Xix asr ikkinchi yarmida o'rta osiyo davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va madaniy hayoti



Download 259,42 Kb.
bet1/6
Sana26.04.2022
Hajmi259,42 Kb.
#582951
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
asrlarda xonliklarda tashqi siyosat




Mavzu:
R e j a:
Kirish
I-Bob:
1.1.
1.2.
1.3.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 1510-yilda
Shayboniyxon vafotidan soʻng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan
Boʻysundirildi. 1510-1512-yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari
Idora qildilar. Ammo, 1512-yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi
Halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda,
Koʻxna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni ХВasrda oʻzbek
Xonlardan boʻlgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik
Qildi. Qoʻzgʻolonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp
Shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qoʻshinlarini qirib tashladilar.
1512-yilada Xorazmning obroʻli shayxlaridan boʻlgan Shayx Ota
Avlodlari koʻchmanchi oʻzbeklarning Berka sulton avlodidan boʻlgan
Elbarsxonga maktub yoʻllab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon
Taxtga oʻtirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay haydab
Chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini
Hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs
Viloyati, Mangʻishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo,
Oʻzbek sultonlari va shahzodalar oʻrtasida siyosiy birlik yoʻq edi. Tez orada
Ular oʻrtasida hokimiyat uchun oʻzaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu
Kurashlardan foydalangan Buxoro hukumdori shayboniy Ubaydullaxon 1537

  • 1538-yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq boʻldi.

Magʻlubiyatga uchragan Avanishxon oilasi bilan shayboniylar tomonidan qatl
Etildi.
Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa choʻzilmadi. Ubaydullaxon
Zulmiga chiday olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida
Buxoroliklarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardilar. Ubaydullaxon 1538-yilda yana
Xorazmga qoʻshin tortdi. Xazorasp bilan Xiva shaharlari oraligʻidagi
Kardaronxos degan joyda Buxoro qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi.
Shayboniylardan ozod boʻlgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi.
Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va
Viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular
Amalda oʻzlarini mustaqil hisoblar edilar. Ayrim shaharlar bir vaqtning
Oʻzida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada Poʻlat Sulton va Temir
Sulton) boshqarildi. Oʻzaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon
Avlodlari oʻrtasida kuchayib ketdi. XVI asrda Abdulgʻoziy ma’lumotlariga
Koʻra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga hokimiyatdan oʻnlab xonlar
Almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi.
Oʻzaro kurashlar va siyosiy tanglik, oʻz navbatida iqtisodiy hayotning ham
Izdan chiqishiga sabab boʻlgan edi.
ХВИ asrning ikkinchi yarmida Xojimxon (Xoji Muhammadxon, 1558-
1593, 1598-1602 yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi oʻzaro urushlarga biroz
Barham berilib tinchlik va osoyishtalik oʻrnatildi. Sugʻorish va
Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo sodiq ishlariga jiddiy e’tibor
Qaratilib, tashqi savdo hamda munosabatlar rivoj topdi. Xojimxon
Hukmronligi davrida poytaxt Urganchdan Xivaga1
Koʻchiriladi (ayrim
Manbalarda XVI asrning 70-yillarida, ayrimlarda esa 90-yillarda). Bunga
Asosiy sabab Amudaryo oʻzanining oʻzgarib Kasbiy dengizga oqmay qoʻyishi
Natijasida Urganch va uning atroflaridagi suv tanqisligi boʻlsa,
Ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy mavqyei ancha kuchayib,
Asosiy savdo markaziga aylanishi yana bir sabab edi. Poytaxt Xivaga
Koʻchirilganidan soʻng davlat ham Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon II Shayboniylar davlatini
Qayta tiklashga muvaffaq boʻlib Xorazm hududlarini yana Shayboniylar
Tasarrufiga olish uchun harakat boshladi. Chunonchi, bir necha yurishlardan
Soʻng 1593-yilda Xorazm yana Shayboniylar qoʻliga oʻtdi. Abdullaxondan
Magʻlubiyatga uchragan Xojimxon Xivani tashlab bir guruh navkarlari bilan
Eronga qochdi va shoh Abbos saroyidan panoh topdi. 1598-yilda Abdullaxon
ИИ vafot etganidan soʻng Hojimxon shoh Abbosdan ruhsat olib Xorazmga
Qaytdi. Yangi sharoitda u Urganch bilan Vazirni boshqarishni oʻziga olib
Xiva bilan Katni Arab Muhammadxonga, Hazoraspni Isfandiyor Sultonga
Berdi. 1600-yilda Hojimxon Urganch va Vazir qal’alari boshqarishini
Turkiyadan kelgan oʻgʻillariga topshirib, oʻzi Xiva kichik oʻgʻli Arab
Muhammadxon bilan qoladi. 1601-yilda Hojimxon 83 yoshida vafot etgach,
Taxtga uning oʻgʻli Arab Muhammadxon (1602-1623 yy.) oʻtirdi.
Arab Muhammadxonning dastlabki hukmronligi yillarida toju-taxt
Uchun kurashlar davom etdi. Xususan, 1605-yilda nayman urugʻi vakillari
Elbarsxon avlodiga mansub Xusrav Sultonni taxtga oʻtkazishni
Rejalashtiradilar. Ammo, bu fitna oshkor boʻlib, Xusrav Sulton qatl
Ettiriladi. Oradan ikki yil oʻtgach, uygʻur oqsoqollarining maslahati bilan
Solih Sulton degan kimsa taxtga davogar boʻladi, bu isyon ham bostirilib,
Solih Sulton oʻldirildi.
1616-yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab
Muhammadxonning oʻgʻillari ham qoʻshildilar. Uning Isfandiyorxon, Habash,
Elbars, Abdulgʻozi, Sharif Muxammad, Xorazmshoh va AFgʻon Sulton ismli 7
Nafar oʻgʻli bor edi. Isfandiyor Hazoraspda, Abdulgʻoziy Sulton Katda,
Habash bilan Elbasr sultonlar Vazir va Urganch hokimlari etib tayinlangan
Edilar. Xon farzandlarining har biri taxtga davogar edi. Ayniqsa Habash
Sulton bilan Elbars sultonlarning harakatlari keskin edi. Ota – bolalar
Oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayib ohir – oqibatda qonli urushga aylandi. 1621
Yilda Toshli Yorilish arigʻi (Xiva yaqinida) yonida Arab Muhammadxon va
Uning oʻgʻillari Habash hamda Elbars sulton qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻldi.
Isfandiyor va Abdulgʻoziy sultonlar otasi tomondan turib kurashgan
Boʻlsalarda, bu jangda Arab Muhammadxon yengildi. Arab Muhammadxon avval
Koʻzlari koʻr qilinib Xivaga joʻnatildi. 1623-yilda esa Qum qa’lasi yaqinida
Arab Muxammadxon xotinlari, yosh oʻgʻillari va ikkita nabirasi bilan
Oʻgʻillari Xabash va Elbars sulton tomonidan oʻldirildi. Isfandiyor Eronga
1
Xivaning poytaxtga aylanganligi sanasi toʻgʻrisida – 1556 y, 1598 y, 1602-1621 yy., 1611-1611 yy.,1610-1612 yy., 1557-1603 yy. Kabi fikrlar mavjud
(garchi unga Makkaga borishga ruhsat bergan boʻlsada), Abdulgʻoziy esa
Buxoroga qochib, jon saqladilar.
623-yilda otasining qatl etirilganligini eshitgan Isfandiyorxon Durun
Shahri, Abdulxon togʻlaridan, turkmanlarning taka, yovmut, sariq urugʻlaridan
Qoʻshin toʻplab Urganchga yurish boshladi. Urganch yaqinida Isfandiyorxon va
Habash – Elbars qoʻshinlari oʻrtasida 23 kun davom etgan jangda birlashgan
Aka – ukalar qoʻshinlari Isfandiyor qoʻshini tomonidan tor – mor etildi.
Elbars qoʻlga olinib qatl etildi. Habash Sirdaryo boʻylaridagi
Qoraqalpoqlardan najot soʻradi. Ammo, u bu yerdan boshpana topolmadi va
Navkarlari bilan qoʻlga olinib, Isfandiyorxonga topshirildi hamda
Ularning barchasi qatl etildi.
1623-1643-yillar davomida Xiva xonligi taxtini Isfandiyorxon
Boshqardi. Oʻzining yigirma yillik davlat boshqaruvini Isfandiyorxon
Turkman qabila boshliqlariga tayanib olib bordi. Xonlikning yuqori
Lavozimlariga turkmanlar tayinlanib, ularga katta imtiyozlar berildi.
Natijada oʻzbek urugʻlarning Isfandiyorxon siyosatiga qarshi noroziligi
Kuchayib bordi. Isfandiyorxon taxtga oʻtirgan yiliyoq nayman urugʻlarini
Qirgʻin-barot qildi. Xonlikdagi oʻzbek urugʻlari uch boʻlakka boʻlinib, biri –
Mangʻit, biri – Qozoqlar yurti va yana biri Movarunnahrga koʻchib ketdi.
Oradan koʻp oʻtmasdan oʻz yurtiga qaytib kelgan oʻzbeklar Isfandiyorxon
Tomonidan qilichdan oʻtkazildi.
Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik
Oʻrnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi.
Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qoʻliga berib qoʻygan
Isfandiyorxondan norozi boʻlgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini
Tuzdilar. Bu kuchlarga xoning ukasi Abulgʻozi boshchilik qildi. Shuningdek,
Amudaryoning Orolga qoʻyilish joyida (Orol boʻyi)da istiqomat qilgan
Oʻzbeklar (bu yerda oʻzbek qoʻngʻirotlari katta siyosiy mavqyega ega edilar) ning
Xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi.
Manbalar ma’lumotlariga koʻra, 1643-yilda Orol boʻyi oʻzbeklari
Abulgʻozi sultonni (1643-1663yy.) xon qilib koʻtardilar. Xorazm
Davlatchiligi tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida
Mashhur boʻlgan Abulgʻozixonning hayot yoʻli ogʻir kechgan. Abdulgʻozixon otasi
Arab Muhammad taxtdan ketgach oʻzi taxtga oʻtirgunga qadar uzoq yillar
(yigirma yildan koʻproq) muhojirlikda yashashga majbur boʻlgan edi. U
Dastlab Buxoro xukumdori Imomqulixon himoyasida, keyinroq esa, ikki
Yilga yaqin qozoq sultoni Eshimxon saroyida yashagan. Shundan soʻng
Toshkentga kelib bu yerda ikki yil yashadi. Toshkentdan Buxoro orqali Xivaga
Qaytgan Abulgʻoziyni Isfandiyorxon bosqinchilikda ayblab hibsga oladi va
Isfaxon shahriga Eron shohi huzuriga badargʻa qiladi. Isfaxon yaqinidagi
Taborak qal’asida oʻn yil asirlikda yashagan Abulgʻozi 1639-yilda oʻz
Nazoratchilari yordamida bandilikdan qochishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng
U bir yilga yaqin Xurosonning Mohin qishlogʻida, ikki yilga yaqin
Mangʻishloq turkmanlari orasida yashaydi. Keyin uni qalmiq xoni oʻz
Oʻrdasiga taklif etadi. Bu yerda Abulgʻozi bir yilga yaqin yashagach qalmiq xoni
Toʻplab bergan katta kuch bilan 1643-yilda Urganchga qaytib, Orol boʻyi
Oʻzbeklari yordamida Xiva taxtiga oʻtiradi.
Akademik B.Ahmedovning yozishicha, “Abulgʻozi hammasi boʻlib yigirma
Yil atrofida xonlik masnadida oʻtirdi. Lekin boshqa hukmdorlarga oʻxshab
Huzur-halovat koʻrmadi. Umri koʻproq urush – talashlarda oʻtdi.” Manbalarga
Koʻra, Abulgʻozixon haqiqatan ham butun umrini taxt uchun kurash va jangu –
Jadallarga bagʻishlagan hukmdor boʻlgan. Ammo, u davlat arbobi sifatida ham
Qobiliyatli shahs boʻlgan. Abulgʻozixon dastavval xonlikda markazlashgan
Boshqaruv tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Bu jarayonda u avvalo,
Turkman yoʻlboshchilarini boshqaruv ishlaridan chetlashtirdi. Ularning yer –
Suvlari, mol – mulklari musodara qiinib, oʻzlari mamlakat ichkarisiga
Surgun qilindi.
Xonlikdagi barcha lavozimlarga oʻzbek urgʻularining boshliqlari
Qoʻyildi. Xiva tarixchisi Munisning ma’lumot berishicha, Abulgʻozixon
Ma’muriy islohot oʻtkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom
Yangitdan tashkil etdi. Xonlikning boshqaruv tizimida oʻzbek urugʻlarining
Mavqyei ortib bordi hamda ularning 360 nafar vakili xon saroyida turli
Lavozimlarga koʻtarildi. Xon yangi amaldorlar orasidan eng obroʻli 32
Nafarini oʻz yoniga oldi. Munis ta’biri bilan aytganda, “andoqkim ikki
Shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota avlodidan, bir mutavalli, bir
Naqib, toʻrt otaliq, toʻrt inoq, toʻrt mirob, toʻrt parvonachi, ikki oqo, ikki
Arbob, toʻrt chigʻatoyi inoqi va bir vazirkim, holo mehtar derlar va bir
Qushbegi, bu ikkovi oʻrinsiz xon huzurida oyoq ustida turadilar”.
Abulgʻozixon oʻzbek qabilalarini oʻtroqlashtirish siyosatini olib
Borish bilan birga, ularni toʻrta guruhga boʻlib, Buxoro bilan chegaradosh
Boʻlgan Doyaxotun (Dargʻonota yaqinida) dan tortib, to Orolgacha boʻlgan
Hududlarga joylashtirdi. Shuningdek, Abulgʻozixon 1645-1650-yillarda
Xuroson, Janubiy Turkmaniston, Tajan, Murgʻob, Artek, Gurlan, Abulxon va
Mangʻishloq atrofidagi turkmanlar ustiga yurishlar uyushtirdi. Xonlik
Sarhadlarini kengaytirishga harakat qildi. Xonning topshirigʻi bilan
Vazir qal’asi aholisi Gurlan qal’asi yaqinida tiklangan Kichik Vazir
Qishlogʻiga koʻchirildi. 1646-yilda Abulgʻozixonning buyrugʻiga binoan
Urgancharna arigʻi qaziladi va uning yaqinida yangi qal’a bunyod etilib, bu
Qal’aga Yangi Urganch deb nom beriladi. Bu yerga Koʻhna Urganch aholisining
Bir qismi koʻchirib keltiriladi. 1648-yilda Gʻoziobod kanali qazilib, uning
Yaqinda chegara istehkomi quriladi.
Davlat boshqaruvi va bunyodkorlik ishlari bilan shugʻullangan
Abulgʻozixon tarixchi tabib sifatida ham bebaho meros qoldirgan. Taxminan
1657-yilda Abdulgʻozi tabobatga oid “Manafi’ ul-inson” (“Insonga foydali
Narsalar”) nomli asarini yozgan boʻlsa, 1658-1664-yillarda “Shajarai turk”
Nomli tarixiy asarlarini yaratdi.
Abulgʻozixon hali oʻzi hayotlik davrida Xiva xonligi taxtini oʻgʻli
Anushaxon (1663-1687yy)ga topshirdi va oradan olti oy oʻtib vafot etdi.
Anushaxon Xiva xonligi mavqyei va qudratini oshirish maqsadida otasining
Ishlarini davom ettirdi. U Buxoro, Samarqand va Xurosonga bir necha marta
Harbiy yurishlar uyushtirib xonlik chegaralarini mustahkamlash hamda
Kengaytirish harakatida boʻldi. Anushaxonning harbiy yurishlarida jasorat
Koʻrsatgan turkmanlarga boʻlgan munosabat oʻzgardi. Xon turkmanlarga Xorazm
Vohasi hamda uning atroflariga koʻchib kelishiga ruhsat berdi.
1687-yilda saroy a’yonlari tomonidan fitna uyushtirilib, Anushaxon
Oʻldiriladi. Taxtga esa uning oʻgʻli Xudoydod (1687-1688yy) oʻtkaziladi.
Afsuski yangi hukumdorning xonlik faoliyati uzoq davom etmadi. Ogahiy
Habarlariga koʻra, siyosatda bilimdon va xalqa adolatli xon sifatida obroʻ
Orttira boshlagan Xudoydodni inisi Arangxon1
Shahid edi. Ammo,
Arangxonning (1689-1690yy.) hukmronligi uzoq davom etmadi. 1690-yilda u
Orol oʻzbeklari bilan boʻlgan janga halok boʻldi.
Arangxon vafotidan soʻng Buxoro xoni Subhonqulixon Xiva taxtiga oʻz
Odami Shohniyozni (1690-1707yy.) oʻtkazib, amalda Xiva xonligini Buxoroga
Vassal davlatga aylantirdi. Shuning uchun ham Shohniyoz garchi oʻzini xon deb
E’lon qilgan boʻlsada, oʻz faoliyati davomida Buxoro ta’siridan qutula
Olmadi. ХVII asrning oxiri – XVIII asrning boshlariga kelib, Xiva
Xonligida siyosiy tarqoqlik, taxt uchun kurashlar va mahalliy
Hukmdorlarning mustaqillikka intilish harakatlari avj olib ketadi.
Viloyatlar hokimlari xonga itoat etmay qoʻyganliklari bois Xiva xoni saroy
Amaldorlari va mahalliy hukmdorlar qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgan
Edi. Shuning uchun ham ХVIII asrga oid ayrim yozma manbalarda Xiva xonligi
“Besh qal’a” deb atalgan boʻlsa kerak. Uning tarkibidagi Xazorasp, Xonqa,
Urganch, Kat va Shovot qal’alarining markaziy hokimiyatga tobeligi yuzaki
Xususiyatga ega edi.
Shohniyoz Buxoro ta’siridan qutulish hamda markaziy hokimiyatni
Mustahkamlash maqsadida 1703-yilda Rossiya hukumdori Pyotr И ga maktub
Yoʻllaydi. Bu maktubda Xiva xonligini Rossiyaga qoʻshib olish soʻralgan edi.
Pyotr И ning Xivani Rossiya tarkibiga qoʻshilganligi haqidagi yorligʻi 1707
Yilda Xivaning yangi hukmdori Arab Muhammadga (1707-1715yy.)
Topshiriladi. Ammo, Xivada siyosiy kurashlar avj olib turgan sharoitda
Ushbu yorliq hech kimning e’tiborini tortmadi. Umuman, Ogahiy
Ma’lumotlariga koʻra, Arangxon davridan to Shergʻozixon davriga qadar
Xivada oʻnlab hukmdorlar almashganlar.
Shergʻozixon (1715-1728yy)ning hukumronligi davri siyosiy voqealarga
Boy boʻldi. Uning hukmronligi davri oʻzbek, turkman, qoraqalpoq
Zodagonlarining oʻzboshimchalik harakatlariga qarshi kurash bilan oʻtdi. Bu
Paytga kelib, Orol boʻyi oʻzbeklari orasida ham siyosiy vaziyat keskinlashib
Ketgan edi. Buning asosiy sababi – Orol boʻyida yashayotgan oʻzbeklarning
Qoʻngʻirot, Mangʻit, Xoʻjayli va Qipchoq urugʻiga mansub aholisining
Mustaqillik uchun kurashlari edi. Bu kurashlarga boshchilik qilgan, Mangʻit
Biylaridan boʻlgan Sheralibiy Xiva xonligiga itoat etishdan bosh tortib, Orol boʻyini mustaqil hokimlik deb e’lon qildi. Shergʻozixon bu yerdagi harakatlarni bostirishga harakat qilgan boʻlsa-da, bu ishning butunlay uddasidan chiqa olmadi. ХVIII asrning boshlariga kelib Rossiya hukumatining Xiva xonligining ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Rossiya hukumron doiralari Oʻrta Osiyo, jumladan Xiva xonligini ham bosib olishni rejalashtira boshlagan edilar. Rossiya hukumdori Pyotr I ning 1717-yilda Xivaga uyushtirgan Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiyasi ham aynan shu maqsadda tashkil etilgan edi. Ammo, Shergʻozixonning hiyla ishlatishi natijasida 6 ming kishidan iborat bu ekspeditsiya bir kechada qirib tashlandi. Shunga qaramasdan to Oʻrta Osiyo bosib olinmagunicha Chor Rossiyasi hukumatining bunday harakatlari davom etdi. Oʻzaro ichki kurashlar, shahzodalarning oʻzaro mojoralari, koʻplab yigʻiladigan soliqlar xonlikdagi iqtisodiy ahvolni ogʻirlashtirib yubordi. Natijada 1728-yil Xivada hokimiyatga qarshi qoʻzgʻalon koʻtarildi. Bu yerda xonning zulmiga qarshi qullar bosh koʻtargan edilar. Oqibatda Shergʻozixon va uning yaqin mulozimlari oʻldirildi. Shergʻozixon oʻlimidan keyin taxtga oʻtirgan qozoq sultoni Elbarsxon (1728-1740yy.) davrida ichki kurashlar davom etib, qoʻshni hududlarga koʻplab talonchilik yurishlari uyushtirilib turishi natijasida Xiva xonligining harbiy qudrati zaiflashib bordi. Bu vaziyatdan unumli foydalangan. Eron shohi Nodirshoh 1740-yilda Xiva xonligiga hujum boshladi. Dastavval Xazorasp yonida Xiva qoʻshinlari bilan eroniylar oʻrtasida qattiq jang boʻldi. Bu jangda Xiva qoʻshinlari yengilib, Xazorasp qal’asiga chekindi. Eroniylar Xazorasp qal’asini uzoq muddat qamal qilib uni egallay olmagach, Xonqa qal’asiga hujum qildilar. Bu paytda vaziyat oʻzgarib, Elbarsxonga madad berib turgan mangʻit beklari Nodirshoh tomonga oʻtib ketdilar. Oqibatda Elbarsxon yengildi va qoʻlga olinib, Nodirshoh tomonidan qatl etildi. Elbarsxonning magʻlubiyatidan soʻng qozoqlarning kichik juz qabilasi boshligʻi, rus fuqaroligini qabul qilgan Abulxayrxonni Xiva taxtiga oʻtqazdilar. Abulxayrxon sulh tuzish uchun Nodirshohga noma yuborib rad javobini oldi. Oradan qisqa vaqt oʻtib, Nodirshoh Xivaga ikkinchi marta yurish qildi va uni egalladi. Abulxayrxon esa qozoq dashtlarga qochib ketdi. Bu yerga Nodirshoh Mangʻit beklaridan boʻlgan Ortiqbek va Xoʻrzodbeklarni noib etib tayinladi. Ammo, Orol boʻyi oʻzbeklari Nodirshohga itoat etishdan bosh tortib, Abulxayrxonning oʻgʻli Nuralini oʻzlariga xon qilib koʻtardilar. 1741-yilda Xivada eroniylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilib, Nodirshohning noiblari oʻldirildi, askarlari ham qirib tashlandi. Xivaga Nuralixon xon qilib oʻtqazdirildi. Ammo, Nurallixonning xon sifatida siyosiy ta’siri deyarli yoʻq edi. 1741-yilda Nodirshoh oʻgʻli Nasrullo boshchiligida yana Xivaga yurish qilib Nuralixon va uning tarafdorlarini Xivadan haydab yubordi.Taxtga esa Elbarsxonning oʻgʻli Abdulgʻozi ИИ xon qilib oʻtqazildi. Ammo, uning hukumronligi ham uzoq choʻzilmadi. 1746 yida Xivada Mangʻit inoqlari tomonidan uyutirilgan fitnada Abdulgʻozi ИИ oʻldirildi. Shundan soʻng Nodirshohning roziligi bilan 1747-yilda qozoq sultoni Abdulxayrning ukasi Taibxon (Kaipxon) (1747-1757yy) taxtga oʻtqazildi. Manbalarda Taibxonning nihoyatda zolim hukmdor boʻlganligi eslatiladi. U Xiva taxtiga oʻtirgach avvalo, hokimiyatini inoqlar ta’siridan xalos qilish maqsadida Mangʻit inoqlaridan boʻlgan Huzurbekni tarafdorlari bilan qatl ettirdi. Davlatdagi yirik mansablar esa qozoq beklariga boʻlib berildi. Taibxon aholiga nisbatan jabr-zulmini kuchaytirib, 1756-yilda Xiva aholisidan 40 ming tanga qoʻshimcha soliq yigʻib oldi. Bu esa Xivada xalq qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Taibxon taxtni tashlab qozoq dashtlarga qochib ketdi. Hokimiyatni esa qisqa muddat uning ukasi Abdullaxon egalladi. Xivadagi ichki nizolardan foydalangan Buxoro hukumdori Muhammad Rahimbiy Xivani oʻz ta’siriga oʻtkazish harakatini boshladi. Shu maqsadda oʻz odami Temur Gʻozixon (1757-1763yy)ni Xiva taxtiga oʻtqazdi.Temur Gʻozixon ham Xivada yetarli darajada siyosiy barqarorlik oʻrnata olmagan boʻlsada, uning hukmronligi davridan boshlab xonlikda oʻzbeklarning qoʻngʻirot urugʻidan boʻlgan inoqlarning mavqyei ortib bordi. Temur Gʻozixon bir necha yil hukmronlik qilib, saroy fitnasi natijasida oʻldirildi. Uning oʻlimidan soʻng Xiva hokimiyati qozoq sultoni Tavkaxon (1463y.) qoʻliga oʻtdi. Biroq, oradan koʻp oʻtmasdan u ham taxtdan mahrum boʻldi. 1763-yilda inoq Muhammad Amin amalda Xivadagi oliy darajadagi hukumdorga aylandi. Xiva qoʻngʻirotlari sulolasining siyosiy tarixi.1763-yildan boshlab Xivada amalda qoʻngʻirot urugʻi inoqlari hokimiyat tepasiga kelgan boʻlsa-da, 1804-yilgacha Xiva xonlari hukmdor sifatida boshqa shahsni xon qilib e’lon qilganlar. Qoʻngʻirotlar sulolasi hukmdorlaridan Muhammad Amin inoq (1763-1790yy.) Xivada hokimiyatni qoʻlga olgach saroydagi bir qancha lavozim va amallarga oʻziga sodiq va ishonchli odamlarni tayinladi. Yangi xon shu yoʻl bilan xonlikdagi muhim siyosiy-ma’muriy, moliyaviy va harbiy hokimiyatni oʻz qoʻliga olib, ayrim mustaqil beklarni oʻziga itoat ettirdi. Manbalar ma’lumotlariga koʻra, shaharlik savdogarlar, hunarmandlar va din peshvolari yordamida oʻz hokimiyatini ancha mustahkamlagan Muhammad Amin inoq 1770-yilda turkmanlar hujumini, 1782-yilda Buxoroliklar tajovuzini muvaffaqiyatli qaytardi. Uning hukumronligi davrida Xiva xonligida dehqonchilik, savdo – sotiq va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida ma’lum chora – tadbirlar amalga oshirildi. Mahalliy hukumdorlarning oʻzaro nizomlari va kurashlariga chek qoʻyilishi natijasida xonlikdagi iqtisodiy hayot yaxshilanib bordi. Muhammad Aminning oʻgʻli Avaz inoq (1790-1804 yy.) otasining ishlarini davom ettirgan boʻlsa, Avazning oʻgʻli Eltoʻzar inoq 1804-yilda Xiva taxtiga oʻtirib, sohta xon Abdulgʻozi В ni haydab yubordi va oʻzini rasmiy xon (1804-1806 yy.) deb e’lon qildi. Shu tariqa Xivada qoʻngʻirotlar sulolasi hukumronligi rasmiy qaror topdi. Eltuzarxon xonlikdagi mustaqil hokimlarni birlashtirish siyosatini davom ettirdi. Ammo, uning hukmronligi uzoq davom etmadi. 1806-yilda Eltuzarxon buxoroliklar bilan boʻlgan jangda halok boʻldi. Taxtga uning ukasi Muhammad Rahimxon I oʻtirdi. Muhammad Rahimxon I (1806-1825 yy.) markazlashtirish siyosatiga katta e’tibor berib, Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazdi. Xiva tarixchilarining ma’lumotlariga koʻra, Muhammad Rahimxon I xonlikdagi vaziyatni toʻgʻri tushunib, shunga yarasha davlat siyosati ishlab chiqdi va ushbu siyosatni qat’iyatlik bilan amalga oshirdi. Xususan, uning bevosita tashabbusi bilan xonlikda ma’muriy – siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlar oʻtkazildi. Dushmanlariga, markazdan qochuvchi kuchlarga nihoyatda beshafqat boʻlgan Muhammad Rahimxon I oʻz atrofiga oʻzbek, turkman, qozoq va qoraqalpoqlarning nufuzli vakillarini toʻplab, ularga amallar va unvonlar berdi. Xon saroyi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Kengash (Devon) ta’sis etildi. Ruhoniylarga ham alohida e’tibor berilib, Shayxulislom Kengashning a’zosi va xonning eng yaqin masahatchisiga aylandi. Muhammad Rahimxon I ning musulmon ruhoniylarining halq orasidagi mavqyeini hisobga olib sayidlardan boʻlgan Sayid Pirmuhammad Xoʻjaning qiziga uylangani ham ma’lum. Bu xon davrida mamlakatning iqtisodiy hayoti jonlanganligi haqida ham ma’lumotlar talaygina. Uning davrida mahsus islohotlar oʻtkazilib, soliqlar tarkibiga solindi. Bojxona tashkil etilib, ichki va tashqi savdodan keladigan daromadlar koʻpayib bordi. Muhammad Rahimxon I mamlakat sarhadlarini kengaytirish hamda boʻysunmas qabilalarni itoat ettirish maqsadida qator harbiy harakatlar olib bordi. Juda qiyinchilik bilan boʻlsa-da, 1811-yilda Orol-Qoʻngʻirot tobe ettirildi. 1812-1813-yillarda Sirdaryo boʻyidagi qozoq va qoraqalpoq ovullariga ketma-ket qoʻshin yuborilib, ular Xiva xoniga boʻysundirildi. Shundan soʻng xonlik hududlarini Janubiy Turkmaniston va Xuroson viloyatlari hisobiga kengaytirish harakati boshlandi. Ammo, bu masalada Xiva bilan Buxoro oʻrtasida kurash boshlanib ketdi. 1817-yilgi Chorjuy qal’asi yaqinidagi birinchi toʻqnashuvda Xiva qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi. Shunga qaramasdan Muhammad Rahimxon И Buxoro hududlariga 1820, 1823, 1824-yillarda talonchilik urushlari qilib turdi. Janubiy Turkmaniston va Xuroson viloyatlariga harbiy yurishlar Muhammadrahimxondan keyin taxtga oʻtirgan oʻgʻli Olloqulixon (1825-1842 yy.) va nabirasi Rahimqulixon (1842-1845 yy.) davrida ham davom etdi. Olloqulixon Janubiy Turkmaniston va Xuroson viloyatlarida oʻz hukmronligini mustahkamlash uchun ular ustiga besh marotaba yurish qildi. 1826-yilda Xiva qoʻshinlari Shimoliy Xurosondagi Oqdarband qal’asini zabt etdilar. 1828-1829-yillarda bu hududdagi Jalqon qal’asi egOlloqulixon 1842-yilda vafot etgach taxtga uning oʻgʻli Rahmonqulixon (1842-1845 yy.) oʻtirdi. Taxtni egallagan yangi xon ham Janubiy Turkmaniston yerlariga hujum boshladi. Bu yurishlarga hujum qilib, Xazoraspni qamal qildi. Ammo, magʻlubiyatga uchrab orqaga chekinishga majbur boʻldi. Bu orada Rahmonqulixon Chorjoʻyni qamal qilib, uning atrofidagi qishloqlarni taladi. Rahimqulixon Xuroson uchun boʻlgan janglarning birida halok boʻlgach taxtga uning ukasi Muhammad Aminxon (1845-1855 yy.) oʻtirdi. Muhammad Aminxon hukmronligi davrida ham Janubiy Turkmaniston va Xurosonda tinchlik hukm surmay, xonga qarshi isyonlar davom etdi. Ayniqsa, Marv va Seraxs shaharlarida koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar hokimiyatni larzaga keltirdi. Qoʻzgʻolonchilar Xiva xoniga boʻysunishdan bosh tortib, xon amaldorlari va soliq yigʻuvchilarni tutib qatl qildilar. Ogahiy ma’lumotlariga koʻra, Muhammad Aminxon Marv va Seraxs uchun oʻn marotaba yurish qilgan, faqatgina 1854-yilda Marv qoʻzgʻoloni qiyinchilik bilan bostiriladi. 1855-yil Seraxs ostonasida turkmanlar bilan Xiva lashkarlari oʻrtasida boʻlgan jangda Xiva qoʻshinlari magʻlubiyatga uchrab, Muhammad Aminxon, uning oʻn toʻrt nafar shahzodalari va saroy amaldorlari fojeali halok boʻldilar. 1855-yil Said Abdullaxon (besh yarim oy – 1855-yil 20-mart – 27-avgust) Xiva taxtiga oʻtirdi. Ammo, bir guruh saroy amaldorlari Said Abdullaxonni tan olmasdan unga qarshi fitna uyushtirib, yovmut turkmanlari bilan aloqa oʻrnatdilar hamda ularni isyonga chorladilar. Yovmutlar isyon koʻtarib Gʻozovot va Ilonli atroflarida qishloqlarni talay boshladilar. Said Abdullaxon Xivadagi fitnachilarni fosh qilib, uning ishtiroqchilarini qatl ettirgach, isyonchilarga qarshi kurash boshladi. Dastavval, Xiva qoʻshinlari bilan boʻlgan jangda yovmutlar magʻlubiyatga uchrab dasht ichkarisiga chekingan boʻlsalar-da, avgustning oxirida yovmutlar Xiva navkarlari qarorgohiga (Ilonli yaqinida) toʻsatdan tunda hujum qildilar. Bu hujumda Xiva navkarlari magʻlubiyatga uchrab, Said Abdullaxon oʻldirildi. Bu voqeadan keyin saroydagi vazir Muhammad Yoqub mehtar boshchiligidagi bir guruh amaldorlar Sayid Abdullaxonning oʻn yetti yashar ukasi Qutlugʻ Murodni xon qilib koʻtardilar, Yoqub mehtar va Ibrohim qoʻshbegi davlat boshqaruvida xonning eng yaqin kishilari edilar. Bu orada xonlikdagi siyosiy vaziyat yana keskinlashib ketdi. Qutlugʻ Murodxonga boʻysunmagan turkman yovmutlari Ota Murodni, qozoq va qoraqalpoqlar Jorliq Toʻrani oʻzlariga xon deb e’lon qildilar. Qutlugʻ Murodxon ularning isyonlarini qiyinchilik bilan bostirdi. Ammo, uning hukmronligi ham uzoq choʻzilmadi (toʻrt yarim oy).Qutlugʻ Murodxon oʻlimidan soʻng Xiva taxtiga Sayid Muhammadxon (1856-1864 yy.) xon qilib koʻtarildi. U hokimiyatga kelgan paytda xonlikdasiyosiy vaziyat keskinlashgan, iqtisodiy ahvol nihoyatda ogʻir boʻlib, koʻpchilik viloyatlarda ocharchilik hukm surgan, yuqumli kasalliklar tarqalgan edi. Vaziyatni toʻgʻri baholay olgan Sayid Muhammadxon yuz berayotgan isyonlarni tinch yoʻl bilan hal qilish, tinchlikni qaror toptirish, iqtisodiyotni tiklash choralarini koʻrdi. U avvalambor Buxoro va Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshiladi. Dehqonchilik, obodonlashtirish va qurilish ishlarida qator tadbirlar oʻtkazildi. Ammo, xonlikdagi ichki notinchlik toʻxtamadi. Xonlikda faqat oʻzbek urugʻlarigina emas balki, yarim koʻchmanchi va chorvador aholi boʻlgan turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlar ogʻir soliqlar va turli toʻlov hamda majburiyatlarga tortilganligi bois xonlikning turli shahar va viloyatlarida noroziliklar, isyonlar boʻlib turdi. Sayid Muhammadxon 1864-yil 10-sentabrda kasallanib vafot etgach taxtga uning oʻgʻli Sayid Muhammadxon Rahimxon II (1864-1910 yy.) oʻtirdi. Soniy va Feruz nomlari bilan ham ma’lum boʻlgan bu hukmdor Xiva xonlari orasida eng adolatparvar va ma’rifatparvar hukmdor boʻlganligi bois ham 47 yil davomida mamlakatni idora qilgan. Uning zamondoshlari boʻlgan Ogahiy va Bayoniylar asarlarida Sayid Muhammadxon Rahimxon II (Feruz) faoliyatida adolatparvarlik va haqgoʻylik, qattiqqoʻllik va talabchanlik bilan, ma’rifatparvarlik esa tashabbuskorlik bilan uygʻunlashib ketganligi haqida ma’lumotlar beradilar. Bu xon oʻzining butun hukmronligi davrida el-yurt farovonligi, tinchlik-osiyishtaligi uchun kurashdi. Xonlikda dehqonchilik, sugʻorish ishlari, savdo-sotiq va hunarmandchilik taraqqiy etdi. Bu davrda Xorazmda ayniqsa ilm-fan, adabiyot va san’at, me’morchilik yuksaldi. Xonning oʻzi “Feruz” taxallusi bilan ijod qilib oʻzbek mumtoz adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshdi. Zamonaviy Xorazm tarixchilari Sayid Muhammadxon Rahimxon II hukmronligini ikki bosqichga ajratadilar. Birinchi bosqich – 1864 – 1873 yillar, xon hukmronligining dastlabki oʻn yilligi boʻlib, bu davrda Muhammadxon Rahimxon II davlatni mustaqil boshqarib, mamlakatda tinchlik va farovonlikni qaror toptirish, qishloq xoʻjaligi, savdo-sotiq va hunarmandchilik, fan va madaniyatni yuksaltirish yoʻlida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ikkinchi bosqich – 1873-yil avgustdan 1910-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. 1873-yilda Xiva general Kaufman boshchiligidagi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingach, tuzilgan sulhga binoan Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi. Bu davrda Muhammadxon Rahimxon II ning faoliyati Rossiya hukumati tomonidan qat’iy cheklandi va nazorat ostiga olindi. Shunga qaramasdan xon oʻzining adolatparvarlik va bunyodkorlik faoliyatini davom ettirdi. Muhammadxon Rahimxon II vafotidan soʻng taxtga uning oʻgʻli Sayid Isfandiyor (1910-1918 yy.) oʻtirdi. Isfandiyorxon xonlik davrini yangiliklardan boshladi. Uning farmoni bilan xonlik aholisi qadimdan toʻlab kelayotgan soliqlarning bir necha turi qisqartirildi. General-mayor unvoniga ega boʻlgan Isfandiyorxon ham otasi kabi rus hukumatiga tobe ediUning davrida xonlikda bir qancha qoʻzgʻolon boʻlib oʻtdi. Xon bu qoʻzgʻolonlarni ruslar yordamida bostirdi. 1918-yil 1-oktabrda turkman Qurbon Muhammad Sardor (Junaidxon)ning buyrugʻi bilan Isfandiyorxon oʻldirildi. Hokimiyatni Junaidxon oʻz qoʻliga oldi. Ammo, u Xiva taxtiga oʻtira olmas edi. Shu bois ham Isfandiyorxonning ukasi Said Abdullaxon (1918-1920 yy.) nomigagina xon qilib koʻtarildi. 1920-yil 2-fevralda Xivaga kirib kelgan qizil armiya qoʻshinlari Junaidxon lashkarlarini tor-mor etib, hokimiyatni sovetlarga topshirdi. Xiva xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi. Xonlikning aniq chegaralari haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Chunki xonlik paydo boʻlgan dastlabki davrlardan boshlab siyosiy vaziyat va harbiy harakatlarga qarab davlat chegaralari doimiy ravishda oʻzgarib turgan ХIX
asrga kelib xonlik tarkibiga turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarning qoʻshilishi natijasida davlat sarhadlari ancha kengaydi. Manbalarga koʻra, Eltuzarxon (1804-1806 yy.) davrida xonlikning xududi uncha katta boʻlmasdan, shimoliy chegarasi Orol-Qoʻngʻirot hokimligi, janubiy chegarasi esa Dargʻonota bilan chegaradosh boʻlgan. ХIX asr oʻrtalariga oid rus manbalarida xonlikning gʻarbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha, janubda esa Marv vodiysi orqali Eronga tutashib ketganligi, shimolda esa Ural daryosigacha choʻzilganligi qayd etilgan. Xiva xonligi ma’muriy jihatdan ХVII-ХVIII Asrlarda viloyatlarga boʻlingan boʻlsa, ХVIII asr oxiri – ХIX asr boshlaridan boshlab davlatdagi asosiy ma’muriy hududlar beklik deb atalgan. Manbalarga koʻra, bu davrda xonlikda 16ta beklik va 2ta noiblik mavjud edi. Ular Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kuhna Urganch, Qoʻshkoʻprik, Pitnak, Qiyot, Shobboz (Shohabboz), Shovot, Toshhovuz, Ambarmanak, Urganch, Xoʻjayli, Shumanay va Qoʻngʻirot bekliklari hamda Beshariq va Qiyot-Qoʻngʻirot noibliklaridir. Ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va noiblar boshqarganlar. Xiva shahri boshqaruvi xon va bosh vazir ixtiyorida boʻlgan. Xonlikning poytaxti turli davrlarda Vazir, Kat, Koʻhna Urganch, Xiva shaharlari boʻlgan. Muhammadxon Rahimxon II (1806-1825 yy.) xonlikning ma’muriy boshqaruv tizimini tubdan oʻzgartirdi. Bekliklarning markaziy hokimiyatga boʻysunmasligini hisobga olib, Muhammadxon Rahimxon И xonlik hududida kentlarga ajralishni bekor qildi va manbalarga koʻra, xonlikda avval 15ta hamda keyinroq yana 11ta hokimlik tashkil etdi. Bular quyidagilar edi: Xazorasp, Ostona, Urganch, Kat, Toshhovuz, Qoʻshkoʻprik, Oqdarband, Gurlan, Koʻk qashqa, Qoʻngʻirot, Koʻhna Urganch, Ilonli, Taxta, Xonqa, Shobboz, Manoq, Gʻoziobod, Shayx, Mangʻit, Xoʻjayli, Shumanay, Toʻrchi, Oqtepa, Qoragʻon, Xitoy. Hokimliklar oʻz navbatida masjid-qavmlarga boʻlingan. Manbalar xonlikda jami 1537ta masjid-qavmlar boʻlganligi haqida ma’lumot beradi.Viloyat hokimlari xon tomonidan, masjid-qavmlarning qozi va oqsoqollari esa viloyat hokimlari tomonidan tayinlanganShunday qilib, Xiva xonligi ma’muriy jihatdan hozirgi Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qozogʻiston va Turkmaniston Respublikalarining bir qismini oʻz ichiga olgan davlat edi. Xiva xonligining oʻtroq dehqonchilik vohalarida asosan oʻzbeklar yashab, ular davlatdagi aholining katta koʻpchiligini tashkil etganlar. Xonlikda shuningdek, turkmanlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, kam miqdorda tojiklar, yahudiylar, hindlar, eroniylar, ruslar, armanlar, nemislar ham yashaganlar. Xiva xonligidagi aholining umumiy soni haqida ma’lumotlar deyarli yoʻq. Arxiv hujjatlari va rus sayyohlarining ma’lumotlari bu masalaga qisman aniqlik kiritadi. Xususan, ХIХ asrning birinchi choragiga oid ma’lumotlarda xonlik aholisi 300 ming, shu asrning 40-yillariga oid ma’lumotlarda 300 mingga yaqin, soʻnggi choragiga oid manbalarda 700 mingga yaqin deb berilsa, arxiv manbalarini chuqur oʻrgangan olim M. Yoʻldoshev ХIХ asr oʻrtalarida xonlikda 800 mingga yaqin odam istoqomat qilganligi qilganligi haqida ma’lumot beradi. ХIХ asrning oʻrtalariga kelib xonlikda shahar hayotining rivojlanishi natijasida shahar aholisining soni koʻpayib bordi. Xiva, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qoʻngʻirot, Koʻhna Urganch kabi shaharlarda rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga koʻra, 2 mingdan 5 minggacha xonadon yashagan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 21 mingdan ortiq aholi yashagan. Davlat tizimi. Mansablar va unvonlar. ХVII asrda Xivada muayyan bir sulola hukmdor emas edi. Chingiziylar sulolasiga mansub ba’zi shaxslar Xivaga chaqirilib xonlik taxtiga koʻtarilgan boʻlsa-da, amalda hokimiyat qoʻngʻirot sulolasidan boʻlgan inoq qoʻlida boʻlgan. 1804-yildan boshlab faqat Qoʻngʻirotlar sulolasi vakillari Xivada xon boʻlganlar. Xiva xonligida unvon va mansablarni saroy, harbiy va diniy unvon hamda va amallarga boʻlish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha (Sh. Vohidov) bu tasnif sof nazariy boʻlib, aslida xonlik davrida muayyan unvon va mansablar sohalar boʻyicha berilmagan. Oʻsha vaqtda amaldor va unvon egasi koʻpincha xonga nisbatan shaxsiy sadoqati, qavmi yaqinligidan bir mansabdan boshqa mansabga oʻtib, unvonlar sohibiga aylangan. Xonlikda eng oliy unvon xon boʻlib, u ma’muriy, siyosiy va harbiy vakolatlarga ega boʻlgan. Xiva xonligi davlat tizimida Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligidan farqli oʻlaroq, xon huzurida Oliy Kengash amal qilgan. Ma’lumotlarga koʻra, bu Oliy Kengashni Muhammad Rahimxon I “oʻz hokimiyatini mustahkamlash uchun ilgari inoq va otaliqlar boshliq boʻlgan urugʻ oqsoqollari kengashi oʻrniga ta’sis etgan edi. Bu Oliy Kengashga turli da’vo va jinoiy ishlarni koʻrish va qaror chiqarish huquqini berdi.” Bu Kengashning vakolati chegaralangan boʻlib, maslahat beruvchi organga oʻxshar, uning a’zolari eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar boʻlgan. Kengash majlisida boshqa amaldorlarga qaraganda qoʻproq inoq, shayx ul-islom, devonbegi va yasuvulboshi hal etuvchi ovozga ega boʻlganlar. Kengash majlislari masalaning muhimligiga qarab, xon tomonidan chaqirilar edi. Oliy Kengash oqsoqollardan, ya’ni, ma’lum mansab va unvon egalaridan, chunonchi, naqib,shayx ul-islom, mutavvalli, mirob, qozi, farmonchi, dargʻa, shigʻovul, dasturxonchi, arbob, miroxoʻr kabilardan iborat edi. Shuningdek, xonning qarindosh urugʻlaridan boʻlgan beklar, otaliq, inoq va biylar ham bu kengashga kirganlar. Bu tor doiradagi Kengash garchi davlat tashkiloti sifatida rasmiylashtirilmagan boʻlsa-da, uning qarori xonning qaroridek koʻrsatilsa- da, amalda yuqori qonun chiqaruvchi ma’muriy va sud hokimiyati edi. Kengash xonlikning ichki ishlariga doir hamma masalalar boʻyicha qaror qabul qilar va xonlikning boshqa davlatlar bilan boʻlgan tashqi munosabalariga doir muammolarni hal etar edi. Garchi Kengash davlatning turli-tuman ichki va tashqi ishlarini muhokama qila olsa-da, muhokama qilingan masalalar boʻyicha qaror chiqarish avvalo xonning xohish – irodasiga bogʻliq boʻlgan. Xon saroyidagi unvon va mansablar. Unvonlar orasida eng kattasi inoq edi. Odatda inoqlar eng qudratli oʻzbek urugʻlaridan tayinlangan hamda hamda ular xonning eng yaqin maslahatchilari boʻlgan. Inoqlar yirik amaldor, ya’ni urugʻ boshligʻi hisoblangan. Abulgʻozixon tantanali marosimlarda oʻtirish uchun inoqlarga oʻz yonidan toʻrtta joy ajratgan. Inoqlar biy, sulton, mingboshi kabi unvonlarni ham olganlar. XX asr boshlariga kelib inoqlar bek martabasiga tushib, oliy saroy amaldorlaridan ma’muriy mansab egalariga aylanadilar. Otaliq – urugʻ oqsoqoli. Inoq boshliq toʻpa (guruh) ga birlashgan urugʻ boshligʻi. Xonning eng yaqin maslahatchilaridan biri boʻlgan. Otaliq qilich va pichoq taqib yurgan. Biy – saroy unvoni. Inoq va otaliqdan keyingi martaba. Biy qabila va urugʻning boshligʻi hisoblanib, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi turkiy xalqlarning, jumladan oʻzbeklarning urugʻ oqsoqollariga beriladigan unvon edi.XVIII-XIX
asrlarda biylar yirik oʻzbek qabila va urugʻlariga boshchilik qilib, faqat markaziy hokimiyatga itoat etganlar. Biy unvoni avloddan avlodga meros qilib qoldirilgan. Amir ul-umaro – Amirlarning amiri, Xiva xonligida ХIХ asrning oʻrtalarida ta’sis etilgan. Sayid Muhammadxon bu unvonni birinchi marta oʻzining akasi Sayid Mahmud toʻraga bergan edi. Muhammad Amin inoq hukmronligi davrida amir ul-umaro uning akasi Fozilbiy edi. Oʻshandan keyin amir ul-umaro unvoni hech kimga berilmagan. Qoʻshbegi – Xiva xonligida saroyning oliy mansablaridan biri boʻlib, moliya va soliq yigʻish ishlarini bajargan. Qoʻshbegining maxsus devoni hamda unga tobe etuvchi amaldorlari boʻlgan. Mehtar – katta, ulugʻ degan ma’noni beradi. Mehtar saroy xizmatkorlarining boshligʻi vazifasini bajarib, xonga yaqin kishilardan va xon urugʻiga mansub a’yonlardan tayinlangan. Mehtarning ham oʻz devoni boʻlib, yer soligʻi “solgʻut” toʻplash ham uning xizmatiga kirgan. Beklarbegi – Qoraqalpoq va koʻchmanchi xalqlarning oqsoqollariga beriladigan faxriy unvon. Beklarbegining vazifasi ularning oʻz urugʻlaridan yigʻiladigan xarajatlarning toʻgʻriligini tekshirib turish va ularni toʻla ravishda xazinaga topshirish ustidan nazorat qilishdan iborat boʻlgan. Bu lavozimga amaldorlar odatda xonning qarindosh-urugʻlaridan tayinlangan. Bek - ХIХ asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol oʻynaganlar. Bek – xon va davlat arboblarining qarindoshlariga, farzandlariga beriladigan faxriy unvondir. Parvonachi – xon saroyidagi oliy vazirlardan biri. Parvonachi saroyning ichki va tashqi ishlarida ham faol qatnashishi mumkin boʻlgan. U arzu-shikoyatlarni xonning huzuriga olib kirib, javobini qaytargan. Shuningdek, parvonachi xonning formonlarini saroy a’yonlariga yetkazib turgan. Eshikoqosi – saroy darvozalarini qoʻriqlash ishlarini boshqargan. Oybolta uning mansab alomati boʻlgan. Hukmdor saroyda boʻlgan vaqtda eshikoqosi uni qoʻriqlash bilan shugʻullangan. Eshikoqosi arzgoʻylarning nima xususda kelganlarini surishtirib, ularni saroydagi tegishli amaldorlar tomoniga joʻnatar edi. Faqat juda muhim xabarlar bilan kelgan kishilargina xon huzuriga kiritilgan. Saroyda darvoza ortida turadigan qorovullar va maxsus darvoza qoʻriqchilaridan tashqari xonni qoʻriqlaydigan tunqator yoki tunotarlar, ya’ni, kechasi bilan xonni qoʻriqlab chiqadigan xizmatchilar ham boʻlgan. Mahram – ishonchli xizmatkor, sidqidildan xizmat qiluvchi saroy ichkarisidagi xodim ma’nolarini anglatadi. Mahramlar xonga yaqin kishilar hisoblangan. Davlat boshqaruvida ular bevosita xonning maslahatchilari boʻlishgan. Mahramlar xonning oromxonasiga kirish huquqiga ega boʻlganlar. Xiva xoni saroyida yana quyidagi unvon, mansab va vazifalar mavjud boʻlgan: oftobachi, buxchabardor, soatbardor, kitobdor, moʻzabardor (xon poyabzalini beruvchi), sharbatdor, mahram boshi (yuqori lavozim hisoblangan), toʻshakchi, karnaychi, surnaychi, jarchi, oshmehtar (xon va saroy oshxonasi boshligʻi), sorbon (tuyachilar), kamon xalfa (ovchi, qushchi), merganlar, sayis (ot boquvchi), koʻmirchi, kuchanchi (egar-jabduqchi), tamakisoz, loykash, kulol, xodimchi, roʻmolchi, selobchi (jom ushlab turuvchi), poyaki (chilimchi), aravachi, noschi, qilichkor (qilich va shamshir yasovchi), oshpaz, tovoqchi, darakchi (otchopar), jirchi (ashulachi), yoʻnuvchi (duradgor), devon (mirza), mushrif (ozuqa yigʻuvchi), bojbon (zakotchi) va boshq. Ularning barchasi saroy xazinasidan maosh olganliklari haqida ma’lumotlar bor. Saroydagi umumiy tartibni arbob nazorat qilgan. Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar. Davlatdagi eng oliy harbiy amaldor xonning oʻzi edi. Koʻp hollarda shaxsan xon boshchiligida, ayrim hollarda taniqli sarkardalar boshchiligida boshqa hududarga yurishlar uyushtirilgan. Eng yuqori harbiy-ma’muriy lavozim amir ul-umaro edi. Undan keyingi rasmiy ravishda yuqori sarkarda yasovulboshilik mansabi edi. Xonlikda ular ikki kishi boʻlib, biri yovmud turkmanlariga, ikkinchisi esa chovdirlarga qoʻmondonlik qilar edi. Xon huzuridagi rasmiy qabul marosimlarida yasovulboshilarning doimiy oʻrinlari boʻlmas edi. Lekin ular xon huzurida boʻladigan tor kengashda mehtar, qoʻshbegi va devonbegi bilan bir qatorda qatnashar edilar. Yasovulboshiga yasovullar, mirshablar, shotirlar, eshikolari itoat etganlar. Yasovulboshidan keyingi harbiy unvon mingboshi edi. Harbiy yurishlar paytida mingboshilarga katta ma’suliyat yuklangan. Ya’ni, ular qoʻshinni aytilgan yerga toʻplashi, ularning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishi, jang paytida qoʻshinning ma’lum guruhiga yoʻlboshchilik qilishi lozim boʻlgan. Shuning uchun ham arxiv hujjatlariga koʻra mingboshilar yaxshi in’omlar olganlar. Xiva xonligida harbiy istehkomlar-qal’alar alohida ahamiyatga ega boʻlib, ular ma’muriy-mudofaviy vazifani bajargan. Bunday qal’alar kutvol (qal’abon) qoʻlida edi. Xiva qoʻshinlarida sarkardalar muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Sarkardalar bir necha yuzdan bir necha minggacha boʻlgan navkarga boshchilik qilganlar. Yurishlar paytida sarkarda boshchiligida tugʻ (bayroq) qoʻtarib borilgan. Bayroq koʻtarib boruvchilarga tugʻbegi boshchilik qilgan. Qoʻshinda yuzboshi, panjshohboshi (ellikboshi), dahboshi (oʻnboshi), qorovul, mahram, navkar kabi vazifalar boʻlgan. Navkarlar soliqlar va turli majburiyatlardan ozod qilinganliklari bois katta yer egalarini qattiq himoya qilganlar. Xiva qoʻshinida dehqonlardan olinadigan navkarlardan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa koʻchmanchi xalqlar askarlari ham boʻlib, ular xonga majburiy ravishda ma’lum miqdorda askarlar berganlar. Xonlikdagi diniy hamda qozixona unvonlari. Xivada davlatni boshqarish boʻyicha islom dini mafkuraviy asosni tashkil etgan. Qonunlar shariat tartib va yoʻriqlari asosida amal qilgan. Shayx ul-islom – xonlikdagi eng yuqori martabali kishi edi. U diniy marosimlarning aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Marosimlar paytida shayx ul-islom xonning oʻng tomonida oʻtirish huquqiga ega boʻlgan. Qozi ul-quzot (qozi kalon) – musulmon huquqi va qonunlar bajarilishini shariat asosida nazorat qilgan. Qozi kalon poytaxtda oʻz devoni va mahkamasiga ega boʻlgan. Viloyat markazlarida ham viloyat qozisi boʻlgan. Ular mahkamalarining nomi Dor ul-qazo deb atalgan. Lashkarlardagi qonun-qoidalar ketidan qozii askar (askar qozisi) nazorat qilib, sha’riy masalalarni hal etib turgan. Mufti – qozilarning huquqshunoslari hisoblangan. Ular biror ish koʻrilayotgan paytda ishtirok etishlari, hukmona tuzishlari va hukmlarning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun hujjatlarga muhrlarini bosishlari lozim edi. Xivada bosh mufti yettita boʻlib, barcha muftilarning xon yonida oʻrni bor edi. Lashkarda oʻzining mufti lashkari xizmat qilgan. A’lam – muftilarning boshligʻi hisiblangan. Uning vazifasi fatvolarda keltiriladigan shariat rivoyatlarini tekshirishdan iborat boʻlib, ayrim rivoyatlarning asl nusxasiga mosligini aniqlagach, a’lam unga oʻz muhrini bosgan.Raislar – shariat tartib-qoidalari, diniy marosimlar – roʻza, besh vaqt
Namoz, tahorat, xayri-ehson ishlarining aniq bajarilishi ustidan nazorat
Qilgan. Ota-analar bolalarini oʻz vaqtida maktabga yuborishi, bozorlarda
Sotuvchilar xaridorlarni aldamasligi tarozilarni tekshirib turish ham
Raisning vazifasi boʻlgan. Har bir shahar va katta qishloqning oʻz raisi
Boʻlib, qozi kalon taqdimiga muvofiq xon tomonidan tayinlangan.
Mutavalli – diniy muassasalarda xayr-ehson mablagʻlari va xoʻjalik
Ishlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik noziri. Mutavallining vazifasi vaqf
Mulki, undan foydalanish va keladigan daromadni nazorat qilish, uni
Taqsimlash, ijaraga berish, oxun va mudarrislarga maosh toʻlash kabilardan
Iborat edi.
Mudarris – madrasa oʻqituvchisi, muayyan ilohiyot fanidan dars bergan.
Oxun-oxund – va’zxon, notiq, din targʻibotchisi. Mudarris va oxunlar oʻzlari
Ta’lim bergan madrasaning vaqfidan maosh olib turganlar. Shuningdek,
Madrasa ularga hujra ham bergan.
Xiva xonligi tarixiga oid manbalar, arxiv hujjatlari va ilmiy
Adabiyotlarni chuqur tahlil etgan manbashunos olim Sh. Vohidov xonlikda
Quyidagi amallar, unvon va mansablar, vazifalar boʻlganligi haqida
Ma’lumot beradi:
Amir ul-umaro, aravachi, arbob, a’lam, buxchi, buxchabardor, vazir, vakil,
Bek, beklarbegi, biy, bojbon, botirboshi, bogʻbon, darvozabon, dasturxonchi,
Dahboshi, devon, devonbegi, dorgʻa, doruchi, dorugʻa, jallod, jallodboshi,
Jarchi, jirchi, zargar, imom, imomi jilav, inoq, yilqibon, kalontar,
Karvonboshi, karnaychi, katxudo, kitobdor, kitobbardor, kulol, kutvol,
Kuchanchi, koʻmirchi, loykash, mahram, mahramboshi, dahboshi, mahsidoʻz, mergan,
Mehtar, miltiqsoz, mingboshi, mirob, mirohoʻr, muazzin, mudarris,
Mutavalli, mufti, mufti askar, mushrif, muharrir, muhtasib, navkar, naqib,
Naqibxoʻja, noib, nonvoy, otaliq, otchopar, oftobachi (qumgʻonchi), oxun, oshpaz,
Oqo-ogʻo, oqsoqol, panjohboshi, panjsadboshi, parvonachi, poyaki, rais, raisi
Kalon, roʻmolchi, sayis, sandiqchi, sarboz, sarbon, sarroj, sarhang, selobchi,
Sipohiy, soatsoz, sozanda, suvchi, soqchi, surnaychi, soʻfi, temirchi, tikuvchi,
Tirnoqchi, tovoqchi, toshchi, tunqator, tugʻchi, tugʻchiboshi, toʻpchi, toʻra, toʻshakchi,
Udaychi, farrosh, farrosh yuzboshi, xazinachi, xalifa, xodimchi, xon
Poyabzalchisi, xoʻjasaro, chitgar, chodiri, choʻpon, shayx ul-islom, shamchi,
Shamxolchi, sharbatdor, sharbatchi, shahzoda, shigʻovul, sholikor, shotir,
Ellikboshi, eshikoqosi, yuzboshi, yoʻnuvchi, oʻnboshi, oʻtar (sartarosh), qayiqchi,
Qalandar, qiziqchi, qilichkor, qozi, qozi askar, qozi qalon, qozi ul-qoʻzot, qozi
Urdu, qorovul, qorovul begi, qushbegi, qoʻshbegi, hokim, yasovul boshi.
Xiva xonligining davlat tuzilishi oʻzining mukammalligi jihatidan oʻz
Davrining ba’zi bir Gʻarbiy Yevropa davlatlari tuzilishi darajasida
Boʻlmasa-da, biroq ma’lum idora qilish tizimi mavjud boʻlib, yetarli
Darajada tartibli edi. Shunga binoan, yuqorida eslatganimizdek, davlat
Mansablari saroy-ma’muriy, diniy va harbiy lavozimlarga boʻlinar edi. Bu
Vazifalarni bajaruvchilarga davlat xazinasidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Sanab oʻtilgan turli-tuman amaldorlar va xizmatkorlarning mavjudligi Xiva xonligida juda katta boshqaruv apparati boʻlganligi, mukammal boshqaruv siyosati yuritilganligini tasdiqlaydi. Yer egaligi. Dehqonchilik va chorvachilik. Butun Oʻrta Osiyo hududida boʻlgani kabi Xiva xonligida ham yer egaligining quyidagi shakllari hukmronlik qilgan: davlatga qarashli yerlar yoki podsholik yerlari; xususiy shaxslarga qarashli yerlar; diniy muassasalarga qarashli yerlar, yoki vaqf yerlari. Podsholik yerlari bevosita davlatga, xonga tegishli boʻlib, avloddan avlodga meros boʻlib oʻtgan. Davlat yerlariga doimiy sugʻoriladigan ekinbop yerlardan tashqari tashlandiq yerlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, koʻl va toʻqayzorlar ham kirgan. Davlat yerlari bosib olingan hududlar, xonga qarshi mulkdorlarning musodara qilingan yerlari, yangi yerlarning oʻzlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan. Davlat yerlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan (yersizlar)larga foydalanish uchun boʻlib berilgan. Bunday yerlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki pul koʻrinishida soliq undirilgan. Davlat yerlari xonlik xazinasining asosiy manbai hisoblangan. Xon oʻziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga, yaqin qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkarlarga va dindorlarga davlat yerlaridan in’om qilib bergan. Bunday yerlar soliqlardan ozod etilgan. Xususiy (mulk) yerlar xonning shaxsan oʻziga, uning yaqin qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga, harbiylarga va boshqa zodagonlarga tegishli yerlar boʻlgan. Xonlikning suvga yaqin boʻlgan oʻtroq markaziy tumanlaridagi unumdor va serhosil yerlarning asosiy qismi mulkdorlar qoʻlida edi. ХIХ asr birinchi yarmiga oid ma’lumotlarga koʻra, mulk egalariga tegishli yerlar xonlikdagi barcha sugʻoriladigan yerlarning yarmidan koʻprogʻini tashkil etgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, ayrim mulkdorlar ixtiyorida ikki-uch ming tanobdan oʻnlab ming tanobgacha yer boʻlgan. Misol uchun, Pitnak, Xazorasi va Shoʻroxon shaharlari hamda ularga tutash boʻlgan qishloqlar amir ul-umaroga tegishli boʻlgan. Muhammadaminxon oʻgʻli Abdulla toʻraga 20 ming tanobdan ortiq yerni in’om qilgan va hokazo. Vaqf yerlariga diniy muassasalarga, masjid, madrasa, qabriston, xonaqolarga qarashli yer-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga xon, amaldorlar va ayrim shaxslar tomonidan vaqf qilib berilgan. Bunday yerlardan kelgan daromad diniy muassasalar ehtiyoji uchun sarf etilgan. Ma’lumotlarga koʻra, (A. Boltayev) ХIX asr oʻrtalarida xonlikdagi vaqf mulkining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan. Xiva xonligidagi kam yerli va umuman yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar koʻpchilikni tashkil etgan boʻlib, ular davlat, mulk hamda vaqf yerlarida ijaraga ishlaganlar. Ijaradorlar ijaraga olgan yer miqdoriga qarab davlatga soliq toʻlaganlar. Ular kimning yerida xizmat qilishlariga qarab bevatan, koranda va vaqfkor degan qatlamlarga boʻlingan. Davlat yerlarini ijaraga olgan yersiz va kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk yerlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf yerlari ijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan. Dehqonchilik va chorvachilik Xiva xonligi iqtisodiy hayotining asoslaridan hisoblangan. Dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan koʻplab kanallar va ariqlar muhim oʻrin egallagan. Ta’kidlash lozimki, Xiva xonligida suv manbalarining yetarli boʻlishiga qaramasdan, dehqonchilik taraqqiyoti qoʻshni Buxoro xonligidagidek yuksak darajada rivoj topmagan edi. Xonlikda donli ekinlardan bugʻdoy yetishtirish nisbatan keng rivojlangan boʻlib, bugʻdoy Pitnakdan Shohabbozgacha boʻlgan hududlarda ayniqsa koʻp eqilgan. Sugʻoriladigan yerlarga bugʻdoyning saranchi navi koʻp yetishtirilgan. Bugʻdoy yigʻib olingan dalalarga qovun, tarvuz, mosh, joʻxori kabi ekinlar ekilgan. Paxta yetishtirish asosan Gurlan, Yangi Urganch, Xiva, Xonqa, Shohabbozda rivojlangan. Paxta chigitidan yogʻ olinib, tolasi mahalliy hunarmandlar ehtiyoji va tashqi bozorga chiqarilgan. Suv koʻp talab qilmaydigan (Hazorasp, Qoʻngʻirot, Toshhovuz, Ilonli, Gʻazovat, Mangʻit va Gurlan) kunjut, noʻxat, mosh, arpa va boshqa ekinlar ekilgan. Sabzovot – poliz ekinlari koʻplab yetishtirilgan. Xorazm qovunlari qoʻshni hududlarda ham mashhur boʻlgan. Bogʻdorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo, ipakchilik kam miqdorda rivojlangan. Xonlikning oʻtroq dehqonchilik tumanlarida chorvachilik yaxshi rivoj topmagan. Vohalarida yirik hayvonlar dehqonchilikda (yer haydash, hosilni yanchish, suv chiqarish va boshq.) foydalanish, goʻsht va sut mahsuloti uchungina boqilgan. Xonlik aholising goʻshtga boʻlgan talabini koʻchmanchi turkman va qozoq qabilalari qondirganlar. Koʻchmanchilar qoʻy, yilqi, tuya yetishtirib aholining goʻsht, sut, teri, jun bilan toʻla ta’minlab turgan. Soliq siyosati. Xova xonligida qoʻshni davlatlarda boʻlgani kabi xiroj, zakot, boj, jiz’ya kabi soliqlar mavjud boʻlgan. Muhammad Rahimxon II amalga oshirgan iqtisodiy islohot tufayli xonlikdagi soliq siyosatiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xususan, ilgari mahsulot koʻrinishida yigʻib olinadigan xiroj oʻrniga pul soligʻi solgʻit (solgʻut) joriy etildi. Bunga koʻra, 10 tanobdan ortiq yeri boʻlganlar yiliga 3 tillo (54 tanga), 5-10 tanob yeri boʻlganlar 2 tillo (36 tanga), 5 tanobgacha yeri boʻlgan dehqonlar 1 tillo (18 tanga) miqdorda soliq toʻlaganlar. 15 tanobgacha yerni ijaraga olgan ijarakorlar yiliga davlat xazinasiga 34 tanga, 10 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 22.6 tanga, 5 tanobgacha yerni ijaraga olganlar 11.3 tanga miqdorda soliq toʻlaganlar. Ijarakor dehqonlar davlat xazinasiga soliq toʻlashdan tashqari, ijaraga yer bergan xoʻjayinga pul yoki mahsulot bilan haq toʻlashi yoxud ishlab berishi lozim boʻlgan. Xonlikdagi yarim oʻtroq va chorvador aholi ham davlat xazinasiga belgilangan miqdorda xiroj va zakot toʻlaganlar. ХIХ asr boshlaridan boshlab ulardagi xiroj soligʻi soliq kesma deb atala boshlagan. Bunga koʻra, qoraqalpoqlar va qoʻngʻirotlilar ekin maydoni va hosil miqdoridan qat’iy nazar davlat xazinasiga har yili 24.5 ming kichik tillo miqdorida soliq toʻlab turganlar. Qoraqalpoqlar va qozoqlardagi yersiz va ot-ulovsiz dehqonlar, xon, uning qarindoshlari va saroy amaldorlarining shaxsiy yerlarida ijarakor boʻlsalar hosilning har 4 yoki 5 botmoni hisobidan ikki botmon miqdorida davlat xazinasiga soliq toʻlaganlar. Chorvador aholi xon xazinasiga zakot soligʻi toʻlagan. XIX asr boshlariga qadar bu soliq natura koʻrinishida, 40 bosh chorva hisobidan bir bosh undirilgan boʻlsa, keyingi davrlarda zakotni undirishga oʻtilgan. Endilikda chorvadorlar yirik chorva uchun 40 bosh chorvadan 5 tillo, mayda chorvaning har 40 boshiga 10 abbos (10 abbos – 25 kumush tanga) miqdorida soliq toʻlaganlar. Yuqoridagilardan tashqari xonlikning barcha oʻtroq, yarim oʻtroq va koʻchmanchi aholisi qazuv, begor, qochuv, otlanuv, boj puli, miltiq soligʻi, ulov tutuv, qoʻnalgʻa, chopar puli, tarozi haqi, mirobona, darvozabon, mir tuman haqi, afanak ruli kabi qoʻshimcha toʻlov hamda majburiyatlarni ham bajarganlar. Ular orasida eng ogʻiri qazuv, qochuv va begor boʻlib, bu davlat qurilishi, ariqlarni va daryodagi dambalarni ta’mirlash, qal’a, saroy, shahar devorlari, yoʻl va koʻpriklar qurilishi hamda ta’mirlanishi uchun har yili 12 kun bepul ishlab berish majburiyati boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Shaharlar. Xorazm hunarmandchiligi ixtisoslashgan boʻlishiga qaramay, yarim koʻchmanchi xoʻjaliklarda uy hunarmandchiligi ustunlik qilgan. Hunarmandchilikning asosiy sohalaridan biri toʻqimachilik edi. Koʻchmanchi aholining turli matolarga boʻlgan talabi va qisman tashqi bozor uchun mahsulot yetkazib beruvchi toʻqimachilik sanoati rivojini taqozo etgan. Xonlikda ipak, yarim ipak va paxta matolar ishlab chiqarilgan. Matolar asosan qoʻlda tayyorlangan. Undan tashqari xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, temirchilik duradgorlik kabi an’anaviy hunarmandchilik turlari ham rivojlangan. Manbalar shahar va qishloqlarda yer haydaydigan moslama tayyorlovchilar (pazachi), ot abzali tayyorlovchilar (kuchanchi), misgarlar, zargarlar, pichoqchilar, qinchilar, boʻyoqchilar, telpakdoʻzlar, qulfgarlar, juvozchilar, shamchilar, sovunchilar, novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga ixtisoslashganliklari haqida ma’lumotlar beradi. Xivada gilam toʻqish oʻzining qadimiy ahamiyatini xonlik davrida ham saqlab qoldi. Ilgarigidek, gilam toʻqish bilan turkmanlar ham shugʻullanganlar. Xiva gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur boʻlgan. Umuman olganda, mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan. ХVII asrning oxiriga kelib Amudaryo asosiy oʻzaning oʻzgarishi Xorazmning tashqi savdo aloqalariga ham ta’sir etdi. Xorazmning ilgarigi savdo markazlari oʻz ahamiyatini yoʻqota borib, Rossiya bilan savdo aloqalarida Volganing qoʻyi oqimlari orqali yoʻllar katta ahamiyat kasb eta boshladi. Astraxanda xivalik savdogarlarga imtiyozlar berilgan boʻlib, ular rus sado yarmarkalarida ishtirok etib turganlar. XVIII asrning oʻrtalaridan boshlab, Orenburg shahriga asos solingach Xiva savdogarlari Uralboʻyi orqali savdo-sotiqni yanada jonlantirdilar. Xivadan Rossiyaga paxta matolar, mevalar, qimmatbaho toshlar, qogʻoz mahsulotlari, parcha va buyum shaklidagi ipak va yarim ipak matolar, gilamlar, tuya junidan matolar, qisman qorakoʻl, guruch, saygʻoq (kiyik) shohi, kashmir matosi kabi mahsulotlar olib borilgan. Rossiyadan esa Xivaga oltin va kumush tangalar, mis, choʻyan, temir va boshqa metallar, paxta, ipak va yung matolar, boʻyoqlar, shakar, choy, billur idishlar, oshlangan teri kabi mahsulotlar keltirilgan. Xiva xonligi savdogarlari qoʻshni Buxoro va Qoʻqon xonliklari bilan, shuningdek, Xitoy, Eron, Afgʻoniston, Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borganlar. Bu davlatlarga Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar bilan birga mahalliy mahsulotlar (zargarlik buyumlari, gilamlar, otlar) ham olib borilgan. Chet davlatlardan asosan turli matolar, metall, ziravorlar, boʻyoqlar, fil suyagi, shakar (qand) kabi mahsulotlar keltirilgan. Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, Tirsak, Gurlan, Xazorasp, Qoʻngʻirot, Shohabboz kabi shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari edi. Manbalarning ma’lumotlariga koʻra, ХIХ asrning birinchi yarmida Yangi Urganch himoya devorlari bilan oʻrab olingan savdo markazi boʻlib, unda bir yarim mingta xonadon boʻlgan. Urganchilik savdogarlarni nafaqat Buxoro, Qoʻqon va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan, Orenburg, Nijniy Novgorod, Moskva, Qashgʻar, Mashhad, Qobul bozorlarida ham koʻplab uchratish mumkin boʻlgan. Urganch bozorlari asosan ichki savdo mahsulotlariga moʻljallangan boʻlsa-da, tashqi savdo uchun mahsulotlar yirik savdogarlarning uylaridagi ustaxonalarda tayyorlangan. Shaharda 300 ga yaqin savdo doʻkonlari boʻlgan. ХVII- ХVIIIasrlarda Qiyot shahri saroylari, machit va madrasalari bilan shuhrat qozongan boʻlib, ХIX asrning birinchi yarmidan oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlaydi va 50-60 xonadondan iborat qal’aga aylanadi. Bu yerda 30 ga yaqin doʻkonlar boʻlib, seshanba va shanba kunlari bozor boʻlgan. Juvarxas kanalining Amudaryodan suv oladigan joyida joylashgan Xazorasp shahri barcha qoʻlayliklarga ega edi. Shaharda sakkizta machit va shuncha madrasa boʻlib, 450-500 ta xonadon istiqomat qilgan hamda 400 ga yaqin savdo doʻkonlari mavjud boʻlgan. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan doʻkonlarda va qisman uylarda tayyorlangan. Hazoraspda katta bozor dushanba va juma kunlari boʻlgan. Xonlikdagi yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Gurlan edi. Manbalarga koʻra, ХIX asrning oʻrtalarida shaharda, atrof hududlar bilan qoʻshib hisoblaganda uch mingtagacha xonadon istiqomat qilgan. Shaharda koʻplab machit va madrasalar, bogʻlar tutzorlar boʻlib, dalalardagi sholi, paxta va bugʻdoydan yaxshi hosil olingan. Maʼlumki, ХVIII asrning boshlariga kelib Xiva butun xonlikning poytaxtiga aylangan edi. Arabmuhammadxon davrida Xivada yirik madrasa bunyod etilgan boʻlsa, Abulgʻozixon davridan boshlab shaharning siyosiy –


Download 259,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish