Kirish. Fanining predmeti va vazifalari. Reja: Beznesni tashkil etish va yuritish fanining predmeti va vazifalari


Beznesni tashkil etish va yuritish fanining predmeti va vazifalari



Download 20,22 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2022
Hajmi20,22 Kb.
#428108
1   2
Bog'liq
1-mavzu

1. Beznesni tashkil etish va yuritish fanining predmeti va vazifalari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uning asosida aholi, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishlari va iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishga joylashishga ko‘maklashishni tashkil etish, kasbga tayyorlash va yo‘naltirish tizimini joriy etish hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari» nomli bobida tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish vazifasi belgilangan1.
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi:
• birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlashda, ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi;
• ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib borayotgani hammaga ayon. Aynan kichik biznes o‘zining harakatchanligi, kam sarmoya talab qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor konyunkturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e’tiborlidir;
• uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi bo‘lgan mulkdorlar o‘rta sinfini shakllantirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘in hisoblanmoqda.
Eng avvalo, yoshlarga xos tadbirkorlik va tashabbuskorlik tadbirkorlik faoliyatida o‘z o‘rnini topmoqda, o‘z biznesini tashkil etish va hamda rivojlantirishda qo‘llanilyapti.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘lib, bitiruvchilarning shaxsiy barkamolligini shakllantirish, ular­ning o‘z ustida ishlashlari va samarali mehnat faoliyatini olib borishlariga ko‘maklashish, shuningdek, tadbirkorlik va biznes bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga ishbilarmonlik ruhini singdirish, yoshlarning ishga joylashishi va mehnat bozoriga moslashishi uchun yordam berish hisoblanadi.
O‘rta maxsus kasbiy ta’lim tizimida kasbiy tayyorgarlikni o‘tayotgan va o‘tab bo‘lganlar uchun ham tadbirkorlik sohasi o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Ta’lim olganlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini nafaqat amaldagi korxonalardagi ish jarayonida qo‘llashni, balki o‘zlari tomonidan, o‘z yaqinlari va tanishlari bilan tashkil qilinadigan mustaqil ishlarida tatbiq etishni orzu qilishadi. Har bir kasb-hunar kolleji bitiruvchisida tadbirkor bo‘lish niyat va orzusi bor. Biroq bu orzuni amalga oshirish u qadar oddiy yumush emas. Ikkinchi tomondan qaraganda, bu u qadar murakkab ham emas.
Har yili o‘n minglab odamlar o‘z ishlarini boshlab, tadbirkorlik sohasiga qo‘shilib ketadilar. Ularning barchasi teng imkoniyatlarga ega, oddiy odamlar hisoblanadi. Nima uchun kasb-hunar kolleji bitiruvchisi bo‘lgan yigit-qizlar ham bu sohada o‘zlarini sinab ko‘rmasligi kerak? Axir, tadbirkorlik sohasi, ayniqsa, yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlarni o‘zida mujassam qilgan, sirli sinoat hisoblanadi. Ularning ichida o‘zini namoyon etish uchun mehnat qilish, kurash va tavakkal qilish bilan bog‘liq qiziqarli faoliyat bilan shug‘ullanish, faol ishlash, o‘z mablag‘larini ishlab topish, mustaqil qaror qabul qilish, ularni qayerga sarflash yoki ulardan qanday foydalanish kabi imkoniyatlar bor. Bundan tashqari, ularda kelajagini o‘z qo‘llari bilan qurish imkoniyati ham mavjud.
Albatta, tadbirkorlik sohasida ishlash, kasbiy bilim va ko‘nikmalardan tashqari, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, vazifalarini sidqidildan bajarishga intilish, tarmoqda ishlay bilish va nihoyat, tavakkal qila olish kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishni talab etadi. Biroq bu fazilatlarning ko‘piga tadbirkorlik faoliyati davomida erishish mumkin. O‘z sezgirligi, aqli va tajribasi hamda ushbu qo‘llanmadagi maslahatlarga rioya qilib, har bir yosh — kasb-hunar kolleji o‘quvchisi muvaffaqiyatli tadbirkorga aylanishi mumkin.
Xo‘sh, qanday tuzilmada ishlash har tomonlama qulay hisob­lanadi? Qayerda yuqori lavozimlarga va moddiy farovonlikka erishish imkoniyatlari yuqori? Balki, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish afzalroqdir? Ushbu savollar har bir yosh mutaxassisni mehnat faoliyatini boshlash oldidan xavotirga soladi. Shu sababli, ishga joylashtirish jarayoni juda muhim va har bir inson hayoti davomida o‘ziga xos hodisa bo‘lib, ulardan o‘z kasbining bilimdoni va omadli bo‘lishini talab etadi.
«Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari» o‘quv kursi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining tadbirkorlik va biznes sohasida bilimli bo‘lishiga, amaliy ko‘nikmalarga va mehnat bozo- rida muvaffaqiyatga erishishiga, o‘z shaxsiy biznesini ochishda yoki yollanma xodim sifatida ish beruvchi bilan bo‘ladigan suhbatda o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olishiga, yangi ish joyiga muvaf- faqiyat bilan moslashishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bitiruv- chilarni doimiy va samarali ish bilan ta’minlash va ularning yaxshi xizmat lavozimlarda ishlashlari eng asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, ta’lim muassasasining mavqeyini aniqlab beradi.
Bo‘lajak bitiruvchi-tadbirkorlarimiz oldilariga qo‘ygan yuksak maqsadlariga erishishda bir qator muammolarga duch kelishmoqdaki, bu — qonunlarni to‘liq darajada anglamaslik, biznesni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, soliqqa tortish va boshqarishda kerakli bilim hamda ko‘nikmaga ega emaslik, mehnat bozori va unda ish izlash, ishga joylashish, ish beruvchi bilan bo‘ladigan suhbatda o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olishlarida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish qarorini berish jarayonlarining sust amalga oshayotganligining asosiy sabablaridan biridir.
Yuqoridagi muammolarni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va uning bir guruh mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, Sharqiy Yevropa, Keniya va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining bir qator respublikalarida tajribadan o‘tgan «Biznes bilan tanishuv» nomli modullar ketma-ketligi va O‘zbekiston—Shveysariya «Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish» loyihasiga asoslangan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamkorligida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan «Biznesni tashkil etish va yuritish» fani o‘quv dasturi doirasida tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma misolida hal etishga e’tibor qaratilgan.

1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. http:// www.lex.uz

Download 20,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish