1.2.Akrobatik va yarim akrobatik mashqlar.
O‘tgan yillarda akrobatika mashqlari barcha darajadagi dasturlarga kiritilgan, shu jumladan sport ustalari uchun ham. Hozirgi vaqtda akrobatika mashqlarini qo‘llash musobaqa qoidalari bilan cheklangan, o‘quv dasturlarida ham bu harakatlar tayyorlovning o‘rta qismida uchraydi. Asosan akrobatika mashqlari gimnastikachilarning jismoniy va umumiy harakat tayyorgarligi vositalaridan biri hisoblanib qo‘llaniladi. Yuqori darajadagi sportchilarda musobaqa qoidalari bilan chegaralangan yarim akrobatik deb nomlanuvchi mashqlar ishlatiladi. Yarim akrobatik mashqlar kombinatsiyalarning ifodali, go‘zalli, nafisligini boyitadi, oyoqlarda tik turishdan parter, g‘ujanak bo‘lib yotish va h.k. holatiga o‘tish hisobiga hosil bo‘luvchi zaruriy yorqinlikni kiritadi. Bundan tashqari, ular predmetli mashqlarda xavfli, qaltis elementlarni oshiradi, badiiy gimnastikaning sport yo‘nalishini ta’kidlaydi.
Mashqlar klassifikatsiyasi Rasman bu turdagi harakatlarning 2 asosiy guruhini ajratish mumkin: aynan akrobatik va yarim akrobatik. Akrobatik mashqlar akrobatika va sport gimnastikasiga oid ko‘plab nashriyotlarda batafsil tasvirlangan. Ushbu nashrda biz yarim akrobatik mashqlarnigina tasvirlash bilan cheklanamiz. Bu mashqlar 3ta asosiy guruhlarga bo‘linishi mumkin (9-jadval). Birinchi guruhga dumalashlar va o‘mbaloq oshishlar kiradi. Bu harakatlar turi ayni akrobatik mashqlar buyicha ma’lum. Dumalashlar va o‘mbaloq oshishlar oldinga, orqaga va yonga bajarilishi mumkin. Xuddi shunday shaklda aylanib tushishlar ham klassifikatsiyalanadi (ikkinchi guruh). Nihoyat, yarim akrobatik mashqlarning uchinchi guruh sifatida akrobatik burilishlarni ajratish mumkin. Ular yetarli darajada turli-tumandir, biroq oyoqlarda turgan holda bajariladigan turli burilishlardan farqli ravishda maxsus holatlarda bajariladi: yelkada, ko‘krakda, tizzalarda, kuraklarda turib va h.k
II bob. O’mbaloq oshish akrobatika mashqlar turlari
1. Oldinga o‘mbaloq oshish
2. Yon tomonga o‘mbaloq oshish
3. Ikki, uchta oldinga o‘mba!oq oshish
4. G‘ujanak holatida orqaga dumalab, bosh orqasiga qo‘llar bilan tayanish
5. G‘ujanak holatida orqaga o‘mbaloq oshish
6. Orqaga o‘mbaloq oshish va orqaga dumalab kuraklarda turish
7. Yordam bilan qoilarda turish orqali orqaga umbaloq oshish
8. Balandligi 90 sm bo‘lgan to‘siqdan sakrab umbaloq oshish
9. Uch qadamdan yugurib sakrab oldinga o‘mbaloq oshish
10. Uzun o‘mbaloq oshish
11. Orqaga o‘mbaloq oshib oyoqlarni ochib turish
12.Orqaga o‘mbaloq oshib yarim shpagat
Do'stlaringiz bilan baham: |