Moliyaviy va infrastrukturaviy qo’llab quvvatlash. Aktiv iqtisodiy faoliyatni rag’batlantiridh uchun koreys hukumati xorijiy investorlarni moliyaviy, infrastrukturaviy yordam bilan ta’minlaydi:
Hududiy hukumatlar budjetidan yer maydoni sotib olish va qurilish uchun mablag’ ajratiladi. Xorijiy investorlarga ijara uchun subsidiyalar ajratilishi mumkin;
Zavod yoki ilmiy-izlanish markazi qurilishi uchun xorijiy investorlarga moliyaviy yordam ajratiladi;
Talab: yangi zavod qurilishi va zavodning kengaytirilishi uchun kiritiladigan investitsiya hajmi 10 mln.$dan ko’p bo’lishi yoki ilmiy-izlanish markazida 10dan ortiq ilmiy xodim ishlashi zarur.
Davlat va umumxalq mulkidan foydalanganda xorijiy investorlar turli imtiyozlar oladilar, bular ijara to’lovlarining kamaytirilishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni daromad ko’rish maqsadida ishlatilishi uchun ruxsatnoma, ijaraga olish yoki sotib olish imkoniyati. Markaziy yoki hududiy o’z-o’zini boshqarish organlari yo’llar, aeroport, dengiz portlari, parklar yoki boshqa infrastrukturaviy qurilishlar bo’yicha xarajatlarning bir qismini yoki barchasini o’z bo’yinlariga oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |