Маvzu: Amir Temur davlat boshqaruv tizimi.
Кirish
I BOB.AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGINING YUKSALISHI. IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT.
1.1.Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi. Uning boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.
1.2.Temuriylar davrida madaniy hayot. Ulug’bek akademiyasi.
1.3.Temuriylar hokimiyatining inqirozga yuz tutishi va uning sabablari.
II BOB Amir Temur davlat boshqaruv tizimi
2.1 Amir Temur davrida markaziy boshqaruv tizimi
2.2 Amir Temur davrida maxalliy boshqaruv tizimi
Xulosa
Foylanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Amir Temur va temuriylar davri tarixi, undagi ilm-fan, madaniyat jahon sivilizatsiyasi tarixidan o‘rin olgan va uni o‘rganish tarix sohasining yirik ilmiy yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat e'tiborida bo‘lgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek xalqining diniy, axloqiy va madaniy qadriyatlari tiklandi. Tarixni bilishga, o‘zlikni anglashga bo‘lgan qiziqish ortdi. Ayniqsa bu zaminda tavallud topib voyaga yetgan, o‘z hayoti va faoliyati davomida tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirgan buyuk arboblarning nomlari tom ma'noda qaytadan kashf etildi. Shunday shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temur bo‘lib, “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va madaniyat rivojiga keng yo‘l ochdi”1. Amir Temur va temuriylar davri ma'naviyati o‘zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta'siri bilan xalqimiz madaniyati tarixida alohida o‘rinda turadi. Zero, birinchi prezidentimiz qayd etganlaridek, “...bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta'riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q”2.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov Amir Temur nomini tiklash va abadiylashtirish masalalariga katta e'tibor qaratdi. Jumladan, Amir Temur tavalludining 660 yilligining nishonlanishi, 1996 yilni “Amir Temur yili” deb e'lon qilinishi, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyining tashkil etilishi, Amir Temurning buyuk davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi ekanligi, atoqli sarkardalik sifatlari tarixiy dalillar bilan asoslab berilishi. Shuningdek, Amir Temur va temuriylar davriga oid qator respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarning an'anaviy tarzda o‘tkazilishi Temuriylar davlati tarixining yanada kengayishiga muhim ta'sir ko‘rsatdi.
1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tarixchilar bilan uchrashuvi3, eng muhimi “O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi”ning yaratilishi hamda unda Amir Temur va temuriylar davri alohida bosqich etib belgilanganligi kelgusi tadqiqotlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi4.
Do'stlaringiz bilan baham: |