Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath



Download 213,06 Kb.
bet152/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

Metafora (gr. metaphora – ko‘chirish) narsa va hodisalar mohiyatidagi o‘xshashlik asosida biror leksemaning o‘z xususiy ifodalanmishidan boshqa narsa va hodisalarni atash uchun ishlatilishi.

Formal va substansial tilshunoslikda metafora nisbatan farqlanadi. Tilni metaforasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular turli- tuman va sanoqsiz. Formal tilshunoslik barcha metaforik ma’nolarni tahlil etaversa, substansial tilshunoslik faqat barqarorlashgan, lisoniy tabiatga ega bo‘lgan metaforik ma’nolar ustida ishlaydi. Substansial yondashuv metaforik ma’no talqinida ham lison va nutqning izchil farqlanishiga qat’iy rioya qiladi hamda metaforik sememaga UMIS sifatida munosabatda bo‘ladi.

Metaforik semema hosil bo‘lishi uchun quyidagilardan biri sabab bo‘ladi:


  1. bir leksema boshqa leksemaga nisbatan so‘zlovchining ifoda maqsadiga ko‘proq mos va muvofiq bo‘ladi va shuning uchun birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llanadi;

  2. biror denotatning ifodalovchisi bo‘lmaydi va ma’lum bir leksema boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi.

Demak, birinchi holda ko‘chirilayotgan leksema denotatning ikkinchi atamasi bo‘lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. Masalan, quyi leksemasi anglatadigan ma’noni etak leksemasi qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois tog‘ning quyi tomoniga nisbatan etak leksemasi ishlatilgan. O‘zbek tilida dengizdagi o‘ziga xos jo‘g‘rofiy o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois qo‘ltiq leksemasi unga nisbatan ham qo‘llanadi.

Metafora hodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe’lda uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida uchmoq fe’li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o‘xshaydi. Shu boisdan uchmoq fe’li ifodalagan keyingi semema metaforikdir.

Metafora hosila semema hosil qilishning keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutqning eng muhim vositasidan hisoblanadi. Tilning go‘zalligi va jozibadorligini ta’minlashda metaforalar muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan jahon tilshunosligida metaforani o‘rganuvchi soha (metaforalogiya) alohida yo‘nalish

sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida metaforalarning o‘rganilishi hali ancha sust kechmoqda. Bu tilshunosligimizning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri maqomiga ko‘tariladi.

Metaforik hosila ma’no nutqda juda ko‘p uchraydi. Ammo ularning lisoniylashgani – sememaga aylangani nisbatan kam. Qanot (samolyot), uchmoq, og‘iz (qop) kabi leksemalarning ushbu hosila ma’nosi metaforik semema.

Metaforik yo‘l bilan hosil bo‘lgan semema davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, adabiyotshunoslik termini sifatidagi fojia ifodasi umumiste’mol qo‘llanishdagi fojia so‘zidan ma’noviy jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik munosabatga ega bo‘lgan. Shuningdek, jo‘g‘rofiy termin bo‘lgan qo‘ltiq umumiste’moldagi qo‘ltiq leksemasining omonimiga aylangan.




Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish