Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi. Reja



Download 314,57 Kb.
bet15/93
Sana12.01.2022
Hajmi314,57 Kb.
#353758
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.

Antropogen omillar deganda-inson xwjalik faoliyati bilan bog’liq bwlgan tasirlarini tushunamiz. Antropogen omillar h’ozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli rmillardan biri h’isoblanadi. İnson tirik organizmlarga twg’ridan-twg’ri tasir etib eki qirilib ywq bwlishiga sababchi bwlishi mumkin. İnsonning tabiatga kursatadigan ikki turdagi tasirini bir-biridan yaxshi ajratish lozim. Ulardan biri tirik organizmlarga eki ularning ayrim vakillarigakwrsatiladigan twg’ridan-twg’ri tasiri, yani antropik omillar deb qaralsa, ikkinchisi esa insonning atrof-muh’itni wzgartirish kabi salbiy tasirini antropogen omillar deb qarash lozim.

Antropik omillarni wz navbatida twrt turga bwlish mumkin:

1. Ozuqa va boshqa eh’tiejlarini qondirish uchun (ovlash, baliqchilik, wrmonlarni kesish, wtlarni wrish va h’.) tirik organizmlardan foydalanish.

2. O’simliklarni kwpaytirish (madaniylashtirish) va h’ayvonlarni qwlga wrgatish.

3. Akklimatizatsiya va introduktsiya, yani organizmlarning tabiiy arealidan boshqa joylarga kwchirib olib borish va moslashtirish.

4. Yangi madaniy o’simlik navlari va h’ayvon zotlarini yaratish.

3.3 Muhit ifljslanishining turlari. Ekologik qonunlar, ekologik valentlik, tolerantlik.

O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgandan so`ng u xalqaro iqtisodiy va siyosiy tizimlar bilan integratsiyani kuchaytirdi va natijada har qanday ekologik muammolarni echish uchun sharoit tug`ildi. Hozirgi kunda tashqi muhitni muhofaza qilish Respublikamizda bo`layotgan iqtisodiy islohatlarning bir bo`lagi bo`lib qoldi.

O`zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy siyosati, uning integratsiyasi ishlab chiqarish bilan tashqi muhitning o`zaro muvofiqligi asosida o`tkazilmoqda. Bu siyosat xalqimiz va davlatimiz oldida turgan ekologik muammolarning naqadar jiddiy ekanligini sezgan holda olib borilmoqda.

Hozirgi kunda aholining ekologik xavfsizligi O`zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. Bundan tashqari, mustaqillik davrida tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolarni odilona echishga bag`ishlangan 100 dan ortiq hujjatlar qabul qilingan.

Ekologik munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy hujjatlardan biri – Respublikamizda 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish Qonuni»dir. Bu qonun tashqi muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan to`g`ri (ratsional) foydalanish, ekologik sistemalar, tabiiy komplekslar va ayrim biologik ob`ektlarni asrashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy negizini aniqlab beradi. Inson uchun toza va qulay muhit yaratishni kafolatlaydi. U tashqi muhitni asragan holda Respublikamizni stabil rivojlanishiga qaratilgan bo`lib, biologik turli-tumanlikni, inson salomatligini va madaniy merosimizni saqlab qolishga imkon yaratadi.

1992 yil 3 iyulda Respublikamizda «Davlat sanitar nazorati to`g`risida» Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun xalqimizning ekologik xavfsizligini tartibga solib, insonning toza tashqi muhitga ega bo`lish huquqini mustaqkamlaydi, har qanday iqtisodiy faoliyatning toza (sanitar holati) bo`lishini talab etadi, sanitar standartlar, me`yorlar va qoidalarning buzilishini man etadi.

1993 yil 6 mayda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to`g`risida»gi Qonuni Respublikamizning suvga bo`lgan munosabatlarini tartibga soladi, xalq xo`jaligi, aholi ehtiyoji uchun zarur bo`lgan suvdan to`g`ri foydalanishni ta`minlaydi, suvni ifloslanishi va sho`rlanish holatlarining oldini oladi hamda insonlarning suvga bo`lgan huquqlarini kafolatlaydi.

1996 yil 27 dekabrda «Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida» Qonun qabul qilinib, unda davlat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, jomoa birlashmalari va fuqarolarning atmosferani asrash bo`yicha faoliyatlarini tartibga solish huquqlari berilgan. Bu qonun atmosfera havosini toza tabiiy holda saqlashga uni kimyoviy, fizikaviy va biologik xavfli chiqindilardan asrashga yo`naltirilgan. Atmosfera havosini asrashga qaratilgan davlat standartlari kiritilgan bo`lib, ular atmosferani himoya qilish rejimini, uning holatini nazorat qilish usullarini va shu kabi boshqa talablarni o`z ichiga oladi.

Atmosferaga zararli chiqindilarni chiqarganligi uchun pul jarimasi solinadi.

1997 yil 26 dekabrda O`zbekiston Respublikasida «Hayvonot dunyosini asrash va ulardan foydalanish to`g`risida»gi Qonun qabul qilinib, bu qonun Respublikamiz hududidagi hayvonlarni himoya qilish, ulardan to`g`ri foydalanish, ularning yo`qolib ketayotgan turlarini qayta tiklash, hayvon turlarining yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish va tabiiy jamoalarning birligini asrab qolishni tartibga soladi va ularning huquqiy asoslarini yaratadi.

Qonunda aytilishicha, hayvonot dunyosi davlat mulki bo`lib qoladi va ular doimo davlat himoyasida bo`ladi.

1997 yil 26 dekabrda Respublikada «O`simliklar dunyosini asrash va ulardan foydalanish to`g`risida»gi Qonun ham qabul qilingan. Bu qonunda tabiiy sharoitda o`sayotgan o`simliklar dunyosini asrash, ulardan foydalanish, ularning genofondlarini saqlab qolish va qayta tiklash kabi masalalar o`zining huquqiy asosini topgan. Qonunda aytilishicha, o`simliklar dunyosi davlat mulki hisoblanadi va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunlarni buzganligi uchun jinoiy, ma`muriy, moddiy, intizomiy va mulkiy javobgarlik belgilangan bo`lib, ularning hammasi O`zbeksiton Respublikasining Jinoyat Kodeksi, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksida va Fuqarolik hamda Mehnat Kodekslarida aks ettirilgan.

Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar juda xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko’ra shartli ravishda 3 ta asosiy guruhlarga ajratiladi: Abiotik omillar – jonsiz tabiatning omillari hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va mahalliy omillar kiradi. Abiotik omillar- yo`q, jonsiz degan ma`nolarni bildiradi. Abiotik omillar har bir tirik organizmnind yashashi uchun sharoit yaratadi. Masalan: suv abiotik omilning eng asosiy omil ko`rsatgichlaridan biri. Abiotik omillardan bo`lgan havo, erni o`rab turgan qobig`idir. Iqlim omillaridan, hamma tirik organizmlar yashash hayotida yorug`lik muhimdir. Quyosh nuri natijasida amalga oshiriladigan fotosintez, barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida energiya manbaidir. Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshqa hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. Harorat 00 S dan past 500 S dan yuqori bo`1ganda barcha hayot jarayonlari to`xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi. Masalan: Sobuq havo (Antaktida), issiq harorat (arab sahrolari) hukmron bo`lgan joylarda tirik organizmlar o`sha muhitga moslashib yashaydi. Mahalliy omillarga relef, tuproq xususiyatlari, sho’rlanish, oqim, shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi. Antropogen omillar – hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi.1

Environmental Factors

Living organisms depend on one another for food and shelter. The leaves of plants provide food and a home for grasshoppers, caterpillars, and other insects. Many birds depend on insects for food. Dead plants and animals decay and become

part of the soil. The features of the environment that are alive, or were once alive, are called biotic (bi AH tihk) factors. The term biotic means “living.” Biotic factors are not the only things in an environment that are important to life.Most plants cannot grow without sunlight, air, water, and soil. Animals cannot survive without air, water, or

the warmth that sunlight provides.

1Peter Rillero, Dinah Zike . Ecology, 2005 (36- bet).


Download 314,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish