Kirish Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyat faoliyatining umumiy tavsifi Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyatning tashkiliy vazifaviy tuzilishi Masalaning


Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyat faoliyatining umumiy tavsifi



Download 80,65 Kb.
bet2/10
Sana12.06.2022
Hajmi80,65 Kb.
#657768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Farg\'ona viloyati Oltiariq tuman Hokimiyat 11111

Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyat faoliyatining umumiy tavsifi

OLTIARIQ — Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi shaharcha (1980-y. dan). Tuman markazi.470 m balandlikda. Viloyat markazi (Fargʻona sh.) dan 36 km, yaqin tuman yaqin stansiyasi — Oltiariq (6 km). Aholisi 11 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, uygʻur, tatar, ozarbayjon va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Oltiariqdan Margʻilon—Qoʻqon, Vodil—Uchuy avtomagistrallari oʻtgan. Aholi orasidagi rivoyatda shaharchaning qadimgi nomi Laylakxona yoki Laklakxona (ahrli zich joylashgan yer maʼnosida) boʻlgan deyiladi. Oltiariqsoy Qapchigʻay darasida qishloq (Povulgʻon, Polosoy, Laylakxona, Yangiqoʻrgʻon, Joʻra va Kitkon) ariqlariga boʻlingan. Oltiariq nomi shundan kelib chiqqan va keyinroq shaharcha va tuman nomiga oʻtgan. Xonlikdavrida (18 — 19-a. lar) Oltiariq Margʻilon viloyati Oltiariq bekligining markazi boʻlgan.
Oltiariqning Bugʻdoychi mahallasida oʻtmishda xonlarning Kichik Oʻrda deb nomlangan yozgi qarorgohi joylashgan (hozirgi Oʻrdaning paxsa devori krldiklari saklangan).
Shaharchada tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy idoralar, 50 dan ziyod sanoat, transport, aloka, qurilish korxonalari va boshqa muassasalar bor. «Paxta-bank», «Asakabank», Xalqbanki, dehqon bozori, 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 3 jamoat kutubxonasi, tuman tarixi muzeyi, tennis korti, markaziy kasalxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. «Motamsaro ona» haykali oʻrnatilgan markaziy xiyo-bon, Mustaqillik maydoni mavjud.
Oltiariq tumani innovatsion hududga aylantirilmoqda-Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Fargʻona yoshlar innovatsion markazida viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalari prorektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari oʻrinbosarlari, professor-olimlar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fargʻona viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi xodimlari, Fargʻona yoshlar innovatsion markazi vakillari ishtirok etdilar.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqqan holda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanini innovatsion tumanga aylantirish borasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Muhokama davomida ushbu rejani yangi innovatsion loyihalar bilan boyitish, tumanga ilgʻor texnologiyalarni olib kirish, olimlarning tayyor ishlanmalarini joriy etish orqali rivojlantirish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi. Oltiariq tumanini innovatsion tumanga aylantirish boʻyicha mahalliy olimlar va tadqiqotchilarning yangi innovatsion va amaliy loyihalar taqdimotlari tinglandi va ishtirokchilar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, yangi organo-maʼdan kompost ishlab chiqarish, tuproq tahlili va unumdorligini oshirish laboratoriyasini tashkil etish, mahalliy xomashyolardan choʻyan, travertin ishlab chiqarish, intensiv baliqchilik, qurgʻoqchilik sharoitida bugʻdoy yetishtirish kabi loyihalar Oltiariq tumanida joriy etilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularni dastlab Innovatsion texnologik tajriba koʻrgazma maydonida sinovdan oʻtkazishga kelishildi. Shu bilan bir qatorda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar tanlovlariga mahalliy olimlarning 10 dan ortiq ilmiy va amaliy innovatsion loyihalari mavzulari taklif sifatida vazirlikka taqdim etilishi boʻyicha fikrlar bildirildi.
Tadbir yakunida mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatini baholash, ilm-fanni rivojlantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, ilm-fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy yoʻnalishlarni yana-da rivojlantirish, shuningdek, ilm-fanni rivojlantirishga oid asosiy yoʻnalishlarni va ularni samarali amalga oshirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.




  1. Download 80,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish