KIRISH I.BOB Chiziqli tengsizliklar sistemasi 1.1 Chiziqli tengsizliklar sistemasining yechimi, manfiymas, musbat yechimlar………………………………………………………………………..
1.2 Teng kuchli sistemalar………………………………………………………
II. BOB Chiziqli tengsizliklar sistemasining hamjoyli, hamjoysizligi 2.1 Chiziqli tengsizliklar sistemasining chiziqli kombinatsiyasi………………..
2.2 Chiziqli tengsizliklar sistemasining natijasi………………………………….
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi kunda eng katta ahamiyat qaratilyotgan fan matematika fani hisoblanadi. Keyingi yillarda matematika fani eng dolzarb fan hisoblanadi. Shu asosda matematikani o’rganish qiyinlashib bormoqda. Shu sabab maktab darslari ham juda ko’paydi aynan matematikada. Shu sababli Oliy o’quv yurtlarda matematikani elementar qismi bo’lmish matematik analiz fani, algebra va sonlar nazariyasi shu bilan birga geometriya o’qitiladi. Shu fanlarni o’ziga xos hislatlari bor lekin eng qiziq fan matematik analiz fani hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar quyidagilar etib belgilandi:
Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularni bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o’tashlarini, professor-o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o’qitish yo’nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o’quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o’quv va labaratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o’quv metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Mamlakatimizda oliy ta’limning ikki bosqichli (bakalavriat va magistratura) tizimga o’tilishi munosabati bilan o’quv rejalari va fan dasturlarida ro’y bergan o’zgarishlar hamda fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi talabalariga mo’jallangan matematik analiz kursini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari mazkur o’quv qo’llanmaning yozilishiga turtki bo’ldi.