So‘z yasash (derivatsion) qolipi haqida. Har qanday yasama so‘z so‘z yasash qolipi asosida hosil qilinadi. Hosila lisoniylashib, o‘z qolipidan uzilib ketsa ham, unda bilinar-bilinmas qolip bilan (agar qolip yashovchan bo‘lsa) bog‘lanish baribir saqlanib qoladi.
So‘z yasash qolipi ikki uzvdan iborat bo‘ladi:
a) qolipning shakliy tomoni;
b) qolipning mazmuniy tomoni.
Yasama so‘zda ana shu ikki jihat tajallilanadi. Yasalma shaklan va mazmunan ana shu qolipga muvofiq kelsa, unga shu qolip hosilasi sifatida qarash mumkin. Masalan, [kitobchi] so‘zida mazkur qolipning izi bor. Lekin [xabarchi] so‘zida qolipning mazmuniy tomoni aks etmagan. Demak, leksema bu qolip mahsuli emas.
So‘z yasash qolipining shakliy tomoni ikki qismdan tashkil topadi: yasovchi asos va yasovchi vosita. Masalan, [ot+chi=shu ot bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti] qolipining shakliy qismi bo‘lgan [ot+chi] ning ot qismi yasovchi asos, [-chi] qismi esa yasovchi vosita.
Qolipning yasovchi asosi, albatta, mustaqil so‘z, yasovchi vosita qismi esa so‘z ham, qo‘shimcha ham bo‘lishi mumkin. Masalan, qo‘shma, juft so‘z yasash qoliplarida asos ham, vosita ham so‘z. M: qo’lqop, dedi-dedi
So`z yasalishi
So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma’noli so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni o`rganadi.
«So`z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo`llanadi: 1) tilshunoslikning so`z yasalishi bilan bog`liq hodisalarni tekshiruvchi bo`limini; 2) umuman so`z yasalishi, so`z hosil qilinishini bildiradi.
Nutqda so`zlar tub yoki yasama shaklda qo`llanadi.
YAsovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo`lmagan so`z tub so`z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o`n, yigirma, biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o`qimoq, sekin, birga, hozir va h.k.
Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so`z yasama so`z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog`bon, gulzor, jonlan, birlash, ko`kar, sezgir, zavqli so`zlari o`zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo`shish usuli bilan yasalgan bo`lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so`zlari so`zlarni yoki so`z shakllarini qo`shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan.
Tilda mavjud bo`lgan so`z (yoki so`zlar, so`z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi.
O`zbek tilida so`z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va etakchi usullar hisoblanadi.
Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha, ertalab va boshqalar.
So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida qo`shilib, yangi ma’nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.
O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, YAngiobod.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so`z yoki so`z shakllarining qo`shiluvi, birikuvi orqali yangi so`z yasash kompozitsiya usuli bilan so`z yasash deyiladi. Bu usul bilan qo`shma, ayrim juft so`zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixo`roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo`r-bazo`r, ketma-ket va b.
Fonetik usul. Bu usulga ko`ra, so`zda fonetik o`zgarish yuz berib, yangi so`z hosil qilinadi. CHunonchi, so`z urg`usining o`rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so`z turkumiga doir so`zlar hosil bo`lishi mumkin: yo’zma – fe’l, yozma’ – sifat, su’zma – fe’l, suzma’ – ot, fi’zik – ot, fizi’k – sifat, akade’mik – ot, akademi’k – sifat va b.
Semantik usul. Bu usulga binoan, so`z ma’nosida o`zgarish ro`y berib, ma’nosi boshqa-boshqa, shaklan o`xshash yangi so`z hosil bo`ladi: kun – sutkaning yorug` qismi, kun - quyosh, planeta; ko`k – osmon, ko`k - havorangga o`xshash rang, bir – son, birga, birdan, birda – ravish.
Fonetik va semantik usul hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy so`z yasash usullari deb qaraladi.
Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko`ra, bir butun holda qo`llanadigan to`g`ri ma’noli turg`un birikmalarning qismlari har xil yo`l bilan qisqartirilib so`z hosil qilinadi. Bu usul rus tilidan kirgan bo`lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, ATS – Avtomatik telefon stantsiyasi, ToshMI – Toshkent Meditsina instituti, filfak – filologiya fakulteti, akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b.
Xulosa
Sintaktik usul bilan murakkab fe'l hosil qilinadi. Murakkab fe'llarning ikkinchi qismi har vaqt fe'l bo'lib, birinchi qismi fe'l bo'lishi ham fe'ldan boshqa so'z turkumi. Masalan; ot, sifat va boshqalar bo'lishi mumkin. Murakkab fe'llar birinchi qismning fe'l yoki fe'ldan boshqa so'z turkumiga oid bo'lishiga ko'ra ikki turga boʻlinadi :
a) birinchi tip murakkab fe'llar.
b) ikkinchi tip murakkab fe'llar.
Birinchi tip murakkab fe'llar fe'l bilan birikishidan tuziladi. Masalan: himoya qilmoq, OH urmoq, qo'l qo'ymoq, hurmat qilmoq, qaror qil,ado et kabi. Birinchi tip murakkab fe'llarni yasashda et, ayla,qil,bo'l ko'makchi fe'llari, shuningdek, ber, qo'y, sol, chek, sur, ur kabi fe'llar ishtirok etadi. Masalan : javob ber,qo'y, imzo chek kabilar.
Ikkinchi tip murakkab fe'llar kamida ikki fe'lning birikish usuli bilan yasaladi. Bunda birinchi qism ; -a, -y yoki -b, -ib qo'shimchasi bilan yasalgan ravishdosh formasida bo'ladi., Ikkinchi qismi esa tuslanadi. Bunday fe'llar ikki xil boʻladi.
1) Leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l.
2) Grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l.
Birikkan fe'llarning har biri oʻz leksik ma'nosini saqlanadi holda birgalikda bitta murakkab harakatni ifodalasa leksikalizatsiyalashgan murakkab fe'l hosil boʻladi. Masalan :olib chiq, sotib ol, ola kel kabi.
Birikkan fe'lning leksik ma'nosini ifodalagan holda ikkinchisi grammatik maʼno ifodalasa, grammatikalizatsiyalashgan murakkab fe'l yoki fe'lning analitik formasi hosil boʻladi. Masalan :yozib ko'r, o'qib ber, ko'rib chiq, kabi. Murakkab fe'lning leksik ma'nosini ko'pincha uning birinchi qismi ifodalaydi. Unda birikkan so'z esa murakkab fe'l bo'ladi. Masalan :yozib ko'r, ko'rib chiq, olib tur fe'l larida ish-harakat yozib, ko'rib, olib fellaridan anglashilib ko'makchi fe'llar (ko'r, chiq, tur) yetakchi fe'lning ma'nosiga qo'shimcha modal ma'no qo'shadi. Ikkinchi tip murakkab fe'l yasashda tubandagi fe'llar ko'makchi fe'l sifatida ishlatiladi.
1) gorizontal harakat bildiradigan kel, tur, bor, yur,o't, chiq, yuborilgan so'zlari.
2) Holat bildiradigan o'tir, yot, qol,bo'l so'zlari.
3) Turli ish-harakatni bildiradigan : ol,bil,quy,ber, tashla,ko'r, boqiladi, yoz, boshlarida so'zlari. Ko'makchi fe'llar yetakchi fe'lga shunday modal ma'nolarni qo'shishi mumkin.
a) harakatning davomli ekanligini :ayta tur.
b) harakatning endi boshlanishi ;ayta boshla.
d) harakatning takrorlanib turishi ;aytib yur.
e) harakatning tugallanganligi ; aytib bo'l.
f) harakatning so'zlovchidan boshqa shaxsga yoki boshqa shaxsdan so'zlovchiga yo'nalishi ; olib bor, aytib bor, aytib kelib, yozib ol, yozib ber kabi.
g) harakatning bajarilishi usuli ; yozib tashla, aytib tashla, aytib yubor.
Yetakchi fe'l bilan ko'makchi fe'l bir formada bo'lsa juft fe'l hosil boʻladi. Bunda ham leksik maʼno salmogʻi birinchi qismda bo'ladi. Masalan ; aytdi-qo'ydi, o'tdi-ketdi , oldi-qoldi, bordi-keldi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |