Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari


Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash



Download 265,5 Kb.
bet6/25
Sana11.07.2022
Hajmi265,5 Kb.
#774750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
fe6faa3e0a1034b7f2b4fb6f33d2afdb BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASH NING PEDAGOGIK ASOSLARI

1. Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro etukligi, baynalminallik kabi fazilatlarida aks etadi, uning maqsadlarida Vatan boyliklarini ko‘paytirish, ularni himoya qilish va mustaxkamlashga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi.
2. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash – shaxsning butun ma’naviy yunalishini belgilaydi. CHunki kishi ishlamay, ko‘rashmay yashashi mumkin emas. Mehnat – yashash manbai. Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va ijtimoiy foydali mehnatga tayyorligida, mehnatni xurmat qilish va mehnatsevarligida ifodalanadi.
3. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat – shaxsning jamoatchilik, ko‘pchilik ma’nfaatini o‘z shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yishidir.
4. SHaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi – bu o‘quvchini o‘z-o‘ziga nisbatan ongli intizom ruhida tarbiyalashga o‘rgatishdan iboratdir.
Shaxsni har tomonlama kamol toptirishdagi umumiy tizimning asosi axloqiy tarbiya hisoblanadi. Axloqiy munosabatlar muayyan fazilatlarni o‘z ichiga oladi, chunki ma’naviy fazilatlar axloqiy ong, axloqiy his-tuyg‘u va odab birligidan iboratdir. Demak, axloqiy munosabatlar - bu jamiyatga, mehnatga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga munosabatidir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy tushunchalarni shakllantirishda qo‘yidagi munosabatlarni shakllantirish lozimdir:

  1. Insonning jamiyatga munosabatini belgilovchi axloqiy fazilatlar ichida vatanparvarlik va baynalminallik axloqiy tarbiyada alohida o‘rin tutadi. Hadisu sharifda "Vatanni sevmoq iymondandur" deb bejiz aytmagan.

  2. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat shaxsning jamoatchilik, ko‘pchilik manfatini o‘z shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yishdir.

  3. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash shaxsning butun ma’naviy yo‘nalishini belgilaydi.

  4. SHaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalash - bu o‘quvchining o‘z-o‘zini ongli intizom ruhida tarbiyalashga o‘rgatishdan iboratdir.

Inson tabiatning eng buyuk ne’mati. Unga aql-idrok, ong, farosat kabi buyuk fazilatlar ato etilganki, u o‘z insoniy fazilatlariga sayqal berib, rivojlantirib olamni, insoniyatni kamolotga etaklab boradi.
Odamning inson sifatida shakllana borishida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat kabi hislatlarning unda qanchalik mujassamlashgani bilan belgilanadi. SHu o‘rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to‘xtalib o‘tishimiz joizdir.
Odob – har bir insonning boshqa bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida, yurish-turishida o‘zini tuta bilishidir.
Xulq – odobning ichki tuyg‘u, ko‘nikmaga aylangan ko‘rinishidir.
Axloq– jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob me’yorlari majmuidir.
Madaniyat – jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmui hisoblanadi.
Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasidir.
Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi, ong esa moddiy va ma’naviy manbaaga aylanadi. SHu tarzda inson sekin-asta takomillashib, komillikka erishib boradi.
Inson ma’naviyatli bo‘lishi uchun juda ko‘p insoniylik bilimlari sarchashmasidan bahramand bo‘lishi, o‘z ustida tinmay ishlashi va hayotni kuzatib, undan saboq chiqarib borishi lozim.
Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida komil insonlar haqida shunday deydi: «Yaxshi fazilatlarni o‘ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur». Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, saxiy, mehnatkash, mehr-shafqatli, bilimdon, o‘zgalar uchun qayg‘uradigan mard insonlarni ko‘zda tutsa, «YOmon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshilik fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi», deydi. Avloniy kishilarni o‘zida yaxshi fazilatlarni to‘plagan, el nazariga tushgan, yaxshilikka intiluvchi, o‘zini tarbiyalab borishga o‘rgangan insonlar bo‘lishga undaydi.
Moziyga bir nazar tashlaylik. Biz xohlaymizmi yo‘qmi, sharqona erkaklarimizga xos mardlik, jasurlik, g‘urur kabi, momolarimizdan or-nomus, iffatlilik, nazokatlilik, sharm-xayo, shirinzabonlik kabi hislatlar asrdan-asrga meros bo‘lib o‘tib kelmoqda.
Maktabda bolalarni axloqiy tarbiyalash dars jarayoni, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari turli tuman ishlarda olib boriladi. O‘quvchilarga bilim, malaka va odatlar beriladi. Bolalar odob va odobsizlik haqida tushuncha oladilar. Ular axloqiy tushunchalarni badiiy va ilmiy adabiyotlar, hayot, kinofilm va spektakllar orqali anglaydilar.
Maktabda axloqiy tarbiya berishda ma’lum bir tamoyillarga amal qilinib, ulardan namunalar keltiramiz:

  1. Axloqiy tarbiya o‘quv jarayoni bilan qo‘shib olib boriladi.

  2. Axloqiy tarbiya jarayonining muvafaqqiyati o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq. Buning uchun jamoa ahil va inoq, bolalar intizomli bo‘lishlari kerak.

  3. Tarbiyaviy ishlarning rejali bo‘lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvafaqqiyatini ta’minlaydi. A.S.Makarenkoning «o‘nta yuqori malakali, o‘z holicha ishlaydigan o‘qituvchidan, malakasi past, bir yoqadan bosh chiqaradigan beshta o‘qituvchi afzal» deganini unutmaslik kerak.

  4. Maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish axloqiy tarbiya jarayoniga foydali ta’sir etadi. Masalan, Respublika mustaqilligi kuni, navro‘z bayrami kabilar.

  5. Barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy va yagona tartib-qoidaga rioya qilishlariga erishish lozim.

  6. Tarbiyaviy soatlar, «Odobnoma» darslari saviyasini oshirish kerak bo‘ladi.

Milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligini ta’minlamay turib, yuqorida ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Milliy tarbiya millatchilik tarbiyasi emas, aksincha madaniyat - o‘zbek xalqining, hayotning barcha jabhalarida erishgan o‘ziga xos yutuqlarini tiklash, rivojlantirishni davom ettirishning ma’rifiy vositasi bo‘ladi. Faqat milliy tarbiyagina o‘zbek bolalarida milliy qadriyatlarni, or-nomusni va sof vijdonni, mehnatsevarlikni, ilmga chanqoqlikni, mehr-oqibatni, tashabbuskorlikni, mustaqil fikr yuritish qobiliyatlarini boyitib, keyingi avlodlarga etkazishga xizmat qiladi.
O‘zoq yillar milliy qadriyatlarimiz, milliy tarbiyamiz, ming yillik urf-odatlar kamsitilib, tilimiz, dinimiz oyoq osti qilinishi oqibatida odamlar orasida mexr-oqibat, diyonat, sharm-xayo, andisha, or-nomus, holollik, kattalarga hurmat, kichiklarga e’tibor susayib ketdi.
Darsda va darsdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlar jarayonida Alpomish, To‘maris, SHiroq kabi xalq qaxramonlari, Amir Temur, Bobur, Ulug‘bek singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy singari olimu fuzalolarimizning axloqiy qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning asosini tashkil qiladi.



Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish