Asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini tashqil qilish
Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etilishi. Uning asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish sohida mineral xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash soha ida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, birbiri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.
Mehnat jarayoni bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir. Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyova materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart).
Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritisqurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi yo mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiyiqtisodiy (kishilar munosabati) va moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi. Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jaraoni ichki tuzilishi jihatdan bir xil emas: u mustaqil jarayonlardan tashkil topgan bo’lib, turli shakllarga va o’ziga xos xususiyatga ega. Bu ayrim mustaqil jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlargabo’linadi. SHuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin (mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketmaket olib boriladi). Bunday qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi yoki bosqichsi deyiladi (har qaysi bosqich yoki bosqichsi texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi). Ishlab chiqarish jarayonining bosqichsi bir-biridan qo’llaniladigan texnologik usullar,uskunalarning xarakteri va kadrlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlikkorxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat: tayyorlash, qayta ishlash va yig’uv. Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi. Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o’rinlarda ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining birqismidir. Materiallarni qayta ishlashda va operatsiyalarni vaqt bo’yicha bajarishda, tayyorlashda oldingi hamda keyingi operatsiyalar soni va sifati bilan bog’lanadi. Operatsiyalar ish harakatlari (priyomlar)ga bo’linadi. Priyom bu ish harakatining jarayoni bo’lib, bir ishlovchi tamom qilgan ish elementidan iboratdir. Harqaysi ish priyomini bajarish uchun, bajaruvchi ma’lum darajada mehnat harakatini amalga oshiradi (ma’lum detalni olish, burash, tortish va h.k.lar mehnat harakati priyomining bir qismi bo’lib, ishchining biror buyumga ta’siri yoki ishchining buyum bilan yoxud buyumsiz bir joyga siljishi tushuniladi). Ishlab chiqarish jarayonini bo’lishdan maqsad ish kuchini ratsional joylashtirish, malakali ishchilarga bo’lgan talabni aniqlash, ular ishining aniq hisobini olib borish, ya’ni mehnat unumdorligining o’sishini, rezervlarini aniqlashdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonlarining yuqorida qayd qilingan elementlarga bo’linishi ishlab chiqarish jarayonining strukturasini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni soha mahsulotini tayyorlashdagi roliga qarab, asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi jarayonlarga bo’linadi. Mehnat buyumlarining asosiy mahsulotga aylantirilishi asosiy jarayon deb ataladi. Bunday jarayonlarga mashinasozlik zavodlarida quyidagilar kiradi: tayyorlov bosqichsida cho’yanni vanrankalarda eritish, detallar quyish uchun qum qoliplarni tayyorlash; ishlov beradigan bosqichda u mexanizmga asoslangan yoki issiqlik yo’li bilan detallarga o’ziga xos xususiyat, o’lchov va sirtqi tomonga sifatli ishlov berish; payvandlashda detallarni bir tugunga (uzelga) yig’ish yoki tamomlangan buyumlar mashinalar va ularning qismlarini va komplekt buyumlarni (podshipniklar, elektromotorlar, asboblar) yig’ish.
Yordamchi jarayonlar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi va mahsulot ishlab chiqarishning asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishni asbobuskuna bilan ta’minlash (shtamplar, modellar tayyorlash va bularni ta’mirlash, charxlar va tiklash), ta’mir bo’yicha xizmat qilish (uskunalarni ta’mirlash, modernizatsiya va turli xil uskunalarga joriy xizmat qilish), turli xil energiya (elektr energiya, bug’, havo va h.k.)lar bilan ishlab chiqarish uchun xizmat qilish. Xizmat qilish jarayoniga korxonalarning moddiytexnika ta’minoti, tayyor mahsulotni sotish, transport bilan xizmat qilish va hokazolar kiradi.
Mehnat qurollariga ta’sir qilishning usullariga va xarakteriga qarab asosiy va yordamchi jarayonlar: qo’l bilan, mashinaqo’l bilan, mashina bilan, avtomatlashtirilgan va apparat bilan bajariladiganjarayonlarga bo’linadi. Qo’l bilan bajariladigan jarayon asosan mehnat predmetlari shaklining o’zgarishiga qaratilganbo’ladi. Mashina va qo’l yordami bilan bajariladigan jarayonga faqat mashina bilan bajariladigan ish elementlarigina emas, balki qo’l mehnati bilan bajariladigan ish ham kiradi. Masalan, detallarni qo’l bilan olib turish usulida stanokda ishlov berish.Mashina va mexanizmlar yordami bilan bajariladigan jarayonda materiallarning shakli, katta-kichikligi, ko’rinishi, holati o’zgaradi va ishchilarning qatnashishi chegaralangan bo’ladi. Avtomatlashtirilgan jaryonlar ishchilar qatnashmagan holda yoki faqat ularning kuzatuvi yordamida amalga oshiriladi. Apparatli jarayon fizikaviy, kimyoviy va issiqlik jarayonlariga aloqador bo’lib, bu maxsus agregatlarda texnologik jarayonlarning bajarilishi bilanxarkterlanadi. Ishlab chiqarish jarayonlari vaqt boyicha davom etish xususiyatlariga qarab, takrorlanib turadigan va uzluksizlarga bo’linadi. Takrorlanib turadigan jarayonlarda boshlang’ich xo ashyo va materiallar uskunalar yordamida uzluksiz ravishda qayta ishlanadi va natijada tayyor mahsulotga aylantiriladi. Har qanday soha korxonalarida va Sexlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonining asosida jonli mehnat predmetlariva mehnat vositalaridan vaqt va fazoda ratsional ravishda foydalanish yotadi. Bu esa uskunalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektr energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda mehnat resurslaridan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishishni taqozoetadi. Ishlab chiqarish jarayonini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarishni takomillashtirishning
rejali va mutanosib bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |