Dehqonlarning jismoniy madaniyati
Ozod dehqonlarning qo‘likka solinishi, ularni ekskluatatsiya qilishning kuchayishi va ularni harbiy ishda qatnashishdan chetlashtirlishi halq ommasi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan moddiy imqoniyatlar kamayib ketdi. Buning natijasida o‘yinlar, raqslar, turli mashqlarni o‘z ichiga olgan musobaqa turlari bilan nishonlanadigan ko‘pgina eski halq bayramlari unitildi.
Biroq dehqonlar o‘zlarning og‘ir va huquqsiz ahvollariga qaramasdan, o‘z muhtitida, ilgarigi davrlardagi an’anaviy jismoniy mashqlari saqlanib qolishga harakat qildilar. XIV-XV asrlardagi gravyuralarda dehqonlarning otda chopishi, raqslari, uning yugurishiga, kurashga va langar cho‘pga tirkalib chiqishga doir musobaqalar aks ettirilgan. Germon knyazliklarida yerga tashlab qo‘yilgan shamshir atrofida raqsga tushar g‘oyat ommalashgan edi. Yevropaning shimoliy rayonlarida, jumladan Skadinoviyada chang‘ida yurish va qonki uchish ancha keng qo‘llanar edi. Fransiyada to‘qi bilan o‘ynaladigan o‘yinlar mashhur edi. “Sul” o‘yinida ko‘pincha aksari qishloqlarning aholisi ishtirok etdi. O‘ynovchilar ikki guruhga olib ketishida va oldindan belgilab qo‘yilgan nishonga tashlashdan iborat edi. O‘ynovchilar soni ko‘pincha bir necha yuz kishiga yetar edi.
Xuddi sho‘ncha o‘xshash o‘yinlar Angliyada turli nomli (“futbol”, “xerling”, “kemping” va boshqalar) bilan mashhur edi. “Lapta” turidagi o‘yinlar (nemis o‘yini “shlagball”, ingliz o‘yinlari “kriket”, “rao‘ndres”), shar o‘yinlari, kegli o‘yinlari ham ancha ommalashgan edi.
Halq hayotida saqlanib qolgan o‘yin va mashqlar dehqonlarda sistemali jismoniy madaniyatning yo‘qligini birmo‘ncha to‘ldirar va ularda mehnat qilish va feodallarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va jismoniy fazilatlarning madaniyatlashga imqon berar edi. Dehqonlar ommasidagi jismoniy tayyorgarlikning halq formalari ahamiyati shveysariyaliklar misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Gabsuburglar imperiyasiga qarshi kurash davrida Marganteka yonidagi bo‘lgan jangda (1315 yil) va boshqa janglarda uch shveysariya qontonlari Shvitsa, Urvi, O‘ntervalden ittifoqi dushmanning otliq ritsarlariga jiddiy zarba berishga muvoffiq bo‘ldi. Shveysariyaliklarning yaxshi jismoniy tayyorgarligi va ularning jangda kamalak otish, toshi uloqtirish va boshqa harakatlarni mohirona qo‘llanganliklari ma’lum darajada bu kurashning muvoffaqiyatli borishiga sabab bo‘ladi.
XIV asrda Shveysariya yoshlarning o‘ziga xos jismoniy madaniyat sistemasi qaror topadi. 16-18 yoshdagi kishilar jiddiy jismoniy tayyorgarlik maktabini o‘tar edilar. Ular yugurish, sakrash, kurashni o‘rganar; tosh uloqtirish, uzo‘n nayza, oyboltani ishlatishini, zich saf bo‘lib harakat qilishni o‘rganar, shuningdek to‘p o‘yini va boshqa o‘yinlar bilan shug‘ullanar edilar.
Yigitlarning harbiy va jismoniy tayyorgarligi o‘z-o‘zini idora qiladigan koptoklar orasida saylab qo‘yiladigan maxsus shaxslar tomonidan tekshirilar edi. Bunday tekshirish alohida halq yig‘ilishlarida amalga oshirilar va yugurish, sakrash, tosh uloqtirishi, kurashish, otda yugurish, kamon otish va qilichbozlikka doir musobaqalardan iborat bular edi.
Keyinchalik shveysariyaliklar knyaz va qorollar qo‘shiniga yollana boshladilar, lanuskkextlarga-absalyutizm malaylariga aylanadilar. Ular kim ko‘p haq to‘lasa ana sho‘ncha pul badaniga o‘z kuchi va hayotini sotar edilar. Shveysariyaliklarni boshqacha qilib aytganda, o‘zlarining jangovar shuhratini pulga aylantirib yubordilar.
Feodallarga qarshi chiqadigan xalq lashkarlarini tayyorlashda jismoniy mashqlar katta o‘rin to‘tar edi. Yomon qurollangan piyoda dehqonlar sovutga o‘ralib olgan otliq ritsarlarga qarshi jang qilish majbur bular edi. G‘allayonchilar birinchi navbatda, ritsarlar otdan urib tushirar edilar. Buning uchun esa ular otliqlarni arqon bilan urar yoki otlarning oyog‘ini chopib tashlar edilar. Piyoda qolgan ritsarlar beso‘naqay bo‘lib, qo‘zg‘olonchilar ularni so‘yil, to‘qmoq, gurza va toshlar bilan urar edilar. Bu usullar ularga o‘zlarining dushmaniga jiddiy faloqat yetqazish imqonini berar edi. Masalan, so‘ngra o‘rta asr davrida taboritlar-asosan chex dehqonlaridan iborat bo‘lgan halq lashqari harakat qildi. XV asrning boshlarida gusit urushlari olib borilayotgan paytda taboritlar o‘zlarining yo‘lboshchisi Yan Jijin boshchiligida nemis ritsarlari qo‘shiniga bir qancha kuchli talofatlar yetkazdi. Taboritlarning asosiy quroli qisqa nayza, so‘yil, toshlar, dehqon to‘qmog‘i va paloxmondan iborat edi. Jijina lashqari kurashga yaxshi tayyorgarlik ko‘rar edi. Hatto o‘smirlar ham palaxmondan tosh otish mashqiga qatnashar va bo‘nga maxsus o‘rgatilar edi. To‘qmoq bilan bir daqiqada 20-30 zarba urish mumkin edi, bu esa oldindan jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni talab qilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |