Bitiruv malakaviy ish maqsadi: Maktabgacha ta'lim yoshdagida bolalarga ekologik ta'lim - tarbiya berishning samarali usullarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ish ob'ekti: Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim- tarbiya berish o'ziga xos jarayoni.
Bitiruv malakaviy ish predmeti: Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim- tarbiya berishning o'ziga xos mazmuni, shakllari, metod va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy farazi. Agar: -Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim-tarbiya berish masalalari uzluksiz ta'lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaralsa;
-Bolalar yoshi, qiziqishini e'tiborga olgan holda, ularga beriladigan ekalogiya haqidagi bilimlar mazmuni boyitilsa va kengaytirilsa;
-Bolalarda ekologik tarbiya berish haqidagi bilimlarni shakllantirishning zamonaviy metod va vositalaridan samarali foydalanilsa;
-Bolalarni ekologik tarbiya berishning tarixiy, milliy, ekologik qadriyatlar hamda hozirgi zamon mahalliy, hududiy, umumbashariy ekologik muammolar bilan uzviy va uzluksiz aloqada amalga oshirilsa, Bolalarning ekologik madaniyati darajasi samarali bo'ladi va ekalogiyaga nisbatan ijobiy munosabatlari rivojlanadi.
Bitiruv malakaviy ish vazifalari:
-Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim-tarbiya berish ning o'ziga xos usullari pedagogik muammo ekanligini ilmiy- nazariy jihatdan asoslash;
-Bolalarning ekologiya haqidagi bilimlarini shakllantirishda ta'lim-tarbiya tarixi tajribalarini tahlil qilish;
-Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim-tarbiya berishning o'ziga xos usullarini e`tiborga olgan holda, ularga beriladigan ekologik bilimlar mazmunini boyitish va kengaytirish;
Bitiruv malakaviy ish metodlari: pedagogik tahlil, tarixiy- qiyosiy tahlil; pedagogik kuzatuv; tajribalarni o'rganish va umumlashtirish; anketa so'rovlari, savol-javob, suhbat; yangi pedagogik texnologiyalar
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi:
-Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim-tarbiya berish ning o'ziga xos usullari bilan tanishtirish dolzarb pedagogik muammo sifatida ilmiy – nazariy jihatdan asoslanadi;
-Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar yoshini hisobga olgan holda, ularga beriladigan ekologik ta'lim- tarbiya berish haqidagi bilimlar mazmuni boyitiladi va kengaytiriladi;
-Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim-tarbiya berishning o'ziga xos usullari bilan tanishtirish shakllari, metodlari, vositalari belgilab berildi va pedagogik shart- sharoitlari aniqlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |