarni mexanik harakat deyish mumkinmi?
A)ha
B)yo’q
C)ixtiyoriy
2.Stol ustida harakatsiz turgan kitob nisbiy tinch turibdi.Fikr to’g’rimi?
A)ha
B)yo’q
C)ixtiyoriy
3.Avtomobil harakati yerga nisbatan qaralganda ularning qay biri sanoq jism bo’la oladi.
A)avtomobil
B)yer
C)haydovchi
4.Sanoq sistemani quyidagilar tashkil etadi:sanoq jism,koordinatalar sistemasi va … .Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)vaqtni o’lchaydigan asbob
B)masofani o’lchaydigan asbob
C)tezlikni o’lchaydigan asbob
5.Har qanday jismning harakati boshqa jismga nisbatan kuzatiladi.Mulohaza to’g’rimi?
A)yo’q
B)doim emas
C)ha
Bundan tashqari PISA masalalaridan qo’yish mumkin.Masalan:
Avtomobil tekis yo’lda harakatlanib ketyapti.Rahim ismli bola avtomobil ichida o’rindiqda o’tiribdi.
Rahim nisbiy tinch turibdimi?
Avtomobil harakatlanayotganini qay tariqa tushuntirish mumkin?
Avtomobil harakati to’xtatilganidan so’ng Rahim nisbiy tinch turadimi?
O’quvchi yuqoridagi savollarga o’z javobini yozma tariqasida yozadi.Bu orqali o’quvchining egallangan bilimlaridan foydalanib hayotda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirish mumkin.
Bundan tashqari har bir o’qituvchi ixtiyoriy ravishda mavzuga qo’shimcha tarzda turli metodlardan foydalanishi mumkin.Qolaversa mobil ilovaning yana bir ijobiy tomoni shundaki O’qituvchi ananaviy dars jarayonida vaqt chegaralanganligi sababli imkoniyatlari chegaralangan.Mobil ilovada ixtiyoriy qo’shimcha ma’lumotlar ,metodlar orqali yondashishi mumkin.
Yuqoridagidek har bir mavzu qo’shimcha imkoniyatlar bilan boyitilsa o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi oshishiga erishiladi.Masalan o’quvchi qandaydir sabablar bilan darsga qatnasholmay qolsa mobil ilova orqali qoldirilgan mavzuni o’zlashtirish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
So’nggi yillarda zamonaviy texnologiyalar dunyosi juda jadal rivojlanmoqda.Bugungi kunda har kim odatdagidan tashqari shaxsiy kompyuter,smartfon,planshet,mp3 pleer va boshqalar kabi turli gadjetlari to’plamiga ega.
Uydagi kompyuter yoki noutbuk juda qulay narsalar emas ,chunki ularni ko’chirish juda ko’p vaqt talab qiladigan jarayondir.Odamlarning hayotini osonlashtirish uchun “aqlli” deb nomlangan telefonlar ,smartfonlar,va boshqa ko’plab mobil qurilmalar yaratildi.
Mobil ilovalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish orqali biz ta’lim sifatini yanada oshirishga erishamiz.Aslida bu g’oyani amalga oshirish bir qarashda ko’rinadigan darajada qiyin va qimmat emas.Biz faqat mobil ilovadan nimani kutayotganimizni juda yaxshi bilishimiz va maqsadlarimizga qanday yo’llar bilan erishishimizni aniqlab olishimiz zarur.
Mobil dasturlarning asosan uchta turi mavjud:
1.mobil sayt
2.gibrit dastur
3.mahalliy dastur
Saytning mobil versiyasi-bu asosiy sahifalarning nusxalari bo’lgan ,lekin mobil qurilmalarning kichik ,nisbatan ish stoli ekranlarida namoyish qilish uchun moslashtirilgan alohida sahifalar yoki qayta ishlangan asosiy sayt ,ularning joylashuvi tezkor tartib avtomatik ravishda ekran o’lchamiga qarab namoyish uslubini o’zgartiradi .Biroq , quyida muhokama qilinganidek ,veb-saytni mobil telefonlarga yaxshi moslashtirish ,uning tarkibidagi barcha narsalarni kichik ekranga joylashtirish degani emas.
Gibrit dastur nima-aslida , bu mobil sayt va mahalliy dastur orasidagi narsadir.Bunday dasturlar mobil qurilmalarining texnik vositalariga kirish imkoniyati cheklangan.
Mahalliy dastur-eng ko’p vaqt talab qiladi, ammo har bir narsa har bir mobil operatsion tizim uchun uchun ko’proq mos keladi.Ishlab chiqish har bir platforma(Windows Phone,IOS,Android) uchun alohida amalga oshiriladi.Bu juda qiyin va boshqa dastur turlariga qaraganda mablag’ sarfi kata.Afzalliklari ham mavjud internet aloqa sifatida qat’iy nazar har qanday joyda ishlaydi,tezkor va to’g’ri,mobil qurilmaning quvvatini va xotirasini tejash.
Mobil ilovani rivojlantirishning ijobiy tomonlari:
1.Mobil ilovadan foydalanishni boshlash uchun uni o’rnatishingiz kerak.Saytdan foydalanish uchun uchun faqat havolaga o’ting.Agar siz saytga va dasturga havolalar bilan QR-kodlarni joylashtirgan bo’lsangiz ,u holda har doim saytga mobil ilovaning o’rnatilishidan ko’ra ko’proq tashrif buyurishlar bo’ladi.
2.Foydalanuvchi tomonida yo’l qoyilgan kamchiliklar darhol aniqlanadi.
3.Tezkor yangilanishlar.
4.Mobil ilovani saqlash xarajatlari odatda yuqori bo’lmaydi.
5.Mobil ilova foydalanuvchining barcha ma’lumotlarini eslab qolish va uning ehtiyojlariga qarab interfeysni o’zgartirish qobiliyatiga ega.Agar foydalanuvchi ba’zi ma’lumotlarni kiritga bo’lsa masalan ism ,familiya , manzil, unda u ushbu manzilni qayta kiritishga hojat qolmaydi.Hatto turli xilqurulmalar bulutli sinxronizatsiya yoqilganda ,u har doim shaxsiy ma’lumotlar bilan to’ldirilgan dasturlarni ko’radi.
Yuqori sifatli interfeys.
Bunday dasturlarni mobil qurilmalar uchun moslashtirish yaxshi , shunchaki uni kichik ekranga joylashtirib bo’lmaydi.Sichqoncha kursori emas , balkibarcha boshqaruv elementlari (tugmalar ,matn qutilari,havolalar) barmog’ingiz bilan bosish uchun qulay bo’lishi kerak.Qurilma ekranlari hajmi va piksel zichligi bilan (retina displeylari) telefon ekrani juda yuqori piksellar soniga ega bo’lishi mumkin(masalan ,1440x2560 piksel),lekin shunga qaramay ijtimoiy o’lchamlari kichik .Shunday qilib ,telefon ekranlari o’lchamlari bo’yicha noutbuk displeylariga qaraganda kattaroq bo’lishi mumkin,ammo bu bilan birga kichikroq diagonallarga ega.
Mobil ilovada interfeysning sifati navigatsiyaga ham ta’sir qiladi.Har qanday mobil telefon operatsion tizim dasturlarda ish ekranlari o’rtasida almashish uchun o’z mantig’iga ega.Androidda bu “orqaga” tugmasi IOSda bu ekranning chap chetidan siljish.
Ko’pgina mobil ilovalar ish stoli kompyuterlarga ishlashga mo’ljallangan tegishli dasturlarga ega.Mobil ilovalar har qanday cheklovlar bilanishlashga moslashgan bo’lsada ,ularning ish stollari uchun mosligi bor.Mobil qurilmalarda ekranning kattaligi , xotira hajmi, protsessor imkoniyatlari,grafik interfeyslar,tugmalar va sensorli funksiyalar mavjud va ularning barchasi joylashtiriladi.Masalan mobil ilova foydalanuvchi(o’quvchi)lari matnni ,tasvirlarni yoki interaktiv aloqa nuqtalarini ko’rish uchun yon tomonga o’tishni xohlamaydi.Mobil ilovani ishlab chiqishda yuqori sifatli interfeys ahamiyatli.
Yaqinda mobil qurilmalardagi internet juda keng tarqalgan ,ammo har doim ham emas.Hatto mobil internet aloqasi bilan ham uning sifati har doim o’rtacha.Shu o’rinda mobil ilovada faoliyat olib biroz noqulayliklarga sabab bo’lishi mumkin.
Mobil ilovani yaratishdan avval mobil bo’shliqni etiborsiz qoldirib bo’lmaydi.Biz avval foydalanuvchi(o’quvchi) bilan ishlashimiz kerak.O’zaro munosabat jarayonida
1.Foydalanuvchi(o’quvchi)ga mobil ilova haqida ma’lumot berish;
2.Foydalanuvchi(o’quvchi)ga mobil ilovaning imkoniyatlarini tushuntirish;
3.Foydalanuvchi(o’quvchi)ga uni yuklab olish va ichiga kirish jarayonini tushuntirish;
4.Foydalanuvchi(o’quvchi)ga mobil ilovadan foydalanishning ijobiy jihatlarini tushuntirish.
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib mobil ilova qanday bo’lishi kerakligi haqida dastlabki taasurotlarni shakllantirish mumkin.
Mobil ilova quyidagi ko’rinishga ega:
Avvalo mobil ilova foydalanuvchisining murojaatiga ko’ra turli interfeysli bo’ladi,farqi shundaki o’qituvchi turli qo’shimchalar qo’shish (fan doirasida )imkoniyatiga ega bo’ladi.
1.Foydalanuvchi login paroli;
2.Sinf;
3.Fanlar ro’yxati;
4.O’quvchilar ro’yxati;
5.Yillik mavzular ro’yxati;
6.PISA masalalardan namunalar;
7.Mavzularga oid murakkab masalalar(yechimlari bilan);
8.Mavzuga oid olimlar haqida ma’lumotlar;
9.Mavzulashtirilgan quiz testlar.
O’quvchilar mobil ilovaga murojaat etish jarayonida fizika fani mavzulari misolida aytadigan bo’lsak ma’ruzalar matnini ko’rishlari mumkin,laboratoriya mashg’ulotlarni hrakatli animatsiya tarzida,masalalar yechish darslarini esa turli darslikda keltirilgan masalalar ,ularning yechish namunalarini ko’rishlari mumkin.
Foydalanuvchi murojaatiga ko’ra ixtiyoriy qismdan ixtiyoriy vaqtda foydalanishi mumkin.Yuqoridagi 6-7-8-9-qismlar o’quvchilar salohiyatini, bilim darajasini va qolaversa o’zlashtirilgan bilimlar bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.O’qituvchini ham doimiy ravishda izlanishga , hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan shaxs sifatida rivojlanishida mobil ilovaning o’rni ahamiyatli.
Mobil ilovadan ta’lim jarayonining ixtiyoriy shakli(onlayn,/oflayn)da foydalanish mumkin.Ananaviy ta’limda o’qituvchi ta’lim jarayoni bilan birgalikda mobil ilovalarni yuritishi orqali ham katta samaradorlikka erishadi.O’quvchi ananaviy ta’limda dars jarayonida qatnashishi bilan birgalikda mustaqil ravishda takroran darsni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi,hamda o’zlashtirilgan bilimlarni mobil ilovada turli sinovlar orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Fizika o’qitish ,uzluksiz ta’lim sharoitida axborot oqimida harakatlana oladigan shaxsni shakllantirishdir.Umuminsoniy qadriyatlardan xabardor bo’lish o’quvchining tegishli bilim ,axloqiy va estetik tarbiyasi bilangina mumkin.Shu munosabat bilan konkretlashtirilishi mumkin:faoliyat jarayonida maktab o’quvchilarida umuman fanga ijobiy munosabatni tarbiyalash;jismoniy bilimlarga ,ilmiy ommabop maqolalarga ,hayot muammolariga qiziqishni rivojlantirish.Fizika tabiatshunoslik va zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotning asosi bo’lib, u ta’limning quyidagi o’ziga xos maqsadlarini belgilaydi:o’quvchilarning fizikaning fan va ishlab chiqarishda tutgan o’rni to’g’risida xabardorligi,ekologik madaniyatini tarbiyalash,fizika bilan axloqiy muammolarini anglash va mobil ilova jarayonida ushbu jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur.Maktabni rivojlantirishning hozirgi bosqichida an’anaviy ta’lim tizimini sifat jihatdan yangi ta’lim tizimiga aylantirish vazifasi -jamiyat hayotining yangi sharoitlariga moslashgan savodli,samarali fikrlaydigan insonni tarbiyalash vazifasi qo’yildi.Ta’lim jarayonida tabiiy yo’nalish bu o’quvchilarning mustaqil ravishda bilim olishlariga ,ularning o’z-o’zini tarbiyalashiga va o’zini o’zi bilishiga bo’lgan munosabatdir.Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda aytish joizgi mobil ilova yuqoridagi barcha aytilganlarni qamrab oladi va qo’yilgan maqsadga erishishda yordamchi samarali usul bo’la oladi.
Ta’limning eng qimmatli natijalari fikrlashning moslashuvchanligi va kengligi ,o’rganish qobiliyati va xohishi hisoblanadi.Ammo amalda maktab o’quvi ma’lum darajada bilim beradi,o’quvchilarning qiziqishlari esa yetarli darajada rivojlanmayapti.O’qituvchi faoliyatida o’quvchilarga ma’lumot yetkazish bilangina emas , balki ularning bilish faoliyatini tashkil etish bo’yicha ish maksimal darajada bo’lishi lozim.Ammo o’qituvchi har doim o’quv materialini taqdim etishdagi faoliyatini ushbu material bo’yicha o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishdagi zaruriy ulush bilan birlashtira olmaydi.Didaktika asoslaridan ma’lumki , faqat mustaqil induvidual ta’lim faoliyati mustahkam va chuqur bilimlarni,barqaror ko’nikmalarni shakllantirishga olib kelishi mumkin.Muammolarni hal etish ehtimol ko’p, ayrim jihatdan ularga to’xtalib o’tamiz.Mavjud qiyinchiliklarni yengish uchun o’qituvchiga asosan operatsion imkoniyatlari katta didaktik salohiyatga ega bo’lgan mobil dasturiy vositalar yordam bera oladi.Shu sababli ko’plab o’qituvchilar elektron ma’lumotlarga katta umid bog’lashadi,chunki ulardan foydalanish maktab haqiqatan ham hozir beradigan va zamonaviy jamiyat yosh avloddan talab qiladigan bilimlar orasidagi farqni kamaytirishi mumkin.
Fizikani o’qitishda mobil dasturiy vositalardan foydalanishda katta imkoniyatlar mavjud.Ta’lim jarayonida kompyuterlardan foydalanish samaradorligi ko’plab omillarga ,shu jumladan dasturning darajasiga, foydalaniladigan o’quv dasturlarining sifatiga va o’qituvchi tomonidan dasturga joylangan materialga ham bog’liq.
Fizika eksperimental fan bo’lib , u doimo namoyish eksperimenti bilan birga o’qitiladi.Zamonaviy fizika xonasida (haqiqatan ham,tabiatshunoslik bo’yicha boshqa biron bir idorada) nafaqat namoyish tajribalarini o’tkazish uchun turli xil moslamalar va qurilmalardan,balki mobil qurilmadagi virtual laboratoriyalardan dastur orqali foydalanish mumkin.
Bugungi kunda ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida turli islohotlar amalga oshirilmoqda xususan 2018-yilning oktabr oyida Xalq ta’limi vazirligi hamda “KUNDALIK” kompaniyasi maktabda elektron jurnal va kundaliklarni joriy etish bo’yicha loyihani amalga oshirishi to’g’risida xabari buning yorqin misoli.
Tizim onlayn tarzda o’qituvchilarni darslarini rejalashtirish,dars jadvallarini tuzish , o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish,shuningdek ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.”KUNDALIK” tizimi o’quvchilar va ularning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkonini beradi.Shu bilan birga ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishlari hamda onlayn kutubxona va ta’limga oid media resusrlardan foydalanish imkonini beradi.
Bugungi kunda O’zbekiston maktablarida elektron jurnalni joriy etish bo’yicha “KUNDALIK” kundalik loyihasi amalga oshirilmoqda.Tizim bilan ishlash uchun internetga ulangan kompyuter lozim.Bundan tashqari o’qituvchilar mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan versiyasidan ham foydalanishlari mumkin.
Maktabning elektron kundaligi ko’p sonli afzalliklarga ega,ularquyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Funksional imkoniyat.Butun portal foydalanuvchi o’z xohishiga ko’ra sozlanishi mumkin,siz bir nechta yorliqlarni olib tashlashingiz yoki qo’shishingiz mumkin bo’ladi.

  • Bolani boshqarish.Bolalar har doim maktabda nima bo’layotgani haqida gapirishmaydi,balki ota-onalar masofadanturib boshqarishlari mumkin.

  • Portalning o’zi ko’rinishi oddiy kundalik yoki maktab jurnalidan farq qilmaydi.

  • Kerakli savollarga javob juda qisqa vaqt ichida sodir bo’ladi.

  • Ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda yangilanib turadi,chunki o’qituvchi o’quvchi haqida har kuni ma’lumot olishi kerak.

  • Xabarnomalar tizimi mukammal sozlanganligi sababli ,doimiy ravishda bildirishnomalarni tekshirishi kerak emas,ular avtomatik ravishda paydo bo’ladi.

Elektron kundalik xizmatini olish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi.
Gosuslugi.ru orqali elektron kundalik mahsulotga kirishdan oldin ,maktab ma’muriyatiga zarur hujjatlar to’plami talab qilinadi,shundan so’ng ular kundalik veb-saytida ro’yxatdan o’tishlari kerak bo’ladi.Ushbu hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  1. Ota-ona pasporti yoki yuridik vakili

  2. Bolaning tug’ilish sertifikati

  3. Ushbu xizmatni taqdim etish uchun ariza

  4. Taqdim etilgan ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik.

Portaldan ro’yxatdan o’tish va Gosuslugi.ru orqali elektron kundalikda ro’yxatdan o’tishni ko’rib chiqaylik.Bunda quyidagi amallar ishlab chiqilishi kerak:

  • Portalga kirish

  • Shundan so’ng , sahifada “Davlat xizmatiga kirish” oynasi topiladi va “Ro’yxatdan o’tish“ tugmasi bosiladi.




  • Quyidagi oynalar familyani va ismni shuningdek mobil raqam yoki elektron pochta manzilini belgilashingizni talab qiladi.




  • Shundan so’ng foydalanuvchi barcha ma’lumotlar kerak bo’lgan foydalanuvchidan oldin ochiladi.Sahifa “Saqlash” tugmachasini bosgandan so’ng sahifa foydalanuvchi fuqarolik pasporti ma’lumotlari qayta ishlov berish nomi va qayta ishlanganligini ko’rsatadi.

Barcha ma’lumotlar ro’yxatga olingandan so’ng ,ular ma’lum vaqtni talab qiladigan tizim tomonidan avtomatik tekshiruvdan o’tadi.
Bundan tashqari respublikamizda ta’lim sifatini oshishi uchun xizmat qiluvchi ta’limga oid bo’lgan internet resurslari ham mavjud.Ular quyidagilar:

  1. uzedu.uz-xalq ta’limi vazirligining veb sayti

  2. ziyonet.uz-ta’lim tarmog’i portali

  3. eduportal.uz-xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali

  4. cict.uz-xalq ta’limi sohasidagi AKT ni rivojlantirish markazi

  5. utube.uz-ta’lim videoportali

  6. xt.uzedu.uz-maktab ta’lim jarayonini boshqarish markazi

  7. avloniy.uz-avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI

  8. masofa.uz-avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI masofadan o’qitish portali

  9. qt.masofa.uz-avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI masofadan qayta tayyorlash kurslari

  10. akt.uzedu.uz-axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish tizimi

  11. tanlov.uzedu.uz-xalq ta’limi tizimidagi ko’rik tanlovlarni o’tkazish dasturi

  12. forum.uzedu.uz-O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi forumi

  13. Mfond.uz-O’zbekiston Respublikasi xayriya fondi

  14. www.uz-milliy axborot qidiruv tizim

Ushbu internet resusrlarining tashkil etilishidan yagona maqsad ta’limi sifatini yaxshilash va jahon miqiyosida raqobatbardosh kadrlar yetishtirib chiqarishdir.
Ta’lim jarayoni haqida so’z borar ekan diqqatni respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasida ro’y bergan muhim o’zgarishlarga qaratish mumkin.Chunki ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatdan isloh qilish maqsadida “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida qonunlar qabul qilindi.Bu hujjatlarda fizika o’qitish vazifalariga ham yangicha yondashildi va fizika ta’limning ajralmas qismi deb alohida ta’kidlandi.Belgilangan vazifalarni amalga oshirish esa ta’lim oluvchilarni yuksak salohiyatli , bilimli, o’z aqli tafakkuri bilan ongli mushohada yuritadigan ozod va hur fikrli insonlar bo’lib yetishishi uchun muhim hissa qo’shadi.

Talim jarayonida fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o’rni va uni boshqa fanlarga nisbatan tutgan o’rni va uni boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko’ra aniqlanadi.Fizika kursi nazariy fan bo’lib,uning asosini fundamental nazaryalar ,qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi.Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi.Sir emaski fizika fanini bilmasdan turib to’la qiymatli ta’lim ma’lumotini tasavvur qilib bo’lmaydi.Boshqa predmetlar kabi fizika o’qitish ham didaktik maqsadlarni ya’ni ta’lim - tarbiya va o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi.Ko’rinib turibdiki ,ta’limda fizika o’qitish jarayonida o’quvchilar fizikani sanoatda ,qishloq xo’jaligida, transportda , tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llashlari bilan tanishadilar,o’lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo’ladilar.


Fizika o’rganish orqali o’quvchilar tabiatdagi qator hodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar ,ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi,dunyoni o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanligini bilib oladilar.Natijada ta’lim oluvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizika fanini o’qitish o’quvchilarda quyidagi ta’lim sifatlarini berish bilan ajralib turadi:
-ketma-ketligi mantiqiy to’g’ri va oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilish;
-fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
-tajriba o’tkazish uning natijalarini hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish;
-oliy o’quv yurtida kirish uchun zarur bo’lgan bilim ,malaka va ko’nikmalarni hosil qilish;
-o’quvchilarni fizik tafakkurini rivojlantirish,fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to’g’ri talqin qilishga o’rgatish;
-hozirgi zamon fizikasini fandagi ,hayotdagi,texnikadagi,ekallogiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo’lidagi roli bilan tanishtirishkerakligini ko’rsatishdan iboratdir.
Ana shunday ulkan talablarni hisobga olishga o’qitishda mobil dasturiy vositalarning imkoniyatlaridan foydalanish samarali bo’ladi.XXI asr bo’sag’asida mobil vositalar yuqori cho’qqilarni egallagan bir vaqtda , fanlarni mobil dasturiy vositalari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda.O’quv jarayonini mobillashtirish hozirgi kunda ham tobora rivojlanayotgan sohadir.Mobil dasturiy vositalar orqali fizik tajribalarni effektlarini va hodisalarini namoyish qilish mumkin.Mobil dasturiy vositalar yordamida bilim berishda olgan bilimlarni nazorat qilishda ,fizikadan masalalar yechishda va laboratoriyada keng foydalanish mumkin.An’anaviy labaratoriyalar ,ularga dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoning o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanligini bilib oladilar.Natijada fikrlash va bilish qobiliyatlari shakllanib boradi.
Turli xil fizik qonuniyatlarni o’rgatuvchi , parametrlar o’rtasidagi bog’lanishni o’rgatuvchi grafiklarni chizuvchi fizik jarayonlarni tabiatga ro’y berishiga yaqin tarzda amalga oshiruvchi mobil dasturiy vositalariga hozirgi kunda ehtiyoj bor.Umumiy fizika kursi materiali jihatdan katta.Bu materiallarning bo’limlari bo’yicha o’qitishda mobil dasturiy vositalardan foydalanish afzalroq bo’lgan materialni tanlab olish lozim.Masalan fizikaning “atom va yadro fizikasi” bo’limining o’zidagina o’lchovi angestrum tartibida atom va elementar zarralar o’rtasidagi jarayonlarni tajribalarni an’anaviy labaratoriya sharoitida kuzatib bo’lmaydi chunki odamning ko’rish qobiliyati o’lchovidagi nozik majmuani ko’rishga qodir emas.Vaholangki , bu jarayonlarni mobil vositalarda multiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin.
So’nggi vaqtlarda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron darsliklar” yaratish yo’lga qo’yilmoqda.Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishlari mumkin.Bu “elektron darslik”larning eng qulay tomoni olisdan turib boshqarishga mavzuga o’rgatishga imkon beradi.
Mobil dasturiy vositalarning ta’lim jarayoniga qo’llanilishi juda murakkab masalalarni masalan gidroaerodinamika va issiqlik almashinuvi masalalarini yechib hayotga kengroq tadbiq etish imkoniyatini ayrim murakkab tajribalarni modellashtirish imkoniyatini yaratadi.
Ko’p hollarda fizik jarayonlar to’la aniqlikda matematik model yordamida ifodalana olmaydi.Bunday hollarda jarayon soddalashtirilib ya’ni ideallashtirib olinadi.Umuman jarayonlarni hozirgi davrda ikki usul bilan o’rganish mumkin:
-matematik modellashtirish
-tajriba o’tkazish
Matematik model yordamida o’rganishning hozirgi davrda qo’llanilishini asosiy sabablaridan biri mobil dasturiy vositalarni qo’llash bo’lsa boshqa tomondan u material va jihoz talab qilmaydi va tez har xil variantlarni sonli tajribalar o’tkazish imkonini beradi.Bundan tashqari shunday jarayonlar mavjudki ularni faqatgina matematik model yordamida o’rganish mumkin.Masalan yuqori haroratli issiqlik masalalarini kichik yoki hokazo shunga o’xshash ekalogik masalalar faqatgina matematik model yordamida o’rganishi mumkin bo’ladi.
Ikkinchidan, ya’ni tajriba usuli eng qadimiy usullardan bo’lib ko’p tabiat qonunlari kuzatish va biror qurilma model andoza yordamida ochilgan va o’rganilgan .Bu usul albatta material jihozlar talab qilinishidan tashqari tajriba qurilmasini yaratishni talab qiladi.Agar yaratilgan qurilma aytgan natijani bermasa qurilma qismlari almashtirilishi yoki butunlay boshqatdan yaratilishi kerak bo’ladi.Bu albatta juda ko’p vaqt talab qiladi.Shunga qaramasdan bu usul ham qo’llaniladi.
Ko’p hollarda matematik usul bilan olingan natijalarning to’g’riligiga o’xshash tajriba natijalari bilan taqqoslanadi.Bu ikki usul ana shunday bir-birini to’ldirishi mumkin.Jarayonlar qanchalik matematik usul yordamida to’g’ri ifodalansa uni natijalari yetarli darajada aniqlikda bo’ladi.Bu sohada quyidagi muammolar bo’lishi mumkin.Bu holda eng yaxshi aniqlikdagi usullar ham yordam bermaydi.Aniq bo’lmagan hodisani aniq yechish kerak emas.
Fizika- bu tajribalar fanidir .Shuning uchun labaratoriya sharoitida tajribalar o’tkazish fizika qonunlariva metodlarini o’rganishda asosiy usullardan biri bo’lib hisoblanadi.Labaratoriya ishlarini o’tkazish o’quvchilarga fizik hodisalar asosiy uskunalar bilan tanishishga imkon beradi,o’lchashni har xil usullarini o’rganishda tajriba “texnikasini” egallashga imkon beradi.Juda ko’p hollarda esa ayrim asbob - uskunalar yetmaydigan paytlarda elektron hisoblash mashinalarida virtual labaratoriyalar yaratish ham tajribaning asosiy usullaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Fizikada ta’lim jarayonini mobil dasturiy vositalar yordamida takomillashtirishning eng muhim jihatlari quyidagilar:
-o’qituvchilar va o’quvchilar mehnatini to’g’ri baholash;
-o’qitishni kundalik hayot bilan bog’lashni amalda mustahkamlash;
-o’quvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash;
-ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish ,umumlashtirish va fizika ta’limiga joriy eta olish;
-o’quvchilarda fizika oid bo’lgan labaratoriya mashg’ulotlari bo’yicha to’liq tushuncha hosil qilish.
Fizika o’qitish ya’ni ta’lim jarayonida mobil dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim sifatining oshishiga va uning samarali bo’lishiga xizmat qiladi. Fizika o’qitishning maqsadi sifatida turli vositalar yordamida ta’lim sifatini yaxshilashni tushunishimiz mumkin.Fizika o’qitishning vazifalari sifatida fizika ta’lim oluvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantirish asosiy o’rin egallaydi.Ta’lim jarayonida ko’zlangan maqsadga erishishda mobil dasturiy vositalarning qo’llanilishi kutilgan natijani beradi.
Ixtiyoriy ravishda umumiy o’rta ta’lim tizimidagi aynan 7-sinflarda fizika o’qitilishini qaraydigan bo’lsak,7-sinflarda yillik o’zlashtirilishi kerak bo’ladigan mavzular 68 soatga mo’ljallangan.

1

Mexanika bo‘limida nimani o‘rganamiz? Mexanikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar

1

2

Jismlarning harakati

1

3

Fazo va vaqt

1

4

Kinematikaning asosiy tushunchalari

1

5

Skalyar va vektor kattaliklar hamda ular ustida amallar

1

6

Masalalar yechish

1

7

To‘g‘ri chiziqli tekis harakat haqida tushuncha

1

8

To‘g‘ri chiziqli tekis harakat tezligi

1

9

Masalalar yechish

1

10

1-NAZORAT ISHI

1

11

To‘g‘ri chiziqli tekis harakatning grafik tasviri

1

12

Notekis harakatda tezlik

1

13

Tekis o‘zgaruvchan harakatda tezlanish

1

14

Tekis o‘zgaruvchan harakat tezligi

1

15

Tekis o‘zgaruvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l

1

16

Masalalar yechish

1

17

2-NAZORAT ISHI

1

18

1-laboratoriya ishi: Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash

1

19

Jismlarning erkin tushishi

1

20

Yuqoriga tik otilgan jismning harakati

1

21

Jismning tekis aylanma harakati

1

22

Aylanma harakatni tavsiflaydigan kattaliklar orasidagi munosabatlar

1

23

Masalalar yechish

1

24

Markazga intilma tezlanish

1

25

3-NAZORAT ISHI

1

26

Masalalar yechish

1

27

Jismlarning ozaro ta’siri. Kuch

1

28

Nyutonning birinchi qonuni inersiya qonuni

1

29

Jism massasi

1

30

Nyutonning ikkinchi qonuni

1

31

4-NAZORAT ISHI

1

32

Masalalar yechish

1

33

Nyutonning uchinchi qonuni

1

34

Harakat qonunlarining aylanma harakatga tatbiqi

1

35

Masalalar yechish

1

36

Elastiklik kuchi

1

37

Masalalar yechish

1

38

2-laboratoriya ishi: Prujina bikrligini aniqlash

1

39

Butun olam tortishish qonuni

1

40

Og‘irlik kuchi

1

41

Jism og‘irligi

1

42

Yuklama va vaznsizlik

1

43

Masalalar yechish

1

44

5-NAZORAT ISHI

1

45

Yerning tortishish kuchi ta’sirida jismlarning harakati

1

46

Yerning sun’iy yo‘ldoshlari

1

47

Ishqalanish kuchi. Tinchlikdagi ishqalanish

1

48

Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanish.

1

49

3-laboratoriya ishi: Sirpanish ishqalanish koeffitsientini aniqlash

1

50

Tabiatda va texnikada ishqalanish

1

51

6-NAZORAT ISHI

1

52

Masalalar yechish

1

53

Impuls

1

54

Impulsning saqlanish qonuni

1

55

Reaktiv harakat

1

56

Masalalar yechish

1

57

Mexanik ish

1

58

4-laboratoriya ishi: Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni hisoblash

1

59

Potensial energiya

1

60

Kinetik energiya

1

61

7-NAZORAT ISHI

1

62

Mexanik energiyaning saqlanish qonuni

1

63

5-laboratoriya ishi: Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog‘liqligini aniqlash

1

64

Quvvat. Masalalar yechish

1

65

Tabiatda energiyaning saqlanishi. Foydali ish koeffitsiyenti

1

66

7-sinf bo‘yicha umumlashtiruvchi dars

1

67

8-NAZORAT ISHI

1

68

O‘quv sayohati.

1

Ta’lim jarayonini mobillashtirish haqida so’z borar ekan yuqoridagi mavzular orasidan nazariy mavzularni mobil vositalardan foydalanib o’qitish jarayonida ma’ruza matni ,mavzuga oid bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar,mavzu yuzasidan turli xil sinov savollar berish orqali ham mavzuning tushunish darajasini oshirish mumkin.


Fizikadan umumiy o’rta ta’lim davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi ” Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish maqsadida ishlab chiqilgan “Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan”.


Maktabda fizika ta’liming ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida,ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fiziak ta’limining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning fizik hodisalar ,tushunchalar,kattaliklar,modellar,qonunlar,o’lchashlar ,fizikadan amaldagi tadbiqlari,olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan birga fizika oid asbob va uskunalardan ,laboratoriya o’tkazish jarayonida sodda xulosalar chiqarish,xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Laboratoriya ishlarini metodik talablar asosida tashkil etilsa ,o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.O’quvchilarga berilgan savolni tajriba asosida javobini topishga o’rgatiladi.
Fizika darslarida laboratoriya ishlarini tashkil etish va o’tkazishni quyidagi o’quv masalalarini hal qilinadi:
-o’rganiladigan qonunlarning to’g’riligini isbotlanadi;
-fizik kattaliklarni o’lchashnio’rganiladi;
-fizik kattaliklar va fizik hodisa o’rtasidagi bog’lanishni anglaydilar;
-o’lchov asboblari bilan ishlashni o’rganadilar;
-sxemalar va chizmalarni o’qishni o’rganadilar;
-o’quvchilarda konstruktorlik,ijodkorlik va texnik qobiliyatlari rivojlanadi;
-fizik asboblarning tuzilishi va ishlash jarayonlari o’rganiladi.
Laboratoriya ishlarini tashkil etishda ikki xil usuldan foydalaniladi:

  1. Frontal laboratoriya ishlari

  2. Fizik praktikumlar

Frontal laboratoriya ishlarini o’tkazishda sinfdagi barcha o’quvchilar bitta mavzuni ,bir xil asboblar bilan o’qituvchining ko’rsatmasi asosida o’tkazadilar.Bu laboratoriya ishlari 45 minut ya’ni 1 soatga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.Ayrimlari esa 5-15 minut bo’ladi.
Qisqa muddatli frontal laboratoriya ishlari-frontal tajribalar deb maktab o’quvchilarini har tomonlama taraqqiy qildirishda fizika o’qituvchisi qo’llaydigan turli o’qitish formulasi mavjud.Bular orasida frontal laboratoriya mashg’ulotlari:laboratoriya ishlari,laboratoriya kuzatishlari,sifatiy tajribalar va kuzatishlar,frontal ekspriment va hokazolaralohida o’rin tutadi.Ular uzoq davom etuvchi va qisqa muddatli,kirish va yakuniy ,o’quvchining batafsil ko’rsatmalari bo’yicha yoki ko’pgina mustaqillik elementlari bilan bajariluvchi hisobot va baholashga talab etuvchi bo’lishi mumkin.
Maktabda fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarining forma va metodlari turlicha.Masalan:zveno usulda,frontal usulda o’tkazish mumkin.Ayniqsa bu mashg’ulotlarning frontal metodi ma’lumki,qator muhim juda yaxshi xususiyatlarga ega.Bu usul eng avvalo o’quvchilarning laboratoriya mashg’ulotlarini o’rganilayotgan kurs bilan yaqindan bog’lashga va praktikumlarda o’quvchining demonstratsion tajribalari bilan o’quvchilar mustaqil bajaradigan laboratoriya ishlari o’rtasida aloqa o’rnatishga imkon beradi.Frontal usul tufayli laboratoriya mashg’ulotlari biror bo’lim rejasiga kirish qismidek yoki o’quvchi tushuntirishga qo’shimcha sifati yoki o’tilgan materiallarni o’rnida yoki olingan bilim o’quv va malakalarni tekshirish holida qo’yilishi mumkin.Frontal mashg’ulotlar bir vaqtning o’zida sinfdagi barcha o’quvchilarni u yoki bu masalalari yechimini izlashga jalb etish imkonini beradi.Bu hol o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ancha faollashtiradi.
Laboratoriya eksperimenti o’qitish jarayonida materialni chuqur o’zlashtirishga ancha yordam beruvchi zarur bo’g’in bo’lib,o’quvchilar bilimidagi formalizmga qarshi kurash vositasidir.Bundan tashqari ,frontal metod o’quvchilarga eng sodda o’lchov asboblari va boshqa apparatura bilan muomila qilishda ba’zi boshlang’ich amaliy malaka olish imkonini beradi.
Frontal laboratoriya mashg’ulotlarini muvafaqqiyatli o’tkazish uchun har bir maktabda sanoat ishlab chiqaradigan asboblar va qisman qo’lda yasalgan asboblardan iborat sinchiklab taxlangan asbob-uskunalar komplekti bo’lishi lozim.
Maktab ustaxonalarida o’quvchilarning o’zlari oddiy asboblar va moslamalar masalan:shayinli tarozi,sim ilgaklar , tunukadan qilingan tutqichlar va hokazolarni osongina yasay oladilar.
Laboratoriya ishlarining belgilariga ko’ra uning klassifikatsiyasi har kim bo’lishi mumkin.Masalan:qisqa vaqtli va butun bir darsga mo’ljallangan ishlar fizikaviy hodisalarni kuzatish bilan bog’langan sifatli ishlar va kuzatishgina emas,balki o’lchashlar ham bajariladigan miqdoriy ishlar:oldindan taklif qilingan reja asosida bajariladigan ishlar va o’quvchilarga mustaqillik beriladigan ishlar va boshqalar mavjud.Ammo bu belgilarni hammasi frontal laboratoriya ishlarning xilma-xilligini qamrab ola olmaydi.Metodik nuqtai-nazardan o’qituvchining frontal laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil qilishda tutgan maqsad va vazifalari bo’yicha klassifikatsiyasi qilinadigan ishlar eng qiziqarlidir.
Bu belgilarga muvofiq ,masalan quyidagi turdagi ishlarni ko’zda tutish mumkin.

  1. Fizikaviy hodisalarni kuzatish va o’rganish.

  2. Turli xil fizikaviy asbob,qurilmalarni tuzilishi va ishlashi hamda ularni ishlatish usullari bilan tanishish .

  3. O’lchov asboblari bilan tanishish va fizikaviy kattaliklarni o’lchash.

  4. Fizikaviy kattaliklar orasidagi miqdoriy qonunlarni aniqlash yoki tekshirish.

  5. Fizikaviy doimiylarning aniqlash va shunday aniqlashlarning turli metodlar bilan tanishish.

Frontal laboratoriya ishlari o’qituvchiga biror masalaning yechimini izlashga kerak bo’lganda butun sinf o’quvchilarini jalb qilishga imkon beradi.Bunday ishlar odatda o’qituvchining tushuntirish ,dars davomida masalalar yechish , o’quvchilarning savollari kelgusi mashg’ulotlarga tayyorlanish ,o’lchov asboblari bilan ishlashni mashq qilish kabilar bilan bog’langan.Shunday qilib frontal mashg’ulotlarimiz o’ziga ta’lim berish emas balki bu eng avval o’rgatishdir.Bu yerda asosiy rolni o’qituvchi bajaradi.U ham ishni tashkil qilishi va yo’naltira bilishi.O’quvchilar bilan mashg’ulotlar rejasini tuzishi,asbob-uskunalarni tez tayyorlashni va tarqatishni tashkil etishni , og’zaki aniq va tushunarli vazifalar hamda tushuntirishlar berishi,o’quvchilarga o’z vaqtida yordam berishi olgan ish natijalarini qayta ishlashi va umumlashtirishni , o’quvchilarni doimo kuzatib turishi ,ular olgan o’quv,bilim va malakalarni nazorat qilishi va baholashi kerak.Hamma ishni mufaqqiyati o’quvchini shunday ishlarga qanchalik yaxshi tayyorlanganligiga bog’liq,frontal laboratoriya ishlari turlicha o’tkazilishi mumkin.Fizika kursining biror mavzusiga kirish sifatida o’tilganlarni takrorlash va umumlashtirish sifatida yoki olingan bilim o’quv va malakalarni nazorat qilish sifatidir.
Laboratoriya ishlarni frontal bajarish kirish qismida aytib o’tilganidek,mashg’ulot oxirida olingan kuzatish va o’lchashlar natijalarini jamoa ravishda muhokama qilishga to’la imkon beradi.Bu o’quvchilar zvenolari ishni to’g’ri bajarganini tez nazorat qilishga imkon beradi va ularni asta-sekin shunday natijalarni ishlab chiqish va to’g’ri baholashni o’rgatadi.7-sinflarda sonli natijalarni ishlashda taqribiy sonlar ustida amallar bajarish qoidalari bilan cheklanish yetarli bo’ladi.Bu yerda bunday hisoblashlarning jajmi va xarakterini muhokama qilishga zaruriyat yo’q,chunki bularning hammasi o’lchash xarakteridagi ko’pchilik ishlarning bayoni oxirida batafsil keltiriladi.
Shuni esda tutish kerakki,laboratoriya ishlarini bajarishda o’quvchilar xatoliklarni hisoblash usullari va malakalarini juda qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar,shuning uchun bu yerda ayrim umumiy dastlabki ko’rsatma va tushunchalar bilan chegaralanish mumkin emas.
Tajriba natijalarini jamoa ravishda muhokama qilganda o’lchash xarakteridagi har bir laboratoriya ishlaridan keyin konkret misollar yordamida shu malakalarni asta-sekin va izchillik bilan singdira borish hamda mashq qildirib borish kerak.Ayrim laboratoriya ishlari uchun olingan natijalarni ishlash,o’rganilayotgan jarayonning biror xossasini fizikaviy kattaliklar orasidagi biror bog’lanishni ochiq ko’rsatish kerak.
Bu holda natijalarni umumlashtirishning eng yaxshi shakli grafiklardir,ularni ham o’quvchilar bilan muhokama qilish kerak.Grafiklarni qo’llashni konkret misoli:Naftalinning isish va erish hajmida , suvning isishi va qaynashi jarayonlarida kuzatiladi.Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qisqacha yozma hisobot tuzish o’quvchilar uchun ancha qiyinchiliklar tug’diradi va yozish uchun ancha unumsiz vaqt sarf qilinadi.
Ayrim hollarda o’quvchilar hisobotda hamma asbob uskunalarning sanogi yoki qurilma tuzish jarayonini hamma bayoni:Masalan:”10 ta shtativ oldik,unga qisqichni o’rnatdik,qisqacha esa kolbani qisdik,kolbaga ozroq suv quydik” va shu kabi deyarli keraksiz materiallarni kiritishadi.Shuning uchun yozuvlarni ratsionallash va tajribani bajarish uchun ko’proq vaqt qoldirishga yordam berish maqsadida turli tipdagi laboratoriya ishlari haqida hisobotni qanday tuzishni ko’p martalab misollar yordamida ko’rsatish kerak.
O’quvchilarning hisobotlarida ishning nomeri va nomini keltirib ,ishning maqsadini butunlay ko’rsatma ham bo’ladi,chunki u ko’pgina ishning nomiga mos keladi.Asbob-uskunalarni ham sanab chiqishga hech qanday zaruriyat yo’q,chunki u hisobot ma’nosiga hech nima qo’shmaydi.Hisobotda ishning ma’nosi va nazariy asoslashni bayon qilish kerak emas.O’quvchi ishni tushunishi yoki tushunmasligi hisobotda qurilmalarning qisqa tushuntirishlar bilan keltiriladigan sxematik rasmlar yoki elektr zanjirining tushuntirishlar bilan berilgan sxemasiga qarab bilsa bo’ladi.Shunda rasm va sxemalar ,formalar va o’lchash natijalari yoziladigan jadvallar hamda hisoblashlar bilan birgalikda hisobotning asosiy qismini tashkil qilishi kerak.
O’quvchilarning o’lchash ishlari uchun yozma hisobotida ko’pincha quyidagilar bo’lishi yetarli:

  1. Laboratoriya ishining nomeri va nomi

  2. Qurilmaning sxematik rasmi yoki elektr zanjiri sxemasi

  3. O’lchash natijalarini jadvali yoki ish borishining bayoni

  4. Hisoblashlar va xulosa

Bunda o’tilgan darsning mavzusi tushuntiriladi,o’quvchilar o’rganilgan mavzuni tajribada sinab ko’radilar .Bunday laboratoriya ishlariga “Dinamometr bilan kuchlarni o’lchash”,”Elektr zanjirining turli qismlaridagi kuchlanishni o’lchash” kabilarni kiritish mumkin.Bunday o’tkazilgan laboratoriya ishlari fizika o’qitish samaradorligini sezilarli oshiradi.Shu bilan birga o’quvchilarning oddiy ishlarni bajarib borib,murakkabishlarni qilishlariga yo’l ochadi va fizik asboblar bilan mashq qilishdagi amaliy qobiliyatlarini shakllantiradi.Laboratoriya ishlarini iloji bo’lsa ,mavzuni o’tib bo’lgandan so’ng ,shu mavzuga doir ish bo’lsa ,keyingi dars o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.Ba’zi bir laboratoriya ishlari masala yechishda eksperimental ishlarni bajarishga o’xshatib ham bajariladi.Fizika xonasida ikki o’quvchi bitta laboratoriya ishini bajarishlari uchun jihozlar yetarli bo’lishi kerak.Agar yetmasa o’qituvchining rahbarligida o’quvchilar o’zlari tayyorlaydilar .Ayniqsa qo’lda yasalgan asboblar asosiy metodik talablarga rioya qilishi kerak ya’ni ko’rinishi chiroyli pishiq ,ishlatishga qulay,tuzilishi sodda bo’lishi kerak.Qo’lda yasalgan asboblar standartlarga mos bo’lishi aniq ishlaydigan bo’lishiga e’tibor berishimiz kerak.
O’quvchilar o’tkaziladigan laboratoriya ishlarining nazaryasi bilan,o’tkazish usuli bilan to’liq tanishganlaridan so’ng ,asboblar bilan tez,ravon ishlaydigan bo’ladilar va sifatli bajaradilar.Shuning uchun laboratoriya ishini o’tkazishdan avval unga kerakli nazariy bilimlarni ,laboratoriya ishi o’tkazish ko’rsatmasini mustaqil tanishishni o’quvchilarga topshirish kerak.Har bir laboratoriya ishlariga kerakli asbob va materiallarni to‘liq bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi. Har bir asbobni ishlashini ko‘zdan kechiriladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, laboratoriya ishlarini quyidaginusullar asosida o‘tkazish o‘quvchiga birmuncha qulayliklar tug’dirishi mumkin. Kirish suhbati, o‘quvchilar tomonidan eksperimentlar o‘tkazish va o‘lchash natijalarini ishlab chiqish va xulosalash.
Kirish suhbatida o‘quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishlari uchun nazariy bilimlar qay darajada ekanligi, kerakli asbob va materiallar komplektini to‘liq bilishlari, har bir asbobning ishlatish, muomila qilish malakalari tekshiriladi. Bu bilan laboratoriya ishlarini onglio‘tkazilishiga erishiladi. Shundan so‘ng ishning o‘tkazish maqsadi va o‘tkazish tartibi bilan tanishtiriladi , asbob va materiallar bilan qanday ishlash kerakligi, hisobot yozishda nimalarga e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi. Bunday laboratoriya ishlari bajarish uchun ko‘rgazmalar berish 7-sinf o‘quvchilari uchun zarurdir.
Keyingi laboratoriya ishlarini o‘tkazishda kirish suhbatidan so‘ng o‘quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlariga o‘rgatib borish malakalarini hosil qilish kerak.
Kirish suhbatida o‘quvchilarning diqqatini fizik kattaliklar miqdorini aniq va to‘g‘ri o‘lchash, xato qilmaslik imkonyatlari, ishni bajarishda rioya qilinadigan texnika xavsizlik qoidalariga rioya qilishga qaratish kerak.
O‘quvchilarga elektr zanjiri sxemalari tuzish topshiriladi, o‘lchov asboblarini zanjirga ulaydilar, tekshirib tok manbaiga ulashga ruxsat bermaguncha o‘quvchilar o‘zlaricha tok manbaiga ulamasliklariga odatlantirish tavsiya etiladi.
O‘qituvchi stollar orasida aylanib yurib, har bir o‘quvchi bajargan amaliy ishini ko‘rib, ko‘rsatmalar berib boriladi, kerak bo‘lsa yakkama-yakka konsultasiyalar beradi. Agar ko‘pchilik o‘quvchilar bir xil tipik xatolar qilsalar, masalan ampermetr yoki voltmetrni zanjirga ulash bo‘yicha xatoga yo‘l qoysalar barcha o‘quvchilar diqqatini ampermetr yoki voltmetr to‘g‘ri ulashga qaratiladi, ulab ko‘rsatiladi,o’qituvchi har bir o’quvchining oldiga borib, uning ishiga aralashib mustaqil ishlashiga halal bermasligi kerak.
Demak biz yuqorida ananaviy dars davomida laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish, ularning qanchalik darajada ahamiyatga ega ekanligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’dik.Shu o’rinda savol tug’ilishi tabiiy respublikamiz miqiyosidagi barcha maktablar fizika fani laboratoriya mashg’ulotlari uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar bilan jihozlanganmi?Albatta dars jarayoni biroz chegaralanganligini hisobga olsak ,jihozlar yetishmovchiligini hisobga oladigan bo’lsak biz doim ham kutganimizdek natijaga erishmasligimiz mumkin.Biz bunda imkon qadar samarali yo’l topishimiz kerak.Mobil ilovalar esa bu vaziyatda eng ishonchli usul deb hisoblayman.Mobil dasturiy vositaning laboratoriya darslarida qo’llanilishining ijobiy tomonlari mavjud.Masalan 7-sinflarda fizika fanidan quyidagi laboratoriya mashg’ulotlari berilgan:Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash,prujina bikrligini aniqlash,sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash,jismni ko’tarishda va shu masofaga gorizontalko’chirishda bajarilgan ishni hisoblash,jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog’liqligini aniqlash.O’quv yili mobaynida o’quv reja bo’yicha shu mavzular laboratoriya mashg’ulotida kelgan .Birinchi muammo aksariyat hollarda jihozning yetishmasligi yoki uning kam sonli ekanligi.Bunday holda ham o’quvchilarda ish yuzasidan to’liq ma’lumot shakllanmaydi.Keyingi masala esa balki o’quvchi qandaydir sabablar bilan ushbu darslarda qatnasha olmagan bo’lishi ham mumkin.Bunda albatta mobil ilova qo’l keladi.O’quvchi berilgan labaratoriya mashg’ulotini video ko’rinishida ko’rib ish to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lishi mumkin,qolaversa darsda qatnasholmagan o’quvchilar ham mobil ilova yordamida darsni o’zlashtirib olish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.Qo’shimcha sifatida aytishimiz mumkinki o’quvchilar darsda labaratoriya mashg’ulotini bajaib ko’rib to’liq tushuncha olmagan bo’lsalar ham mobil ilova yordamida uni qayta qayta ko’rish orqali ham labaratoriya mashg’ulotini to’liq o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Download 94,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish