Kirish I bob. Marketing tizimi va marketing faoliyatining nazariy asoslari


O’zbekiston korxonalarida marketing faoliyatining yo’lga qo’yilishi



Download 165,9 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi165,9 Kb.
#255837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fozilov Korxona iqtisodiyoti

2.2.O’zbekiston korxonalarida marketing faoliyatining yo’lga qo’yilishi

O’zbekiston korxonalarida marketingning shakllantirish va shu orqali korxona eksport salohiyatini oshirish yo`llarini keng miqiyosida tadqiq etish masalalari juda ko`p bora ilmiy izlanishlarning ham nazariy, ham amaliy ishlarni olib borishni taqozo etmoqda. Albatta bu vosita korxona eksport salohiyatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilish zaruriyatini tug`diradi. Korxona eksport salohiyati zamonaviy bozor munosabatlariga bog`liq. Shunday ekan, bunda marketing tadqiqotlari, korxona yutuqlarining hal qiluvchi omillari va ularning kutilmagan tasodiflarini hisobga olgan holda imkoniyat istiqbollarini aniqlash borasida korxona faoliyatining innovatsion strategic tadqiqot o`tkaziladi, marketing strategiyasi va uni amalga oshirish yo`llari ishlab chiqiladi. Ma’lumki, mazmuniga ko`ra “strategiya” – korxonaning o`z faoliyatida qaror qabul qilish maqsadida amal qiladigan qoidalar, yo`l-yo`riqlar majmuidir. Bu qoidalardan iborat. Respublikamiz korxonalari, ayniqsa , sanoat tarmog`lari korxonalari bugungi kunda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bular ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy, resurslar yetishmasligi, tovarlar sifatining pastligi kabilarda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ichki bozorda raqobatchilarning paydo bo`lishi, yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, sobiq ittifoq davrida mavjud bo`lgan iqtisodiy aloqalarning uzilishi tarmoq korxonalarning ayrimlarini ayrimlarini tanglik holatiga tushirib qo`ydi. Bunday vaqtda korxona faoliyatini yaxshilash, bozordagi ulushini saqlab qolish va uni mustahkamlash masalalarini yo`lga qo`yish juda muhimdir. Bizning fikrimizcha, korxonaning krizis holatiga tushib qolishiga asosiy sabab-birinchidan, korxonaning strategik rivojlanish kontsepsiyasi yo`qligi bo`lsa, ikkinchidan, operativ qarorlar qabul qilish uchun bozorning holati, tashqi muhit to`g`risida axborotlarning yo`qligi, deb hisoblaymiz. Tanglik holatida bo`lgan korxonada axborotlarning yetishmasligi quyidagi uch omil asosida yuzaga keladi: Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish jadal ravishda faol marketingga o`tishni talab qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalarning qariyb 50 foizida marketing bo`limlari tashkil qilinmagan, mavjudlarida ham marketingning vazifalaridan kompleks foydalanish, bozor konyunkturasini tadqiq qilish natijasida axborotlar to`plash talab darajasida emas. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan hozirgi davrda korxonaning eksport salohiyati rivojlanishi iste’molchining istak va xohishini o`z vaqtida ilg`ab olish hamda uni tezda qondirishga qaratilgan taqdirdagina amalga oshadi. Buning uchun korxonaning faoliyatini strategik rejalashtirish, uning yaqin va uzoq kelajakdagi maqsadlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Korxona maqsadlarini uning mohiyatiga ko`ra bir nechta turlarga bo`lishimiz mumkin, masalan: bozordagi maqsadlar – ta’sir ko`rsatish, sotish, bozorning ma’lum ulushini egallash moliyaviy maqsadlar – foyda, rentabillik; mahsulot va jamiyat bilan bog`liq bo`lgan maqsadlar – sifat, ijtimoiy javobgarlik, korxona faoliyati kafolatini ta’minlash va boshqalar. Korxonaning eksport salohiyati bo`yicha maqsadni belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xususiyati, tashqi bozordagi imkoniyatlari, ishonchli sotish kanallarining mavjudligi ham ta’sir ko`rsatadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, harqanday maqsadga erishish korxonaning haqiqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilansa, rahbariyat va ishchi-xodimlar o`rtasida to`liq anglab yetilsagina, uni amalga oshirish oson kechadi. Demak, sanoat mahsulotlari marketing o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi.

Sanoat marketing xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri sanoat tovarlarining texnik jihatdan ancha murakkabligidir. Darhaqiqat mashinasozlik tarmog`ida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, iste’mol tovarlariga nisbatan texnik jihatdan murakkabligi bilan ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu hol sanoat marketing xodimlaridan o`z sohalari bo`yicha maxsus bilimli, texnika, ilm-fan yutuqlaridan doimo xabardor bo`lishlarini, o`z malakalarini oshirib borishni talab qiladi. Shu yo`nalish bo`yicha olib brogan marketing tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatadiki, respublikamizda “sanoat dizayni”ga bo`lgan e’tibor, uning rivojlanish holati va assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar eksport salohiyati orasida ma’lum bog`liklik mavjud ekan.

Marketing tushunchasi keng qamrovli bo'lib, buni nafaqat kichik tadbirkorlik faoliyatlaridagi marketing bo'limi yoki xodimining ish olib borishi balki hamma soha vakillari o'z bilimi va vakolati doirasida olib borgan faoliyatlari yig'indisigina bozorda ishonchli natijani kutish mumkin. Tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo'lib, marketing hisoblanadi, chunki u tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Marketing asosida bozomi har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilami ko'rsatib o'tish zarur:

• talabni o'rganish;

bozor tarkibini aniqlash;

• tovarni o'rganish;

• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

• sot ish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing tadbirkorlik faoliyatining bozorda ishlash uslubi bo'lib, iste'molchilar va ularning talab istaklarini o'rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlami yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko'rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bulaming hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing - iste'molchilar, bozoming aniq segmentlari talabini hisobga olish, aniqlangan talablarga mos yangi tovami ishlab chiqish, rag'batlantirish va reklama tadbirlari asosida uni sotishni tashkiI qilish hamda tovarlar harakatini aniqlash konsepsiyasidir. jahon amaliyoti tajribalari asosida o'tkazilgan izlanishlar va statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, tashkil qilingan xususiy korxonalarning 50-60 foizi faoliyat yuritishning dastlabki 3 yili ichida inqirozga uchrashi mumkin. Agarda siz shu kabi xususiy korxonaning rahbari bo'lsangiz va bu holatga duchor bo'lmay desangiz o'z ustingizda va ko'zda tutgan rejalaringiz ustida ko'p mehnat qilishingizga to'g'ri keladi.5 Xususiy korxonalarning inqirozga uchrashiga va yopilib ketishiga bir qancha sabablar ta'sir qiladi. Bu sabablar ichida asosiy o'rinlardan birini marketing egallaydi. Xo'sh marketing o'zi nima? Bozormi? Sotuvlarmi? Yo'q. Marketing - xaridorlar ehtiyojini qondirish va daromad olish maqsadida mahsulot, xizmat, qimmatli qog'ozlar bozorida olib boriladigan keng qamrovli faoliyat turidir. Marketing ishlab chiqarish jarayonini bozor talablariga moslashtirish uchun xizmat qiladi, Marketing faoliyatini amalga oshirish muhiti quyidagi besh qismga bo'linadi: - nazorat qiIinadigan omillar; - nazorat qilinmaydigan omillar; - o'z maqsadiga erishishni tashkil qilishda yutuqlar yoki muvaffaqiyatsizliklar darajasi; - teskari aloqalar; - moslashuvchanlik. Kichik tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish jarayoni omillariga tadbirkor tomonidan boshqarishni quyidagicha amalga oshirishi, ya'ni o'zaro faoliyatiga bog'liq bo'lgan qarorlarini amaldagi qonunchilikka binoan qabul qilishi, yuqori tashkilot rahbariyati tomonidan aniqlik kiritiladi. Ushbu nazoratni quyidagi chizmada ko'rishimiz mumkin.

6
Mamlakatimizda marketingning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobatning kuchsizligi.

2. Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining taraqqiy etmaganligi.

3. Taqsimlovchi va qayta taqsimlovchi vositachi tuzilmalaming an'anaviy kuchli ta'siri bilan asoslanadi.


O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish”7 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga, balki tashqi bozorlarga eksport qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa egadir.




Download 165,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish