Кirish I bob. Amir temur va temuriylar davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot


Amir Temur davrida maxalliy boshqaruv tizimi



Download 172,68 Kb.
bet7/9
Sana29.04.2022
Hajmi172,68 Kb.
#594924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Кirish I. Bob. Amir Temur hokimyat tepasiga kelishi va davlat bo

2.2 Amir Temur davrida maxalliy boshqaruv tizimi

Amir Temur o'limidan biroz avval Movarounnahrdan tashqari, o'z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni far zandlari orasida bunday taqsimlaydi:Ozarboyjon, Shom, Rumni, Istambul va Misrni Mirzo Umar ibn Mironshohga,Fors va Iroqni — Pir Muhammad ibnUmarshayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni — Shohrux Mirzoga, «Sulton Mahmud G'aznaviy mulkini» Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga — Pir Muhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O'tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha — Ulug'bekka, Farg'ona, Tarozdan to Xo'tangacha, ya'ni Sharqiy Turkistonning janubi-g'arbini — Ibrohim Sultonga beradi27. Garchi bular Markaziy hukumatga itoat etsa-da, muayyan darajada mustaqillikka ega edi. Mulk hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo'shini bo'lib, ularning Markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o'z qo'shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi. Suyurg'ol Amir Temur davlati tashkil etilishi arafasida joriy qilinib, u «iqta» — bir bo'lak yer berish tarzida ma'lum tuman yoki viloyatni hukumat yorlig'i bilan oliy hukmdor avlodlari va xizmat ko'rsatgan yuqori tabaqa zodagonlariga in'om etilgan. Ba'zan suyurg'ol yerlari oliy hukumatning farmoni bilan avloddan avlodga meros qoldirilgan. Masalan, Amir Temurning to'ng'ich o'g'li Jahongir vafotidan so'ng unga tegishli Balx viloyatiga Kobul, G'azna va Qandahorni qo'shib, marhumning o'g'li Pir Muhammadga berildi. Shuningdek Umarshayxning o'g'li Rustamga Isfahon, Mironshohning o'g'li Abu Bakrga Bag'dod suyurg'ol qilinadi.
Shu tarzda Movarounnahrdan tashqari, mamlakat bir qancha bo'laklarga bo'linib ketadi. Viloyat hokimlari — shahzodalar o'z tasarrufidagi mulklarda iloji boricha doimo mustaqil hukmronlik qilishga intilar edi. Markaziy hukumat esa vaziyat jiddiylashgan paytlardagina ularning ichki ishlariga aralashardi. Shubhasiz, suyurg'ol asosida qurilgan mulk tartibining g'oyatda kuchayishi oqibatda ayrim viloyatlar mavqei ma'lum darajada oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chiqargan.
Amir Temur hayotlik chog'idayoq mamlakatning uzoq o'lkalaridagina emas, hatto uning markaziy viloyatlarida ham nizo va urushlar bo'lib turgan. Lekin katta hukuk va imtiyozlarga ega hukmdor ayrim viloyatlarning feodal doiralari ko'targan isyonlarni va xalq harakatlarini doim osongina bostira olardi28.
Shunday qilib, Amir Temur saltanati viloyatlardagi feodal mulklarining birlashmasi bo'lib, uning ma'muriy jihatdan takomillashuviga suyurg'olning keng tarqalishi jiddiy monelik qildi. El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qo'shinning harbiy takomiliga katta e'tibor berdi. U «amir va amirul-umaro», ya'ni «bosh amir» kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Bunda oliy darajali unvonlarga ega bo'lgan iqtidorli sarkardalarga u hatto viloyat hokimligi yoki noibligini in'om etgan. Amir Temur armiyani harbiy jihatdan isloh qilar ekan, qo'shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalari diqqat markazida turdi. Shu bois Amir Temur manbalarda mashhur sarkarda va yirik lashkarboshi sifatida tilga olinadi29.
Uning harbiy iste'dodi, sarkardalik mahorati qo'shinlar tuzilishida, Oltin O'rda xoni To'xtamish, Dehli sultoni Mahmud va Turkiya sultoni Boyazidlar bilan olib borgan janglarida va shiddatli muhorabalar maydonida qo'llagan «savqul- jaysh» (strategiya) va jang qilish uslublari — «ta'biyatuljaysh» (taktikalari)da namoyon bo'lgan. Amir Temur qo'shini o'ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan navkarlardan iborat edi. Lashkar «tuman» — o'n minglik, «hazora» — minglik; «qo'shun» — besh yuzlik va «ayl» — o'nlik birikmala"riga bo'lingan. Gumanlarda askarlar soni 10 ming, qo'shunda 100 nafardan ortiq bo'lgan. Amir Temur o'n minglik uchun «tuman og'asi», minglik bo'linmalar uchun «mirihazora», yuzliklar uchun «qo'shunboshi» va o'nliklar uchun «aylboshi» kabi harbiy mansablarni ta'sis etgan, ularning haq-huquqlarini, oylik maoshini belgilab bergan. Masalan, oddiy sipohiy mingan otining bahosi barobarida, bahodirlar 2 —4 ot barobarida, aylboshi qaramog'idagi navkarga nisbatan o'n barobar ko'p, yuzboshi o'nboshidan ikki barobar ziyod maosh olgan30.
Mingboshilar maoshi qo'shinboshinikidan uch barobar ortiq edi. Janglarda bahodirlik ko'rsatib g'alaba qozongan amir uchun in'omlar ham belgilab qo'yilgan. Masalan, qaysi bir amir biron qo'shinni yengsa yoki viloyatni fath etsa, u tug', nog'ora, bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan. Bo'linma boshliqlari — amirlar Temurga tobe' bo'lgan qirq aymoq (qabila)dan o'n ikkitasi: barlos, arg'un, jaloyir, tulkichi, duldai, mo'g'ul, sulduz, tag'ay,qipchoq, arlot, totor va buruldaylar orasidan saylab olingan. Amirlik martabasi Amir Temur faoliyatining dastlabki yillarida unga sodiq bo'lgan 313 nafar kishiga berilgan. Bulardan biri <31.
Amir Temurning mustaqil markazlashgan davlatini barpo etishga karatilgan birinchi qadami uni mo'g'ullardan batamom ozod etish va saltanatni boshqarishda yangi va mukammal tartib va koidalar joriy etishi edi. Amir Temur asos solgan davlat urta asrlarga xos musulmon Sharqida xukm surgan davlatlardan unchalik farq qilmasa-da, ammo saltanatdagi boshqaruv tizimlari qadim Turon-Turkiston davlatchiligining asriy an'analari xamda yangi tartib va konunlar bilan takomillashtirilgan edi. Buning yortsin misoli Temur tuzuklari xisoblanadi. Soxibqiron tomonidan yaratilgan tuzuklarda davlat boshqaruvi, ma'muriy amaldorlar va ularning vazifalari, turli ijtimoiy toifalarning jamiyat xayotida tutgan o'rni xaqidagi qat'iy tartib va qonun ishlab chiqilgan32.
Bulardan tashqari, yana o'n ikki nafar kishiga birdan to o'n ikkiga qadar darajali amirlik unvonlari berilgan. Un ikkinchi darajali amir, odatda, amirul-umaroning noibi hisoblangan. O'n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va bittadan nog'ora, amir ul-umaroga bitta bayroq, nog'ora, o'n minglik qo'shin, tug' va chortug', to'rt nafar beklar begining har biriga bittadan bayroq, nog'ora, chortug' va burg'u (karnay) berilgan. Bu nishonlar qo'shin bo'linmalarini ham farqlab turgan. Masalan, katta qizil bayroq qo'shin boshlig'i — amirul-umaro yoki beklar begining alomati edi. Ot yoli bog'langan nayzali uzun tug' tuman og'asining, ikki tomonga kokillar osilgan ikki do'l nog'ora yuzboshining alomati hisoblanardi. Otliq suvoriy qismlarni boshqarish uchun ajratilgan maxsus otliq egarining ikki tomoniga ikki tabl — dovul osilib, jang paytlarida suvoriylarni muhorabaga solish maqsadida bong urib ular qoqilgan. XV asr muallifi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, harbiy safarda har bir jangchi o'zi bilan bir yilga yetadigan oziq-ovqat, kamon bilan o'ttiz o'qli sadoq, sovut, nayza va qalqon olgan. Har ikki suvoriyning bitta zaxira chopqur oti, O'rduda har bir «ayl» — o'nlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, o'roq, bolta, bigiz, ikkitadan belkurak, 100 ta igna, yarim man arqon, bitta oshlangan pishiq teri bo'lishi shart edi. Har bir viloyat belgilangan asosiy - «asl» hamda zaxira - «izofa» qismlarni to'plab berardi. Viloyatlar tosh otar - sangandoz, devor buzuvchi — manjanaq, o't otar yoki to'p — ra'dandoz va naftandoz hamda o'zi otar qurollarni ishlata biladigan jangchilarni tayyorlar edi. Askariy qismlarni viloyatlardan to'plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug'ullangan. Amir Temur askarlarga va ularning boshliqlariga alohida e'tibor bergan. Har bir zobit (bo'linmaning qo'shun yoki aylboshisi) jang qilish uslublarini yaxshi bidishi farz sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat'iy bajarishga majbur bo'lib, jangda u ayovsiz va dovyurak bo'litsvd, omondiq istagan dushmanga yumshoq muomala va adolatli bo'lishi lozim hisoblangan.
Mohir harbiy strateg bo'lgan Sohibqiron yurishga jo'nashdan ancha avval dushmanning qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u yerdagi ichki vaziyat kabilar haqida aniq va to'la ma'lumotga ega bo'lish maqsadida uning yurti yoki qarorgohiga o'z ayg'oqchilarini peshma-pesh yuborib turgan. G'anim to'g'risida zarur ma'lumotlarga ega bo'lingandan so'nggina yurishga taraddud ko'rilgan. Bu xususda Ibn Arabshoh yozadi: «Temur tengi yo'q fe'l-atvorli, chuqur mulohazali kishi bo'lib, uning tafakkur dengizining qa'ri yo'q va (uning) tadbiri tog'iga na tekisligu, na g'adir budir orqali yo'l topilardi. U yerlarning barcha tomonlarida o'z ayg'oqchilarini tarqatib, qolgan mulklarida esa josuslar qo'ygan edi. Ular chor atrofda bo'layotgan hodisalar va ularning xabarlarini Temurga yetkazib, o'zlari afzal ko'rgan ishlarini unga bayon etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar to'g'risida unga zikr qilib, manzil-u shaharlarni tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va diyorlari o'rinlari ni chizib ko'rsatardilar, shular orasida u joylarning yaqin yoki uzoq, tor yoki kengligini, ularning qaysi tevarak-atrofda, g'arb yoki sharkdami (ekanligini), shaharlar va qishloqlarning ismlarini, manzil va panohjoylar nomlarini, har joyning ahliyu boshliqlari, amirlari, ulug'lari, fozillari, shariflari, boylariyu faqirlarini, ularning har birining ismi va laqabini, shuhrati va nasabini, ularning hunari va (ega bo'lgan) vositalarini (to'la-to'kis) bayon qilardilar. Natijada, Temur o'z fikri bilan shu (narsa)larni yaqqol ko'rib, tafakkuri vositasida o'z yerlaridan xorij joylar ustidan ham tasarruf yuritardi». Lashkar harbiy yurishga chiqqan vaqtda ayniqsa intizomga qattiq rioya qilinar edi. Har bir bo'linmaning aylboshi, qo'shunboshisi, tuman og'asi va amir lashkar o'z o'rnini yaxshi bilardi va unga qat'iy rioya qilardi. Safarda eng oldinda har bir lashkar qismlari bilan «xabargiri», ya'ni «xabarchilar» deb yuritilgan ayg'oqchi — kuzatuvchilar bo'linmasi yurgan. Bunday bo'linmaga o'ta dovyurak va botir askarlar jalb qilingan. Xabarchilar orqasidan soqchilar bo'linmasi yo'llangan. U «yasovul» deb atalgan. Lashkarning asosiy qismlari oldida «ilg'or» — avangard qismlari harakatda bo'lgan. Ilg'or asosiy kuchlardan, ba'zan esa bir necha tumanlardan iborat bo'lgan. Il g'or bilan lashkar asosiy qismlari oralig'ida esa qo'mondonning qarorgohi va markaziy qism — «qo'l», «g'o'l» yoki «qalb» va uning atrofida zaxira qismlari joylashib, u «izofa» deb yuritilgan. Urush jarayonida jang oqibatini ana shu izofa qismlari hal qilgan.
Amir Temur amalga oshirgan buyuk ishlardan biri erkin va sivilizatsiyali institut sifatidagi davlatchilik g'oyasini asoslash va uni x;imoya kilish buldi. Amir Temur uz davlatini barpo qilishda o'tmishda mavjud siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foydalandi. Mazkur davlat o’z tarkibiy tuzilishiga ko'ra ko’pincha xarbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Uning davlat boshqaruv tizimi ko'l ostidagi butun xududda yagona markazlashgan siyosiy tartib asosiga kurilgan bulib, bu soxddagi tajribalar urta asrlardagi O'rta Osiyo davlatlarida keng kullanilgan idora usullari tajribasi bilan boyitilgan edi. Amir Temurning Nizom ul-mulk tomonidan yaratilgan “Siyosatnoma” asaridan davlat ishlarida kullanma sifatida keng foydalanishi, “Temur tuzuklari”da “Siyosatnoma”dan fikrlar keltirishi bunga yorqin misoldir33.
Amir Temur davrida Movarounnaxrda axolining yashash darajasi va sharoiti yaxshilangan. Yagona markazlashgan davlatning shakllanishi va rivoj topishi bilan oddiy axolining tinch va osuda yashab, mexnat qilishiga shart-sharoitlar yaratildi. Amir Temur saltanat paytaxti Samarkand shaxrini mudofaa k;udratini oshirish bilan birga (1370 yildayok mudofaa devori barpo etiladi), shaxarda obodonchilik va kurilishlarga katta e'tibor karatdi. Amir Temur o’z poytaxti Samarkand jamolini tubdan uzgartirishga karor qilib, uning atrofidagi Bog'i Jamol, Bog'i Dilkusho, Bog'i Chinor, Bosh Bexisht va Bog'a Nav kabi 12 ta bog' barpo ettiradi. Shuningdek, Samarkand atrofidagi qishloklar barpo etib, ularni jaxonning eng guzal shaxarlarining nomi (Bagdod, Damashq, Misr, Sheroz,Sultoniya, Madrid va Parij) bilan atadi. Nafakat poytaxt Samarkandda, shu bilan birga, ulkan saltanatning boshqa ko'plab shaxarlarida xam maxoratli saroylar, masjidu madrasalar, savdo dukonlari, ko'priklar va boshqa imoratlar bino qoldiradi. Mamlakatning kon tomiri bo'lmish savdo yullarini kayta tamirlab, karvonsaroylar, rabotlar, sardobalar va xammomlar qurdirdi. Tijorat axliga keng yul ochib,xazina xisobidan sarmoya uchun qarzlar berdi. Dishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun dexqonlarga ypyg'lik yetkazib, suv inshootlarini ta'mirlab, ayrim joylarda yangidan kanal va ariklar kazdirdi. Mamlakatning iktisodiy axvolini ko'tarishda savdo ning axamiyati beqiyos ekanligini tushungan xukmdor bozorlar, rastalarni timlar kurdirdi xamda turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq xunarmandchilik san'atini rivojlantiradi34.
“Temur tuzuklari” da Amir Temurda mamlakatini boshqarishda axolini ma'lum ijtimoiy qatlamlarga bo'lganligini xam aytib o'tishimiz kerak. Ular, asosan, ikkita guruxga bo'lingan.
Bular quyidagi ijtimoiy toifalar:
-sayyidlar, olimlar va shayxlar;
-katta tajribaga ega ilmli kishilar;
-duo qiluvchi taqvodorlar;
-lashkarning sipoxlari, sarxang va amirlari;
-askarlar va xalts ommasi;
-davlat boisharuv ishlarini ipidan-ignasigacha bi-
.padigan maslaxatguy dono va ak,lli kishilar;
-vazirlar, kotiblar, devon boshligi;
-tibbiyot axli, munajjim va muxandislar;
-muxaddislar va muarrixlar;
-tasavvuf vakillari va oriflar;
-xunarmandlar va san'atkorlar;
-ajnabiy sayyoxlar va savdogarlar.
Yuqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davla tining ma'muriy-boshqaruv tizimidagi tartiblar bilan aloqador xolda uning xarbiy-siyosiy xarakterida bo'lganligini xam ko'rsatib turibdi.
Amir Temur davrida maxalliy boshqaruvda xam markaziy boshqaruvda xam asosan diniy qarashlar ustun bo'lgan. Buni biz nafaqat Amir Temur davtida ko'rishimiz mumkin, balki butun islom va musulmon davlatlarida vujudga kelgan davlatlarda xam diniy soxa xar doim ustun bo'lgan.
Amir Temur va temuriylar davrida xam bugun islom mamlakatlarida bulganidek, islomiy shariat sud-xuquq tizimining asosi xisoblanardi. Shariat axkomlarini boshkarish mamlakatning bosh kozisi ixtiyoriga berilgan bo'lib, uning viloyatlardagi maxkamalari faoliyati viloyat kozilari tomonidan olib borilgan. Buning uchun aloxida xarbiy-sud tizimi mavjud bulib, uni qozaskarlar - xarbiy qozilar yuritganlar. Sud-xukuk tizimida shayxulislom, sadr,mufti, mutavalli, muxtasib va boshqa amaldorlar xam katta o'rin tutgan.
Qozi - xar bir shaxar va viloyatda, devonning turli bo'g'inlarida qonunni nazorat kalgan. Qozilar darajasi uning martabasiga ko'ra bir-birlaridan farq qilib turgan.
Sadrlar - asosan, sayyidlardan chiqqan shaxslar bo'lib. ular axli islomga boshchilik qilgan. Ularning muxim vazifalaridan biri mamlakatdagi vakflarni nazorat qilish bo'lgan. Sadrlar suyurg'olni xam belgib turganlar.

Download 172,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish