7 MAVZU
VENTILLAR, VENTIL VA MAGNIT KUCHAYTIRGICHLAR, UZGARTIRGICHLAR VA ULARNING ELEKTR YURITMALARIDA QO‘LLANILISHI.ELEKTR MASHINA KUCHAYTIRGICHLARI.
Ishchi mexanizmining mexanik xarakteristikasi deb tezlikni qarshilik momenti bilan bog‘lanishga aytiladi va u =f (Mc ) funksiyasi ko‘rinishida bo‘ladi. Bapzi ishchi mexanizmlarning mexanik xarakteristikalari 2.5-rasmda ko‘rsatilgan. Xarakteristikalar burchak tezligining to‘g‘ri (musbat)va teskari (manfiy) aylanish yo‘nalishlari uchun berilgan.
2.5, a rasmdagi xarakteristika, aktiv statik momentiga ega bo‘lgan mexanizmga (masalan, yuk ko‘tarish kranining ijro organi) tegishlidir. Bunda, Ms ning qiymati tezlikka bog‘liq bo‘lmaydi (Ms= const), u faqat ilgakka osilgan yuk og‘irligi va barabanning radiusiga bog‘liq bo‘ladi.
a) b) v)
2.5-rasm. Ishchi mexanizmlarning mexanik xarakteristikalari
2.5, b, v-rasmlardagi xarakteristikalar reaktiv statik momentga ega mexanizmlarga tegishlidir, chunki bunda tezlik yo‘nalishi o‘zgarishi bilan moment yo‘nalishi xam o‘zgaradi.
2.5, b-rasmdagi xarakteristikaga harakatidagi qarshilik ishqalanish kuchlari orqali xosil qilinadigan mexanizmlar ega bo‘ladi. SHuning uchun buni quruq ishqalanish xarakteristikasi xam deb ataladi. Bunday xarakteristikalarga dastgoxlarning uzatish mexanizmlari, gorizontal konveyer, trasporterlar va ko‘tarish kranlarining siljish mexanizmlari ega bo‘ladi.
2.5, v- rasmdagi 1 xarakteristika ventilyator, markazdan qochuvchi kuchga asoslangan nasos kabi parrakli mexanizmlarga tegishlidir. Bunda qarshilik momenti tezlikning kvadratiga proporsional bo‘ladi. Bu xarakteristikalar ko‘pincha ventilyator xarakteristikalar xam deyiladi.
2.5, v-rasmdagi 2 xarakteristikada, Ms ning qiymati tezlikka teskari proporsional ravishda o‘zgaradi, ish mexanizmi validagi quvvat esa o‘zgarmas, yaHni Rs = const bo‘ladi. Bunday, giperbolik xarakterga ega bo‘lgan xarakteristikalar tokarlik va frezerlik dastgoxlarining bosh harakat mexanizmlariga, turli o‘rash (kalavalash) uskunalariga tegishlidir.
Keltirilgan dvigatel va ishchi mexanizmlarining mexanik xarakteristikalarida tezlikni momentlar o‘zgarishiga nisbatan o‘zgarish darajasi turlichadir. Bu o‘zgarishni xarakterlovchi kattalik mexanik xarakteristikaning bikrligi deyiladi:
=dM/d=M/ (2.16)
s=dMc/d (2.17)
bunda, va s - dvigatel va ishchi mexanizm xarakteristikalarining bikrligi
Xarakteristikalar bikrlik darajasiga qarab uch turga bo‘linadi:
1) absolyut bikr mexanik xarakteristika, bunda dvigatelni burchak tezligi aylantirish momenti o‘zgarishi bilan o‘zgarmas xolda qoladi. Bunday(2.4,b-rasm, 4) xarakteristikaga sinxron dvigatel ega bo‘ladi, uning bikrligi = dir.
2) bikr mexanik xarakteristika, bunda burchak tezligi aylantirish momenti o‘zgarishi bilan kam o‘zgaradi (2.4, b-rasmdagi 3 xarakteristika o2 - a oralig‘ida va 2.4, a-rasmdagi 1 xarakteristika). Bu xarakteristikalarning bikrligi manfiydir, yaHni < 0.
3) yumshoq mexanik xarakteristika, bunda burchak tezligi aylantirish momenti o‘zgarishi bilan ko‘p darajada o‘zgaradi (2.4, a- rasmdagi 2 xarakteristika).
Elektr yuritma nazariyasida mexanik xarakteristika tushunchasi bilan birgalikda, elektromexanik xarakteristika tushunchasi xam keng foydalaniladi, bu elektr yuritma tezligini elektr dvigatel toki bilan bog‘lanishidir, yaHni (I).
Do'stlaringiz bilan baham: |