Tuproq hosil qiluvchi abiotik omillar
Tuproq va uning unumdorligi. Yer yuzasining unumdorlik xossasiga ega bo‘lgan qismiga tuproq, uning o‘simliklarni doimiy ravishda suv, oziq, issiqlik va boshqa omillar bilan ta’minlab turish qobiliyatiga unumdorlik deyiladi. U ikki xil bo‘ladi: tabiiy va sun’iy. Tabiiy unumdorlik o‘simliklar, jonivorlar, issiqlik va boshqa omillar ta’sirida yuzaga keladi. Sun’iy unumdorlik esa inson faoliyati natijasida, ya’ni yerni haydash, sug‘orish, o‘g‘itlash tufayli hosil bo‘ladi. Unumdorlik tuproqning ishlab chiqarish xususiyatini asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Tuproqning abiotik omillariga: tabiiy, sun’iy unumdorligi, tarkibiy qismi, ona jinsi, yoshi; biotik omillariga: o‘simliklar dunyosi, mikroorganizmlar, bakteriyalar, zamburug‘lar, mavjudotlarning qoldiqlari, organik moddalar va boshqalar kiradi.
Tuproqning tarkibiy mineral qismi va uning kelib chiqishi. Tuproq — mineral, organik va organomineral moddalardan iborat. Mineral moddalar Yer kurrasining ustki qobig‘ini ishg‘ol etgan jinslardan hosil bo‘ladi. Ular kelib chiqishiga qarab magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslariga bo‘linadi. Yer kurrasini ishg‘ol qilgan minerallar turli kislota tuzlari, oksidlar va tabiiy sof elementlardan iborat. Bu birikmalarning tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar (P, K, S, Ca, Mg) va boshqa elementlar bor. N (azot) faqat cho‘kindi va tog‘ jinslari tarkibida (0,03 %) uchraydi.
Tuproqning paydo bo‘lishi. Tuproq, asosan, tog‘ jinslaridan yer yuzida ro‘y beradigan nurash va tuproq hosil qiluvchi ikki xil jarayon ta’sirida paydo bo‘ladi.
Nurash deb, Yer kurrasining termodinamik sharoiti ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishi va minerallarning parchalanishi hamda o‘zgarishiga aytiladi. Nurash omillari ta’sirchanligiga qarab fizik, kimyoviy va biologik turlarga bo‘linadi.
Fizik nurash, asosan, haroratning keskin o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi. Bunda tog‘ jinslarining ichki kam sovigan qatlami uning ustki yaxshi sovigan qismiga ta’sir qiladi, natijada, u (tog‘ jinsi) darz ketadi, yoriqlar hosil bo‘ladi va asta-sekin yaxlit tog‘ jinslari maydalanadi. Bu jarayonda tog‘ jinslarining parchalangan zarrachalari diametri 0,0l mm bo‘lishiga qadar davom etadi. Va nihoyat, fizik nurash natijasida tog‘ jinslaridan mayin, yumshoq holdagi massa — ruxlak hosil bo‘ladi. Ruxlak suv, havo, issiqlik o‘tkazish va ularni o‘zida saqlash qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham unda kimyoviy nurash (parchalanish) boshlanadi.
Himyoriy nuraxh. Bunda tog‘ jinslari kimyoviy tarkibining o‘zgarishi oqibatida parchalanib, yangi moddalarni hosil qiladi. kimyoviy nurashning asosiy omillari — suv, kislorod va karbonat angidrid hisoblanadi. kimyoviy nurashda, ayniqsa, suvning ta’siri katta, u tog‘ jinslari va minerallar orasiga kiribgina qolmay, uni faol eritadi. Tog‘ jinslarining tobora maydalanishi natijasida bo‘sh sath ko‘payadi, bu suv va havoning tog‘ jinslariga bo‘lgan ta’siri- ning kuchayishiga olib keladi. kimyoviy nurash paytida suvda erigan moddalar va ruxlak o‘rtasida kimyoviy reaksiya ro‘y beradi.
Natijada, Yer qobig‘ining termodinamik sharoitiga chidamli bo‘lgan yangi minerallar hosil bo‘ladi. Bulardan eng muhimlari gidroliz, oksidlanish, gidratatsiya, qaytarilish reaksiyalari hisoblanadi. kimyoviy reaksiya natijasida ruxlakning birlamchi minerallari parchalanadi va ikkilamchi minerallari hosil bo‘ladi. Bunda bo‘lakchalar parchalanib yumshaydi, g‘ovaklik oshadi, loyqa zarrachalar bilan boyiydi va bir qancha moddalarning harakatchanligi kuchayadi. Bularning hammasi ruxlak jinsida mavjudotlarning paydo bo‘lishiga imkon beradi.
Biologik nurash. Tog‘ jinslari orasida tarqalgan o‘simliklar ularga, birinchi navbatda, mexanik ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ildizlari yoriqlar orqali ichkariga kirib boradi va hatto qattiq tog‘ jinslarini maydalaydigan darajada bosim hosil qiladi. O‘simliklar tomonidan ajratiladigan har xil suyuqliklar tog‘ jinsi va ruxlakka yanada ko‘proq parchalaydigan darajada ta’sir qiladi. Ular tomonidan tashqi muhitga ajratiladigan kislorod, karbonat angidrid va boshqa birikmalar, hatto kimyoviy nurashga chidamli tog‘ jinslari va minerallarning eritish hamda gidroliz qilish jarayonlarini tezlashtiradi. O‘simliklar nobud bo‘lgandan so‘ng, tuproqda gumus kislotalari qoladi. Ular tog‘ jinslari va minerallarning parchalanishini yanada kuchaytiradi. Bundan tashqari, mikroorganizmlar, tuban o‘simliklar tog‘ jinslarining ustki qismini organik moddalar va oziq elementlari bilan boyitadi. Shunday qilib, ular tog‘ jinslarida yuksak o‘simliklarning tarqalishi uchun imkon yaratib, tuproq hosil bo‘la boshlashida muhim o‘rin tutadi.
Biologik nurashda tuproqdagi mavjudotlar (hasharotlar, chumoli, hasharot g‘umbaklari, yomg‘ir chuvalchangi, kalamush, sichqon va boshq.) ning xizmati ham nihoyatda katta. Ular tuproqni organik moddalar bilan boyitib, tuproqqa aralashtiradi va nihoyat, tog‘ jinslarini kimyoviy o‘zgarishiga olib keladi. Shunday qilib, tog‘ jinslarining nurashi fizik, kimyoviy va biologik omillar ta’sirida ro‘y beradigan murakkab jarayondir.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining umumiy ta’rifi. Nurash jarayonida tog‘ jinslari parchalanadi, ularni tashkil qiladigan minerallarning ko‘rinishi o‘zgaradi va suvda eriydi. O‘simliklar eritmaga o‘tgan mineral birikmalardan o‘zlarining hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan N, P, K, Ca, Mg, Fe, S va boshqa bir qancha elementlarni o‘zlashtirib olishi mumkin. Lekin eritmadan o‘tgan moddalar tez siljishi tufayli, o‘simliklar uchun doimiy oziq manbayi bo‘la olmaydi, chunki ular yomg‘ir suvlarining ta’sirida ustki qatlamidan pastga yuvilib ketishi mumkin.
Tuproq hosil qiluvchi omillar. Tuproq quyidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi: abiotik omillar (iqlim, havo, suv, harorat, tuproqning ona jinsi, relyef, tuproqning yoshi va boshqalar), biotik omillar (o‘simliklar, hayvonot dunyosi), antropogen omil (inson faoliyati). Ona jins. Nurash jarayoni asosida maydalangan, ma’lum g‘ovaklikka ega bo‘lgan tog‘ jinslari mahsuliga tuproqning ona jinsi deyiladi. Ular suv, shamol, muzliklar harakati natijasida hosil bo‘lgan turli qalinlikdagi yotqiziqlaridan iborat bo‘lib, quyidagi tiplarga: eluviy, deluviy, proluviy, alluviy, dengiz, ko‘l, eol (sha-
mol), less, kalluviy yotqiziqlariga bo‘linadi.
Eluviy yotqiziqlar nurash mahsulotlarini o‘z o‘rnida to‘pla- nishidan hosil bo‘ladi.
Deluviy yotqiziqlar yomg‘ir va yerigan qor suvlari bilan nurash mahsulotlarining oqib kelib, qiyaliklarning ko‘p qismida to‘planishidan paydo bo‘ladi.
Proluviy yotqiziqlar sel suvlari oqizib kelgan tosh, shag‘al, qumdan iborat.
Alluviy yotqiziqlar daryo suvlari bilan oqib kelgan va daryo toshqinlari natijasida hosil bo‘lgan bir necha qatlam jinslardan iborat.
Dengiz yotqiziqlariga dengiz tubida va qirg‘oqlarida uchraydigan jinslar to‘plami kiradi.
Ko‘l yotqiziqlari ko‘l havzasida uchraydigan turli qalinlikdagi jinslardan iborat.
Eol (shamol) yotqiziqlarini har xil tezlikda esadigan shamolning nurash mahsullarini uchirib kelishidan to‘plangan jinslar tashkil qiladi.
Less tabiiy holda zichlashgan, diametri 0,05—0,0l mm.gacha bo‘lgan mayda zarrachalardan iborat yotqiziqlardir.
Kalluviy yotqiziqlari tog‘ yonbag‘irlarida va uning etaklarida sochilib yotadigan turli mexanik tarkibli jinslardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |