2.3. Xalqaro marketing muhiti (Yaponiya misolida)………………….
XULOSA…………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..
KIRISH
Respublikamizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar va butun jahon amaliyoti natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, zamonaviy va innovatsion, puxta o’ylangan va uzoq muddatga mo’ljallangan marketing tizimiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar bugungi shavqatsiz raqobat sharoitlariga javob bera olish nuqtai nazaridan ishonchliroq va samaraliroq bo’lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish...”1 alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xalqaro maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning sotuv faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish, ITTKI, ta’minot, moliya kabi boshqa faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati bog’liq bo’ladigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy sharoitlarni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, qonun hujjatlari va bojxona qoidalari turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli farqlanishi mumkin. Har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida o’ziga xos milliy xususiyatlar bo’lib, ular madaniyat, din va an’analar nuqtai nazaridan mos kelmasligi mumkin. Shuningdek, ilmiy-texnik xarakterdagi omillar ham muhim ahamiyat kasb etib, bu qatorga sanoat texnologiyalarining rivojlanish darajasi, tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish kabilarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarning barchasi xalqaro bozorda tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini oshiradi. Masalan, valyuta tizimining barqaror emasligi kutilmagan natijalarga olib kelishi va bir necha kun ichida juda ham foydali bitimni zarar keltiruvchi bitimga aylantirishi mumkin. Turli xil mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari marketing vositalarini u yoki bu bozorning o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirib borishni talab qiladi. Bu erda gap har safar muayyan tashqi bozor uchun maxsus marketing modeli haqida boradi. Marketing faoliyatining turli elementlari samaradorligi turli mamlakatlarda turlicha ishlab chiqarish konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. Bunda ichki ishlab chiqarish imkoniyatlari hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Mazkur vazifani bajarish uchun ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilash, xarajatlarni qisqartirish, mehnat mahsuldorligini oshirish kabi usullardan foydalanishi mumkin. Ishlab chiqarish konsepsiyasi ikki xil holatda qo’llanishi mumkin: Marketing konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o’z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holdagina o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. O’z maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o’ringa chet ellik xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo’yadi. Shu sababli boshqaruvda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o’z mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni marketing usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug’iladi. Shu tariqa, marketing konsepsiyasi bu chet ellik xaridorga yo’nalganlik bo’lib, ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi.
Jamoatchilik marketingi konsepsiyasi xalqaro bozor sub’yektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi xalqaro bozorning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o’z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holda, ayrim chet ellik xaridorlar va umuman jahon hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. Bunday konsepsiyaning paydo bo’lganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Uning paydo bo’lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xom-ashyo va energetika taqchilligining yuzaga kelishi, inflyasiya jarayonlarining chuqurlashuvi, demografik ahvolning jiddiylashuvi kabi holatlar sabab bo’ldi. Faoliyatini ushbu konsepsiya doirasida tashkil etuvchi korxona o’z oldiga xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga mos ravishda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |