9 MAVZU
ELEKTROMOTORLAR TOKI VA MOMENTINI ROSTLASH. ELEKTR YURITMALAR ISH REJIMLARI.
Tezlikga nisbatan chiziqli bog‘lanishli dinamik momentdagi elektr yuritmaning turg‘unmas harakati
Qarab chiqilayotgan harakat ko‘rinishi juda keng tarqalgan. U, mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelli EYU va ayrim bir xollarda asinxron EYUlarning o‘tish jarayonlari uchun xarakterlidir. 2.10, a-rasmda, quyidagi algebraik tenglamalar asosida qurilgan dvigatel va ishchi mexanizmining chiziqli mexanik xarakteristikalari ko‘rsatilgan.
M = Mkt - ;
Ms= Mso + s , (2.21)
bunda Mqt va Mso - tezlik nolga teng bo‘lgandagi dvigatel va ishchi mexanizmining momentlari.
Bu ifodalarni harakat tenglamasiga (2.14) qo‘yish orqali olamiz
M - Ms= Mkt - - Mso - s= J d /dt (2.22)
(2.22) ni differensial tenglamalarni odatdagi ko‘rinish bo‘yicha yozamiz
Tm (d/dt) + = t, (2.23)
bunda Tm = J / ( + s) - elektromexanik vaqt doimiysi, s; t = (Mqt - Mso)/( + s) - turg‘un tezlik, u dvigatel va ish mexanizmi xa-rakteristikalarini kesishish nuqtasiga (1) mos keladi.
(2.23) ifoda o‘zining ko‘rinishi bo‘yicha, chiziqli birinchi tartibli differensial tenglamadir, uning (t) echimi quyidagicha bo‘ladi
(t) = Ae-t/ + t (2.24)
Koeffitsient A o‘tish jarayonini t=0 , =b bo‘lgandagi boshlang‘ich shartlaridan aniqlanadi:
A = b - t
Tezlikni vaqt bo‘yicha o‘zgarishining qidirilayotgan boglanishi
(t) = (b - t) e-t/ + t (2.25)
Dvigatel momentini vaqt bo‘yicha funksiyasi, (2.21) ifodaga ko‘ra tengdir
M (t) = Mkt - (t) (2.26)
Quyidagilarni xisobga olgan xolda :
=M/ = Mkt /o=(Mkz - Mt) / t=(Mkt - Mb)/b,
shuningdek t va b larni almashtirilgandan so‘ng, M(t) uchun topamiz
M(t) = (Mb - Mt) e-t/ + Mt (2.27)
a) b)
2.10-rasm. Dvigatel va ishchi mexanizminining chiziqli mexanik xarakteristikalari (a) va EYU tezlanishining o‘tish jarayonini grafigi (b)
Amalda keng tarqalgan xolat uchun, yaHni s = 0 (mexanizmining xarakteristikasi vertikal chiziq bo‘lganda), (2.25) va (2.27) ifodalarga kiruvchi ko‘rsatkichlar soddalashadi va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
Tm=J/=J o/Mkt; t=(Mkt - Ms)/ (2.28)
(2.25) va (2.27) ifodalar tezlikni yoki momentni boshlang‘ich qiymatlaridan i yoki Mi qiymatlarigacha o‘zgarishi uchun sarf bo‘lgan vaqtni to‘j (o‘tish jarayonining davomiyligi) topish imkonini beradi
to‘j=Tm ln [(t-b)/(t-i)]=Tm ln [(Mt- Mb)/(Mt- Mi) (2.29)
Qarab chiqilgan o‘tish jarayonini, (2.25) va (2.27) ifodalarni xisobga olgan xolda, qisqa taxlili shuni ko‘rsatadiki, bunda tezlik va moment vaqt bo‘yicha vaqt doimiysi Tm bilan xarakterlanadigan eksponensional funksiyaga mos ravishda o‘zgaradi. 2.10, b rasmda (t) va M(t) bog‘lanishlarini dvigatel tezligi b dan t gacha oshirilgandagi o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
(2.25)-(2.29) tenglamalarga kiruvchi elektromexanik vaqt doimiysi Tm, aniq geometrik va fizik mazmunga ega. O‘tish jarayonining grafiklarida (2.10, b-rasm), u o‘zgaruvchini turg‘un qiymatiga mos keluvchi gorizontal chiziqni t=0 nuqtadan o‘tkinch rejim egri chizig‘iga o‘tkazilgan urinmaning kesib o‘tishidan xosil bo‘lgan bo‘lagiga tengdir.
Miqdor jixatdan Tm , salt rejimdagi (Ms=0) dvigatelni ishga tushirish momenti Mqt taosiri ostida qo‘zg‘almas xolatdan (=0) ideal salt yurish tezligigacha (ox=o) sarflangan tezlanish vaqtiga tteztengdir. Xaqiqatdan, (2.20) formuladan ko‘rsatilgan shartlar uchun
To‘j = ttez = J o / Mkt = Tm,
kelib chiqadi
Eksponensial o‘tish jarayonlarida elektromexanik vaqt doimiysi Tm, maplum bir mapnoda ularning davomiyligini aniqlaydi. Nazariy jixatdan, bunday o‘tish jarayonlarining davomiyligi cheksizdir. Amaliyotda esa o‘tish jarayonlarining muddatini shartli tugash vaqti sifatida, koordinata o‘zining turg‘un qiymatini 95 % foizigacha etish uchun sarf qilgan vaqt qabul qilingan. Bu, o‘tish jarayonining amaliy vaqti t=3Tm ga teng bo‘ladi (2.10, b rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |