Mavzu: axborot tushunchasi haqida umumiy ma’lumotlar



Download 440,17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.07.2021
Hajmi440,17 Kb.
#122597
Bog'liq
1-Maruza matni



MA’RUZA №1 

 MAVZU: AXBOROT TUSHUNCHASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 

REJA 

1.  Axborot tushunchasi 



2.  Axborotning turlari va xossalari 

3.  Axborotlarning sinflanishi 

Yer  yuzida  jonli  mavjudodlarning  paydo  bо‘lishi  bilan  birgalikda  ularning 

taraqqiyoti  hamda  atrof-muhit,  voqea-hodisalar  haqida  ma’lumotlarni  bilish,  ular 

tо‘g‘risida  axborot  olish  va  shu  axborotlar  asosida  yashash  sharoitlarini  belgilash, 

rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga ega bо‘lib kelgan. 

Bundan  tashqari  vaqt  о‘tishi  bilan  tabiatni  insonlar  tomonidan  о‘rganilishi 

natijasida bu axborotlarga yaratilayotgan va ishlatilayotgan mashinalar, apparatlar, 

о‘lchov asboblari, texnologik jarayonlar haqidagi axborotlar qо‘shilib bordi. 

Axborot odamlar о‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlar hisoblanib, keyingi vaqtda 

ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  va  boshqarish  uchun  hamda  yashash  sharoitlarini, 

iqtisodiy  taraqqiyot  darajasini  belgilashda  katta  ahamiyatga  ega  bо‘lib  qoldi.  

Masalan:  Biolog  о‘simliklarni  о‘rganish  orqali  о‘simliklarning  hayoti  tо‘g‘risidagi 

axborotlarni  yig‘adi  va  shu  axborotlar  asosida  о‘simliklarning  tabiatdagi  rolini, 

ularning kо‘payishini, insonlar uchun kerakli tomonlarini aniqlaydi. 

Demak  “axborot  nima?”  -  degan  savolga  qisqacha  javob  berish  uchun  ikkita 

obyektga  “manba”  va  “iste’molchi”  orasidagi  bog‘lanishga  murojaat  qilish  zarur 

ekan. Axborot manbaiga tabiiy obyektlar - sayyoralar, yulduzlar, insonlar, hayvonlar, 

о‘simliklar,  maydon,  о‘rmonlar,    fan  va  texnikani  rivojlantirishdagi  ilmiy  tajribalar, 

mashinalar,  texnologik  jarayonlar  haqidagi  ma’lumotlar  kiradi.    Axborot 

iste’molchilari  sifatida    insonlar,  hayvonlar,  о‘simliklar  va  turli  xil  tizimlarni  olish 



mumkin.  Shuning uchun axborot keng doiradagi tushuncha bо‘lib, jamiki obyektlar

mavjudotlar,  jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. 

Axborot  bilan  qamrab  olinmagan  biror  zamonaviy  muhim  xо‘jalik  sektorini 

(ishlab  chiqarish,  transport,  kredit-moliya  sohasi,  savdo)  topish  qiyin.  Hozirda 

axborotlash jarayoni ta’sirida yangi ijtimoiy tarkib – axborot jamiyati vujudga keldi. 

Axborotlashgan  jamiyat  о‘zining  yuqori  darajadagi  axborot  texnologiyalari,  

rivojlangan infra tarkibi bilan ajralib turadi. Unda  axborot zahiralarini  yaratish, ishlab 

chiqarish  va  boshqarishning  barcha  sohalarini  avtomatlash  va  robotlash,  ijtimoiy 

tarkibini tubdan о‘zgartirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.  

“Axborot” sо‘zi lotincha “information” sо‘zidan olingan bо‘lib, biror ish holati 

yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot 

degan  ma’noni  anglatadi.  Hozirgi  davrda  insoniyat  о‘zining  rivojlanishining 

axborotlashgan  bosqichi  yoki  axborotlashgan  jamiyat  deb  ataluvchi  bosqichini 

boshidan  kechirmoqda.  Axborotlashgan  jamiyatda  axborot  resursi  tabiat 

resurslaridan  ham  qimmatliroq  darajaga  kо‘tariladi.  Axborot  tushunchasi  inson 

faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. 

“Axborot”  atamasi  aniq  qat’iy  ta’rifga  ega  emas.  Axborotga  izlanish  olib 

borilayotgan soha va kо‘rilayotgan masala sinfiga qarab har xil ta’riflar berilgan. 

Falsafiy  nuqtai-nazaridan  axborot  ongga  nisbatan  ikkinchi  darajali  deb 

qaraladi. Ong ham о‘z navbatida borliqqa nisbatan ikkinchi darajali. Shundan kelib 

chiqqanda axborot semantikaga, ya’ni  mazmun va  mohiyatga ega, fikr tashuvchidir.   

Kibernetik  nuqtai-nazaridan,  tirik  organizm,  avtomatik  harakatlanuvchi 

mashina  yoki  inson-mashina  tizimi  tomonidan  amalga  oshirilgan  har  qanday 

jarayonda  (ongli  yoki  ongsiz  ravishda)  axborot  yuzaga  kelishi,  uni  qabul  qilish, 

uzatish,  qayta  ishlanishi  yuz  beradi.  Kibernetikada  axborot  yoki  axborotli  jarayon 

barcha  о‘zi  boshqariluvchi  tizimlarda  qatnashadi  va  unda  axborotga  quyidagicha 

ta’rif belgilangan. 

Axborot –  bu kibernetik tizimning tashqi dunyodan olgan signali, xabaridir.  




Informatika  nazariyasida  saqlash,  qayta  ishlash  va  uzatish  obyekti  sanalgan 

barcha ma’lumotlar axborot deb yuritiladi.  

Iqtisodiy  xо‘jalik  faoliyatida  axborot  deganda,  keng  ma’noda,  atrof-muhit 

tо‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar atrof-muhit bilan 

о‘zaro aloqadan, unga moslashishdan va uning о‘zgarishi jarayonidan olingan bо‘lishi 

mumkin.  

Iste’molchi  nuqtai-nazaridan,  axborot  –  bu  eng  oxiridagi  foydalanuvchi 

tomonidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotdir. 

Axborotga berilgan ta’riflar ichidan quyidagilar umumiylikga egadir: 

Axborot  –  bu  yaratuvchisi  doirasida  qolib  ketmagan  va  xabarga  aylangan, 

bilimlar noaniqligi, tо‘liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og‘zaki, yozma yoki 

boshqa  usullar  (shartli  signallar,  texnik  vositalar,  hisoblash  vositalari  va  hokazo) 

orqali  ifodalash  mumkin  bо‘lgan  atrof-muhit  (obyektlar,  voqea-xodisalar) 

tо‘g‘risidagi ma’lumotlardir. 

Axborot - material dunyoning ma’lum bir qonuniyatiga bо‘ysinuvchi obyektlar, 

xodisalar,  jarayonlarning  ba’zi  aloqalarini  yoki  bog‘lanishlarini  belgilovchi  va  uni 

inson tafakkurida aks ettiruvchi tushunchadir. 

Axborot  –  bu  atrof-muhit  hodisalari,  obyektlari,  ularning  parametrlarini, 

xossalarini  va  holatlarini  yorituvchi  ma’lumotlar  majmui  bо‘lib,  u  atrof-muhit 

hodisalari va obyektlar haqida mavjud bо‘lgan ma’lumotlarning noaniqlik darajasini, 

ular haqidagi bilimlar yetarli emasligini kamaytiruvchi tushunchadir. 

Amaliy  ma’noda  axborot  deganda  odatda  saqlash,  uzatish  va  qayta  ishlash 

mumkin bо‘lgan atrof-muhit haqidagi ma’lumotlar majmui tushuniladi. 

Axborot inson nutqida, kitoblardagi matnlarda, ziyolilar ixtirosida, mussavvir 

tasvirida, turli tizimlarda va boshqalarda mavjuddir. 

Axborot  manbalari  va  iste’molchilarining  har  xilligi  axborot  shaklining  turli 

kо‘rinishda bо‘lishiga olib keladi, ya’ni: 



1.  Belgili  –  bu  turli  ishoraviy  belgilardan  iborat  axborotlar  bo’lib,  ulardan  biror 

voqea-hodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi; 



2.  Matnli – bu harf, raqam va belgilar tо‘plamidan tarkib topgan, ma’lum ma’noni 

anglatuvchi sо‘zlardan iborat axborotdir. Masalan, kо‘p miqdorda nashr etilgan 

kitoblar, qо‘llanmalar, gazeta va rо‘znomalar. 

3.  Grafik – tasvirlardan iborat bо‘lgan tasavvur kо‘rinishidagi axborotlar. Axborot 

shaklining grafik kо‘rinishiga  hayotimizda muhim ahamiyatga va katta axborotlar 

massiviga  ega  bо‘lgan  tabiat  kо‘rinishlari,  foto  tasvirlar,  rasmlar,  chizmalar, 

sxemalarni misol qilishimiz mumkin; 

4.  Audio-video ko’rinishdagi axborotlar. 

 

Axborot  berilganlarga va ularni qayta ishlash usullariga bog‘liq bir qancha aniq  



xossalar bilan xarakterlanadi.  Ulardan asosiylari quyidagilardir: 

• axborot atrof-muhit haqidagi yangi ma’lumotlarni bayon qiladi; 

• axborot signal yoki belgi kо‘rinishida axborot tashuvchi qurilmalar yordamida 

bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirilsa-da, u moddiy emas; 

• belgi  va  signallar  axborotni  shu  belgi  va  signallarni  tushuna  oladigan  qabul 

qiluvchilargagina taqdim eta oladi; 

• axborot  bir  paytning  о‘zida  fizik  axborot  tashuvchidan  ajralmas  va  aniq  bir 

axborot tashuvchiga yoki aniq bir tilga bog‘lanib qolgan emas; 

• axborot  diskretdir,  ya’ni  u  alohida  xabar  kо‘rinishida  uzatiluvchi  faktik 

berilganlardan tashkil topadi

• axborot uzluksiz, ya’ni u doimiy ravishda tо‘ldirilib boradi va rivojlanadi. 

 

Axborotdan  foydalanish  imkoniyatini  va  samaradorligini  aniqlab  beruvchi 



asosiy iste’mol sifat kо‘rsatkichlari ichida quyidagilarni aytib о‘tish mumkin: 

1.  axborotning  reprezentativligi  –  obyekt  xususiyatini  adekvat  ifoda  etish 

maqsadlarida uni tо‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir; 

2.  axborotning  mazmundorligi  –  semantik  (mazmuniy)  hajmini  ifoda  etadi. 

Semantik  hajm  bu  butun  qayta  ishlanayotgan  ma’lumotni  undagi  semantik 



axborot miqdori nisbatiga teng; 

3.  axborotning yetarliligi (tо‘laligi) – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli 

tarkibga (kо‘rsatkichlar jamlanmasiga) ega ekanligini bildiradi. Tо‘g‘ri qaror qabul 

qilish uchun tо‘liq bо‘lmagan, ya’ni yetarli bо‘lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha 

bо‘lgan  axborot  ham  foydalanuvchining  qabul  qilgan  qarorlari  samaradorligini 

kamaytiradi; 

4.  axborotning dolzarbligi – axborotdan foydalanish vaqtida uni boshqarish uchun 

qimmatliligi  saqlanib  qolishi  bilan  belgilanadi  va  uning  xususiyatlari  о‘zgarish 

dinamikasi  hamda  ushbu  axborot  paydo  bо‘lgan  vaqtdan  buyon  о‘tgan  vaqt 

oralig‘iga bog‘liq bо‘ladi; 

5.  axborotning о‘z vaqtidaligi – uning avvaldan belgilab qо‘yilgan vazifani hal etish 

vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi; 

6.  axborotning  aniqligi  –  olinayotgan  axborotning  obyekt,  jarayon,  hodisa  va 

hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi; 

7.  axborotning  ishonarliligi  –  axborotning  real  mavjud  obyektlarini  zarur  aniqlik 

bilan ifoda etish xususiyati orqali belgilanadi; 

8.  axborotning barqarorligi – axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini 

buzmasdan о‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi. 

Axborotga tadqiqot obyekti sifatida qaraladigan bо‘lsa, u juda xilma-xil va kо‘p 

turlidir.  Axborotlarning  asosiy  belgilariga  qarab  quyidagicha  sinflarga  ajratish 

mumkin [1]: 

1.  Boshqarish tizimiga tegishliligi bо‘yicha axborotlar quyidagilarga bо‘linadi: 

  Tashqi muhit haqidagi axborotlar

  Boshqaruvchi tizim haqidagi axborotlar

  Boshqariluvchi tizim haqidagi axborotlar; 

  Maqsadli tizim haqidagi axborotlar; 

2.  Uzatish shakli bо‘yicha axborotlar; 

  Verbal, ya’ni sо‘zlar bilan ifodalanadigan axborotlar; 




  Noverbal, ya’ni grafik kо‘rinishidagi axborotlar; 

3.  Kelib chiqish turiga kо‘ra axborotlar quyidagilarga bо‘linadi: 

  Boshlang‘ich axborotlar, ya’ni axborot manbalaridan olingan axborotlar; 

  Natijaviy axborotlar, ya’ni berilgan algoritm asosida olingan axborotlar; 

  Oraliq axborotlar, ya’ni qayta ifodalashlar orqali hosil qilingan axborotlar.  

4.  Mashinada qayta ishlashda ishlatilishiga kо‘ra axborotlar: 

  Kiruvchi axborotlar (qayta ishlanuvchi axborotlar); 

  Chiquvchi axborotlar (qayta ishlash natijasi).  

5.  Kelib chiqish joyiga qarab axborotlar:  

  Ichki axborotlar; 

  Tashqi axborotlarga bо‘linadi. 

6.  Turg‘unlik (stabillik) darajasiga kо‘ra axborotlar: 

  Shartli  doimiy,  ya’ni  uzoq  muddat  ichida  о‘zgarmaydigan  va  kо‘p  qayta 

ishlashga mо‘ljallangan axborotlar; 

  О‘zgaruvchan,  ya’ni  davriy  ravishda  о‘zgarib  turadigan    axborotlarga 

bо‘linadi. 

7.  Sо‘rovnomaga nisbatan axborotlar: 

  Relevant, ya’ni sо‘rovnoma shakliga mos axborotlar; 

  Pertinent,  ya’ni  sо‘rovnoma  bergan  foydalanuvchini  talabini  qoniqtira 

oladigan axborotlarga bо‘linadi.    

8.  Boshqarish sistemasidagi darajasiga qarab axborotlar quyidagilarga bо‘linadi: 

  Fizik shaxslar haqidagi axborot; 

  Korxona va tashkilotlarga tegishli axborotlar; 

  Vazirlik va unga qarashli boshqarmalarga tegishli axborotlar; 

  Davlat darajasidagi axborotlar. 

9.  Davriy olinishiga qarab axborotlar: 

  о‘z vaqtidagi axborotlar; 

  kunlik axborotlar; 




  haftalik axborotlar; 

  dekadalik axborotlar; 

  oylik axborotlar; 

  kvartallik axborotlar; 

  yarim yillik axborotlar; 

  yillik axborotlarga bо‘linadi. 

Korxona va tashkilot  – xо‘jalik faoliyatida axborot ichki va tashqi axborotlarga 

bо‘linadi. 

  Ichki  axborot  bu  korxonaning  ichki  holatini  tasvirlovchi  axborotlar 

majmuyidir. 

  Tashqi axborot  bu korxona yoki tashkilot tashqi faoliyatiga tegishli bо‘lgan 

axborotlar majmuyi hisoblanadi. Masalan, korxonaning boshqa bir korxona 

yoki tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqalari haqidagi axborotlar. 

Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborot haqida quyidagi muhim 

fikrlarni aytish mumkin: 

  axborot  –  bu  har  qanday  ma’lumot  emas,  balki  u  mavjud  noaniqliklarni 

kamaytiruvchi yangi bir ma’lumotdir; 

  axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bо‘ladi, u о‘z yaratuvchisidan 

uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir

  axborot  xabarga  aylanadi,  chunki  u  belgilar  kо‘rinishida  ma’lum  bir  tilda 

ifodalanadi; 

  xabar moddiy tashuvchiga yozib qо‘yilishi mumkin (xabar axborotni uzatish 

shaklidir); 

  xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin; 

  u jamoat kommunikatsiyasi kanallari orqali uzatiladi;  

Har bir tashkilot о‘z faoliyati davomida doimiy ravishda katta axborot oqimiga 

duch  keladi.  Bular  iqtisodiy,  siyosiy,  xalqaro,  raqobatdosh,  bozor  haqidagi, 

texnologik, sotsial va boshqa turdagi axborotlar bо‘lib, ular har doim ham о‘z oldiga 




qо‘ygan  talab  va  maqsadga  javob  berolmasligi  mumkin.  Zamonaviy  axborot 

texnologiyalaridan  foydalangan  holda  olingan  “sifatli”  axborot  har  qanday 

tashkilotning rivojida katta ahamiyat kasb etadi. 

Nazorat savollari 

1.  Axborot nima? 

2.  Axborotning turli nuqtai nazarlardan berilgan ta’riflarini keltiring. 

3.  Axborot qanday turlarga bo’linadi? 

4.  Axborotning sifat ko’rsatkichlarini sanab bering 

5.  Axborotning qanday sinflarga bo’linadi? 

 

 



Download 440,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish