Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: Geradodning " Tarix " asaridagi tarixiy geografik malumotlarning ahamiyati, ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini hisobga olgan holda o’rganish, o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish.
Kurs ishining predmeti: Geradodning " Tarix " asaridagi tarixiy geografik malumotlarning ahamiyati, maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli.
Kurs ishining vazifalari:
1. Geradodning tarjimai holi.
2. Geradodning ijod yo’li
3. Geradodning “Tarix” asari
4. Gereadod va boshqa olimlar asarlarining tarixiy geografik ahamiyati
haqida ma’lumotlarni o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I BOB. GERADOD HAYOTI VA IJOD YO’LI
1.1. Geradodning tarjimai holi.
Gerodot (yun. Herodotos) (mil. av. 490 va 480 yil orasi, Kichik Osiyoning janubi-gʻarbidagi Galikarnas —mil. av. taxminan 425, Afina yoxud Furiya, Janubiy Italiya) —"tarix otasi" deb nom olgan yunon tarixchisi. Yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi faol kurashgan va Galikarnasda shunday hokimiyat oʻrnatilgach, vatanini tark etishga majbur boʻlgan. Bir necha vaqt Samos o.da yashagan. Mil. av. taxminan 455—447 yillarda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, Yunonistonning Bolqondagi shaharlari. Qora dengiz sohillari boʻylab (Olviya sh.gacha) sayohat qilib, skiflar haqida maʼlumot toʻplagan. Uzoq muddat Afinada yashagan; G.ning Afina demokratiyasining yoʻlboshchisi Periklta yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli taʼsir qilgan. G. taxminan 443 yil Afinadan Furiyaga koʻchib oʻtgan.1
Geradodning asari shartli ravishda "Tarix" deb nom olgan boʻlib, yunonlar tarixining eng muhim siyosiy voqeasi —yunonfors urushlari (mil. av. 500—449 yillar)ga bagʻishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar G. asarini muzalar soniga karab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi bilan atalgan. Geradod "Tarix"ining asosiy gʻoyasini yunon dunyosining sharqdunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. Geradod Lidiya, Midiya. Axomaniylar davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining oʻtmishi, dini, oʻziga xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib, tarixiy voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida G. oʻzining asosiy maqsadi —yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Antik adabiyotda birinchi boʻlib skiflarning hayoti va turmush tarzlari Geradod asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan Geradod Oʻrta Osiyoda yashagan massagetlar haqida batafsil maʼlumotlar keltirib, massagetlar malikasi Toʻmarisning axomaniylar podshosi Kir II bilan boʻlgan jangini yuksak mahorat bilan bayon qilgan.
Gerodot oʻz kitobini yozish uchun maʼlum vaqt Samos orolida yashagan. Bu asar 9 ta kitobdan iborat boʻlib, unda Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa mamlakatlar haqida qimmatli maʼlumotlarni jamlangan. Gerodot „Yunon-Fors“ urushi haqida ham maʼlumotlarni toʻplagan. Buyuk tarixchi oʻzing asarini ilk bora Olimpiada o'yinlari paytida oʻqib eshittiradi. U miloddan avvalgi 455—477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qiladi.
Buyuk yunon tarixchisi Gerodot mil. avv. 425-yilda vafot etgan.
Qadimgi yunon tili (qadimgi yunoncha: ἡ Ἑλληνικὴ γλῶττα) — oʻlik hind-yevropa tili, yunon tilini otasi. 55000 qadimgi va o'rta asr yunon qo'lyozmalar saqlandi.
Qadimgi Yunoniston, Ellada (qadimgi yunoncha: Ἑλλάς) — Bolqon yarim orolining janubi, Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi.
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yunoniston hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda. Xalkidika yarim orolidan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yunoniston aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yunonistoning jez davri madaniyati shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yunoniston etnik tarkibi rangbarang(pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit orolida axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260 yil Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shimoliy Yunoniston da — eoliylar, Oʻrta Yunoniston va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq boʻlgan.2
Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yu.ning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yu.da gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi (431—404)ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371 yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yu.ning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi).3 Miloddan avvalgi 197 yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |