Uyga vazifa
1. O’tilgan materialni takrorlash.
2. Internetdan yangi ma’lumot manbalarini yig’ish.
Ma’ruza 16
Mavzu: Avtomatlashtirilgan texnologik mashinalarni samaradorlik balansi
Reja:
1.Avtomatlashtirilgan ishlab chiqorishni samaradorligini oshirish
2.Texnologik jarayonlarni klasslari
Unumdorlik nazariyasi to‘g‘risida tushunchalar. Unumdorlik nazariyasi asoslari 1932-1933 yillarda G.A.Shaumyan tomonidan ishlab chiqilgan. G.A.Shaumyan uslubi mashinani texnik va iqtisodiy ko‘rsatgichlar orasidagi matematik bog‘lanishlarni aniqlash bilan bog‘liq. Bunday matematik modellar avtomatik va avtomat liniyalarni unumdorligi va samaradorligini o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlaydi. Bu bilan xar qanday texnik-iqtisodiy parmalarni o‘zgarishi, taxlil etilayotgan variantlar samaradorligiga ta’sirini miqdor jixatdan aniqlash mumkin bo‘ladi. Matematik model strukturasi quyidagi rasmda keltirilgan.
Matematik model strukturasi. Matematik model tarkibiga quyidagi parametrlar kiradi: Boshlang‘ich parametrlar. Mashinani konstruksiyasi, kompanovkasi va ishlatilayotgan texnologiyalarni tavsiflaydi. Mashinalar unumdoligi boshlang‘ich parametrlari quyidagilar sanaladi: Ishlov maromi va ishlov vaqti t=tu; sikldagi salt yurishlar vaqti tc; sikldan tashqari yo‘qotishlar tù; ishchi pozitsiyalar soni 0; bo‘limlar soni nb lardan tashkil topadi. Ular miqdoriy jixatdan umumiy ishlov sikli T va sikldan tashqari yo‘qotishlar yig‘indisi tù ni aniqlaydi, ular mashinani ishchinligini xarakterlaydi. O‘zgaradigan aniqlovchi parametrlar - qiyoslanuvchi variantlarni unumdorligini , qiymati , xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni , ekspluatatsiya xarajatlari ulushlari , xizmat muddati N va boshqalardan iborat bo‘lgan texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlar. Doimiy parametrlar-formulaga konstant (doimiy) sifatida kirgan parametrlar. Masalan, amortizatsiyaga ajratmalar 1, va ta’mirlash sarf-xarakatlari 2. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichlari - unumdorlikni oshishi , kapital qo‘yilmalar samaradorligi koeffitsenti E, keltirilgansarf xarakatlar. Bunday matematik modelni yaxshi tomoni uni ayrim o‘zgaruvchilarini o‘zgartirish bilan uni ta’sirini aniqlashdir. Aniqlovchi parametrlarni miqdorini bilgan xolda mos xolda iqtisodiy ko‘rsatgichlarni aniqlash bilan texnik mumkin bo‘lgan maqbul variantni aniqlash mumkin. Shuning bilan birga maqbul iqtisodiy ko‘rsatgichlar (masalan; minimal xizmat muddati) asosida tenglarnani teskari xisog‘lab texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarni boshlang‘ich parametrlariga, aniqlash mumkin. Shunday qilib, unumdorlik nazariyasi uslublari quyidagi masalalarni xal qiladi: Eng yaxshi iqtisodiy samara beradigan variantni, qiyoslanadigan variantlarni texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari (unumdorlik, ishonchlilik, qiymati, xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni va boshqalar) ni muxandis nuqtai nazardan taxlili asosida aniqlash. Talab etilganiqtisodiy samaradorlik asosida, loyihalanayotgan avtomat yoki avtomatliniyani texnik xarakteristikalariqanday bo‘lishi kerakligini aniqlash. Iqtisodiy kriteriyalar asosida loyihalanayotgan mashinani texnik xarakteristikalarini optimallashtirish. Unumdorlik nazariyasi matematik modeldan foydalanilgan xolda texnologiya va loyihalashni u yoki bu rivojlanishni yo‘nalishini miqdoriy taxlil qilish va bu asosida avtomatlashtirishning xar xil yo‘nalishlarini kelajagini aniqlash mumkin bo‘ladi. Avtomatik boshqarish tizimlarining unumdorlik nazariyasi asoslari. Mashinalarni unumdorlik nazariyasini asosini quyidagi masalalar tashkil qiladi: Xar qanday ish bajarilishi uchun vaqt va mexnat talab qilinadi. Unumdorlik (foydali) sarflangan vaqt deb, asosiy ishlov berish jarayonlari (masalan, shakl xosil qilish, nazorat, yig‘ish va boshqa) bajarish uchun sarf-vaqtga aytiladi. Qolgan xamma vaqt, ishchi siklini yordamchi (salt) yurishlari va sikldan tashqari yo‘qotishlar uchun sarflangan unumsiz (foydasiz) vaqt xisoblanadi. Yuqori unumdorlik va sifat ta’minlangan xolda salt yurishlarga va boshqa yo‘qotishlar yo‘q bo‘lsa, mashina ideal mashina (uzluksiz ishaydigan, cheksiz ishonchli) xisoblanadi. Xar qanday maxsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqish va uni ishchanligini saqlash uchun oldindan sarflangan mexnat sarfi va texnologik dastgoxga xizmat ko‘rsatish uchun ishchi mexnati sarf qilinadi. Texnikani rivojlanishi oldindan sarflangan mexnat sarfini oshishi va ishchi mexnati sarfini kamayishi bilan bog‘liq. Har qandayishlab chiqarish jarayonini texnologiyasini ishlab chiqarishda aloxida elementlarigacha xisobga olish zarur. Mashinalar unumdorligi cheki yo‘q (cheksiz). Xar xil texnologik jarayonlarni avtomat va avtomat liniyalari yagona avtomatlashtirish asosiga ega. Bular maqsadli mexanizmlar va boshqaruv tizimlarini o‘xshashligi, unumdorlik, ishonchlilik, iqtisodiy samaradorlik bir xil qonuniyatga bo‘ysunadi: Yangi texnikani ilg‘orligi vaqt-omili-mexnat unumdorligini oshishi bo‘yicha baxolanadi. Mexnat unumdorligini muxim omili ishchi mashinani yaratish uchun sarflangan mexnatdir: Au=W/T Bu yerda: Au – mexnat unumdorligi; W – ishlab chiqarilgan yaroqli maxsulot; T – umumiy mexnat sarfi. Mexnat unumdorligi o‘lchov birligi umumiy ko‘rinishda Au=[maxsulot/ mexnat] sifatida ishlatiladi. Amalda mexnat unumdorligi o‘lchov birligi ishlab chiqarilgan maxsulot va mexnat sarfini qanday birlikda xisoblanishga bog‘liq. MEXNAT UNUMDORLIGI. Avtomat va avtomat liniyalarda ishlov beriladigan xar qanday maxsulotni, universal avtomatlashmagan dastgohlarda ham ishlov berilishi mumkin. Avtomatlashtirishni maqsadi - eng avvalo mashinani unumdorligini oshirish va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar sonini kamaytirish, natijasida avtomatlashmagan ishlab chiqarishga nisbatan iqtisodiy samara olishdir. Asosiy ko‘rsatkichlari: Mexanizatsiyalashtirilgan ishda ishchilarning qatnashish darajasi; Umumiy mexnat sarfida avtomatlashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan mexnatning ulushi; Ishlab-chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirish darajasi: Xalq xo‘jaligining turli soxalarida ishlab-chiqarishni avtomatlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ishlab-chiqarishini avtomatlashtirish fan-texnika taraqqiyotinini jadallashtirishning asosiy yo‘li, butun xalq xo‘jaligini texnika bilan qayta qurollantirish asosidir. Xalq xo‘jaligining turli soxalarida ishlab-chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqayotganda quyidagi asosiy qoidalarini yodda tutish lozim: xar bir ishni oxiriga etkazish uchun vaqt va mehnat talab etiladi; ishlov berishning asosiy jarayonlariga (shakl berish, tekshirish, yig`ish) sarflangan vaqt unumli xisoblanadi; uzluksiz ishlaydigan, xizmat muddati cheksiz bo‘lgan va absolyut ishonchli mashina ideal mashina sanaladi. Mehnat unumdorligini oshirish yangi texnikani, uni joriy qilishning iqtisodiy samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash mezonidir. Mexnat unumdorligini turli yo‘llar bilan oshirish mumkin: 1. Zamonaviy avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish xisobiga, bunda dastgoxda ishlovchi ishchilar soni keskin kamayadi; 2. Jixozning ish unumini keskin oshirish evaziga, bu eng keng tarkalgan va ilg’or usuldir; 3. Ishlab-chiqarish texnologiyasini o‘zgartirmasdan, yangi jixozga mablag‘ sarflamasdan, mehnatni tashkil etish xisobiga; 4. Jixozni narxini arzonlashtirish agregat dastgohsozlikni, yirik seriyalab va potok usulda ishlab-chiqarishni rivojlantirish, avtomatlashtirishning turli vositalarini yaratish evaziga. Ishchi mashinalarining rivojlanish bosqichlari: 1. Qo‘lda bajariluvchi universal dastgohlar. 2. Universal avtomatlar va yarim avtomatlar. 3. Maxsus va maxsuslashtirilgan avtomat va yarim avtomatlar. Agregat dastgohlar. 1. Agregat dastgohlardan tashkil topgan avtomatik liniyalar. 2. Universal dastgohlardan tashkil topgan avtomatik liniyalar. Maxsus dastgoxli avtomat liniyalar: 1. Dastur bilan boshqariluvchi dastgohlar va avtomat liniyalar. 2. Agregat dastgoxlardan tashkil topgan avtomat liniyalarni ishlabchiqarish jarayonini avtomatlashtirish uchun qulay, chunki agregat dastgoxlar texnologik jarayon ketma-ketlikda o`rnatiladi. Unumdorlik nazariyasi asosini mashinani unumdorlik ko‘rsatgichlari va dastgohni konstruktiv, texnologik, strukturaviy, qiymati va boshqa ko‘rsatgichlari orasidagi bog‘lanishni aniqlovchi tenglarna tashkil qiladi. Shu sababli unumdorlik nazariyasi uslublari nafaqat mashinani unumdorligi miqdorini aniqlash va uni qo‘llashdan olingan samarani xisoblash bilan bog‘liq, balki avtomatlashtirilgan dastgoxlarni bo‘lishi mumkin bo‘lgan xar xil variantlarini taxlil qilish hamda eng ko‘p unumdorlik va iqtisodiy samarani aniqlashga imkoniyatini beradigan, maqvul variantni parametrlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarish vositalarini universalligi va moslanuvchanligi. Ishlab chiqarishni xususiyatlari texnologik dastgoh va jihozlarga ma’lum talablar qo‘yadi. Agar maxsulot yalpi ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilsa, ishchi mashina (avtomatlar)ga yuqori unumdorlik talabi qo‘yiladi. Seriyali va donalab ishlab chiqarish sharoitida birinchi o‘ringa universallik va moslanuvchanlik talabi qo‘yiladi. Bunda universallikka dastgoxlarni qanchalik ko‘p xar xil maxsulotlarni ishlov berishga qayta sozlanish mumkinligini aniqlaydi. Moslanuvchanlik bir maxsulotni ishlab chiqarishdan boshqasiga qanchalik tez o‘tish mumkinligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |