Кirish I. Bob. Amir Temur hokimyat tepasiga kelishi va davlat boshqaruv usulining mohiyati


Amir Temur davlatida boshharuv tizimi va usulining mohiyati



Download 132,22 Kb.
bet5/9
Sana11.01.2022
Hajmi132,22 Kb.
#346456
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Temur davlat boshqaruv tizimi

1.2 Amir Temur davlatida boshharuv tizimi va usulining mohiyati

Amir Temur davlati o’z davrida nisbatan markazlashgan davlat edi. Bu davlat asoschisi (Amir Temur) ko’zda tutganday, mamlakatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar (sayyidlar va ruhoniylar, olim va fozil kishilar, ahli hunar , ziroatchilar, sipohiylar, savdo-sotiq ahli va boshqalar) ning maqsad va manfaatlarini himoya qilishi, maslahat va kengash ila qattiq qo’llik bilan boshqarilishi kerak edi. Bu - davlat tuzishda amal qilish zarur bo’lgan birinchi shartdir. Davlatni shakllantirishda amal qilish lozim bo’lgan ikkinchi shart-sharoit - bu saltanatning to’rt asosiy ustunini to’g’ri anglash va unga suyana bilish. Bu ustunlar quyidagilar: 1) Islom va shariat aqidalari; 2)qadimdan amalda bo’lgan odatlar - yo’sin va tuzuklar, qonun ustuvorligi; 3) xazina; 4) raiyat, ya'ni mehnatkash xalq.

Amir Temur saltanatning shu to’rt ustuniga suyanib ish tutdi va davlatini shakllantirishda, uni boshqarishda shu ustunlarga suyana bildi. El-yurtning taqdiri, raiyatning turish-turmushi ko’p jihatdan markaziy davlat tuzumi, uning shahar, viloyat, tuman va katta-kichik qishloqlardagi idoralarining ish yuritishiga bog’liqdir va yana o’sha muassasa va idoralarda xizmat qilib turgan mansabdorlarning nasl-nasabli, imon-insofli, tadbirkor bo’lishlariga ham bog’liq. Amir Temur davlat tizimini shakllantirishda shunga ham alohida e'tibor berdi. Masalan, hukumatning ijroiya muassasalari (devonlari) ni boshqarib turuvchi vazirlar, Amir Temurning fikricha, to’rt sifatga ega bo’lishlari talab qilingan. Birinchisi - asllik va toza nasllik; Ikkinchisi - aql-farosatlilik; Uchinchisi - sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan yaxshi muomalada bo’lishlik; To’rtinchisi - sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.26 Vazirlikka tayinlash, unga el-yurtning inon-ixtiyorini topshirish xususida xazrat soqibqironning aytgan mana bu uqdirishlari ham muhimdir: "Kimki shu to’rt sifatga ega bo’lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq deb bilsinlar, uni vazir yoki maslahatchi qilib tayinlasinlar, mamlakat ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to’rt imtiyoz: ishonch, e'tibor, ixtiyor va qudrat (hokimiyat) berilsin".27

Amir Temur mahalliy hokimiyatlarda ham imon-insofli, ishbilarmon odamlarni qo’ydirdi, ulardan el-yurtni muhofaza qilish, raiyatning mol-jonini himoya qilish, uni soliq undiruvchilarning zulmidan himoya qilish, yurtni obod qilish, viloyatdan o’tayotgan savdo karvonlarini qo’riqlashni qattiq talab qiladi. "Tuzuklar" da o’qiymiz: "Mahalliy hokimlardan katta-kichik shaharlar va qishloqlarda masjid, madrasa va xonaqohlar bunyod etish, faqiru miskinlar uchun langarxonalar qurish, bemorlar uchun shifoxonalar qurish topshirilsin". Hazrat soqibqironning mana bu uqtirishlari ham muhimdir: "Amr qildimki, raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solib qo’yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish lozim. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohning tarqoqligi, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi". Temuriylar davlatining tizimi ham, avval o’tgan davlatlar tizimi singari, ikki qismga: qonun chiqaruvchi va ijroiya tizimlariga bo’lingan. Qonun chiqaruvchi tizim qurultoy atalib, u asosan yirik turk-mo’g’ul qabilalarining yo’lboshchilari ishtirokida o’tgan va oliy hukmdor istagan paytda chiqarilgan. Qurultoy urush va sulx, oliy hukmdorning (podshoh, xon) saylanishi kabi masalalarni muhokama qilgan va qonunlashtirgan. Ijroiya tizimi devonlar va boshqa oliy davlat idoralaridan iborat bo’lgan. Davlatning ijroiya tizimi (devonlar) qurultoy qabul qilgan qarorlarni, podshoh farmonlarini va davlatning kundalik yumushlarini hayotga tatbiq etgan. Tarixiy manbalarda xususan "Tuzuklar" da aytilishicha, Temur davlatini quyidagi to’rt vazir boshhargan.

1) Mamlakat va raiyat vaziri - mamlakatning muhim va kundalik ishlarini ado etgan; raiyatning ahvolini nazorat qilib turgan, viloyatlardan yig’ilgan kirim-chiqim, oliq-soliqlar va ularni taqsimlash, mamlakat obodonchiligi va raiyatning farovonligini, mamlakatning umumiy ahvolini nazorat qilib turuvchi vazir bo’lgan. Uni bosh vazir (vaziri a'zam) deb atash mumkin. U bosh bo’lgan muassasa esa devoni oliy deb atalgan.

2) sipoh vaziri - sipohiylarning umumiy ahvoli, ularni yurishlar oldidan to’plash, joylashtirish, oziq-ovqat va harbiy aslaha bilan ta'minlash, ularning maoshi va nafaqalarini o’z vaqtida yetkazib berish bilan shug’ullangan. U bosh bo’lgan muassasa devoni tavochi deb atalgan.Uchinchi vazirga egasiz qolgan yer-suv, mol-mulkni, haqiqiy merosxo’rlari topilguncha, tasarruf qilib turish, shuningdek, savdogarlardan olinadigan boj-xiroj va yaylovdagi mol-qo’ydan olinadigan zakot undirish bilan shug’ullangan. Uning devoni devoni sarkor deb ham atalgan.To’rtinchi vazir saltanat ishlarini, ya'ni davlat idoralarining sarf-harajatlari, podshohning turli marosimlariga ketgan sarflarini, umuman xazinadan ketgan barcha harajatlarning hisob-kitobi bilan shug’ullangan. Ushbu vazirning ixtiyoridagi devoning aniq nomi Amir Temur davriga oid manbalarda ko’rsatilmagan. Fikrimizcha, u devoni mushrifga o’xshash bo’lgani shubhasiz."Tuzuklar"da chegara yerlar va tobe' mamlakatlarni boshqarishlariga mas'ul etib yana uchta vazir tayinlangani aytiladi. Lekin hozirgacha ularning nomlari aniqlanmagan. Akademik B.Ahmedovning fikricha, ulardan biri xorijiy mamlakatlar bilan olib boriladigan munosabatlarga boshchilik qilgan oliy davlat muassasasi devoni insho, yoki devoni rasoil, deb atalgan.28 Shuningdek, devoni mushrif (maxsus nazoratchilar devoni) va devoni kuzat (adliya ishlari devoni) kabi oliy davlat muassasalari va shu ishga nozirlik qilgan vazirlar ham bo’lgan, albatta. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Amir Temur davrida davlat yumushlarini ado etgan quyidagi oliy lavozimlar: otaliq, arzbegi, axtabegi, a'lam, bokovulboshi, bitikchi, daftardor, jalol ul-islom, jarchi, zinbardor, kutvol, majlisnavis, miroxur, munshiy, muftiy, muxtasib, mushrif, muhandis, muhosil, filbon, sadr a'zam, soqib devon, yasovul, tavochi, farrosh, faqiq, xazinador, xonsolor, chuhra og’asi, shayxulislom, eshik og’a boshi, yurtchi, qozi ashar, qozi aqlos kabi lavozimlar tilga olinadi.29

Shubhasiz, yana ko’pgina katta-kichik mansablar bo’lgan. Bu masalani, yangi manbalar asosida chuqurroq o’rganish kerak bo’ladi. Lekin keltirilganlardan ham Amir Temur kuchli markazlashgan davlatga asos solganini ko’rish mumkin. Mahalliy hokimiyat, ya'ni viloyat, o’lka va uluslardagi hokimiyat tepasiga shahzodalar, yirik amirlar va beklar qo’yilgan. Ular voliy, ulusbegi deb atalganlar. Ularning yonida dorug’a (shahar hokimi), kutvol (qal'a boshlig’i), qozi kabi mansabdorlar turishgan.

Shu o’rinda yana bir muhim gapni aytib o’tmoqchimiz. Amir Temur faqat Movarounnahrni o’z davlati tasarrufida idora qildi. 1370-1393 yillar mobaynida bo’ysundirilgan mamlakatlar (Mo’g’iliston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Iroq va boshqa mamlakatlar) 1390-1393 yillarga qadar o’zlarining mahalliy hukmdorlari (Kartlar, Sarbadorlar, Aliylar, Muzaffariylar, Jaloyirlar va b.q.) qo’lida qoldirildi. Butun hokimiyat ularning qo’lida bo’lib, markaziy hukumatga (Samarqandga) xiroj va soliqlarning bir qismini to’lab turganlar va oliy hukmdorga harbiy yurishlar paytida askar yuborib turish majburiyatini bajarganlar."Temur tuzuklari"da qabul marosimlari, saltanat saroyida vazirlar, amirlar, ulamo va boshqa toifa kishilarining o’tirish tartibi ham qat'iy belgilangan.Saltanat majlisida o’ltirish tartibiga ko’ra, toj-taxt va podshohni xuddi oy qo’rg’onlaganday o’rab o’ltirganlar. Podshohning o’ng tarafidan uning baxtiyor o’g’illari, nabiralari va yaqin qarindoshlari, daraja va martabalariga qarab o’tirganlar. Sayyidlar, shayxlar, qozilar, ulamo, shuaro va boshqa ulug’ zotlarning o’rni ham shu tarafda bo’lgan. Qo’shinboshliqlari, amir ul-umaro, beklarbegi, no’yonlar, mingboshilar, yuzboshilar, o’nboshilar, ulus hamda tuman boshliqlari taxtning so’l tarafidan joy olganlar. Devonbegi, vazirlar, o’zga mamlakatlardan kelgan elchilar taxt qarshisidan joy olganlar. Elu ulusning kalontarlari va kadxudolar, ularning orqasidan baxodirlar, atoqli o’g’lonlar taxt orqasining o’ng tarafida, qorovulbegilar taxt orqasining so’l tarafida turganlar. Katta chodir eshigi oldida, taxt to’g’risida, ichkilar (podshohning xos xizmatkorlari), podshohning xususiy yasovuli, o’ngu so’lda esa dodxohlar tik turishgan.30

Amir Temur davlatida qonun barchaga - vazirga ham, amirga ham, hokim uchun ham, shag’zoda uchun ham barobar bo’lgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sidan ikkita misol keltirish mumkin: G’arbiy Eron va Ozarbayjon hokimi Mironshoh Mirzo maishat va kayfu safoga mukkasidan ketib, davlat ishlariga e'tibor qilmay qo’ygani uchun lavozimidan olib tashlangan, atrofidagilarning ba'zilari esa, oliy jazoga mahkum etilganlar. Fors hokimi Pirmuhammad Sulton yetti yillik urush (1399-1404) paytida sustkashlikka yo’l qo’ygani uchun u ham egallab turgan mansabidan olib tashlangan. Amir Temur davlatida huquqiy munosabatlar Qur'oni Karim va Hadisi sharifda bayon qilingan tartib-qoidalarga asoslangan. Amir Temurning huquqva qonun unsurlari "Temur tuzuklari"da o’z aksini topgan. Bu asarda davlat yumushlari, harbiy sog’a, raiyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari haqida so’z yuritilgan. "Tuzuklar"da qat'iy tartiblar va qonunlar ifoda etilgan:

- qishloq oqsoqoli, shahar ulug’lari pastroq toifadagi kishiga zulm qilsa, o’sha zulmga yarasha katta miqdorda jarima solingan;

- xalqqa jabr-zulm qilgan harbiy kishi jarima to’lagan yoki darra bilan kaltaklangan;

- kimda-kim birovning tishini sindirsa, ko’zini ko’r qilsa, sharob ichsa, zino ishlar bilan mashg’ul bo’lsa shariat qozisi tomonidan tegishli jazolarni olgan va hokazo.

Jahon tarixida mashxur fotix sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning yetti yoshi (1342) dan to vafotigacha (1405 yil) 18 fevralga qadar kechirgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarunnaxrda markaziy hokimiyatini qo’lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish qo’shni yurt va mamlakatlarni, Eron hamda Afg’onistonni o’z tasarrufiga kiritish, Oltin O’rda xukmdori To’xtamishxon (1376-1395), butun Evroosiyoda qo’rquv va daxshat solgan Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389 1402) ga qarshi va nihoyat buyuk Jaxongirning Ozorbayjon, Gruziya va Hindistonga qilgan xarbiy yurishlari ixcham tarzda adabiyotlarda bayon etilgan.31

Amir Temurni davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarini saylash, sipoxiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi, boshqarish usul va qoidalari yo’lga qo’yilganligi ma'lum. Amir Temurning "Temur Tuzuklari" asarida bu usul va qoidalari har tomonlama bayon qilib berilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, insoniy munosabatlar nuqtai nazaridan qaralganda, har bir kishi fikrlovchi bo’lmagan robot emas, balki obro’-e'tibor, o’zini-o’zi hurmat qilish, o’z qadr qimmatini xis etish, boshqa kishilar tomonidan ma'qullanish, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlar sohibi hisoblanadigan shaxsdir.

Insoniy munosabatlar va inson xulq atvori, o’z mehnati, vazifasiga munosabati bo’yicha ikki turi mavjud: Birinchidan tabiatan yalqov kishi, u topshirilgan ishni bajarishdan bo’yin tovlashga urinadi, ma'suliyatni xis etish unda yuqori turmaydi. Mazkur holda majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish zarur bo’ladi. Ikkinchi turidagi inson tabiatan faol bo’lib, unda tashabbuskorlik va uddaburonlik, o’z zimmasiga ma'suliyat olish xissiyoti yuqori turadi. Bunday shaxslarni rag’batlantirish va qulay muxit yaratib berish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Amir Temurning davlat boshqarish usulining asosi o’n ikki ijtimoiy toifaga asoslanganligini ko’rish mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlar bilan uyg'unlashib boradi. Bu o’n ikki toifalar quyidagilardan iborat:Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar;Ishbilarmon donishmand odamlar;Xudojo’y, tarkidunyo qilgan kishilar;Nuyonlar, amirlar, mingboshilar, ya'ni xarbiy kishilar;Sipox va raiyat;Maxsus ishonchli kishilar;Vazirlar, sarkotiblar;Hakimlar, tabib, munajimlar, muhandislar;Tavsif va xadis olimlari;Axli hunar va san'atchilar;So’fiylar;Savdogar va sayyohlar.32

Boshqarish tartibida qo’shin asosan o’n, yuz, ming va tumanga bo’lingan bo’lib, o’n kishilik harbiy bo’linma tepasida turgan boshliq-o’nboshi, yuz kishilik qismning boshlig’i-yuzboshi, ming kishilik qo’shin yetakchisi-mingboshi, tuman boshligi no’yon deb atalgan. Ularning xaq-huquqlari, oylik maoshi ham lavozimiga qarab to’langan. Masalan, oddiy sipohiy mingan otning bahosi barobarida baxodirlar 4 ot barobarida, o’nboshi qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshi qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki barobar ortiq maosh olishgan. Mingboshilarning maoshi esa yuzboshinikidan uch barobar ortiq bo’lgan.33

Amir Temur o’zining ulkan davlatini uluslarga (xududlar) bo’lib idora qilgan. Movaraunnaxrdan boshqa uning tasarrufida bo’lgan barcha viloyat va mamlakatlar to’rt ulusga bo’lingan. Uluslar garchand markaziy hukumatga itoat etsalarda, ma'lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukumdorlarining alohida davlat apparati, mustaqil qo’shini bo’lib, ularning markaziy xukumatga tobeligi daromad solig’ining bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy xukumdor talab qilganda askar yuborib turishdan iborat bo’lgan.

Temur davlatini yetti nafar vaziri bo’lganligi ma'lum: mamlakat va raiyat ishlari bo’yicha vazir (bosh vazir); vaziri sipox, ya'ni xarbiy ishlar bo’yicha vazir; egasiz qolgan mol-mulklarni tasarruf etish ishlari vaziri; saltanatning kirim-chiqim ishlarini boshqaruvchi vazir, ya'ni moliya vaziri; sarhad (chegara) viloyatlarining ishlarini nazorat etib turuvchi vazirlar. Vazirlar-saltanat ustunlaridir, ular mamlakat obodonchiligini, raiyatning tinchligini, sipoxlarning birligini, xazina boyligini doimo ko’zda tutganlar. Davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaganlar. Saltanat boyligini saqlashda va ko’paytirishda hattoki o’z jonlarini ham ayamaganlar.

Amir Temur davrida soliq to’lovchi xalqdan xiroj, molu jixot, sovurin, qo’nalg’a, boj, ishlon puli singari soliq va jarimalar undirilgan.Boshqarish jarayonida o’z so’ziga ega bo’lish butun mamlakatda buyruq farmon berish ishlari podshoxning o’z ixtiyorida bo’lishi o’z qarorida qat'iy bo’lishi, podshoxlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib erkni unga berib qo’ymaslik, har ishdan fikr olish, qaysi biri foydaliroq bo’lsa uni ko’ngil xazinasida saqlab vaqtida ishlatish,saltanat ishlarida sipohu raiyatga bog’liq masalalarda boshqalarning so’z va fe'liga qarab amal qilmaslik amir farmoniga xech kim qarshilik qilishga jur'at etolmagan.

Bu keltirilgan fikr muloxazalar Amir Temrning boshqarishlari va qat'iy rioya qilish talablari bo’lib hisoblanadi.34 Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz iqtisodiyotini tartibga solish va boshqarishda bu usullar ma'lum darajada rahbarlar tomonidan qo’llanib borilmoqda va amal qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat bosh islohotchi, iqtisodiyot va o’zgarishlarning rejalarini tuzib, ularni izchillik bilan amalga oshirishda vositachi va rahbar bo’lmoqda. Totalitar tizimdan bozor tizimiga o’tishda o’ta davlatlashtirilgan iqtisodiyotdan erkin bozor xo’jaligi tizimiga borishda davlatning xukumronlik faoliyati saqlanib qolishini ob'ektiv zaruriyat talab qiladi.Barqaror iqtisodiy o’sishning sharti iqtisodiyotning davlat tomonidan tartiblanishiga bog’liq. Yuqori darajada taraqqiy etgan iqtisodiyot davlat ishtirokida vujudga keladi. Davlat o’zining siyosati bilan iqtisodiyotga ta'sir ko’rsatib turadi.


Download 132,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish