3. Elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinishi (Kerr hodisasi)
4. Magnit maydonida nurning ikkiga ajralib sinishi (Kotton-Muton hodisasi)
5. Xulosa
.
Kirish Optik jihatdan izotrop boʻlgan jismlarning aksariyatida ”statistik” izotropiya buladi: bunday jismlarning izotropiyasi bu jismlarni tashkil etgan molekulalarning xaotik joylashishi oqibatidagi oʻrtacha hisobning natijasidir. Ayrim molekulalar yoki molekulalarning gruppalari anizotrop boʻlishi mumkin, biroq bu mikroskopik anizotropiya ayrim gruppalarning tasodifiy o’zaro joylashishi tufayli oʻrta xisobda tekislashib ketadi va muxit makroskopik jixatdan izotropligicha qolaveradi. Biroq biror tashqi ta’sir aniq asosiy yoʻnalish bersa, anizotrop elementlar (molekulalar yoki molekula gruppalari) qayta gruppalashib, muhit makroskopik jixatdan anizotrop muhitga aylanadi. Shunday hollar ham yuz berishi mumkinki, yetarlicha kuchli boʻlgan tashqi taʼsirlar boshda izotrop boʻlgan elementlarni deformatsiyalab, dastlab boʻlmagan mikroskopik anizotropiyani vujudga keltirishi mumkin. Tosh tuzni yoki silvinni bir tomonlama siqqanda shunday hol yuz berishi mumkin . Odatdagicha bosim berishda yoki notekis isitishda (issiklikdan kengayish va chiniqtirishda) boʻladigan mexanik deformatsiyalarda, tashqaridan beriladigan elektr va magnit maydonlarida yetarli tashqi taʼsirlar namoyon boʻlishi mumkin.
Mexanik kuchlanishlar, elektr va magnit maydonlar ta'sirida optik izotrop jismlarda anizotrop xossalarning paydo bo'lish hodisasi sun'iy anizotropiya deb ataladi.
Deformatsiylarda paydo buladigan anizotropiya Yuqorida qaralgan yorug’likning ikkiga ajralib sinishi tabiiy holda ya‘ni tabiy anizotrop kristallarda yuz beradi. Anizotropiyani suniy ravishda tashqi ta‘sir yordamida izotrop muhitlarda ham hosil qilish mumkin (1-rasm). Shaffof jismni siqish (yoki chozish) natijasida o’ziga xos shunday xususiyat yuzaga keladiki, u optik o’qi siqilishi (yoki chuzilishi) yo’nalishida bo’lgan anizatrop kristallni eslatadi.
1-rasm
Bunday vaqtda jism mexanik deformatsiya natijasida kvazikristalga aylanadi deyish ham mumkin.