Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Sohibquron Amir Temur va davriga oid ishlarni o‘rganib chiqib tahlil qilish va ularga tarixchi nuqtai-nazaridan baho berishdir. Shuningdek, Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatga bo‘lgan e'tiborni tarixiy manbalar, tahliliy faktlar va ilmiy ma'lumotlar asosida ochib berishdir.
Kurs ishining davriy chegarasi. Buyuk ajdodlarimiz Amir Temur va Temuriylar yashagan davri XIV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning bashlarigacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi.
Ko‘p ming yillik tariximiz juda ko‘p sulolalarni boshdan kechirdi. Lekin o‘zidan katta yodgorlik qoldirgan va ko‘p yillar hukm surgan sulola bu- temuriylar sulolasi bo‘ldi. Bu sulola vakillari Movarounnahr, Eron, Ozarbayjon, Iroq, Afg‘oniston va Hindistonni (1370-1506; 1526-1858 yillari) idora qildilar, o‘sha mamlakat xalqlari tarixida sezilarli iz qoldirdilar. Ilm-fan va madaniyat sohalarini rivojlanishiga katta hissa ko‘shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |