Kirish I bob keyns modeli


«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» dagi bosh g‘oya



Download 272,64 Kb.
bet9/23
Sana18.04.2022
Hajmi272,64 Kb.
#559826
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
KEYNSNING MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI

«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» dagi bosh g‘oya

Ko‘pchilik iqtisodchilarning aytishicha J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» XX asr iqtisodiy fanida burulish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlar iqtisodiy siyosatni ifodalaydi.


Uning bosh va yangi g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan va o‘zini -o‘zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi va shuning uchun faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni maksimal oshirishi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin.
Haqiqatan ham 1929-1933 yillardagi buyuk turg‘unlik davri klassiklarning bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g‘oyasi ayni sharoitda noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartiblash mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab bergan buyuk iqtisodchi J.M.Keyns hisoblanadi.

O‘rganish predmeti va uslubi


J.M.Keynsgacha bo‘lgan iqtisodiy nazariyada xo‘jalik jarayonlarini tahlil qilishning mikroiqtisodiy yondashuvi hukumronlik qilib kelgan. Firmalarning samarali amal qilishi bir butun iqtisodiyotning samarali amal qilishi bilan deyarli bir narsa deb qaralgan. Xo‘jalik faoliyatini milliy iqtisodiyot darajasida tahlil qilish faqat pul massasi va bahoning umumiy darajasining o‘zaro aloqasi muammosigagina kelib taqalgan, xolos. Buning ustiga e’tibor faqat uzoq muddatli jihtlarga qaratilgan. J.M.Keyns birinchi bo‘lib makroiqtisodiy uslubni qo‘lladi, ya’ni xalq xo‘jaligi yalpi miqdorlari (ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg‘arma, yalpi investitsiya, jami iste’mol xarajatlari va b.) o‘rtasidagi bog‘liqlik va nisbatlarni tadqiqot qildi. Makroiqtisodiy uslub ayrim firmalarning rivojlanish sharoitlari bir butun iqtisodiyotning rivojlanish sharoitlari bilan mos tushmasligini taqozo etadi.
O‘rganish predmeti va uslubiy jihatdan J.M.Keyns iqtisodiy ta’limotidagi novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtisodiy yondashuvdan ko‘ra makroiqtisodiy tahlilga ustunlik berishida, ikkinchidan, «psixologik qonunga» asoslangan holda
«samarali talab» atalmish (talabning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi) kontseptsiyasini asoslab berishida o‘z aksini topadi.
J.M.Keyns o‘z tahlilining boshlang‘ich nuqtasi qilib ish bilan bandlik muammosini tanladi. Chunki ishsizlik o‘sha paytda nihoyatda ko‘paygan edi. U yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur muammolar (shu jumladan ish bilan bandlik muammosi) echimini taklifdan emas, balki talabdan qidirish kerak degan xulosaga keldi. Aynan iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga bo‘lgan talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Yalpi talabning yalpi taklifdan orqada qolib ketishi – bu kapitalistik jamiyatning surunkali kasalligidir. Yalpi talab harakati va ijtimoiy mahsulot miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik keynschilik tadqiqotinig markaziy ob’ektini tashkil etadi.
Agar yalpi talab kamaysa, unda u ishlab chiqarishning pasayishiga va mehnatga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida majburiy ishsizlik vujudga keladi. J.M.Keyns modelida jamg‘arma va investitsiya, yangi klassiklar tasdiqlaganidek, foiz stavkasining o‘zgarishi tufayli emas, balki, eng avvalo, milliy daromadning tebranishi tufayli tenglashadi. Jamg‘arma foiz stavkasiga qaraganda ijtimoiy mahsulot miqdoriga ko‘proq bog‘liq. Investitsiya esa milliy daromaddan avtonom tarzda bo‘ladi. Shuning uchun jamg‘arma va investitsiyalarning tengligi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanishni va to‘la ish bilan bandlikni ta’minlashi shart emas. J.M.Keyns buning ustiga bozor tizimining eng zaif bo‘g‘inini ko‘rsatib berdi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo‘ladigan vaziyatni mo‘ljallab qaror qabul qiladi, jamg‘aruvchi qo‘lga kiritilgan daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya’ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi. Shu boisdan jamg‘arma va investitsiyalarning bir-biriga mos tushmasligi amal qiladi.
J.M.Keyns fikriga ko‘ra, inqiroz paytida davlat yalpi talabni pul-kredit va byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak. J.M.Keyns, eng avvalo, xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Yalpi talabni rag‘batlantirish vositasiga u real ish haqining o‘sishini to‘xtatishni (bu investitsiyaga sarflanadigan foydani ko‘paytiradi), ssuda foizi darajasini pasaytirishni (foiz qancha past bo‘lsa, investitsiya shuncha ko‘p bo‘ladi), eksportni ko‘paytirishni, davlat xarajatlarining o‘sishini (shu jumladan noishlab chiqarish uchun ham) kiritdi.
«Piramidalar qurilishi, yer qimirlashi, hatto urushlar boylikni ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin», - deb yozadi J.M.Keyns.
Shu bilan birga u odamlarning iste’molga bo‘lgan moyilligiga ham katta e’tibor beradi. Yalpi talabni rag‘batlantiruvchi vositalardan biri kambag‘allar (jamg‘armaydiganlar) uchun soliqni kamaytirish, boylar uchun esa soliq stavkasini oshirish (bu jamg‘armani kamaytiradi) hisoblanadi. Shu bilan birga u o‘zining o‘sha davrdagi «inqilobiy» metodologik tadqiqotiga asoslangan holda o‘tmishdoshlaridan farqli o‘laroq va hukumronlik qilib turgan iqtisodiy ko‘z qarashlarga qarshi ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatida davlat yordamida ish haqini pasaytirishga yo‘l qo‘ymaslikning zarurligini, shuningdek insonning jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi tufayli iste’mol daromadlardan ko‘ra ancha sekin o‘sishini tasdiqlab berdi.

Download 272,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish