privativ (noto‘liq) ziddiyat – ziddiyat belgisi a’zolaridan birida voqelanadigan, boshqasida voqelanishi ham, voqelanmasligi ham mumkin bo‘lgan ziddiyat turi
teng qiymatli ziddiyat – zidlanuvchi juft birlikning har birida ziddiyat belgisining bir qirrasi namoyon bo‘ladigan ziddiyat turi
muntazam ziddiyat – a’zolari bo‘linuvchi belgi asosida zidlanadigan ziddiyat turi
darajali ziddiyat – biror belgining oshib yoki kamayib borishiga asoslanuvchi, a’zolari uchtadan kam bo‘lmagan ziddiyat turi