Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


IKKINCHI FASL FONETIK-FONOLOGIK SATH



Download 213,06 Kb.
bet82/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

IKKINCHI FASL FONETIK-FONOLOGIK SATH

    1. §. Fonologiya va uning o‘rganish obyekti



Tayanch tushunchalar

til sathlari, lison, nutq, lisoniy sath, nutqiy sath, til birligi, lisoniy birlik, nutqiy birlik

O‘zlashtiriladigan tushunchalar


fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati, tovushning fiziologik jihati, tovushning sotsial jihati, fonema, fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli ziddiyat, muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat
Nutqimizdagi har bir so‘z o‘z fonetik “to‘n”iga ega. Garchi alohida olingan tovush hech qanday ma’no anglatmasa-da, u ma’noli til birliklarining tashqi tomonini tashkil etib, ularni eshitiladigan tusga kiritadi. Og‘zaki nutqda eng asosiy til birligi – so‘z va tovush. Boshqa hodisalar so‘z ma’nosini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. So‘z ma’no ifodalasa, tovush uni tinglovchiga yetkazadi. Tovushning tinglovchiga so‘z qiyofasiga solib ma’noni yetkazishi uning sotsial tomonidir.

Tovushning hosil bo‘lish o‘rni, eshitilish va ma’no farqlash tomonlari mavjud. Tovushning fiziologik (artikulyatsion) va akustik (eshitilish) tomoniga doir xususiyatlari faqat tilshunos uchun ahamiyatli. Ma’no farqlash jihati esa so‘zlashuvchilar uchun ahamiyatli bo‘lib, ular bundan ongsiz ravishda foydalanadilar.

Nutq tovushi ilk til birliklaridandir. Inson tili vositasida paydo bo‘lgan dastlabgi biologik tovushlar evolyutsiya natijasida inson tafakkuri rivojlanib borishi bilan sotsial (so‘z hosil qiluvchi, ma’no farqlovchi) tovushga aylanib borgan. Tillarning paydo bo‘lishidagi fonetik nazariyalar bejiz emas. Albatta, bunda masalani tillarning emas, balki so‘zlarning paydo bo‘lishi tarzida qo‘yilishi mavjud nazariyalarning barchasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi.


Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish