Mantiqiy mushohada uchun
“www.wikipedia.ru” va boshqa saytlardan devalvatsiya, villa, sement, astronomiya, astrologiya, etnografiya, etnologiya, virus, gepatit, veteran, valyuta, margarin, kilo so‘zlarining etimologik ma’nolarini topib, ularning o‘zbek tilidagi qo‘llanishida qanday ma’noviy taraqqiyot yuz berganligini aniqlang.
Kasb-hunarga oid leksemalar – turli kasb-hunar egasi nutqida qo‘llanuvchi birliklardir. Kasb-hunar atamasi shu hunar egasi qaysi shеva vakili bo‘lsa, shu shеva lеksikasi tarkibiga kiradi. Masalan,
Shahrisabz shеvasiga mansub hunarmand ishlatadigan leksemalar Buxoro shеvasida bo‘lmasligi mumkin. Kasb-hunarga oid leksemalar, birinchidan, ma’lum bir shеva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shеvada so‘zlashuvchi ayrim kishi nutqiga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |