Mutavalliy - sadrlar tomonidan vakflarni boshqarish ishini va nazorat qilish uchun tayinlangan shaxs.
Mudarris - diniy masalalar, shariat, tafsir, xadis va fiqxdan dars beruvchi shaxs.
Muxtasib - bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi mas'ul shaxs35.
Soxibqiron Amir Temur tomonidan yaratilgan va davlat bosharuvi soxasida o'z davrining mukammal konun-qoidalarini o'z ichiga olgan tuzuklarda nafaqat davlat boshqaruvi, shu bilan birga jinoyat va jazo turlari xaqida muxim qoidalar xam keltiriladi. Xususan, Temur tuzuklariga kura:
-qaysi bir sipoxiy xaddidan oshib, qo'l ostidagi kishiga zulm kilsa, uni zulm ko'rgan kishiga topshirganlar va o'sha mazlum kishining o'zi sipoxiyni jazolagan.
-xazinabon moliya ishida xiyonat qilsa, tekshiruvdan so'ng, mas'ul shaxsning o'zlashtirib olgan mablag'i maoshidan ikki barobar ortiq bo'lsa, ortig'i oladigan maoshi xisobidan ushlab qolingan;
-Qishloq; oqsoqoli, shaxar ulug'lari pastrok toifadagi kishiga zulm qilsa, usha zulmga yarasha katta miqdorda jarima solingan;
-xalqga jabr-zulm qilgan xarbiy kishi jarima to'lagan yoki darra bilan kaltaklangan;
-kimda-kim o'g'irlik qilib, birovning molini ug'irlasa, o'shani qaytarishi shart bo'lgan yoki yasoga muvofiq qattik jazoga tortilgan.
“Temur tuzuklari” ko'rib chiqilayotgan davrda mavjud bo'lgan xuquqiy munosabatlar xaqida tasavvur xosil kilishga yordam beradigan muxim tarixiy manba sifada xam katta axamiyatga egadir36.
Umuman Amir Temur davrida u markaziy boshqaruv bo'ladimi yoki maxalliy boshqaruv bo'ladimi barchasida shariat qonun qoidalariga qat`iy rioya qilingan.
Uning qur'oni Karim va Xadisi Shariflarga bo'lgan munosabati samimi va oliy darajada bo'lgan. Payg'ambar avlodlari, shayx ul-mashoyixlarga xurmati cheksiz bulgan. Davlatni kuchaytirishda xam aynan shunday kishilarga tayanib ish yuritgan.
Insoniyat jahon taraqqiyotida hal hiluvchi ahamiyatga molik shaxslar hissasini munosib baholaydi. Binobarin, ularning sa'yharakatlari yangi-yangi avlodlar e'tiborini katta kuch bilan o'ziga jalb etishi mutlaho tabiiydir. Amir Temur — tarixda eng buyuk shaxslardan biri. Ajablanarlisi shundaki, XIV asrning eng yorhin va mo''tabar zotining buyukligi keyinchalik har turli afsonalaru uydirmalar girdobida holib ketdi. Xayriyat, hahihat yulib keldi. Amir Temurning yirik davlat arbobi, o'rta asr islohotchisi, jasur adolatpesha, fan va madaniyat homiysi sifatidagi siymosi har turli mafkuraviy ta'sirotlarga, kamsitilgan va adolatsiz baholarga haramay, asrlar osha yashab keldi37.
Amir Temur ma'naviy merosining o'zagi — Samarhanddir. Afsona shahar. Jahon me'morchiligining durdonasi. Bunyodkor Inson teran zakovati va cheksiz xayolotining noyob ijodi namunasi. Men Samarhandda tug'ilganman, menga Amir Temur buyuk dahosini aks ettiruvchi, tarovati va muhtashamligini tavsiflashga so'z ojizlik hiladigan obidalar yurtida yashab, voyaga yetish nasib etdi. Ilk bolalik kezlarimdan jahon tarahhiyotiga munosib hissa ho'shgan tarixiy obidalar, betakror madaniyatning uzoh va jo'shhin davri bunyodkorligi nafasidan oahra olib yashadim. Ma’naviy boylik, o'y-xayollarning sofligi va axlohiyligi, nafislik, O'zbekiston xalqining yaratuvchilik tabiati asrlar davomida Go'ri Mir, Registon, Shohizinda, Tohi zargaron, Bibixonim masjidi, Ulug’bek rasadxonasi va boshha ko'plab jahon ahamiyatiga molik durdonalar nafosati ta'sirida shakllandi. Qadimiy tarahhiyot an'analari Samarhand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva, Toshkentda, Fareona va Surxondaryo vodiylarida, shuningdek, Turkiston hududidagi boshha yodgorliklarda, o'tgan asrlar tarovatini o'zida sahlagan puxta o'ylangan ko'plab o'tsuv markazlari, madrasa, kutubxonalarda o'z ifodasini topdi. Erk va mustahillikka erishgan o'zbek xalqi bugungi kunda tarixning ana shu obidalarini avaylab sahlab, misli ko'rilmagan ishtiyoqbilan o'z milliy an'analarini hayta tiklamotsda, begona mayl va biz uchun nomahbul mafkura bilan ataylab yashirilgan o'zining boy tarixi va madaniyati sahifalarini zargarona yangitdan yaratyapti.
Yuksak ma'naviyatni haytarish — O'zbekistonda ochih, zamonaviy, demokratik jamiyatni barpo etishda g'oyat muhimdir.
Xulosa
Mustaqillik yillarida tarix fanida yuz bergan muhim ijobiy o'zgarishlardan biri – xalqimizning milliy kahramoni, mustabid sovet hukmronligi davrida noming nohaq qoralangan Amir Temur pok nomini oqlanishi bo'ldi. Respublikamiznin birinchi Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan sohibqironning millat va davlat ravnaqidagi buyuk xizmatlari e'tirof etilgan holda uning 660 yilligi 1996 yili xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Sohibqiron shaxsiga bo'lgan munosabat davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.
Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi, uning davlati, ichki va tashqi siyosat, Temuriylar hukmronligi xususida ko'plab ahamiyatga molik ishlar amalga oshirildi. Xususan, respublikamizda 1996 yil – “Amir Temur yili” deb e'lon qilindi, “Amir Temur xalqaro jamg'armasi” tashkil etildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi, “Amir Temur” ordeni ta'sis etildi, YUNESKO tashabbusi bilan 1996 yil aprelda Parijda xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tdi, Amir Temur va Temuriylar davriga oid ko'plab tarixiy manbalar tarjima qilindi va hokazo.
Shubhasiz, tarixiy haqiqatni qaror toptirish ishiga tarixchi olimlar ham o'z munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar. A.O'rinboev, B.Ahmedov, D.Yusupova, U.Uvatov, A.Muhammadjonov, A.Ahmedov, O.Bo'riev va boshqa ko'plab olimlar tomonidan tarixiy manbalar tarjima qilindi, e'tiborga molik tadqiqotlar amalga oshirildi: A.Ziyo, H.Boboev, S.Xidirov, SH.O'ljaeva, D.Obidjonova, X.Fayziev, B.Usmonov, O.Rahmatullaeva kabi ko'plab tadqiqotchilar esa o'z izlanishlarida mavzu bilan bog'liq ko'plab tarixiy va huquqiy jihatlarni ochib berishga muvaffaq bo'ldilar.
Amir Temur va Temuriylar tarixi nafaqat respublikamizda, balki jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan ham katta qiziqish bilan o'rganib kelinmoqda. Amir Temur haqida K.Marlou 1588 yili tarixiy p`esa, mashhur nemis bastakori G.Gendel` 1724 yili opera, amerikalik adib E.Po 1827 yili she'riy poema yaratgan. XX asr tarixshunosligida R.Grosse, L.Keren, YE.Rose, X.Xukxem, F.Mants, G.Glombek, A.Deraga, K.Yenoki, YE.Manau, M.Rossati va boshqalarning tadqiqot ishlari katta shuhrat qozongan.
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, 2000 yilga kelib Yevropa xalqlari tillarida Amir Temur va Temuriylar haqida chop etilgan asarlar soni 500 tani tashkil etgan. 2006 yili Amir Temurning xalqaro miqyosda nishonlangan 670 yillik tavallud yoshi arafasida taniqli fransuz olimi L.Keren Parijda frantsuz tilida “Samarqandga, Amir Temur davriga sayohat” nomli tadqiqotni amalga oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |