Кirish I bob. Amir temur va temuriylar davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot


II BOB Amir Temur davlat boshqaruv tizimi



Download 172,68 Kb.
bet6/9
Sana29.04.2022
Hajmi172,68 Kb.
#594924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Кirish I. Bob. Amir Temur hokimyat tepasiga kelishi va davlat bo

II BOB Amir Temur davlat boshqaruv tizimi

2.1 Amir Temur davrida markaziy boshqaruv tizimi

Markaziy davlat ma'muriyatini yettita vazir boshqargan. Ularning birinchisi vaziri a'zam bo'lib, uning vazifasi oliy hukmdorni mamlakat va raiyat ahvoli haqida o'z vaqtida xabardor qilib turishdan iborat bo'ldi. Ikkinchisi (vaziri tavochi) harbiy ishlar, uchinchisi turli sabablar, asosan urush oqibatida egasiz qolgan mol-mulklar, sayyohlar va ziyoratchilar ishlari bo'yicha mutasaddilik qilgan. To'rtinchisi hukmdorning saroyiga oid blgan ishlar bilan shug'ullangan. Yana uch vazir sarhad viloyatlariga tegishli ishlarni boshqargan. Yetti vazirning barchasi devonbegiga bo'ysungan21.


Markaziy hokimiyat idoralarida, ulus hokimiyatlari devonlaridagi kabi, vazirlardan boshqa turli tabaqadagi amaldorlar bo'lgan. Bular, masalan, shayxulislom, qozi ul-quzzot (oliy sud`ya), qoziyi ahdas (odat bo'yicha hukm chiqaruvchi sud`ya), qozi askar (harbiy sud`ya), sadri a'zam (oliy sadr, vakf mulklari mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni ko'rib chiquvchi), eshikog'a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyruqlarini bajaruvchi), qalaqchi (xiroj miqdorini aniqlash majburiyati yuklatilgan amaldor), mutahassil (soliq va o'lpon yig'uchi), tavochi (asosan qo'shinlarni to'plash ishiga ma'sul oliy amaldor), qorovulbegi, kutvol (qal'a komendanti), muhtasib (shariat qoidalari ijrosi hamda bozorlarda narx-navo, tarozilari to'g'riligini tekshiruvchi mansabdor), voqeanavis (kundalik voqealarni yozib boruvchi), munshiy (shaxsiy kotib) va boshqalar22.
Karvon yo'llarida sardobasi bo'lgan maxsus bekatlar qurilgan, uni harbiy narozatchi qo'riqlagan.
Manbalarda Temur saroyida mavjud bo'lgan qabul marosimi haqida ham ma'lumot saqlanib qolgan. Jumladan, taxtning o'ng tomonida sayyidlar, qozilar, ulamolar, shayxlar o'tirgan. Chap tomonda esa amir ul-umaro, beklarbegi, qo'shin amirlari, no'yonlar, ulus, tuman, qo'shin boshliqlarining joyi bo'lgan. Taxtning old tomonida bevonbegi va vazirlar o'tirishgan. Taxt orqasida, uning o'ng tomonida o'g'lonlar va bahodirlar, chap tomonida esa qoruvulbegilar o'tirganlar. Taxning qarshisida qorovul amirlari, etagida esa ichkilar, yasovuli xos turgan. Taxtning o'ng va chap yonida dodxohlar turishgan.
Temur va temuriylar davlati xalqaro maydonida ham shuhrat qozongan. Temur davlati bilan Sharq (Mo'g'uliston, Xitoy, Misr) va Yevropa mamlkatlari (Italiya, Ispaniya, Frantsiya, Angliya va boshq.) o'rtasidagi yozishmalarga qaraganda, diplomatik, siyosiy va savdo aloqalari rivojlagan. Ular, ayniqsa XIVasrning 80-90 - yillari va XVasr boshida Turkiyaning kuchayishi munosabati bilan birmuncha jonlandi. Ma'lumki, 1389 yil Turkiya yevropaliklarning birlashgan qurolli kuchlarini Serbiyadagi Kosovo maydonida tor-mor qilgan va natijada Serbiya mustaqillikdan ajrab, Turkiyaning vassaliga aylangan. 1393 yili Turkiya Bulg'oriya, Vasaxiya, Makedoniya, Fessaliyani bosib oldi. 1396 yili esa turk armiyasi Nikopol (Bolgariya) va musulmolarga qarshi salb yurishi e'lon qilgan Vengriya qiroli Sigizmund boshchiligidagi G'arbiy Yevropaning eng sara qo'shinlarini butunlay tor-mor etdi. Boyazid armiyasi o'sha paytda Vizantiya poytaxti Konstantinopolni qaram qildi.
Amir Temur Movarounnaxr taxtiga o'tirgan paytda, Aimlakatda axvol ancha og'ir edi. Movarounnaxr xududi mo'g'o'l istilosi asoratlaridan batamom xalos bo'lmadi. Xalk xo'jaligi izdan chiqdi, mexnatkash xalk, og'ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Davlat kudratining asosi bo'lgan iqtisodni tiklash, siyosiy va ma'muriy boshqaruv muassasalarini barpo etish Amir Temurning xukmdor sifatida xal qilishi lozim bo'lgan dastlabki asosiy vazifalaridan biri edi23.
Amir Temur saltanati davlat tuzilishining qonun-qoidalari jihatidan musulmon Sharqida hukm surgan davlatlardan deyarli farq qilmasa-da, boshqaruv tizimlari Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy an'analari, fath etilgan mamlakatlarning madaniy ta'siri asosida bir qator yangi tartib-qoidalar bilan takomillashtirildi.
O'rta asrlarning mazkur yirik harbiy-feodal davlatida avval hokimi mutlaq Amir Temur Guragon, so'ngra uning vorislari bevosita hukmdorlik qildilar. Saltanatning markaziy ma'muriyatini bosh vazir — devonbegi boshliq yetti vazirdan iborat arkoni davlat boshqargan24. Ulardan birinchisi — mamlakat va ra'iyat ishlari bo'yicha vazir viloyat va tumanlardan to'planadigan hosil, soliq-o'lponlar hamda mamlakatdagi obodonchilik ishlari bilan shug'ullangan. Ikkinchisi — vaziri sipoh, ya'ni harbiy ishlar bo'yicha vazir askarlar maoshi, oziq-ovqat va qurol-yarog'lari ta'minoti bilan mashg'ul bo'lgan. Uchinchisi — tijorat vaziri savdogarlarning mol-mulklaridan olinadigan zakot va boj, chorvachilikdan yig'iladigan daromad, egasiz qolgan mol-mulkni tasarruf etish, meros va merosxo'rlar bilan bog'liq masalalarni hal etish kabi ishlarni bajargan. To'rtinchisi — saltanat ishlarini yurituvchi vazir, ya'ni moliya ishlari vaziri davlat xazinasidan sarf etiladigan xarajatlar, umuman saltanat kirim-chiqimlarini boshqargan. Ana shu to'rt vazirdan tashqari, chegara viloyatlari va tobe' mamlakatlar ishlarini nazorat qilib turish uchun maxsus uch nafar vazir tayin etilgan, ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga kelib tushadigan daromadlarni nazorat qilish va ularga bog'liq moliyaviy masalalar bilan mashg'ul bo'lgan. O'z navbatida, ular saltanatning bosh nazorat hay'ati — «xolisa»ni tashkil etishgan.Mazkur yetti vazir devonbegiga bo'ysungan va davlatning muhim moliyaviy ishlarini u bilan bamaslahat olib borishgan25.
Yozma manbalardan ma'lum bo'lishicha, Amir Temur va Temuriyla hukmronlik qilgan davrda saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloliddin Feruzshoh, G'iyosiddin Shoh Malik, Alouddin Alika Ko'kaldosh va Alisher Navoiydek dono va tadbirkor devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat ko'rsatganlar, mamlakat obodonligi yo'lida ko'p xayrli ishlar qilganlar. Shu bilan birga devonxona huzurida arzbegi, sadri a'zam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar joriy etilgan edi. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arz va shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol to'g'risida ma'lumot to'plash, bu borada oliy dargohga muntazam axborot yetkazib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri a'zam, ya'ni bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqflarni boshqargan. U masjid, madrasa, maqbara va xonaqohlar tasarrufidagi vaqf xo'jaliklarining ahvolini nazorat qilish, davlat va yer egalari tomonidan vaqf etilgan yer va mulklarni qayd etish, vaqfnomalar tuzib, ularni qonuniylashtirish bilan shug'ullangan. Shayxulislom mamlakat aholisining turli ijtimoiy tabaqalari o'rtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining o'z vaqtida va to'g'ri bajarilishini nazorat qilgan.
Adliya ishlari bo'yicha belgilangan qoziyul quzzot, ya'ni davlatning bosh qozisi «ahdos qozisi» nomi bilan yuritilib, u fuqaro ishlari bilan mashg'ul bo'lgan. Bulardan tashqari, saltanat mahkamalarida kirim-chiqimlarni va kundalik xarajatlarni qayd etuvchi maxsus kotib tayinlangan. Mamlakat ma'muriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga bo'linib, ularni hokim, noib va tumanboshilar boshqarishgan. Ularning aksariyati harbiy mansabdor — amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatda o'z hokimi, moliya devoni, qozisi, muftiysi, mutavallisi va muhtasibi (moliyaga xilof ishlarni tekshiruvchi) bo'lgan. Lashkarlar uchun maxsus qozi tayin etilgan. Shuningdek har bir shahar va qishloqda kutvol, ya'ni komendant tayinlanib, unga shahar va qal'a istehkomlarini ta'mirlash va shahar mudofaasi vazifalari yuklangan. Shubhasiz, mahalliy ma'murlar, o'z navbatida, saltanatning oliy devoni — arkoni davlatga bo'ysunishgan26. Shunisi e'tiborga loyiqqi, ulus noibligi yoki viloyat hokimligiga aksariyat shahzodalar yoki xizmat ko'rsatgan sarkardayu davlat ma'murlari tayinlangan. Chunki Amir Temur mamlakatni, xususan fath etilgan viloyat va hududlarni o'g'illari, nabiralari va xizmat ko'rsatgan amirlariga suyurg'ol tarzida in'om qilib, ular orqali boshqarardi.


Download 172,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish