Kirish Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyat faoliyatining umumiy tavsifi Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyatning tashkiliy vazifaviy tuzilishi Masalaning


Masalaning axborot ta’minoti tarkibi va mazmuni



Download 80,65 Kb.
bet8/10
Sana12.06.2022
Hajmi80,65 Kb.
#657768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Farg\'ona viloyati Oltiariq tuman Hokimiyat 11111

Masalaning axborot ta’minoti tarkibi va mazmuni

Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining axborot ta’minoti ob’yektlarning faoliyatida foydalaniladigan ma’lumotlar yig’indisidir. Axborot ta’minoti - normativ spravka ma’lumotlardan, texnik iqtisodiy axborot klassifikatorlardan, ma’lumotlar massividan, umumlashtirilgan xujjatlardan iborat. Axborot ta’minotining asosiy vazifasi moddiy ob’yektlarni boshqarishda samarali qarorlar qabul qilish uchun tizimni aniq ma’lumotlar bilan ta`minlashdan iborat. Shu sababli axborot ta’minoti quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
1. Funktsional masalalarni yechish uchun aniq va yetarli, to’liq va asosli ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazib berish.
2. Masalalarning o’zaro aloqadorligini ta’minlash.
3. Ma’lumotlarni saqlash va qidirishni samarali tashkil qilish.
4. Elektron hisoblash mashinasi va undan foydalanuvchilar o’rtasidagi ishlashning tartibini tashkil qilish. Axborot ta’minotini yaratishda turli masalalar xal qilinadi. Ulardan bir qismi ma’lumotlarni ShK yordamida ishlashga tayyorlash bo’lsa, ikkinchi qismi ma’lumotlarni ShKda saqlash, qidirish va qayta ishlash bilan bog’liqdir. Shu sababli axborot bilan ta’minlashni ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Mashinadan tashqaridagi axborot ta’minoti.
2. Mashina ichidagi axborot ta’minoti.
Mashina tashqarisidagi axborot ta’minoti quyidagi tizimlarni o’z ichiga oladi.
1. Xujjatlar tizimi.
2. Ma’lumotlarni ixchamlashtirish tizimi.
3. Ma’lumotlarni ifodalash tizimi.
Boshqarish funktsiyalarini ifodalovchi birlamchi xujjatlarning turli - tumanligi hisobot ishlarini amalga oshirishni murakkablashtiradi. Bir xil bo’lgan ma’lumotlar birlamchi xujjatlarda turlicha aks ettiriladi. Bu esa, o’z navbatida ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xujjatlarning yagona umumlashtirilgan tizimlarini xosil qilish zarurati tug’iladi.
Mashina ichidagi axborot ta’minoti asosan 2 qismdan iborat:
1. Ma’lumotlar bazasi.
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan tashkil topadi.
Ma’lumotlar bazasi mashinadan tashqaridagi axborot ta’minotining tizimlari yordamida xosil qilinadi. Ma’lumot bazasi deganda, sof axborot ishlari uchun, ya’ni o’zaro bog’langan katta xajmdagi axborotni saqlash, o’zgartirish va ishlatish uchun maxsus tizim tushuniladi. Masalan: korxonaning ma’lumotlar bazasida ishchi va xizmatchilarning shtat jadvali haqidagi, moddiy boyliklar, keltirilgan xom ashyo va butlash qismlari, omborlardagi extiyot qismlar, tayyor maxsulot, direktsiyaning buyruq hamda farmoyishlar va boshqalar haqidagi barcha axborot saqlashi mumkin.
Masalamizda korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonaning biznes reja ma’lumotlari;

  • Korxonaning mahsuloti bo’yicha hisoboti

  • tayyor mahsulotlar harakati;

  • buxgalteriya balansi.

Ichki axborot ta’minotiga: ma’lumotlar bazasi, kiruvchi va chiquvchi xujjatlarning ro’yxati va bayoni va ularning fayllari kiradi.
Tashqi axborot ta’minotiga- tashqi aloqa kanallaridan olinadigan xujjatlar, me’yoriy ma’lumotnomaviy axborotlar, turkumlar kiradi.
Kompyuterdan tashqaridagi axborot ta’minotining asosiy tashkil etuvchilari tasniflash va kodlash tizimidir. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlash sharoitida kodlash uslublari, usullari, nomenklaturalarni oqilona tasniflash foydalanuvchilarning talabini qondirishga, hujjatlarni to’ldirishda vaqt va mehnat sarfini qisqartirilishiga va hisoblash texnikasidan samarali foydalanishga xizmat qilishi kerak, chunki masala yechimi uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni qidirishda hajm va vaqtni pasaytirishga, ma’lumotlarni qayta ishlashni osonlashtirishga imkon beradi.
Kompyuter ichidagi axborot ta’minoti avtomatlashtirilgan axborot tizim foydalanuvchilarining professional talablarini qondirish uchun axborotli muhitni shakllantiradi. Texnik vositalarida o’zlashtirish, uzatish va qayta ishlash uchun maxsus tashkil etilgan barcha turdagi axborotlarni qamrab oladi. Shuning uchun axborotlar massivlar, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar banki ko’rinishida taqdim etiladi. Massivlar turg’unlik darajasi bo’yicha o’zgaruvchan va doimiyga ajratish mumkin.
O’zgaruvchan massivlarda quyidagi axborotlar saqlanadi:

  • operativ nazorat natijalari, soliqlarni to’liq va vaqtida hisobini va o’tishini ta’minlash bo’yicha;

  • mahsulotlar bazasini taxlil qilish va prognozlash bo’yicha;

  • omborxona ishining nazorati natijalari bo’yicha;

  • korxonani huquqiy amaliyoti bo’yicha.

Doimiy massivlarda quyidagi axborotlar saqlanadi:

  • qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari va farmonlari matnlari;

  • tashkiliy-uslubiy hujjatlarni matnlari;

  • korxona axborot tizimida qo’llaniladigan klassifikatorlar, ma’lumotnomalar va lug’atlar;

  • Korxona Davlat reestrining ma’lumotlari va soliq to’lovchilarini hisob ma’lumotlari;

  • moliyaviy, moddiy-texnik ta’minotining, xodimlarning hisob va harakatining huquqiy-ma’lumotnomaviy axborotlari.

Ma’lumotlarni tashkil etishning asosiy shakli ularni shaxsiy kompyuterda to’plash, qayta ishlash va saqlash uchun ma’lumotlar bazasi bo’lishi kerak. Ma’lumotlar bazasi massivlardan tashkil topgan. Ma’lumotlar bazasining axborotlar massiviga ma’lumotlarni strukturalash quyidagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi:

  • ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga birlashtirish;

  • korxona xodimlarini axborot bilan to’liq va yetarli ta’minlash;

  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordamida ma’lumotlarni axborot strukturasida tashkil etish va boshqarish.

Ma’lumotlar bazasini funktsional va axborot tarkibi har bir ishchi joyining xususiyati va mutaxassis malakasiga bog’liq bo’ladi.
Tizimdan foydalanishning qulayligi shundan iboratki, u korxona xodimlari ishini yengillashtirish va ular uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan birga korxona moliyaviy holatini baholash va o’z navbatida korxona tashkiliy strukturasini va ishlash mexanizimini takomillashuviga olib keladi.
Bu o’ziga xos murakkab jarayon hisoblanib, uning ijobiy hal qilinishi to’rtta printsipga asoslanadi:
Unikal ma’lumotlar bazasini yaratish va unga asoslangan

  • axborot-kommunikatsiya tizimini boshqarish;

  • texnika va texnologiya ta’minoti;

  • dasturiy ta’minot;

  • malakali kadrlarni tayyorlash.3

  1. Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimiyatining kelajakdagi istiqbollari va istiqbolli dasturi

Mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlab berayotgan xududiy iqtisodiyot tarmoqlari muxim hisoblanadi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, mutaqillik yillarida mamlakatimiz poytaxti hisoblangan Xatirchi tumani shahri bevosita iqtisodiyotning barcha sohalarida ijobiy o‘sish tendensiyasiga erishib kelmoqda.
2017-2020 yillarda Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, o‘tgan yillardagi iqtisodiy o‘sish xolatiga tahliliy yondoshish, o‘tgan 2017 yil yanvar xolatiga ko‘ra yalpi xududiy mahsulot hajmida 15.6 foizni tashkil etmoqda.
2017 yilda Fargona viloyati Oltiariq tumanieksport xududiy dasturi doirasidagi vazifalarning bajarilishi xolati bo‘yicha ma’lumotlarga tahliliy nazar tashlaydigan bo‘lsak, xududiy eksport hajmida sanoat mahsulotlari 257.1 mln.dollar yoki 23 foizni meva-sabzavot 421.1 mln.dollarni yoki 33 foizni hamda xizmatlar eksporti esa 575 mln.dollarni tashkil etgan. Xududiy eksport hajmida xizmatlar eksperimentining ulushi yuqori bo‘lmoqda, bu esa o‘z-o‘zidan ayonki, Fargona viloyati Oltiariq tumaniasosan barcha xududlar uchun bevosita eksport xizmatini ko‘rsatib kelayotgani bilan yuqori tendensiyaga ega bo‘lmoqda.
2017 yilda Xatirchi tumanida 55129 ta yuridik shaxs faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shu jumladan sanoat korxonalari 12313 ta, kichik biznes sub’yektlari soni 47250 tani, qo‘shma korxonalar soni 3385 tani tashkil etmoqda. Xatirchi tumanining deyarli barcha tumanlarida bozor infratuzilma ob’yektlarining to‘liq tashkil etilgani va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning uzluksiz ishlashi aynan ushbu xududda kichik biznes sub’yektlari uchun qulay investision va innovasion muxitning shakllangani natijasida rivojlanish darajasi o‘sib bormoqda.
Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovasion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovasion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovasion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‘sqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi:

  • birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilg‘or va zamonaviy innovasion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovasiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yo‘lga qo‘yilmagan;

  • ikkinchidan, innovasion loyihalar-startaplarga investisiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasiga innovasiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;

  • uchinchidan, innovasion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovasion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar-startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;

  • to‘rtinchidan, innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ma’lumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes-tuzilmalarga o‘tkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;

  • beshinchidan, innovasion ishlanmalar bozorini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovasion g‘oyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilmagan, innovasion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;

  • oltinchidan, innovasion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti;

  • yettinchidan, aholi o‘rtasida innovasion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovasion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik to‘siqlar saqlanib qolmoqda.

Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovasiyalar bozorining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, mahalliy va xorijiy innovasion ishlanmalarni iqtisodiyotning real sektoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Xatirchi tumanida innovasion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovasion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchiinnovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini (keyingi o‘rinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, markazlar o‘z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

  • ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish;

  • innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovasion menejmentni rivojlantirish;

  • yangi va talab yuqori bo‘lgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish bo‘yicha innovasion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qo‘llaniladigan ilg‘or uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish;

  • innovasiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, ishlab chiqarilgan innovasion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish, ularning bozor talablariga yo‘naltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

  • investorlar va innovasion mahsulot (ish, xizmat)lar iste’molchilarini qidirib topish ishlarini, jumladan, innovasion infratuzilma sub’yektlari o‘rtasida kooperasiyani rivojlantirish orqali tashkil etish;

  • innovasion faoliyatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha manfaatdor shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan reklama va ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish;

  • qo‘shma innovasion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, startaplar hamda sanoat va qishloq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa sheriklar bilan innovasion hamkorlikni rivojlantirish;

  • innovasion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish.

3. Markazlarni tashkil etishda quyidagilar davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari etib belgilansin:

  • markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport bog‘lamalari, avtostansiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun zarur yer uchastkalari, bo‘sh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida ajratiladi;

  • markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

  • davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning ta’sischilari sifatida ishtirok etadi;

  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv markazlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab yigirma yil muddatgacha tuziladi;

  • markazlar faoliyatining yo‘nalishi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib qoladi;

  • markazlarning intellektual mulk ob’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga qilingan xarajatlarini qoplash Innovasion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

  • davlat sherigi iqtisodiyot tarmoqlariga innovasiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish majburiyatini oladi;

  • davlat va xususiy sheriklarning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida Innovasion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5308-son Farmoni bilan quyidagilar 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

  • yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;

  • venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;

  • ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovasion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha;

  • yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha.

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlariga ularning tarmoq ixtisosliklarini hisobga olgan holda mablag‘lari markazlarning tadqiqotlari va ishlanmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan, jumladan, ularning ustav kapitaliga kirish orqali korporativ venchur fondlarni tashkil qilish tavsiya etilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:

  • markazlar uchun Innovasion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining innovasion loyihalarni moliyalashtirish umumiy hajmining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larini zaxira qilish nazarda tutiladi;

  • markazlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etishda davlat sherigi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi, boshqa davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin;

  • xususiy loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari davlat sherigi tomonidan belgilanadi;

  • kelishuv xususiy sheriklar tashabbusi bilan bekor qilinganda ularning markazlarni tashkil qilishdagi xarajatlari qoplanmaydi, qurilishi tugallanmagan ob’yekt davlat mulkiga o‘tkaziladi va xususiy sheriklarni qidirib topish mazkur qarorga muvofiq qaytadan o‘tkaziladi;

  • markazlarning qurilayotgan binolariga barcha zaruriy tashqi muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini, kommunal infratuzilmalarni olib kelish elektr energiyasi qismi bo‘yicha — «O‘zbekenergo» AJ hisobidan, gaz ta’minoti qismi bo‘yicha — «O‘ztransgaz» AJ hisobidan, telekommunikasiya tarmoqlari qismi bo‘yicha — «O‘zbektelekom» AK hisobidan, avtomobil yo‘llarini qurish qismi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan, suv ta’minoti, kanalizasiya va avtostansiyalarni qurish qismi bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Fargona viloyati Oltiariq tumanimahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan markazlarni tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi;

  • markazlarning binolari foydalanishga qabul qilinganidan keyin mahalliy davlat hokimiyati organlari qulay transport yo‘nalishlari va yo‘lovchi transportining bir maromda ishlashini tashkil etadi.

6. Tijorat banklariga markazlar tomonidan innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda, jumladan, markazlarga va boshqa tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozli kreditlarni ajratish orqali keng ishtirok etish tavsiya qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:

  • ikki oy muddatda potensial investorlarni qidirib topish va ular bilan mazkur qarorda belgilangan davlat-xususiy sheriklik shartlarida markazlarni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzishni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda markazlarni tashkil etishda qatnashishga jalb qilish, jumladan, grant va homiylik mablag‘larini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni;

  • bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzurida markazlarga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, jumladan, davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda har tomonlama ko‘maklashadigan Markazlar ishlanmalarini tijoratlashtirish yagona markazini tashkil etish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;

  • O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Fargona viloyati Oltiariq tumanihokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazishni ta’minlasin.

  • O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligiga mazkur qaror shartlarini qo‘llagan holda tuman (shahar)larda markazlarni tashkil qilishga ruxsat etilsin.



Download 80,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish