НАГИЖА I < 11 ЖАРАЁН I <:=11 МАКСАД
1-расм. Биоорганик кимё фанини ўқитиш самарадорлигини ошириш моделининг тузилмаси.
ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМ ВОСИТАЛАРИ
Bu ta’lim texnologiyalari kimyo fani bo’yicha o’quv-faoliyatiga tayyorgarlikning dastlabki darajasini aniqlash; “Bioorganik kimyo” fanidan mavzularni o’rganishda tizimlilik mexanizmlarni aniqlash; motivatsiyani kuchaytirish, o’z-o’zini tashkil qilish, o’z-o’zini boshqarish, nazorat qilish va reflektsiya qobiliyatlari shakllanganligini tashxislash jarayonlari asosida olib boriladi
“Mental karta” talabalarda tasavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o’tilayotgan mavzudagi bosh g’oyalar yoki tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi g’oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan (Oqsillar mavzusi misolida). “Mental karta” ta’lim texnologiyasini amalga oshirish turli tabiiy-ilmiy, texnologik va ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish va tadqiq qilish uchun kimyoviy apparatdan foydalanish ko’nikmalarini, talabalarning refleksiv pozitsiyasini shakllantirishga ko’maklashadi.
”Empirik va inversion laboratoriya“ning maqsadi - sezgi, tasavvur va tafakkurni rivojlantirish; mustaqil ta’lim tizimlarni, kimyoviy laboratoriyalarda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishni amalga oshiradi.
Elektron darslik “Bioorganik kimyo” fanining Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturiga muvofiq mavzular bo’yicha ketma-ketlikda berilgan bo’lib, undan foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va metodikasiga bog’liq bo’lsa, talaba uchun ijodiy faollik talab qiladi.
Bioorganik kimyo fanidan talabalarning ko’nikmalarini shakllantirish ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlari, mustaqil ta’lim olish vaqtida o’quv-ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini oldingisi bilan o’zaro bog’lash, umumlashtirish, takrorlash, ularni amalga tatbiq qilish orqali shakllanadi va rivojlanadi.
Bioorganik kimyo fanida elektron darslikda atom modelini tadbiq etish jarayonida ta’limning faoliyatli va shaxsga-yo’naltirilgan elektron ta’lim vositalaridan foydalanish, qo’yilgan vazifalarni hal etish imkonini bergan. Kimyo ta’limi elektron modelini yaratish jarayonida mazkur yondashuvlardan foydalanish, talabalarni iqtidorini ro’yobga chiqarish imkoniyatini yaratgan va kimyo sohasi bo’lajak mutaxassisining malaka hamda ko’nikmalarini tezkor o’zlashtirishi, ilm olishga, kasbiy mahoratni takomillashtirishga intilib borish qobiliyatining rivojlanib borishini ta’minlagan.
Kimyo yo’nalishi talabalari uchun elektron darslikdan foydalanish ishlarini olib borish, olingan natijalarni tahlil qilish, tahlil qilingan natijalarning matematik modelini ishlab chiqish ilmiy-tadqiqot samaradorligiga etarlicha ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Dissertatsiyaning shu bobidagi 2.3- paragrafida “Bioorganik kimyo” fanini o’qitish metodikasi keltirib o’tilgan. “Oqsil biosintezi” mavzusini yoritishda i-RNK, t-RNKlarning sintez jarayonidagi ishtiroki va genetik kodlarning hosil bo’lish jarayonlarini elektron ko’rinishda animatsiyalarda berilishi, izohli lug’atlar, assesmentlar, 11o1Rok11o dasturida krossvordlar, 1^rppts dasturidagi testlar talabalar uchun mavzuni to’la o’zlashtirishi tushunarli tilda asoslab berilgan. Ma’ruzalar ichida ham izohli lug’atlar, tayanch iboralar ma’nosi keltirilgan.
Tadqiqot jarayonida talabalar auditoriyasi uchun elektron vosita (darslik) asosida bioorganik kimyo fanining o’quv-uslubiy ta’minoti yaratildi, modelni pedagogik amaliyotga joriy etish metodikasi ishlab chiqildi.
Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni va natijalari” deb nomlangan uchinchi bobida oliy ta’lim muassasalarining kimyo ta’lim yo’nalishining 3-bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga bioorganik kimyo fanini elektron darslik va ta’lim texnologiyalari yordamida o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari keltirilgan.
“Bioorganik kimyo” fanidan tajriba-sinov ishining tashxis va bashorat qilish bosqichi 2017 yilda tadqiqot mavzusiga oid normativ- huquqiy hujjatlar, pedagogik va psixologik, ilmiy-metodik adabiyotlar tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqot maqsadi, ob’ekti, predmeti va vazifalar belgilandi. Tajriba-sinov o’tkazish dasturi ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov o’tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari belgilandi.
Tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi 2018 yilda mamlakatimizdagi uchta oliy ta’lim muassasalari ishtirokchilari tarkibi va vazifalari aniqlashtirildi. Talabalarning o’quv natijalarini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari belgilandi. “Bioorganik kimyo” fanidan G’puope! tarmog’ida elektron ta’lim texnologiyalarni yaratish bosqichlari hamda sinovdan o’tkazish, ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va foydalanishga topshirish bosqichlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil etildi.
Amaliy bosqichi 2017-2020 yillarda “Bioorganik kimyo” va “Noorganik kimyo” fanlaridan elektron darslik yaratildi. Yaratilgan elektron darslik sinovdan o’tkazish va sifat darajasini aniqlash maqsadida Buxoro davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti va Navoiy davlat pedagogika institutining kimyo ta’lim yo’nalishining 3-kurs talabalari jalb etildi. Tajriba maydoni sifatida belgilangan oliy ta’lim muassasalarida eksperimentator 37 nafar professor-o’qituvchi tomonidan elektron darslikning mazmuni sinovdan o’tkazildi. Foydalanish holatini tahlil qilish maqsadida 2020 yilning yanvar-iyun oylarida statistik tahlil ishlari olib borildi. Tahlil natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
Tajriba-sinov tadqiqotini amalga oshirish maqsadida oliy ta’lim jarayonida 2016-2017 o’quv yilida VI semestrda Buxoro davlat universitetidan 59 nafar talaba (3-1-k1t-14, 3-2-kpp-14, 3-3-k1t-14) ishtirok etdi. Bunda tajriba guruhiga 31 nafar, nazorat guruhiga esa 28 nafar talaba olindi. 2017-2018 o’quv yilida esa Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-Kimyo yo’nalishi 3 -bosqichning 68 nafar talabalari (015-58; 015-59; 015-60)dan tajriba ishi olib borildi; tajriba guruhiga ham nazorat guruhiga ham 34 nafar talaba ajratildi, 2018-2019 o’quv yilida Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti 5110300-Kimyo o’qitish metodikasi 3-bosqichning 69 nafar (3A-34, 3V-35) talabadan (tajriba guruhiga-33 nafar, nazorat guruhiga-36 nafar) “Bioorganik kimyo” fanidan elektron darslik asosida dars mashg’uloti olib borildi. Guruh talabalaridan jami 297 nafar talabadan tajriba-sinovi o’tkazildi. Bunda ham talaba, ham o’qituvchi interaktiv holatda qatnashishlari kuzatildi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlarining umumlashtiruvchi bosqichi 2020 yilda talabalar tomonidan olgan baholari umumlashtirildi, ular natijalarining ishonchliligini va to’g’riligini tekshirish maqsadida “Styudent-Fisher” kriteriyasidan foydalanib, matematik-statistik tahlil o’tkazildi.
jadval
Tajriba oxirida olingan natijalarning statistik xisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |