Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath



Download 213,06 Kb.
bet154/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

Metonimiya (grekcha: metonymia – “qayta nomlash”) ifodalanmishlarining o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi asosida bir ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi.

Metonimiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko‘ra lison va nutqqa daxldor

hodisa. Boshqacha aytganda, metonimik hosila ma’no sof nutqiy yoki lisoniy (lashgan) bo‘lishi mumkin.

Metonimik ma’nolarning asosiy ko‘rinishlariga misol keltiramiz:



  1. bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsa ataladi:

  1. stakan 1 – ichimlik uchun ishlatiladigan silindr ko‘rinishdagi shisha idish; stakan 2 – bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori (bir stakan suv);

  2. dasturxon 1 – o‘rtaga yozilib, ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan mato materialli ro‘zg‘or buyumi; dasturxon 2 – yeyish uchun o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat;

  1. materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga o‘tadi:

  1. kumush 1 – oq-ko‘kish rangli yaltiroq tusli asl metall; kumush

1 –kumushdan zarb qilingan pul, tanga;

  1. qog‘oz 1 – yozish, chizish, kitob, gazeta, jurnal hamda boshqa shunga o‘xshash maqsadda ishlatiladigan yog‘och, eski latta-putta va shular kabidan tayyorlangan yupqa material; qog‘oz 2

– varaq, bet;

  1. joy nomi bilan shu joyda yashovchi kishilar ataladi:

qishloq 1 – aholisi ko‘proq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi aholi punkti; qishloq 2 – qishloqda yashovchi kishilar (Qishloq nima deydi?).

  1. harakat ifodalovchisi bilan uning natijasi yoki unga aloqador bo‘lgan jarayon nomlanadi:

to‘y 1 – yeb-ichish natijasida nafsni qondirmoq; to‘y 2 – bazm- tomosha bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim.

  1. predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi:

  1. til 1 – og‘iz bo‘shlig‘ida harakatlanuvchi nutq a’zosi; til 2 – shu nutq a’zosi harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq;

  2. Navoiy 1 – o‘zbek mutafakkir shoiri; Navoiy 2 – Alisher Navoiy asari.

Кo‘rinadiki, metonimik hosila ma’noning ayrimi sof lisoniy mohiyat kasb etgan bo‘lsa, ayrimi nutqiy sathdagina mavjud. Masalan, Navoiyni o‘qidim gapidagi Navoiy so‘zi ellipsis natijasida

tushib qolgan asar so‘zining ma’nosini ifodalamoqda va u nutqiy tabiatga ega. Ammo keltirilgan dasturxon 2, to‘y 2, qog‘oz 2, kumush 2-ma’nolari lisoniylashgan, sememaga aylangan metonimik ma’no.

Metonimik hosila ma’noning vujudga kelishi, asosan, lisoniy bog‘lanish emas, balki obyektiv borliq hodisalari orasidagi nolisoniy aloqadorlik bilan bog‘langan.


Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish