Kirish. I. Bob. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari pedagogik muammo sifatida


III –Bob. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi



Download 59,15 Kb.
bet5/7
Sana03.02.2022
Hajmi59,15 Kb.
#427670
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KIRISH20

III –Bob. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi.


3.1. Tajriba –sinov ishlarining natijalari.

Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullarinidan o’quvchilarning tarbiyaviy ihslarlda dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Bunday baholash natijalari tarbiyaviy ihslarlarni o’rganish bo’yicha tarbiya jarayonining mazmunini, usullari va shakllarini tanlash imkonini beradi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 160-maktabda pedagogik amaliyotimiz jarayonida boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullarini o’rganishda qo’lladik va samarali natijalarga erishdik.

Tajriba-sinov ishlarining mazkur bosqichini amalga oshirish uchun o’quvchilarning qiziqishlari va mustaqil fikrlashlarini aniqlashga xizmat qiluvchi tarbiyaviy mavzularni belgilab oldik.

Tajriba-sinov ishlarimizning izlanuvchan va ta’kidlovchi bosqichlarida tajriba sinflar o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, tarbiyaviy mavzularni mazmunini chuqur o’zlashtirish maqsadida turli usullardan samarali foydalanildi.

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish usullari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, mavzusi va maqsadidan kelib chiqdik.


Sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga sinf tarbiyaviy soatlari ham kiritiladi, (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga "Bajarilish turi" qo’shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, "Ota-onam - suyangan tog`im" yuzasidan suhbat, kecha, konferentsiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o’tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o’quv yilida o’tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o’zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo’lishida bu usul ancha samara beradi. Sinf tarbiyaviy soatlarning mavzulari tubandagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi va yuqoridaga andozaga tartib bilan jamlanadi.Ma`naviyatimizning kadimiyligi, mazmun va mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari, uning jamiyatimiz taraqiyotidagi roli va ahamiyati, Prezidentimiz asarlari va nutqlarida insonni jonli mavjudodlardan ajratib turadigan ong va til, aql-idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat va sahovat, rahm-shavqat, mehr-oqibat, iymon-e`tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, tabiatni e`zozlash, ilm va fanni, adabiyot va san`atni, madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o’zi va o’zga millat kishilarini, ularning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an`analarini hurmat qilish va qadrlash xislatlarini tarbiyalash asosiy maqsad qilib olinadi. Tarbiyaviy soat mavzulari:Sen hamdo’stlik mamlakatlari va ularning bolalari haqida nimalarni bilasan?Bu mavzuga tayyorgarlik tubandagicha tashkil etilishi mumkin. Hamdo’stlik mamlakatlaridan biri tanlanib, uning tashkil topgan vaqti geografik jihatdan joylashishi, aholisi, tabiiy boyliklari, iqtisodi, adabiyoti-san`ati, chet mamlakatlar bilan aloqasi kabi savollar o’quvchilarga bo’lib beriladi. Navbatdagi tarbiyaviy soatga geografiya, tarix va adabiyot o’qituvchilari taklif qilinib, o’quvchilar tinglanadi. Fan o’qituvchilarining suhbati bilan mashg`ulot yakunlanadi.


3.Bizning mahalla, qishloq. va tumanda necha xil millat vakillari
yashaydi va ular qanday aloqadalar?
4.Tuman va viloyatlardagi qo’shma korxona vakillari bilan uchrashuv
uyushtirish, ekskursiya tashkil etish.
5.Chet tillarni o’rganish - iqtisodiy mustaqillik poydevori.
6.Chet tili o’qituvchisi bilan xorijiy tilda ma`lum temaga atalgan kecha o’tkazish.
7.Hamdo’stlik mamlakatlari hamda chet ellik o’quvchilar bilan aloqa
bog`lash.
8.Chet mamlakatlarda ta`lim olayotgan yurtdoshlarimiz bilan aloqa
o’rnatish, ular orqali u mamlakat haqida ma`lumot to’plab, muhokama
qilish.
"So’nggi axborot" minuti o’tkazish. O’quvchilarga navbat bilan hafta mobaynida Vatanimiz va chet el yangiliklaridan to’plab, muhokoma qilinadi. Materiallar gazeta, radio va televideniyadan to’planadi. Buning uchun har tarbiyaviy soatda 3-4 minut vaqt ajratiladi. davomida har bir o’quvchi bu tadbirda bir marta qatnashadi.
1.O’quvchilarni maktabdagi fan to’garaklarga qatnashishini
etish va kuzatish.
2."O’ylab ko’r", "Bahs", "Bilib qo’ygan yaxshi", "YAngiliklar",
mavzularda sinfning munozara burchagini tashkil etish.
3.Gazeta va jurnallarga obuna bo’lishini ta`minlash.
4.Radio va televideniyalarda o’tadigan o’quvchilarbop eshittirish ko’rsatuvlarni eshitish va ko’rish, uni muhokoma qilish.
5. Fan xaftaliklarida ishtirok etish.
6.Fanga oid maktabda tashkil etiladigan ko’rgazma, kecha, badiiy olimpiadalarda qatnashish.
Ekologik tarbiya.Inson samarali mehnati, tabiat noz-ne`metlaridan oqilona foydalanishi va uning go’zalliklaridan bahramand bo’lishi tufayli farovon hayot kechiradi. O’quvchilarda bu tushunchani shakllantirishda ekologik tarbiya muhim o’rin tutadi.Ekologik tarbiya – bu o’quvchilarda atrof-muhitga nisbatan beparvo bo’lmaslik, tabiat, inson, hayvonot va o’simliklar dunyosini e`zozlashni shakllantirish demakdir. Bu jarayon dars va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda amalga oshiriladi. Yashab turgan tuman, viloyat tabiatini o’rganish. "Suvsiz hayot bo’lmas", "Er xazina, suv oltin", "Tabiat uchinchi - akamiz mavzularida til adabiyot o’qituvchisi hamkorligida insho o’tkazish, muhokama qilish, namunali insholar ko’rgazmasini tashkil etish. "Tabiat boyliklari deganda nimani tushunasiz?", "Tabiatni uchun asrash uchun nimalar kilish kerak?", "Qanday zavodlar havoni ifloslaydi?", "Orol dengizi haqida nimalarni bilasiz?", "Qanday daraxt va gullarni sevasiz?" mavzularida munozara tashkil etish.Sog`liqni saqlash. Sog`lom avlodni tarbiyalash tadbirlari

1 . Tibbiyot xodimlarining "Tozalik va sog`lik," haqidagi suhbatlarini uyushtirish.



  1. "Sog`lom tanda – sog`lom aql", "Sog`liq - tuman boylik" mavzularida munozara o’tkazish.

  2. Buyuk allomalarning sog`lik-salomatlik haqidagi o’gitlarini muhokama qilish.
    4. Gazeta, jurnal va badiiy asarlar qanday o’qiladi? Mavzusida munozara.

    5. Jinsiy tarbiya borasida ug`il va qiz bolalarga alohida-ma`lumot berish.

    SHuningdek, "Nasiyhat" kitobidan "Ovqatlanmak" va "Ichmak" odoblari haqidagi ibratli parchani ishlab chiqilsa maqsadga muvofik, bo’ladi.

    Jismoniy tarbiya.

    "Badan tarbiya bilan mu`tadil va uzoq vaqt shug`ullanuvchi kishi tabiblarning davosiga muhtoj bo’lmaydi".Abu Ali ibn Sino.

    Kelajak avlodni har jixatdan etuk qilib tarbiyalash, o’quvchilarni jismoniy baquvvat, har qanday muxitga, mehnatga qodir va chidamli qilib tarbiyalash maqsadida sinf tarbiyaviy soat darslari va boshqa tarbiyaviy tadbirlarda tubandagi mavzulardan foydalanish

    1. Salomatlikni saqlash va tiklash uchun jismoniy mashqlardan foydalanish (Maktabdaga darsdan oldingi badan tarbiya mashqlariga qatnashishlarini ta`minlash).

    2. O’quvchilarni maktab va maktabdan tashqaridagi sport musobaqalariga qatnashishlarini ta`minlash.

    3. "Yoshlik-chakqonlik" mavzusida suhbat.


  1. "Ular bilan faxrlanamiz" mavzusida uchrashuv o’tkazish, albom


    yoki stend tayyorlash (maktab, tuman yoki viloyatdan chiqqan sport mash`allari haqida).
  2. "Agar yursang piyoda, umring bo’lar ziyoda" mavzusida ta`til vaqtlarida ekskursiyalarga chiqish.


  3. Sport musobaqalariga jalb qilish.


7. Vatandosh buyuk allomalarimizning jismoniy tarbiya haqidagi fikrlarini muhokama qilish.

Tarbiyaning muhim sohasi sanalmish jismoniy tarbiya haqidagi o’zbek mutafakkir olimi, etuk pedagog Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" kitobidan olingan ushbu parchani o’rganish o’rinlidir.

"Badanning salomat va quvvatli bo’lmog`i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o’qimok, o’qutmok.. o’rganmoq, va o’rgatmoq; uchun insonga kuchlilik, kasalsiz jasad lozimdur. Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh, ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini quyub, astarini yuvub, ovora bo’lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun malxam va sog`lom bir vujud kerakdur”.

Mustaqillik tufayli hayotimiz kundan-kunga farovonlashib borishi shubxasiz. Albatta buning negizida Prezidentimiz va respublikamizning yangi-yangi farmon, buyruq va ko’rsatmalari yotadi. Buni biz shartli ravishda rejaga “Eng yangi yangiliklar” deb kiritdik. Bu bo’lim rejaning eng oxirgi tadbirlaridan hisoblanadi va rejaning oxiriga kiritiladi. Tarixiy sanalardan so’ng qayd qilinadi. Tarbiyaviy tadbirlarda ularni o’rganish va hayotga tadbiq etish zarur, ya`ni zamon talablariga ko’ra chiqarilgan yangiliklar reja tuzilgandan so’ng e`lon qilinsa, sinf rahbari belgilagan tarbiyaviy tadbirni o’quv yilining qaysi yarim yilligidan qat`iy nazar, tarixiy sanalardan keyin mavzuni qayd etadi va tegishli tadbir o’tkazadi.

Maktab rahbarlari rejani tasdiqlayotgan vaqtlarida bu bo’limning qay tarzda aks etganligiga ahamiyat berishlari zarur.Sinf tarbiyaviy papkasi sinf rahbarining tarbiyaviy sohasida olib boriladigan ishlar to’plamidir. Bunda faqat o’quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab tarbiya borasida kerak bo’ladigan materiallar bo’lishi kerak.

Yuqoridagi tajribalardan kelib chiqib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bir katta daftarda bo’lishi maqsadga muvofiq, deb topgan edik. Sinf rahbari mehnatini ixchamlashtirish, nazoratni va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish uchun reja mundarijasi tubandagi bo’lishini tavsiya etamiz.

1.Sinfga qisqacha tavsifnoma.

2.Tarbiyaviy vazifalar.


  1. O’quvchilarga tarbiya berishning asosiy turlari va shakllari (Eslatma: mundarija mazmuni 1-3-bo’limlarda tavsiya etilganidek yoritiladi


    va daftar bo’lim hajmiga ko’ra mundarijalanadi).
  2. O’quvchi, o’qituvchi, ota-onalar bilan suhbatlar alohida-alohida


    betlarda qayd etiladi.
  3. Tarbiyaviy soatlarni hisobga olish (Tarbiyaviy soatga bir soat


    darsga qanday tayyorlansa, bu tadbir uchun dam shunday hozirlik ko’rish talab etiladi).

Mundarijaning bu qismida xar hafta o’tkazilgan tarbiyaviy soatning mavzusi, bajarilish turi, vaqti, kim tomonidan bajarilganligi (haqidagi qisqacha bayonnoma qayd etiladi. Demak tarbiyaviy papkada:




  • tarbiyaviy ishlar rejasi;


  • rejalashtirilgan mavzuga oid risolalar;


- yo’l harakati xavfsizligi va yong`indan saqlanish qoidalari yuzasidan dastur va ko’rsatmalar hamda tarbiya borasida kerak bo’ladigan zarur materiallargina bo’lsa bas.

Xaftalik tarbiyaviy tadbirni rejalashtirishda sinf rahbari mavsumni, tarixiy sanani, eng yangi yangiliklarni hisobga olishi kerak. Rahbarning esa, tarbiyaviy soatni to’laqonlilik va qiziqarli o’tishida yuqoridagilar uning nazaridan chetda qolmasligi zarur.

Mavzu: Bilim ol, hunar tanla.

Boshlang`ich sinflar uchun ochiq tarbiyaviy soat ishlanmasi.

Maqsad: O'quvchilarni bilim olish, hunarli bo'lish orqali Vatanni sevishga, xalqqa munosib farzand bo'lishga undash.

Jihozi: Vatanimiz manzaralari, devoriy gazeta, DVD, televizor.

Tarbiyaviy soatning borishi:

Davraga ikki o'quvchi va Bilmasvoy kirib keladi. Ular Bilmasvoyni "Bilimlar mamlakati"da o'tkazilayotgan "Bilim ol, hunar tanla" tadbiriga borishga ko'ndirmoqchi bo'lib, bahslasha-bahslasha chiqib ketadi.

I-boshlovchi: -Assalom, ulug' xalq, o'zbegim,Dilirok, qutlug' xalq, o'zbegim!

Assalom, hur taqdir, istiqlol, Iqbolim, sharafim, o'zbegim!

II-boshlovchi:-Tongbilanyangraydimadhiyam,Porlaydi yuksakda quyoshim.

Yo'l ko'rkam, el ko'rkam, dil ko'rkam,Karvoning boshlayver, Yurtboshim.

DVD orqali televizor ekranida yoshlarning bilim olishi, ularga yaratilgan imkoniyatlar to'g'risida lavha ko'rsatiladi.

Davraga 2 nafar qiz va maktabga borishdan bosh tortgan Bilmasvoy kirib keladi va tadbirga qo'shiladi.

I-boshlovchi: Azizo'quvchlar,bugungitadbirimiz "Bilim ol, hunar tanla" deb

nomlanadi.

II-boshlovchi: -Mana, mustaqil yurtimizqiyofasi yildan-yilga o'zgarib bormoqda,

1-o'quvchi: — Har hududda bunyodkorlik ishlari ro'y berayotir.

2-o'quvchi: — Zamonaviy maktablar, kollejlar, litseylar bunyod etilyapti. Ta'lim sohasiga katta e'tibor berildi. Har bir bola uchun sifatli vamazmunli ta'lim olish imkoniyati yaratildi.

"O'zbeklston" raqsi ijro etiiadi.

3-o'quvchi: — Ozod mamlakatning chin farzandi bo'lib yetishishimiz uchun bizdan, awalo, o'qish talab etiiadi. Chunki ilm yaxshilik, yorug'lik yo'liga boshlaydi.

4-o'quvchi: — llmli kishilar doim izzat vahurmatda bo'lishgan. Shunday hikmatli maqol bor: "Yoshlikda olingan bilim — go'yo toshga o'yilgan naqshdir". Demak, ilm olishga yoshlikdan harakat qilishimiz kerak.

Sahna ko'rinishi: Ilm afzal.

5-o'quvchi: — Hadislardan birida aytilgan: "Ilm olish har bir musulmon uchun farzdir".

6-o'quvchi: — Donolar deydilarki, ilm — ma'rifat va haqiqat kaliti. Aql bilan mol to'plasa bo'ladi, ammo mol bilan aql to'plab bo'lmaydi.

7-o'quvchi: — Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom: "Ilm sahroda — do'st, hayot chorrahalarida — tayanch, yolg'iz damlarda — rahbar, qayg'uli onlarda — madadkor, odamlar orasida zebi-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda — quroldir", deganlar.

8-o'quvchi: — Bosh qomusimizda ham bilim olish huquqi kafolatlangan.

I-boshlovchi:-Bushundayo'lkaki,insonlaribag'ri keng, oq ko'ngil., Farzandlari bilimli,xalqibaxtli. Sababi, baxt qushi Humo qushi shu yurtga
qo'ngan.

II-boshlovchi:-BugungitadbirimizgahamHumo qushi tashrif buyurgan. U ham davramizdaishtirok etmoqchi.

Humo qushi: — Men Humo qushiman, qarshingizdaman. Siz bilan bo'lurman yelkama-yelka.Hur bo'lsin, gullasin shu aziz o'lka.Qani, bolajonlar, ilm-hunar haqida kirn qanday maqol biladi?

O'quvchilar birin-ketin maqol ayta boshlaydi:

Oz-oz o'rganib dono bo'lur,

Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur.

Bilimdan ortiq boylik yo'q.

Hunar — hunardan unar.

Bilmasvoy do'stlarining o'qishga mehrini ko'rib, maktabga qaytgisi kelib qoladi.

Bilmasvoy: — Sizlarning gaplaringizdan keyin menda o'qishga ishtiyoq paydo bo'ldi. Chindan ham, hayotda bilim olib, hunar o'rganish kerak ekan!

"Dilxiroj" raqsi ijro etiiadi.

I- boshlovchi: — Barcha fanlardan a'lo baholarga o'qib, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi bobolarimizning nurli yo'llarini o'rganamiz! Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo'lamiz!

Dars yakuni:

O'qituvchi darsni chiroyli xulosa so'zi bilan yakunlaydi.

Men bitiruv malakaviy ishimni yozish jarayonida Yakkasaroy tumani 118-maktabda pedagogik amaliyot o’tash davrida tajriba-sinov ishlarini olib bordim.Bunda boshlang’ich sinf o’quvchilarini sinfdan va maktabdan tashhqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni 4-sinf o’quvchilariga tarbiyaviy tadbirlar orqali sinf rahbarining ish usullarini o`rgandim va samaradorlikka erishdim.

MaVZU:“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”




Download 59,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish